Ma’ruza № konni shamollatish. Reja: 1


Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum



Yüklə 455,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix28.11.2023
ölçüsü455,44 Kb.
#137633
1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza № konni shamollatish. Reja

Shamollatish sxemalari laxmlar bo’yicha havo harakatini va tarqalishini ma’lum 
tartibini nazarda tutadi.
Toza havo kiruvchi va zararlangan havoni chiqarib yuboruvchi 
stvollarning joylashishi bo’yicha shamollatishning uch sxemasi farqlanadi: markaziy, qanotli va 
birlashgan usul.
Markaziy shamollatish sxemasida ikkala stvol ham shaxta maydonining markazida 
joylashgan bo’ladi. Bunda bir stvoldan uzatiladigan toza havo chiqarish shtreklaridan qazish 
ishlarigacha boradi va ventilyatsion laxmlardan shaxta maydonining markaziga qaytadi va 
ikkinchi stvoldab yer yuzasiga chiqib ketadi. Shamollatishning qanotli sxemasida markaziy 
stvoldan kelgan toza havo chiqarish laxmlaridan qazish ishlarigacha boradi va o’tib o’z yo’lini 
ventilyatsion shtreklarda, qanotlarda joylashgan ventilyatsion stvolgacha davom ettiradi. 
Shamollatishning birlashgan sxemasida ikkinchi va birinchi sxemalar birlashgan bo’ladi.
Gazli shaxtalarda umumiy shamollatish sxemalaridan mustaqil ravishda havo oqimini 
pastdan yuqoriga yo’naltirish kerak. Buning natijasida metanni zaboydan to’liq yo’q qilishga 
erishiladi. Yuqori xavfsizlik va alohida uchastkalarning mustaqil ishlashi uchun shaxtaga 
tushuvchi havo oqimini oqimchalarga ajratish zarur. Keyin ushbu oqimchalar umumiy chiquvchi 
stvol oqimida birlashtiriladi.
Stvollar va asosiy ventilyatsion laxmlarning yuzasi 4,5 m
2
dan kam bo’lmasligi kerak.
Ventilyatsion oqim harakatining tezligi qazish zaboylarida – 0,25m/sek dan kam 
bo’lmasligi va tayyorlov laxmlarida 0,15 m/sek dan kam bo’lmasligi kerak.
Alohida uchastkalar va zaboylar bo’yicha havoni taqsimlash qazib olishga, odamlar soniga, 
portlatish ishlariga va kon ishlarining rejasi bo’yicha amalga oshiriladi. Shamollatish sxemalari 
havo keluvchi laxmlar uzunligi, ularning ko’ndalang kesim yuzasi va keluvchi havoning 
miqdorini ko’rsatib tuziladi. Shundan keyin shamollatish sxemasining barcha tarmoqlari 
bo’yicha umumshaxta depressiyasi hisoblanadi.
Chuqur kuchli gazlashgan shaxtalarni shamollatishni loyihalashtirishda asosiy e’tibor gaz 
ajralib chiqishi va gaz manbai bo’lgan qatlamlarni gazsizlashtirish usullariga qaratilishi kerak. 
Zamonaviy qazib olish komplekslari bitta lavadan 2000 t/smena ko’mirni olish imkonini 
bermoqda. Lekin ventilyatsiya sharoitlariga ko’ra bu qiymat 700-800 t/sutkadan oshib ketmasligi 
kerak. 

Yüklə 455,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə