Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Tushunchaning hajmi
deb unda aks etgan buyum 
va hodisalar doirasi va ko‘lami to‘g‘risidagi bilimga aytiladi. Masalan, «odam» tushunchasining 
hajmini o‘tmishda yashagan, hozir yashayotgan va kelajakda ham yashashi mumkin bo‘lgan 
barcha kishilar tashkil etadi.
Mantiqda
tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni
mavjuddir. Bu qonunga binoan, tushunchaning mazmuni qancha keng bo‘lsa, uning hajmi shuncha 
tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning mazmuni qancha tor bo‘lsa, ya’ni belgilari kam, umumiy 
bo‘lsa, uning hajmi shuncha keng bo‘ladi. Bu qonun tushunchada o‘zaro jins-tur munosabatida 
ko‘rinadi. Masalan, «adabiyot» va «XX asr o‘zbek adabiyoti» tushunchalarining hajmlari 
turlichadir. Chunonchi, «adabiyot» tushunchasining hajmi keng, mazmuni esa tordir. «XX asr 
o‘zbek adabiyoti» tushunchasining hajmi tor bo‘lsa ham, mazmuni kengdir. 
Tushunchalar bir qancha belgilariga binoan har xil 
turlarga
bo‘linadi:
1.
 
Mazmuniga binoan
tushunchalar quyidagi turlarga bo‘linadi: konkret va abstrakt
nisbatdosh va nisbatsiz, ijobiy va salbiy tushunchalar, kategoriyalar. 
Konkret tushunchalar 
buyum va hodisalardagi asl, tub belgilarni yaxlit holda aks ettiradi. 
Masalan: to‘lqin, adabiyotshunos, ob-havo, O‘zbekiston. 
Abstrakt (mavhum) tushunchalar 
buyum va hodisalardagi ayrim belgilarni aks ettiradi. 
Masalan: qizillik, shirinlik, a’lochi, go‘zal. 
Nisbatdosh tushunchalar 
juft tushunchalar o‘rtasidagi muayyan aloqadorlikni ifodalaydi. 
Masalan: o‘qituvchi va o‘quvchi, oshpaz va xo‘randa, sotuvchi va xaridor. Ular bir-birisiz mavjud 
bo‘la olmaydi.
Nisbatsiz tushunchalar 
o‘zaro aloqadorlik, o‘xshashlik va umumiy belgilarga ega 
bo‘lmagan tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: sevgi, mashina, o‘g‘it, haqiqat, tuproq. Ular bir-
birisiz ham mavjud bo‘ladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə