Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Uchinchisini istisno qonuni
ga binoan, ayni bir buyum yoki hodisa to‘g‘risida aytilgan bir-
biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki fikr, hukmlardan biri hamisha chin bo‘lib, ikkinchisi yolg‘ondir, 
ularning ikkalasining ham bir vaqtda va ayni bir munosabatda chin bo‘lishi mumkin emas. Demak, 
bu qonun ikki qarama-qarshi fikr, hukmlardan biri chin, ikkinchisi esa yolg‘on ekanligini tanlab 
olishni taqozo qilib, uchinchi – o‘rtanchi, oraliq yo‘l, imkoniyatni istisno qiladi. Boshqacha 
aytganda, uchinchisining bo‘lishi mumkin emas yoki uchinchisi yo‘q, berilmagan. Masalan: 
Uzoqdan ko‘ringan odam yo erkak, yo ayoldir. Aniq javobingni ayt: sevasanmi, sevmaysanmi? 
Bu mulohazalar berilgan ikki holatdan faqat bittasini tanlab olishni taqozo etadi, uchinchi yo‘l, 
holat esa bo‘lishi mumkin emas. Formulasi: A yo V, yo V emas. 
Uchinchisini istisno qonuni nozidlik qonunini yanada rivojlantiradi. Agar nozidlik qonuni 
qarama-qarshi (kontrar) hukmlarga nisbatan amal qilsa, uchinchisini istisno qonuni esa zid 
(kontradiktor) hukmlarga nisbatan amal qiladi. Shuningdek, nozidlik qonuni haqiqatni 
aniqlashning ikki qarama-qarshi yo‘lini tan olib, ulardan biri chin, ikkinchisi yolg‘on ekanligini 
ta’kidlaydi. Uchinchisini istisno qonuni fikrga jiddiy aniqlik kiritib, uchinchi, oraliq, o‘rtancha 
yo‘lning bo‘lishi mumkin emasligini qayd qiladi. Mantiqning bu qonuni ham to‘g‘ri, izchil, xatosiz 
tafakkur qilish uchun katta ahamiyatga egadir. 
Yetarli asos qonuni
ga binoan, har qanday chin, haqqoniy fikr, hukm, bilim asoslangan, 
isbotlangan, dalillangan bo‘lishi, buning uchun esa ular yetarli, to‘liq asoslar, dalillar, fikrlar, 
argumentlarga ega bo‘lishi lozim. Demak, mulohazalar haqqoniyligini asoslash, isbotlashning 
yagona vositasi dalillar, asoslar, faktlar va argumentlardir. Asoslanganlik esa to‘g‘ri tafakkurning 


muhim talabidir. Zotan, asoslangan, isbotlangan fikr to‘g‘ri fikrdir. Asoslanmagan, isbotlanmagan 
fikr yolg‘on, noilmiy fikr, xurofot, bid’at, bo‘htondir. 
Yetarli asos uchun olingan dalillar, faktlar miqdori o‘rganilayotgan ob’ektning tabiati va 
xarakteriga bog‘liqdir. Ular haddan tashqari ko‘p ham yoki, aksincha, kam ham bo‘lmasligi kerak. 
Eng muhimi, ular to‘g‘ri, haqiqiy, ob’ektiv, ishonarli bo‘lishi lozim. Asoslar o‘rtasida sabab-oqibat 
bog‘lanishlari mavjud bo‘lishi kerak. Formulasi: Agar V bo‘lsa, unda uning A asosi ham bor.
Mantiq qonunlari o‘zaro uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə