Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Predikatning mazmuniga ko‘ra
hukmlar uchga bo‘linadi: mavjudlik, xususiyat va 
munosabat hukmlari.
Mavjulik hukmi 
voqelikda biror buyum yoki hodisa borligi yoki yo‘qligini ifodalaydi. 
Masalan: Termiz shahrida hayvonot bog‘i mavjuddir.
 
S-P dir. Oyda hayot mavjud emas. S-P emas.
Xususiyat hukmi
biror buyum yoki hodisaga muayyan xossa, xususiyat taalluqli yoki 
taalluqli emasligini aks ettiradi. Masalan: Ruboiy to‘rtlikdir. S-P dir. Bizning fakultetimiz binosi 
chiroyli emas. S-P emas.
Munosabat hukmi
buyum va hodisaga biror aloqa, munosabat xos ekanligi yoki xos 
emasligini aks ettiradi. Munosabatlar 
turlicha
bo‘ladi:

 







a) 
makoniy (fazoviy) munosabat.
O‘zbekiston va Tojikiston respublikalari qo‘shni 
mamlakatlardir. 

b) 
zamoniy (vaqtiy) munosabat.


Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning zamondoshidir.
v
) tenglanish munosabati. 
Nodira va Sayyora tengdoshlardir.
 
g) 
jins munosabati
. Shoira va Zulfiya qizlardir.
d) 
ketma-ketlik munosabati. 
Bahordan
 
keyin yoz keladi. 

Munosabat matematik (simvolik) mantiqda quyidagicha belgilanadi: ARV. Bunda A va V 


turli buyum va hodisalar, R esa ular o‘rtasidagi munosabatdir.
7. 
Modallik bo‘yicha hukmlar 
ikkiga bo‘linadi: ob’ektiv modallik va mantiqiy modallik 
bo‘yicha hukmlar. Bunda hukm predikatidagi belgining fikrimiz buyumida tasdiq yoki inkor 
shaklidagi bog‘lanishi asos bo‘ladi.
Ob’ektiv modalligiga,
ya’ni inson ongidan tashqarida mavjud bo‘lgan buyumlarning 
ob’ektiv ehtimoliy, voqeiy va zaruriy bog‘lanishlarini aks ettirishiga qarab, hukmlar uchga 
bo‘linadi: 
a) ehtimoliy hukmlar. 
b) voqeiy hukmlar. 
v) zaruriy hukmlar. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə