Maqsad: a ta'limiymaqsadi


Sana: __________5-ab sinf Mavzu: Bog’ich, belbog’ va qoplama cho’ntakni tikish



Yüklə 2,94 Mb.
səhifə28/46
tarix23.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#123536
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
5 - sinf uchun konspekt www.sadikov.uz

Sana: __________5-ab sinf
Mavzu: Bog’ich, belbog’ va qoplama cho’ntakni tikish
Maqsadi: a) ta'limiymaqsadi – bog’ichlar tikishni o’rgatish.
b) tarbiyaviymaqsadi – vatanparlik ruhida tarbiyalash.
v)rivojlantiruvchimaqsadi – turli xildagi fartuk modellarini tikishni o’rgatish.
d) kompetensiya elementlari: Bog’ich, belbog’ va qoplama cho’ntakni tikish
Dars turi: nazariy,amaliy
Dars metodi: guruhlarga bo’lib
Dars jihozi: 1) metodik qo’llanmalar, bog’ichlar uchun mato, na’munalar. 2)chizg’ich,qalam, qaychi, qog’oz,sm lenta, igna ,iplar.
Darsni borishi:1) Tashkiliy qism. a) salomlashish , davomat, tozalik, darsga tayyor ligini tekshirish.b) uy vazifa va amaliy ish uchun jihozlarni tekshirish.
O’tilgan mavzularni yodga solish:

  1. Bog’ichli qalpoqcha uchun andoza olish ketma ketligini aytib bering?

Yangi mavzu bayoni Bog’ichini tikishda avval asosiy yuqori qismini tikib olgach qalpoq chain bog’ichini bichib olamiz ya’ni uni tikishga tayyorlab olamiz. So’ngra tikishga ya’ni asosiy qismiga ulash ishlarini olib boramiz Buning uchun gazlamani bichishga tayyorlab olamiz buning uchun:
1. Gazlamaning o’ngini o’ngiga qaratib,bo’ylamasiga ikkita buklanadi va to’g’nagichlar qadab qo’yiladi.
2. Bog’ichining ikki tomoni chetlaridan 0,8 sm qoldirib ko’klab chiqi ladi va to’g’nagichlar olinadi.
3. Bog’ichining chetidan 0,7 sm qoldirib baxyaqator tikiladi.
4. Burchagini chokdn 0,2 sm qoldirib qirqib tashlanadi va ko’klash qavviqqatori olib tashlanadi.
5. Bog’ichini o’ng tomonga ag’darib, choklari tekislanadi va chetidan 0,2 sm qoldirib ko’klab chiqiladi.
6. Bog’ichini dazmollanadi, qo’l choklari so’kib tashlanadi.
Belbog’ini tikish
1. Gazlamaning o’ngini ongiga qaratib, bo’ylamasiga bukiladi va ikki tomoni bo’yiga 35sm dan ko’klab tikiladi.
2.Belbog’ning ikki tomoni chetidan 1 sm qoldirib baxyaqator tikiladi.
3.Burchagini chokdan 0,2 sm qoldirib qirqilib tashlanadi va ko’klan gan choki so’kilib olinadi.
4. Belbog’ni o’ngiga ag’darib , choklarini tekislanadi va chetidan 0,2 sm qoldirib ko’klab , qaviqqator tikib chiqiladi.
5. Iplarini so’kib ,bostirilib dazmollanadi.

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə