Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix12.02.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#100697
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)

keng tarqalgan analogiya
– hodisalar o‘xshashligidan ularni vujudga keltirgan 
sabablar, sabablar o‘xshashligidan esa ularga xos o‘xshashliklar harakati to‘g‘risida xulosa 
chiqarish. 
v) 
qat’iy analogiya 
– ikki buyumning bir umumiy belgi bo‘yicha o‘xshashlgidan boshqa 
belgi bo‘yicha o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish. 
g) 
qat’iy bo‘lmagan analogiya
– 
bir belgidan boshqa belgilar to‘g‘risida xulosa chiqarish
Analogiya fan va texnikada modellashtirishning mantiqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi 
4-savol bayoni:
Fan bilimlarning muayyan sistemasidan iboratdir. Bilimlar o‘rtasidagi 
aloqadorlik, izchillik va tartibni, ularning chin yoki yolg‘onligini bevosita ko‘rib bo‘lmaydi. Agar 
buning iloji bo‘lsa, unda hech qanday dalil va isbotga hojat qolmas edi. Holbuki, ko‘pgina ilmiy 
bilimlarni aniqlash dalillash yoki isbot qilishni taqozo etadi.
Ilmiy bilimlarning faqat bir qismi isbot talab qilmaydi. Bu aksiomalardir. Chunki ular 
tajribada allaqachon tekshirilib tasdiqlangandir. Qolgan aksariyat ko‘pchilik bilimlar esa isbot va 
dalilga muhtojdir. Shuning uchun dalillash va isbot bilimlar chinligi, haqqoniyligi va to‘g‘riligini 
aniqlashning muhim shartidir. Asossiz fikr g‘ayriilmiy fikrdir.
Shunday qilib, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarimiz isbot va 
yetarli asosga tayanmog‘i lozim. Isbot xulosa chiqarish orqali amalga oshiriladi. Masalan, suvning 
elastik jism ekanligi to‘g‘risidagi fikrning chinligini aniqlash uchun uni quyidagicha isbot qilamiz:
Suv suyuqlikdir.
Suyuq jismlarning barchasi elastikdir.
Demak, suyuqlikdan iborat bo‘lgan suv ham elastikdir.
Bu misoldan ravshanki, biror fikrning isboti uchun boshqa ma’lum, isbotlangan, aniq fakt va 
dalillar, fikrlar asos qilib olinadi. Bu 
dalillash yoki isbotlashdir


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə