Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

2. Hajmiga ko‘ra: 
a) sodda, b) murakkab hukmlar
Sodda (oddiy) hukm 
deb tarkibida bittadan sub’ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi.
Murakkab hukm 
deb tarkibida bir necha sub’ekt va predikati bo‘lgan hukmlarga aytiladi. 
3. Bog‘lovchining mazmuni (safati)ga ko‘ra
hukmlar tasdiq va inkor hukmlarga bo‘linadi.
Tasdiq hukm
deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini ifodalovchi hukmga aytiladi. 
Masalan: Alisher Navoiy buyuk o‘zbek mutafakkiri va shoiridir. S-P dir.
Inkor hukm 
buyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan: Bizning 
universitetimizda o‘quv maydoni yetarli emas. S-P emas.
4. Sub’ektning hajmi (miqdori)ga ko‘ra 
hukmlar uchga bo‘linadi: yakka, juz’iy va umumiy.
Yakka hukmda 
alohida, ayrim buyum va hodisaga xos belgi tasdiq yoki inkor shaklida ifodalanadi. 
Masalan: G‘afur G‘ulom «Ko‘kan» poemasining muallifidir. S-P dir. G‘ayrat intizomli talaba emas. S-P 
emas. 
Juz’iy hukmda buyum 
va hodisalar sinfining ma’lum qismiga xos belgilar ifodalanadi. Masalan: 
Talabalarning ba’zilari a’lochilardir. Ba’zi S-P dir. Ba’zi hayvonlar sut emizuvchilar emas. Ba’zi S-P emas.
Umumiy hukmda
bir guruh buyum va hodisalarga taalluqli bo‘lgan belgi tasdiq yoki inkor 
shakllarida ifodalanadi. Masalan: O‘zbekistonning barcha fuqarolari bilim olish huquqiga egadir. Barcha 
S-P dir. Barcha talabalar ham imtihondan yaxshi va a’lo baholar olavermaydilar. Barcha S-P emas. Hech 
bir ezgu niyatli kishi urushni istamaydi. Hech bir barcha S-P emas.

5. Son va sifat jihatidan birgalikda 
hukmlar to‘rtga bo‘linadi: umumiy tasdiq, juz’iy tasdiq, 
umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar.
Umumiy tasdiq hukm
son jihatidan umumiy, sifat jihatidan tasdiqiydir. U lotincha AFFIRMO – 
tasdiq so‘zining birinchi unli harfi A bilan beligilanadi. Masalan: Barcha a’lochilar talabalarning ilg‘or 
qismidir. Barcha S-P dir. Bunda sub’ekt bo‘lingan (keng ma’noda olingan), predikat esa bo‘linmagan (1-
surat).

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə