33
kelib chiqqan guruh) o„larok, zavod tizimlari o„zlarining bir mashhur erkak
hayvondan kelib chiqqanidan tashqari, alohida tanlash va juftlash orqali erishilgan
hislatlari bilan ajralib turadi. Odatda tizimlar 3-5 bo„g„in
saqlanib turadi, keyin
undan yangi tizimlar ajralib chiqadi, u ham ma‟lum vaqtdan keyin yangi tizimlarga
o„z joyini bo„shatib beradi.
Harbir tizim zot an‟analarini saqlagan holda o„z tipiga ega bo„ladi.
D.A. Kislovskiy va V.O.Vitt harbir zotda 6-7 tizim bo„lishi, ularning bir qismi
so„nib, ikkinchilari paydo bo„ladi, umuman olganda ba‟zi paytlari 15-16 tagacha
tizimlar bo„lishi mumkin. Bunday holat zotni doimiy
takomillashishini qarindosh
urchitishsiz amalga oshirish imkonini beradi. Mujassam qilish maqsadida
tizimlararo krosslar amalga oshiriladi, ya‟ni sermahsul tizimlarga asos bo„ladi.
Ye.A.Borisenko(1967) zotni tizimlar bo„yicha urchitish quyidagilarni o„z
ichiga olishini aytgan:
1.
Mashhur erkak
nasldor hayvonni ajratib olish, uning avlodlarining
hisobini olish;
2.
Maqsadli tanlash va juftlash, kerak hollarda qarindosh juftlashni qo„llash;
3.
Zotda sermahsul urg„ochi hayvonlar guruhi bo„lishga
erishish;
4.
Boshqa tizim hayvonlaridan oqilona foydalanish;
5.
Ushbu tip talablariga javob bermagan hayvonlarni puchak qilish;
6.
O‟zaro mos tizim va oila hayvonlarini juftlash;
7.
Hayvonlarga me‟yordagi oziqlantirish va saqlash
sharoitlarini yaratib
borish.
Sof zotli urchitishda oila imkoniyatlaridan keng foydalanish taqozo etiladi.
Urg„ochi hayvonlar o„z o„g„illari orqali yangi tizimlarga asos solishi mumkin.
Chatishtirish.
Chatishtirishning biologik mohiyati qo„yidagilardan iborat:
1.
Chatishma hayvonlarda geterozigotalik ta‟minlanib, ular hayotchan,
sharoitga moslashuvchan bo„lib, o„zgaruvchanlikka yo„l ochib beriladi.
2.
Ko„pchilik hollarda geterozis ro„y berishini ta‟minlaydi.
3.
Chatishma hayvonlarda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo„ladi va ularni
seleksiya jarayonida keng foydalanish mumkin.
Chatishtirishdan maqsad hayvonlarning mahsuldorligini oshirish bilan
zotlarning xususiyatlarini saqlab qolish bo„lsa, ba‟zan esa zot yo„nalishini
o„zgartirish, uning yangi sifatlarini yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: