Maqsad va vazifalari


Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar).  QO‘SHIB YOZISH



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/86
tarix01.06.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#114995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
resources

7.
Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar). 
QO‘SHIB YOZISH
38. 
Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab 
kabi so‘zlar
yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
qabulxona, 
tabriknoma
,
taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquwat, bug‘doyrang,
umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab 
kabi.
39. 
-(a)r 
(inkori -
mas)
qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib
yoziladi: 
o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas 
kabi.
40. Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe'llar qo‘shib
yoziladi: 
pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) 
kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), o‘xshatish yo‘li bilan bil-
diruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
karnaygul, qo‘ziqorin, otquloq,
oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z 
kabi.
42. Narsani uning rangi? mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi
qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
olaqarga, 
qizilishton
, achchiqtosh, mingoyoq 
kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib
yoziladi: 
kirsovun, qiymalaxta, tok qaychi, oshrayhon, ko‘zoynak molqo‘ra, nosqovoq kabi
44.
 
Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi
: tog‘olcha,
cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45.
 
Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi
: kiryuvdi, kelintushdi,
qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturchon kabi.


46.
 
Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shib
yoziladi: 
mingboshi, so‘zboshi, olmaqoqi 
kabi.
47. Ikkinchi 
qismi turdosh ot bilan yoki
 

obod 
so‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib
yoziladi: 
Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzaobod, Xalqobod 
kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan
joy nomlari ajratib yoziladi: 
O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq 
kabi.
48. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li bilan hosil qilingan
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: 
kinoteatr, radiostan-siya, fotoapparat, elektrotexnika,
teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti 
kabi.
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qo‘shib
yoziladi: 
SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi:
O‘zXDP MK 
(O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi) kabi
.
50.
 
Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish
bilan
ko‘rsatiladi: 
yo‘o‘q,
 
nimaa,
 
himm,
 
ufff
 
kabi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə