Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

 
 
 
 
 
5-surat 
v)
zidlik (kontradiktor) munosabati
– ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘lib, ulardan biri 
ikkinchisini inkor etadi, ammo inkor qiluvchi tushunchaning ma’nosi noma’lum bo‘lib qoladi. 
Masalan: qora rang (A) va qora emas rang (A emas) tushunchalari (6-surat).

6-surat
 
Tushunchalar ustida turli 
mantiqiy amallar
mavjuddir: tushunchani ta’riflash, bo‘lish, 
umumlashtirish, chegaralash, sinflar ustida mantiqiy amallar.
Tafakkurning 
ikkinchi mantiqiy shakli 
hukm yoki mulohaza
dir.
 
Hukm – 
predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos 
emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
 
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan 
iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan 
birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va 
hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz 
turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, 
tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni 
noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning 
konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ladi. 
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) 
bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari 
xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq 
hukmlardir. 
Hukm
deb buyum va hodisada biror belgi mavjudligini tasdiqlovchi yoki mavjud emasligini 
inkor etuvchi tafakkur shakliga aytiladi. 
Hukm tafakkurning tushunchadan keyingi ikkinchi mantiqiy shaklidir. Har bir hukm 
tushunchalar orqali hosil bo‘ladi. 
Hukmning 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə