Ma’ruza: Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi



Yüklə 73,43 Kb.
səhifə2/15
tarix24.12.2023
ölçüsü73,43 Kb.
#160187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs-fayllar.org

Mayshiy xizmat xodimlari. Axborot bu atrof muhitdan sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar majmuidir. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo’lib, kitob va gazetalar o’qib, televizion ko’rsatuvlar ko’rib biz axborot olamiz.
Aniq fanlar bilan shug’ullanuvchilar.Axborot tushunchasiga atrof muhitdan sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar majmuini hamda xotiramizda saqlangan axborotlar yordamida fikr yuritish, ularni qayta ishlash orqali olingan natijalar asosida qabul qilingan qarorlarni (yechimlarni) ham kiritadi.
Tibbiyot xodimlari.Axborot tushunchasiga atrof muhitdan sezgi a’zolarimiz orqali qabul qilinib, anglab olinadigan har qanday ma’lumotlar majmuini, xotiramizda saqlangan axborotlar yordamida fikr yuritish, ularni qayta ishlash orqali olingan natijalar asosida qabul qilingan qarorlarni (yechimlarni) hamda inson ongli ravishda qayta ishlay olmaydigan ma’lumotlarni, ya`ni genetik kodlarni ham kiritadi. Unga asosan ba’zan farzandlarning otasiga, onasiga, buvisiga va h.k. ga o’xshashishini misol tariqasida aytish mumkin. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o’zlaricha talqin etadilar.
Informatika fanini o’rganish uchun turlicha izohlanuvchi axborotning umumiy xususiyatlari aniqlangan. Bu umumiy xususiyatlarni quyidagicha keltiramiz: har qanday axborotni qabul qilish, jamlash, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkindir. Bu jarayonlarni informatikada axborotli jarayon deb yuritish qabul qilingan. Demak, axborotli jarayon deganda, axborotlarni
  • Qabul qilish;


  • Jamlash;


  • Qayta ishlash;


  • Saqlash;


  • Uzatish jarayonlari tushunilar ekan.


Bu jarayonlarni umumiy holda insonning qobiliyatlariga qiyoslash mumkin. Darhaqiqat, ba’zi insonlar ko’p ma’lumotga ega bo’ladi, ammo ularni tushuntirib bera olmaydi, ya’ni axborotlarni qayta ishlash, saqlash qobiliyati yaxshi rivojlangan, ammo uzatish qobiliyati sustroq rivojlangan. Ba’zi insonlar ma’lumotlarni to’liq eshitib o’tirmasdan tushunib oladi, ya’ni qabul qilish yaxshi rivojlangan bo’ladi, ba’zilari esa biror ma’lumotni maromiga yetkazib yoki “ko’pirtirib” aytib beradi, bu axborotni uzatish qobiliyatining yaxshi rivojlanganidan dalolat. Psixologiyada inson temperamentini aniqlashda insonlarning aynan shu qobiliyatlarining rivojlanishi ham inobatga olinadi.


Bundan tashqari, harbir hatti – harakatimiz tahlil qilinsa, uning ham axborotli jarayon natijasida yuzaga kelishini ko’rishimiz mumkin. Masalan, insonning xursand bo’lgandagi xatti – harakatni olaylik. Tahlil qilib qarasangiz, inson o’z – o’zidan xursanb bo’lmaydi, u qandaydir yaxshi axborotni qabul qildi (nimanidir eshitdi, ko’rdi, xis qildi va h.k.), bu axborotni qayta ishladi (ya’ni tushundi, suyundi) va xursandchiligini, ya’ni xursand bo’lganligi haqidagi axborotni uzatdi (sakrab chapak chalish, qiyqirish, xursandchilik ko’z yoshlari va h.k. ). Yosh bolalar bir marta issiq choynakni ushlab, uning issiqligi haqidagi axborotni qabul qilgan bo’lsa, har choynakni ko’rganda undan qo’rqish holatlaridagi xatti-harakatlarini ham misol qilish mumkin. Shu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, xatti – harakatlarimiz ham axborotli jarayonga bog’liqdir.
Axborotni turli – tuman ko’rinishlari bo’lib, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  • raqamli axborot,


  • matnli axborot;


  • grafikli axborot;


  • tovushli axborot;


  • video – lavhali axborot.


Insonni imkoniyatlari ma’lum ma’noda cheklangan, katta miqdordagi axborotlarni bir vaqtda qabul qilish, jamlash, ularni qayta ishlash, saqlash va zaruriyat tug’ilganda uzatishga qodir emas. Bunday hollarda inson texnika vositalaridan, ya’ni axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa vositalari, ommaviy axborot vositalaridan foydalanib axborotli jarayonni amalga oshirishga intiladi. 1

Umumiy holda axborotli jarayonga asoslanib quyidagi ta’riflarni keltirish mumkin:
Kompyuter – katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, jamlash, ularni qayta ishlash, saqlash va zaruriyat tug’ilganda uzatish, ya’ni axborotli jarayonni amalga oshirish imkonini yaratuvchi texnik vosita.
Informatika fanini esa ushbu axborotli jarayonni amalga oshirish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb qarash mumkin.
Axborotli jarayonni amalga oshirishning umumiy sxemasini tahminan quyidagicha ifodalash mumkin:2

Nazorat savollari



  1. Noosfеraning tashkil etuvchilarini qaysi birining paydo bo’lishi axborotni o’rganish bilan bog’liq?


  2. Axborot deb nimaga aytiladi? Ma’lumot qachon axborotga aylanadi?


  3. Axborotni qanday turlarini bilasiz?


  4. Axborotni sifat ko’rsatkichlarini tushuntirib bering.


  5. Axborot shakliga ko’ra necha turga bo’linadi?


  6. Axborot tushunchasini izohlab bering.


  7. Axborotli jarayon deb nimaga aytiladi?


  8. Axborotli jarayonni biror misolda tushuntirib bering.


  9. Axborotli jarayonga asoslanib informatika fani predmetini aytib bering.


  10. Axborotli jarayonni amalga oshirishning umumiy sxemasini ifodalang.





Yüklə 73,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə