Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


 O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega.  2. Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

 
1. O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bilim olish huquqiga ega. 
2. Ahmedov – O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi.
 
3. Demak, Ahmedov bilim olish huquqiga ega.
 
Bu xulosada 2 asos va xulosa (natija) mavjuddir, ya’ni u uch hukmdan iborat. 1-2-hukmlar 
asoslar, 3-hukm esa natija, shu natijaning asoslardan mantiqiy ravishda kelib chiqish jarayoni 
xulosalashdir.
Mantiqiy kelib
chiqish deb asoslardan xulosani keltirib chiqarish jarayoniga aytiladi. 
Mantiqiy kelib chiqish asoslar va xulosa o‘rtasida mazmun jihatidan bog‘lanish, o‘zaro aloqa 
bo‘lishini talab qiladi. Aks holda xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Xulosa chiqarishning bir qancha 
turlari
mavjuddir:
 
 
 
 
 
 
 
1. Asoslar soniga ko‘ra
xulosa chiqarish ikki turga bo‘linadi: bevosita va bavosita (vositali) 
xulosa chiqarish.
Bevosita xulosa chiqarish
deb faqat bir asosdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa chiqarishga 
aytiladi. 
Bevosita xulosa chiqarish 
to‘rt usulda
sodir bo‘ladi: 1) aylantirish, 2) almashtirish, 3) 
predikatga qarama-qarshi qo‘yish, 4) mantiqiy kvadrat bo‘yicha. 
Aylantirishda 
asos sifatida olingan tasdiq hukm inkor hukmga va aksincha aylantiriladi. 
Bunda hukmning ma’nosi o‘zgarmaydi, faqat uning sifati o‘zgaradi. Masalan: Barcha 
matematiklar masalalar yechishni yaxshi bilishlari lozim. Demak, masalalar yechishni yaxshi 
bilmaydiganlar matematiklar emas. Yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘lmay qolmaydi. Demak, 
yaxshi ishlangan g‘o‘za serhosil bo‘ladi.
Almashtirish
da
 
asos sifatida
 
olingan hukmning sub’ekti va predikati o‘rinlari 
almashtiriladi. Masalan: Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fandir. Demak, 
badiiy adabiyot qonunlari to‘g‘risidagi fan adabiyotshunoslikdir. 
Зарурий 
Бевосита хулоса 
чиқариш 
Чинлик 
даражасига 
кўра 
Эхтимолий 
Билвосита хулоса 
чиқариш 
Дедуктив хулоса 
чиқариш 
Индуктив хулоса 
чиқариш 
Аналогия 
Асосларнинг 
сонига кўра 
Фикрнинг ҳаракат 
йўналишига кўра 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə