Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

«Mazmundor» nazariyalarda
ma’lum bir sohaga oid faktlar tizimga solinadi
umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, 
ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga 


tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va 
mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik 
nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga 
ham tayanadi. Masalan, mazmundor, deb hisoblanadigan Ch. Darvinning evolyusiya nazariyasi, 
I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy 
g‘oyalarga suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni ratsional usul bilan anglaydi, qayta 
ishlaydi va tushuntiradi. 
Gipotetik-deduktiv nazariyalar 
tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga 
ega gipotezalar tizimidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari 
deduksiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash 
mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, chunki har bir 
keltirilib chiqarilgan gipoteza o‘zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo‘lgan bilimlarni sintez 
qilish natijasi sifatida gavdalanadi. 
Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning 
darajalari bo‘yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga 
ega bo‘lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich 
gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat’iy holdagi javob yo‘q. 
Aksiomatik tizimlarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang‘ich asosdan 
– asosiy aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə