Ma’ruza: Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi


SHaxsiy kompyutеrlarning tuzilishi



Yüklə 73,43 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü73,43 Kb.
#160187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs-fayllar.org

SHaxsiy kompyutеrlarning tuzilishi
Shaxsiy kompyuter (ShK) – bu, foydanishning hammaboplik va universallik talablarini qondiruvchi stolli yoki ko'chma EHMdir.
ShKning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:
  • Narxning individual xaridor uchun mos keladigan darajada arzonligi;


  • Atrof – muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanishning avtonomligi;


  • Boshqarish, fan, ta’lim, maishiy turmush sohasida uning xilma – xil qo'llanishlarga moslanuvchanligini ta’minlovchi arxitekturasining tez o'zgaruvchanligi;


  • Operatsiyon tizim va boshqa dasturiy ta’minotining «do‘stligi», bu esa foydalanuvchiga maxsus kasbiy tayyorgarliksiz ishlash imkonini beradi;


  • Ishning yuqori darajada ishonchliligi.


ShKning asosiy bloklarining tarkibi va ularning o‘zaro bog’liqligi 1 – rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan:


Mikroprotsessor (MP).Bu ShKning markaziy bloki bo‘lib, barcha bloklarning ishini boshqarish va axborot ustidan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:


  • Boshqaruv moslamasi (BM)– mashinaning barcha bloklariga zarurpaytda bajariladigan operatsiyalarning o‘ziga xosligi va avvalgi operatsiyalar natijalari bilan o‘zaro bog‘langan boshqaruvning muayyan signallarini uzatadi va shakllantiradi; bajariladigan operatsiyalarda foydalanuvchi xotira uyachasi adresini shakllantiradi va ShKning tegishli bloklariga bu adresni uzatadi, boshqaruv mosla­masi impulslar generatoridan impulslarning tayanch izchilligini oladi;

Aloqa
kanali


1-rasmda Shaxsiy kompyuterning tuzilish sxemasi




  • Arifmetik mantiqiy moslama (AMM)– son bilan hisoblanadigan va ramzli axborot ustidan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan;


  • Mikroprotsessorli xotira (MPX) – mashina ishining yaqin taktlarida hisoblashlarda bevosita foydalaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozib olish va uzatish uchun ishlatiladi. MPX registrlarda quriladi va mashinaning yuqori tezligini ta’minlashga xizmat qiladi, chunki asosiy xotira tez ishlovchi mikroprotsessor ishining samaradorligi uchun zarur bo'lgan axborotni yozib olish, izlash va hisoblash tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi. Registrlar – turli uzunlikdagi tez harakatlanuvchi xotira uyachalaridir;


  • Mikroprotsessorning interfeys tizimi – ShKning boshqa moslamalar bilan bog‘liqligi va aloqasini amalga oshiradi; MPning ichki interfeysini, kirish – chiqish portlarini boshqarishning buferli yodda tutuvchi registr va chizmalarini hamda tizimli shinani o‘z ichiga oladi. Interfeys – kompyuter moslamasining bog‘liqlik va aloqa vositalari yig‘indisi bo‘lib, ularning o‘zaro samarali aloqasini ta’minlaydi. Kirish–chiqish porti mikroprotsessorga boshqa ShK moslamasini ulashga imkon beruvchi bog‘lash apparaturasidir.



Yüklə 73,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə