Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi


Tezisni quyidagi besh usul orqali rad etish mumkin



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

Tezisni quyidagi besh usul orqali rad etish mumkin
:
1. Opponent (muxolif) o‘rtacha tashlagan tezisni rad etish uchun fakt va dalillar keltirish.
2. Muxolif o‘z tezisiga asos qilib olgan dalillarni tadqiq qilish.
3. Rad qilinuvchi isbot tezisining chinligi tezisni tasdiqlash uchun keltirilgan dalillardan 
kelib chiqmasligini isbot etish.
4. Rad qilinuvchi tezisga zid bo‘lgan yangi tezisni mustaqil ravishda isbot etish.


5. Rad qilinuvchi tezisning o‘zining noto‘g‘riligini isbot qilish.
 
Isbot va raddiya qoidalari turli munozara va muhokamalarda keng qo‘llaniladi.
Munozara (diskussiya
) deb bahsli masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun zarur 
bo‘lgan usulga aytiladi. Munozara isbot va raddiya, fikr-mulohaza yuritishning mantiqiy qonun-
qoidalariga asoslanadi. Shuningdek, munozarani olib borish va unda amal qilinishi lozim bo‘lgan 
axloqiy qoidalar (etik normalar) ham mavjuddir.
Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. 
Bularga asosan quyidagilar kiradi: 
– zaruriyatsiz bahslashmaslik; 
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni 
o‘zgartirmaslik; 
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; 
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; 
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining 
fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri 
bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.; 
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. 
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish 
tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. 
 
Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni 
hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish 
jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi 
bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə