Ma’ruza №2.
To‘g‘ri chiziq. To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari. To‘g‘ri chiziqning
proeksiya tekisliklar bilan kesishtirib izlarini aniqlash. Fazoda berilgan ikki to‘g‘ri
chiziqning o‘zaro vaziyatlarini epyurda tasvirlash. Tibbiyotdagi antropometrik
tasvirlarni hosil qilish.
REJA:
1.
To‘g‘ri chiziq haqida tushuncha.
2.
To‘g‘ri chiziqning proeksiyalari.
3.
To‘g‘ri chiziqning proeksiya tekisliklar bilan kesishtirib izlarini aniqlash.
4.
Fazoda berilgan ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro vaziyatlarini epyurda
tasvirlash.
5.
Tibbiyotdagi antropometrik tasvirlarni hosil qilish.
Asosiy tushunchalar
To‘g‘ri chiziq yoki to‘g‘ri chiziq kesmasi ikki nuqta bilan belgilanadi. Bu
nuqtalar koordinatalari yoki proeksiyalari bilan berilishi mumkin. Shunga ko‘ra,
epyurda to‘g‘ri chiziqning proeksiyalarini yasash uchun
nuqtalarning bir nomli
proeksiyalarini o‘zaro tutashtirish kerak. Misol taritsasida, 25-rasmda A (a, a', a") va
B (b, b' b") nuqtalardan o‘tgan to‘g‘ri chiziqning proeksiyalari ko‘rsatilgan. A va B
nuqtalar proeksiya tekisliklarining har biridan har xil oraliqda turibdi. Demak, bu AB
to‘g‘ri chiziq proeksiya tekisliklarining har qaysisiga ham og‘madir. Bunday to‘g‘ri
chiziq
umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq
deyiladi.
Umumiy vaziyatdagi kesmaning ortogonal
proeksiyalaridan har biri
kesmaning o‘zidan qisqadir, (ab
proeksiyalari proeksiya o‘qlariga nisbatan og‘ma bo‘ladi.
Proeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar yoki parallel bo‘lgan to‘g‘ri
chiziq