32
kuchaytiradi; organizmning fiziologik imkoniyatlarini faollashtiradi,
shu bois
hayvonning chidamliligi ortadi.
A.Shell (1912)
fikriga ko„ra geterozis samarasi hujayra yadrosi va
sitoplazmani munosabatini o„zgarishi natijasida ro„y berib, ya‟ni genlar o„rtasida va
ular «ishlaydigan» muhit munosabatlarini taranglashtiradi. U geterozis hodisasi
o„sish
va rivojlanishni kuchaytirishi, «o„zgargan yadro va o„zgargan sitoplazma»
o„zaro munosabatida deb bilgan.
I.6.Qishloq xo‘jalik hayvonlarini urchitish usullari.
Urchitish usullari ilmiy asoslangan naslchilik tizimi bo„lib (turlar va zotlarni
saylab olish, tanlash va juftlash, olingan yosh hayvonlarni o„stirish, voyaga yetgan
hayvonlarni oziqlantirish va saqlash), kelib chiqishi mos hayvonlarni juftlash orqali
aniq zootexnikaviy vazifalar bajarilishi tushuniladi.
Qo„yidagi urchitish usullari mavjud:
Sof zotli,
ya‟ni juftlanayotgan hayvonlar bir zotga mansub: ♀A x ♂A.
Olingan hayvonlar sof zotli deyiladi.
Chatishtirish,
juftlanayotgan hayvonlar turli zotga mansub: ♀A x ♂B.
Olingan hayvonlar I, II, III bo„g„in chatishmalar deyiladi.
Duragaylash -
juftlanayotgan hayvonlar turli tur va turkumga mansub,
olingan hayvonlar duragaylar deyiladi.
Sof zotli urchitish.
Urchitilayotgan zotni saqlash, takomillashtirish bilan yuqori mahsuldorlik va
sharoitga moslashish hislatlarini saqlashdan iborat.
Eng muhimi zotning asosiy
genotipik va fenotipik ko„rsatkichlarini saqlash va avlodga yetkazish ko„zda
tutiladi. Sof zotli urchitish o„zgaruvchanlik kuchini pasaytirib zotdagi hayvonlar
bir xilligini , tana tuzilishi va mahsuldorligi bilan o„xshashligini ta‟minlaydi. Shu
bilan birga zotning tarkibiy qismlarga bo„linishi uning har xilligini ta‟minlaydi, zot
ichidagi hayvonlar genotipik farq, fenotipik o„xshashlikka
ega ekanligini yoddan
chiqarmaslik kerak.
Zotni takomillashtirish natijalari(toza urchitish omillari) qo„yidagilar bilan
aniqlanadi:
1.
Zot hayvonlarning soni va tarqalish hududlari;
2.
Zot ichida sifatli guruhlar bo„lishi;
3.
Hayvonlarni xolis va oqilona baholash;
4.
Tanlash
va juftlashni nafaqat fenotip, balki genotip bo„yicha ham olib
borish;
5.
Yosh qoramollarni me‟yorda va maqsadli o„stirish.
Sof zotli urchitishning eng mukammal xili zavod zotlarini
Dostları ilə paylaş: