Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Ehtimoliy hukmlar 
buyum va hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishni 
taxminiy ravishda tasdiq yoki inkor etish orqali aks ettiradi. Masalan: Marsda, ehtimol, hayot 
mavjuddir. S, ehtimol, P dir. Ehtimol, ertaga yomg‘ir yog‘mas. Ehtimol, S-P emas.
Voqeiy hukmlar
buyum va hodisaga biror belgi mansubligi yoki mansub emasligini aks 
ettiradi. Masalan: O‘zbek tilida olti kelishik mavjuddir. S-P dir. Tragediya komediya emas. S-P 
emas.
Zaruriy hukmlar
buyum va hodisalar bilan ular belgilari orasidagi bog‘lanish muqarrar 
ekanligini ko‘rsatadi. Men, shubhasiz, universitetni bitiraman. S, shubhasiz , P dir.
Mantiqiy modalligiga ko‘ra
hukmlar ikkiga bo‘linadi. Bunda fikrning isbotlanuvchanlik 
darajasi asos qilib olinadi:
a) problematik (muammoviy) hukmlar. 
b) ishonchli hukmlar.
Problematik hukmlar
buyum-hodisalar va ular orasidagi belgini aks ettiradi. Bunda hali 
xulosa tajribada to‘liq tekshirilmagan va hodisaning natijasi ham to‘liq tekshirilmagan bo‘ladi. 
Masalan: Karim, ehtimol, kasallik natijasida darsga kelmagandir. S, ehtimol, P emas. Bu she’rni, 
balki, Muqimiy yozgandir. S, balki, P dir.
Ishonchli hukmlar
buyum va hodisalarga ma’lum belgi xosligi yoki xos emasligini 
ifodalaydi. Masalan: Adabiyot san’at turidir. S-P dir. Zarafshon daryosi Kaspiy dengiziga quyilgan 
emas. S-P emas.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan hukmlar sodda (oddiy) hukmlardir. Sodda hukmlardan tashqari 
yana murakkab hukmlar ham mavjuddir.
Murakkab hukmlar
sodda hukmlarning turli bog‘lovchilar yordamida qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi.
Mantiqiy munosabatlariga ko‘ra murakkab hukmlar 
uch xil
bo‘ladi: 
1. Qo‘shuvchi hukmlar. 
2. Shartli hukmlar
3. Ayiruvchi hukmlar.
Qo‘shuvchi hukmlar 
ikki yoki undan ortiq sodda hukmlarning «va», «ham», «hamda» 
bog‘lovchilari yordamida qo‘shiluvidan hosil bo‘ladi. Ular kon’yunktiv hukmlar deb nomlanadi 
va matematik (simvolik) mantiqda kon’yunksiya belgisi ^ bilan ifodalanadi. A^V, Masalan: Bahor 
keldi va tabiat ko‘m-ko‘k libosga burkandi. S-P va S
1
-P

dir. Ochko‘zning qorni to‘ymas, qorni 
to‘ysa ham, ko‘zi to‘ymas. S-P emas, S-P bo‘lsa ham, S-P
1
emas.
Shartli hukmlar
sub’ekt bilan predikat orasidagi aloqadorlikni biror shartga ko‘ra muqarrar 
qilishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: Agar pechka yoqilsa, uy issiq bo‘ladi. Agar S-P bo‘lsa, unda 


S
1
-P

dir. Shartli hukmlar implikativ hukmlar deb nomlanadi va implikatsiya belgisi → bilan 
belgilanadi: A→ V.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə