Ma’ruza: Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi



Yüklə 73,43 Kb.
səhifə7/15
tarix24.12.2023
ölçüsü73,43 Kb.
#160187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Ma’ruza Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqs-fayllar.org

Mikroprotsessorning vazifasi
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
  • asosiy xotiradan o'qish va buyruqni deshifrlash;


  • tezkor xotiradagi ma’lumotlarni va tashqi moslamalar registrlari adapterlarini o‘qish;


  • tashqi qurilmaga xizmat qilish uchun adapterlardan so‘rov va buyruqlarni qabul qilish va qayta ishlash;


  • ma’lumotlar qayta ishlash va tezkor xotiradaga hamda tashqi moslamalar registrlari adapterlariga yozish;


  • ShKning barcha tugun va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish;


Birinchi mikroprosessor 1971- yilda Intel firmasi tomonidan chiqarilgan. Hozirgi paytda bir necha yuz turdagi mikroprotsessorlar chiqarilmoqda. Bulardan Intel va AMD kabi firmalarning mikroprosessorlari mashhur bo’lib foydalanuvchilar o’rtasida keng tarqalgan.


Zamonaviy mikroprotsessorlar mikroprotsessor qismida turli tezlikda ishlovchi bir necha guruh registrlarga ega. Ular operatsiyalarni konveyer rejimida bajaradi, MPni bunday tashkil qilish uning ishlash tezligini ancha oshirish imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori. U elektr impulslar izchilligini yuzaga keltiradi, yuzaga keltiriladigan impulslar chastotasi mashinaning taktli chastotasini belgilaydi.
Mashina ishining bir takt vaqti (mashina ish takti)ni qo‘shni impulslar o‘rtasida o‘tgan vaqt belgi­laydi.
Taktli impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kom­pyuterning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib ko‘p jihatdan uning ish tezligini belgilaydi, chunki mashinadagi har bir operatsiya muayyan miqdordagi taktlar orqali bajariladi.
Tizimli shina. Bu kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‘lib, uning barcha moslamalarida o'zaro bog’lanish va aloqani ta’minlaydi. Tizimli shina quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • Ma’lumotlarning kodli shinasi operanda sonli kodi barcha razryadlarini paralell uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarni o‘z ichiga oladi;


  • Adreslarning kodli shinasi asosiy xotira uyachalari adresi yoki tashqi moslama kirish – chiqish porti kodining barcha razryadlarini paralell uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarini o‘z ichiga oladi;


  • Ko‘rsatmalarni kodli shinasi mashinaning barcha bloklarida ko'rsatmalarni uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarni o‘z ichiga oladi;


  • Ta’minot shinasi energota’minot tizimiga ShK bloklarini ulash uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarga ega bo‘ladi.


Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‘nalishini ta’minlaydi:


  1. Mikroprotsessor va asosiy xotira o‘rtasida;


  2. Mikroprotsessor va tashqi moslamalar kirish – chiqish portlari o‘rtasida;


  3. Asosiy xotira va tashqi moslamalar kirish – chiqish portlari o'rtasida (xotiraga to‘g‘ri kirish rejimida).


Barcha bloklar, ularning kirish – chiqish portlari tegishli tutash joylar orqali shinaga bevosita yoki kontrollyorlar orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish mikroprotsessor yordamida bevosita yoki ko‘pincha qo‘shimcha mikrochizma – boshqarishning asosiy signallarini shakllantiruvchi shina kontrollyorlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi moslamalar va tizimli shina o‘rtasida axborot almashinuvi ASCII kodlardan foydalanilgan holda bajariladi.



Yüklə 73,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə