Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

2-savol bayoni: 
Fikrlarimiz tuzilishi, qurilishini aniqlash jarayoni 
formallashtirish
dir. 
Formallashtirish jarayoni tafakkur shakllari va qoidalarini turli ramziy, shartli formulalar, 
sxemalar va belgilar orqali ifodalashdir. U tafakkurning shakli bilan birgalikda uning mazmunini 
ham hisobga olishni taqozo qiladi. Shu bois mantiq fanining eng qadimgi va dolzarb sohasi formal 
mantiq fanidir. Bu fanga antik davrda yunon mutafakkiri Aristotel asos solgan.
Mantiq ilmining 
alohida fan sifatida shakllanishi Arastuning nomi bilan bog‘liqdir. U birinchi bo‘lib mantiq 
o‘rganadigan masalalar doirasini aniqlab beradi. Arastuninng «Kategoriyalar», «Talqin haqida», 
«Birinchi Analitika», «Ikkinchi Analitika», «Sofistik raddiyalar haqida», «Topika» nomli asarlari 
bevosita mantiq masalalariga bag‘ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy 
ta’limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Rux haqida» asarlarda esa 
mantiq masalalari ma’lum darajada bayon qilingan.
Arastu mantiqni «ma’lum bilimlardan noma’lum bilimlarni aniqlovchi», «chin fikrni xato 
fikrdan ajratuvchi» fan sifatida ta’riflydi. Mantiqning vazifasi chin fikrni, xaqiqatni aniqlashdir, 
deb ta’kidlaydi.
Mutafakkir xaqiqatning mavjudligini, ob’ektiv harakterini e’tirof etgan xolda, 
«bilimlarimizning vaqealikka mos kelishi – xaqiqatdir», deb ko‘rsatadi. U haqiqatni aniqlashda 
nozidlik va uchinchisi istisno qonunlariga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq - 
fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq 
fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‘rganishni o‘zidan soqit qiladi. U 
fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‘rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli 
qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida 
ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‘ullanadilar», «Hamma 
kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‘lsada, ularning tuzilishi, shakli bir 
xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash 
mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo‘lib,unda 
muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo‘ladi. 
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. 
Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni 
shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va 
shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan 
chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq 
fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. 
Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika 
ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan. Formal mantiq va 
dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. 
Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, 
formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir. 
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida 
o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo 
matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. 
Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. 
Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib 
bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas 
qismi bo‘lib takomillashmoqda. 


Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish 
bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga 
tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik 
metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnis har xil 
masalalarni yechishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni 
matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib 
rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poreskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, 
Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari 
surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon 
mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə