Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Faraz (gipoteza) 
deb hali isbot qilinmagan, taxminiy, ehtimoliy fikrga aytiladi.
Faraz analogiya yoki qiyos orqali amalga oshiriladi. 
Faraz tafakkur shakllaridan biri bo‘lib, tushunchalar, muhokamalar va xulosa chiqarish 
sistemasidan iboratdir. Faraz orqali olamdagi voqea va hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va 
sabablari bilib olinadi. Shuning uchun u bilishda katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotchi tekshirilayotgan hodisalarning o‘xshashligini bundan oldin qonunlari 
muqarrar bo‘lgan hodisalar bilan aniqlab, taxminiy, ehtimoliy fikrni bayon qiladiki, bunda 


muayyan aloqadorlik qonuni mavjud bo‘ladi. Bunday faraziy fikrni chiqarish uchun tadqiqotchi 
to‘plangan ilmiy bilimlarning barchasini aniqlashga harakat qiladi. Masalan, atom tuzilishi 
to‘g‘risidagi nazariya Quyosh sistemasi sayyoralariga qiyos qilib ishlab chiqilgan edi.
Fanda ma’lum bo‘lgan barcha nazariyalar avval boshda farazlar tarzida ilgari surilgan
keyinchalik tajribada tasdiqlanib, nazariya shaklini olgan. Masalan, Darvin ta’limoti, 
Mendeleevning ximiyaviy elementlar davriy sistemasi shular jumlasidandir.
Tadqiq etilayotgan ob’ekti nuqtai nazaridan 
farazlar 
ikki xil bo‘ladi: 1) umumiy va 2) 
xususiy farazlar
Umumiy faraz 
deb ma’lum jinsdagi voqea-hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va 
sabablari to‘g‘risidagi ehtimoliy fikrlarga aytiladi.
Umumiy faraz miqdor jihatidan ko‘p, hajm va ko‘lami keng, katta, jins hodisalarni 
tekshirishda qo‘llaniladi. Masalan, atom to‘g‘risidagi faraziy fikr, Darvin tomonidan turlarning 
tabiiy tanlanish asosida vujudga kelganligi to‘g‘risida ilgari surgan g‘oyasi, Kopernikning 
geliotsentrik farazi, Nyutonning butun olam tortilishi to‘g‘risidagi fikri, Kantning Yer sharining 
sharsimon gazdan vujudga kelganligi to‘g‘risidagi farazi va boshqalar shular jumlasidandir. 
Ulardan ko‘pi hozirgi kunda isbotlanib, nazariyalarga aylandi.
Xususiy faraz 
deb konkret, ayrim, yakka fakt va hodisalarga, ularning xossa-
xususiyatlariga taalluqli ehtimoliy fikrlarga aytiladi.
Xususiy faraz tor, cheklangan doiradagi buyum-hodisalarga tatbiq etiladi.
Umumiy va xususiy farazlarni ilgari surish va asoslash jarayoni ishchi faraz orqali amalga 
oshiriladi.
Ishchi faraz 
deb tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan va keyinchalik 
tekshirilishi lozim bo‘lgan ehtimoliy fikrga aytiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə