Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Tafakkur til
bilan uzviy bog‘langan, til fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini 
ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari tizimidan 
iborat. Tilni o‘rganish mantiq fanining muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumki, 
tafakkur olamni mavhumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal hodisadir. Mavhum 
narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin. 
Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda 
mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu 
tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. 
Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana 
shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga ega hamda madaniyatimiz va tariximizning 
muhim bir qismini tashkil etadi. 
Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga yetkazib 
beriladi. Shu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy 
ettirishga yordam beradi. 
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqida 
ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy 
predmetdir. Har qanday belgi ham til belgisi bo‘la olmaydi. Til belgisi simvol–ramzlar shaklida 
mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra hech qanday o‘xshashlikka 
ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi. 
Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Arastu, Leybnis kabi mutafakkirlar katta 
e’tibor berganlar. Belgilar haqidagi ta’limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga 
aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf 
Charlz Pirs
(1839–1914 y.y.) belgilar haqidagi 
fan – semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha tahlil qiladi. 
Birinchisini 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə