Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Ijobiy (musbat) tushunchalar 
buyum va hodisada ma’lum bir belgi mavjudligini aks 
ettiradi. Masalan: mazmunli, serhosil, shoxdor, gapdon, chaqqon, go‘zal, tez harakat.
Salbiy (manfiy) tushunchalar 
buyum va hodisada biror belgi mavjud emasligini ifodalaydi. 
Masalan: beg‘am, noaniq, ta’msiz.
Kategoriya 
deb ilmiy mazmunga, qimmatga ega bo‘lgan fan tushunchalariga aytiladi. Har 
bir fanning o‘z kategoriyalari mavjuddir.
2. Hajmiga ko‘ra 
tushunchalar jins va tur tushunchalarga bo‘linadi.
Hajm jihatidan 
keng bo‘lgan tushunchalar 
jins tushunchalar 
deyiladi.

Hajm jihatidan tor bo‘lgan tushunchalar


tur tushunchalar 
deyiladi. Masalan: «shahar» 
tushunchasi «Termiz» tushunchasidan keng bo‘lganligi uchun jins tushunchadir, «Termiz» esa tur 
tushunchadir. 
3. Hajm tafovutiga ko‘ra
tushunchalar yakka, umumiy va to‘planma tushunchalarga 
bo‘linadi.
Yakka tushunchalar 
bir buyum yoki hodisaga xos belgilarni ifodalaydi. Masalan: 
Toshkent, Gulnora, birinchi kosmonavt Yu. Gagarin.
Umumiy tushunchalar 
bir jinsdan bo‘lgan ko‘p buyum va hodisalarni ifodalaydi. Masalan: 
yulduz, kitob, maktab, hosil.
To‘planma tushunchalar 
bir jinsdan bo‘lgan buyum va hodisalar
 
to‘plamini yaxlit holda 
ifodalaydi. Masalan: o‘rmon (daraxtlar o‘sadigan yer), kutubxona (kitoblar to‘plangan joy), don 
(bug‘doy arpa, sholi).
Tushunchalar o‘rtasida turli 
munosabatlar
mavjuddir:
1.Sig‘ishadigan (taqqoslanadigan) munosabatlar
– o‘zaro muhim, umumiy va o‘xshash 
belgilarga ega bo‘lgan tushunchalar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan: tarix, adabiyotshunoslik
tilshunoslik, matematika – fanning turli tarmoqlari, Nodira, Ra’no – dugonalar.


АиВ
и 
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə