Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Farazlar chin bo‘lishining mantiqiy-metodologik shartlari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Farazlar chin bo‘lishining mantiqiy-metodologik shartlari
 
quyidagilardir:
 
1.Faraz darajasiga ko‘tarilgan fikr real jarayonlar, ilmiy qonun va nazariyalarga mos bo‘lishi 
lozim. 
2. Faraz tekshiriluvchan, tadqiq etiluvchan bo‘lishi lozim. 
3. Faraz keng miqyosdagi hodisalarga tatbiq etilishi lozim. 
4. Faraz imkoni boricha siqiq, ixcham, lo‘nda tarzda ifodalangan bo‘lishi lozim. 
Farazlar tajribada tasdiqlangach, ilmiy nazariyaga aylanadi.
Nazariya 
deb tajribada, ijtimoiy-tarixiy praktikada, ishlab chiqarish va ilmiy tadqiqotda 
vujudga keladigan bilimlarni umumlashtirish, sistemaga solish jarayoni va natijasiga aytiladi.
Nazariya insonning ma’naviy faoliyati, ob’ektiv borliqning inson ongidagi ma’naviy-
g‘oyaviy aksi sifatida uning moddiy ishlab chiqarish faoliyatiga nisbatan ikkilamchidir. U olamni 
bilish va o‘zgartirishning muhim vositasidir.
Nazariya
ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni 
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umumlashmalar 
yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini 
beradigan ishonchli bilimdan iborat. 
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga 
aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: 
nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 
3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa 
chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). 
Nazariyaning turlari: 
Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga 
ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga 
ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-
deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan 
nazariyalar. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə