Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

muammoli 
vaziyat
paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni 
hal qilishda, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan juda ko‘p masalalar ularni 
yechishga yangicha yondashishni taqozo etadi. Muammoli vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda 
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning 
kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar 
natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning 
mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli 
emasligida, deb bilmoq zarur. 
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki 
ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va 
metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini 
aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi. 
Demak, 
muammoli vaziyat
mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar 
o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli 
darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir. 
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va 
bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini 
o‘zgartirishning ob’ektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin 
Muammo
deb o‘rganilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan nazariy yoki amaliy masalaga 
aytiladi.
Muammo har bir ilmiy nazariya va faraziy fikr uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə