Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Dalillash tuzilmasi 
Dalillash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan elementlarni: tezis, dalillar, demonstratsiya 
(oshkor qilishlik)ni o‘z ichiga oladi.
 
Tezis - 
bu haqiqatligi isbotlanishi lozim bo‘lgan hukmdir. Tezis dalillashda bosh tuzilmaviy 
element bo‘ladi va “Nima asoslanayapti?”, degan savolga javob beradi. 
Dalillar yoki asoslar - 
bu tezisni asoslashda qo‘llaniladigan boshlang‘ich nazariy yoki 
faktik qoidalardir. Ular dalillashning asosi yoki mantiqiy poydevori rolini bajaradi va “Tezis nima 
bilan, nima yordamida asoslanayapti?” degan savolga javob beradi.
Demak, 
isbotning mantiqiy tarkibi
ni quyidagi uch qism tashkil qiladi: isbot tezisi, isbot 
asosi (argument) va isbot usuli (demonstratsiya).
 1. Isbot tezisi
deb chinligi yoki yolg‘onligi aniqlanishi lozim bo‘lgan hukm yoki bilimga 
aytiladi.
 2. Isbot asosi yoki argument 
deb chinligi allaqachon tajribada aniqlangan va tezisni 
tasdiqlash uchun yetarli tarzda olingan hukm va bilimlarga aytiladi. Isbot asosi yoki argument 
vazifasini turli tajribaviy fakt-dalillar, nazariy fikrlar, nazariyalar, aksiomalar, teoremalar, 
gipotezalar va h.k. bajaradi.
 3. Isbot usuli yoki demonstratsiya 
deb asoslardan tezisni mantiqiy ravishda keltirib 
chiqarish jarayoni va isbot qilish usuliga aytiladi.
Mantiqiy isbotning 
ikki turi 
mavjud: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 2) chetdan isbot etish.
 1. To‘g‘ridan-to‘g‘ri isbot
deb tezis chinligining bevosita asoslardan kelib chiqishiga 
aytiladi. Uning 
turlari
deduktiv, induktiv va traduktiv isbotlardir.
Deduktiv isbot
hamisha sillogizm shaklida bo‘ladi. Unda argumentlar sillogizmning 
asoslari, tezislar esa sillogizmning xulosasi bo‘lib xizmat qiladi. Isbotda esa tezis asoslardan kelib 
chiqadi. Masalan:
Odilov haqiqatgo‘ydir.
Chunki u yolg‘on gapirmaydi.
Ushbu isbotda «Odilov haqiqatgo‘ydir» – tezis, «Chunki u yolg‘on gapirmaydi» 
argumentdir.

Sillogizm shaklida ushbu fikr quyidagicha bo‘ladi: 


Xaqiqatgo‘ylik doim haqiqatni aytishni taqozo qiladi. 
Odilov yolg‘on gapirmaydi. 
Demak, Odilov haqiqatgo‘ydir. 
Induktiv isbot 
yordamida argumentlarda mavjud bo‘lgan xususiy holatlardan tezisda 
mavjud bo‘lgan umumiy fikr keltirilib chiqariladi. Masalan: Tezis: Sibirning barcha katta 
daryolari janubdan shimolga qarab oqadi. Argumentlar: 
1. Kama daryosi janubdan shimolga qarab oqadi. 
2. Lena daryosi janubdan shimolga qarab oqadi. 
3. Yenisey daryosi janubdan shimolga qarab oqadi. 
4. Ob daryosi janubdan shimolga qarab oqadi. 
5. Irtish daryosi janubdan shimolga qarab oqadi. 
Kama, Lena, Yenisey, Ob va Irtish daryolari Sibirning katta daryolaridir. 


Demak, Sibirning barcha katta daryolari janubdan shimolga qarab oqadi. 
Traduktiv isbot
da hukmlarning o‘zaro tengligi va aynanligiga qarab, juz’iy asoslardan 
juz’iy xulosa chiqariladi. U analogiya yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Traduktiv isbot to‘liq bo‘lmagan, 
ehtimoliy harakterdagi bilimlarga asoslanadi. Masalan, Marsda ham Yerdagidek organik hayot 
mavjudligi to‘g‘risidagi ehtimoliy fikr traduktiv isbot orqali hosil qilingan.
Demak, to‘g‘ridan-to‘g‘ri isbotda tezisning chinligi bevosita argumentdan keltirib 
chiqariladi, tezisga zid keladigan qo‘shimcha dalillar keltirilmaydi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə