Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

mantiqiy tarkibi
ni uch qism tashkil etadi: 
1. Sub’ekt. 2. Predikat. 3. Bog‘lovchi.
Sub’ekt
(lot. subjectum – mantiqiy ega) deb hukmda fikr yuritilayotgan buyum yoki hodisa 
to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. Sub’ekt lotincha subjectum so‘zining bosh harfi S bilan belgilanadi.
С
С 
А
Ā
А 
В 


Predikat 
deb buyum va hodisadagi belgi, xususiyat va aloqa to‘g‘risidagi fikrga aytiladi. U 
lotincha praedicatum (mantiqiy kesim) so‘zining bosh harfi R bilan belgilanadi.
Bog‘lovchi 
sub’ekt bilan predikatni bir-biri bilan bog‘lab turishga xizmat qiladi. Bog‘lovchi 
og‘zaki nutqda sukut (pauza), intonatsiya, yozma nutqda esa -dir, emas qo‘shimchalari, ba’zan esa 
tire (–) orqali ifodalanadi. Masalan: «tarix fandir» degan hukmda tarix – sub’ekt, fan – predikat, - 
dir esa bog‘lovchidir. Formulasi: S-P dir. Inkor shaklida S-P emas bo‘ladi. Masalan: Ahmedov 
a’lochi emas. 
Hukmning sub’ekti va predikati uning t
erminlari 
deyiladi. Har qanday sodda va yakka 
hukmda ikkita termin (sub’ekt va predikat) mavjuddir. Bog‘lovchi termin tarkibiga kirmaydi. 
Hukm va gap
o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Har bir hukm gap va gaplar orqali ifodalanadi, har 
bir gapda ma’lum ma’no bo‘ladi. Gapsiz hukm bo‘lmaydi.
.
Hukmning turlari
bir qancha belgilari bo‘yicha tasnif qilinadi:
1. Mazmuniga ko‘ra
hukmlar ikki turga bo‘linadi: a) chin va b) yolg‘on.
 
Chin hukm 
deb buyum va hodisalarni to‘g‘ri, haqqoniy aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan: 
Yer shari aholisining ko‘pchiligi Sharqda yashaydi. Doiraning to‘liq sirti 360 
0
ga teng va h.k.
 Yolg‘on hukm deb 
voqelikni buzib, noto‘g‘ri aks ettiradigan hukmlarga aytiladi. Masalan, 
yolg‘onchi yaxshi odamdir, degan hukm yolg‘ondir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə