Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


ikki turi mavjuddir: 1. To‘liq induksiya, 2. To‘liqsiz induksiya To‘liq induksiya



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

ikki turi
mavjuddir: 1. To‘liq induksiya, 2. To‘liqsiz induksiya
To‘liq induksiya 
shunday xulosa chiqarishdirki, unda ma’lum sinfga taalluqli hodisalardagi 
belgi va xususiyatlarning takrorlanishidan bu belgi va xususiyatlar barcha sinfga xosligi to‘g‘risida 
xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya yopiq, cheklangan guruhdagi kam sonli hodisalarni tekshirishda 
qo‘llaniladi. Bunda xulosa yakunlangan, natija to‘liq bo‘ladi. Masalan: Quyosh sistemasidagi 
planetalar miqdori, uchburchaklarning xillari, dunyodagi davlatlar soni, ma’lum territoriyadagi 
sanoat korxonalari miqdori va hokazo. Masalan:
Rossiya Federatsiyasi o‘z konstitutsiyasiga ega.
Belorussiya o‘z konstitutsiyasiga ega. 
Ukraina 
 
o‘z konstitutsiyasiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z konstitutsiyasiga ega. 
Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ukraina va O‘zbekiston Respublikasi mustaqil 
davlatlardir. 
Demak, barcha mustaqil davlatlar o‘z konstitutsiyalariga egadir.
To‘liqsiz induksiya 
miqdor jihatidan ko‘proq, hajm jihatidan kengroq bo‘lgan hodisalarni 
tekshirishga tatbiq etiladi. Bunda xulosa to‘liq yakunlanmagan bo‘ladi.
To‘liqsiz induksiyada sinfga oid ayrim hodisalar va ularning xossa- xususiyatlarini 
o‘rganib, ular qolgan boshqa hodisalarga ham hosdir, degan umumiy xulosa chiqariladi. 
To‘liqsiz induksiya ko‘pincha tanlab olish metodi orqali sodir bo‘ladi.
Tanlab olish usuli jihatidan 
to‘liqsiz induksiya ikki turga bo‘linadi: a) oddiy sanash 
induksiyasi (enumerativ induksiya yoki ommaviy induksiya), b) istisno qilish yo‘li bilan hosil 
qilingan (eliminativ) yoki ilmiy induksiya.
Ommaviy induksiya
bir-biriga o‘xshash hodisa qayta-qayta takrorlansa, u hamma vaqt shu 
tarzda hosil bo‘ladi, degan xulosaga asoslanadi. Masalan: ba’zan kun botgandan so‘ng osmonda 
qizil shafaq hosil bo‘ladi. Bundan ertaga shamol esishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə