Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

To‘g‘ri tafakkur 
deb mantiq qonun-qoidalari talablariga mos holda qurilgan, voqelikni 
haqqoniy aks ettiradigan fikrlar, bilimlarga aytiladi.
Tafakkur to‘g‘ri bo‘lishi uchun uning mazmuni haqqoniy, chin bo‘lishidan tashqari, 
mantiqiy shakli ham mantiq qonun-qoidalariga mos holda to‘g‘ri tuzilgan, izchil bo‘lishi kerak.
To‘g‘ri tafakkurning asosiy belgilari va talablari
quyidagilardir: fikrning aniq, qat’iy 
ma’noga ega bo‘lishi, izchil va ziddiyatsiz qurilishi, asosliligi. Bu talablar mantiq qonunlarida o‘z 
ifodasini topadi. Shuning uchun mantiq qonunlari to‘g‘ri tafakkurning asosiy talablari (prinsiplari) 
bo‘lib hisoblanadi. 
Mantiq
qonunlari
deb tafakkurning barcha shakllarida amal qiladigan umumiy, muhim, 
barqaror, zaruriy aloqa va bog‘lanishlar, talablar ifodasiga aytiladi.


Mantiq qonunlari ob’ektiv xarakterga ega. Ular kishilarning xohish-irodasi, shaxsiy istagiga 
bog‘liq emas. Kishlar bu qonunlarni o‘zgartira olmaydilar. Ular bu qonunlarga itoat etishga majbur 
va burchlidirlar.
Mantiq
 
qonunlari olamni bilish va o‘zgartirishda ulkan nazariy hamda metodologik 
ahamiyat kasb etadi.
Mantiq
 
qonunlari to‘rttadir: 
1. Ayniyat qonuni
2. Nozidlik qonuni. 
3. Uchinchisini istisno qonuni. 
4. Yetarli asos qonuni. 
Bu qonunlardan uchtasini (birinchi, ikkinchi va uchinchisini) o‘z davrida Aristotel kashf 
etib, fanga kiritgan edi. To‘rtinchi, ya’ni yetarli asos qonunini G. V. Leybnis asoslab bergan edi. 
Ayniyat qonuni
ga binoan, har bir tushuncha, hukm va xulosa konkret, muayyan, barqaror 
mazmunga ega bo‘lib, ular turli o‘rinlar va sharoitlarda bir necha bor takrorlansa ham, o‘zining asl 
ma’nosini yo‘qotmasdan, o‘z-o‘ziga teng, aynan bo‘lib qoladi. Formal mantiqning bu qonuni 
tushuncha va fikrlarni bir-biri bilan almashtirib va qorishtirib yubormaslikni, ularning har birini 
o‘z o‘rnida, o‘z ma’nosida ishlatishni taqozo etadi. Aks holda tushuncha yoki fikr o‘zgarishi, 
chalg‘ishi, aralashib ketishi, mulohazalar tarqoqligi, sochilib ketishi, masaladan chekinish va uni 
noto‘g‘ri qo‘yish kabi xatolar sodir bo‘ladi. Bularning barchasiga sabab fikr muayyanligi yoki 
qat’iyligining buzilishidir.

Ayniyat qonunining formulasi quyidagicha: A-A. Masalan: To‘g‘ri tafakkur qilish, fikr 


yuritish qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari va vositalari to‘g‘risidagi fan mantiqdir (A). 
Mantiq to‘g‘ri tafakkur qilish, fikr yuritish qonunlari, qoidalari, shakllari, usullari va vositalari 
to‘g‘risidagi fandir (A). 
Nozidlik qonuni
ga binoan, ayni bir buyum yoki hodisa to‘g‘risida aytilgan ikki qarama-
qarshi (kontrar) fikr, hukmlar ayni bir vaqtda va ayni bir nisbatda birdaniga chin bo‘lishi mumkin 
emas. Chunki ular o‘rtasida ziddiyat bor. Doim ulardan biri chin, ikkinchisi yolg‘ondir.
Ushbu qonun formal mantiqning fikr ziddiyatsiz bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi talabini 
ifodalaydi. Fikrning ziddiyatsiz bo‘lishi uning muayyanligi, aniqligi, barqarorligi va izchilligini 
ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Masalan: Pomir tog‘i baland (A). Pomir tog‘i baland emas (Ā). 
Bu mulohazalardan birinchisi chin, ikkinchisi yolg‘ondir. Ularning ikkalasi ham bir vaqtda chin 
yoki yolg‘on bo‘lolmaydi. Formulasi: A-Ā. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə