Ma’ruza: Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi



Yüklə 73,43 Kb.
səhifə4/15
tarix24.12.2023
ölçüsü73,43 Kb.
#160187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs-fayllar.org

Tarmoqli semantik modellar
Bu modellarning asosida tarmoqlar, cho’qqilar va yoylar tushunchasi yotadi.Tarmoqlar oddiy va ierarxik bo’ladi, unda cho’qqilar - bu ba’zi bir tushunchalar, mohiyatlar, ob’ektlar, voqealar, jarayonlar yoki hodisalardir. Bu mohiyatlar o’rtasidagi munosabatlar yoylar bilan aks ettiriladi. Abstrakt yoki aniq ob’ektlar odatda tushunchalar, munosabatlar esa «bu» - “ ... ning bir qismi bo’ladi”, “ ...ga tegishli”, “... ni ardoqlaydi” ko’rinishidagi aloqalardir. Oddiy tarmoqlar ichki tuzilishga ega emas, ierarxik tarmoqlarda esa ba’zi bir cho’qqilar ichki tuzilishga ega bo’ladi.
Oddiy semantik tarmoqning parchasini keltiramiz. Ikromga ba’zi bir vaqt(T1 dan T2 gacha) davomida “Lada” avtomobili tegishli. U V1 hodisasida mulk egasi bo’ladi. Ikrom “Odam” ko’pligida element bo’ladi, uning avtomobili esa “avtomobil - VAZ” ko’pligida elementdir. V1 hodisasi “egalik qilish” hodisalar ko’pligida element bo’ladi, u “vaziyatlar” ko’pligida ko’pchilik bo’ladi. “E” yoyi ko’pchilikning elementini bildiradi, “P” yoyi ko’pchilikni bildiradi. “PR” yoyi kesishmaydigan har xil k o’pchilikni bildiradi. “ER” yoyi kesishmaydigan har xil elementdir (1-rasm).
1-rasm. Oddiy semantik tarmoqning parchasi.

Ierarxik semantik tarmoqlarda tarmoqlarni tarmoqchalarga bo’linishi ko’zda tutiladi va munosabatlar nafaqat cho’qqilar o’rtasida, balki tarmoqchalar o’rtasida xam o’rnatiladi (2-rasm).

2-rasm. Joylarning daraxti.

Yuqoridagi keltirilgan chizmada joylarning daraxti aks ettirilgan. R6 joyi uchun R4, R2, R0 joylari chegarasida yotgan joylarning barcha cho’qqilari ko’rinadi, qolganlari esa ko’rinmaydi. “Ko’rinishlik” munosabati joylarni tartibga solingan ko’pchilik “istiqbollar”da guruhlash imkoniyatini beradi.


Ierarxik tarmoqlarni grafik tasvirlarining qoidalari yoki bitimlarini ko’rib chiqamiz.
Bir joyda yotgan cho’qqilar va yoylar to’g’ri to’rt burchak yoki ko’p burchak bilan cheklanadi.
Yoy uning nomi yotgan joyga tegishli bo’ladi.
Rj joyning ichida tasvirlagan Ri joyi avlod (ichki daraja) hisoblanadi, ya’ni Ri dan Rj “ko’rinadi”. Ri Rj da yotgan super cho’qqi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin.
Semantik tarmoq ko’rinishidagi bilimlar omborida yechimni qidirish muammosi qo’yilgan savolga mos keluvchi ba’zi bir tarmoqgacha tegishli tarmoq qismini qidirish masalasidan iborat bo’ladi.
Tarmoqli semantik tarmoqning asosiy afzalligi - insonning uzoq muddatli xotirasini tashkil qilish haqidagi zamonaviy tasavvurga mos kelishidadir. Modellarning kamchiligi - semantik tarmoqqa chiqishni qidirishning murakkabligidir.



Yüklə 73,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə