Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə117/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadi:

Xavo-tomchi infeksiyalarga qanday kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kirishini, ularning tuzilishi va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklarini, laboratoriya diagnostika usullari bilan tanishtirish. Bu infeksiyalarning xavo-tomchi infeksiya guruhiga kirish sababini bilish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va patogenezi bilan tanishish.

Pnevmokokklar

Morfologiyasi. Bu mikrob juft-juft joylashganligi bois, diplokokk (Diploccus pneumoniae) deb ham yuritiladi. Kokklarning uchi o‘tkirlashgan, lansetsimon, loviyasimon yoki bir oz cho‘ziq ovalsimon bo‘ladi, diametri 0.5–1.26 mkm ni tashkil etadi, asosan, juft, ayrim hollarda bittadan yoki kalta zanjir hosil qilib, ya’ni streptokokklarga o‘xshab joylashadi. Str.pneumoniae harakatsiz, spora hosil qilmaydi, ammo odam va hayvon organizmlarida kapsula hosil qiladi.

O‘sishi. Str.pneumoniae oddiy oziq muhitlarda yaxshi ko‘paya olmaydi. Shuning uchun ularni undirishda 5–10% SO2 tutuvchi oziq muhitlar qo‘llaniladi. Fakultativ anaerob, ko‘payishi uchun qulay harorat 37oS, ammo 28–42oS da ham ko‘payishi mumkin. Ular 0,1% glyukoza qo‘shilgan zardobli, qonli, rN 7.2–7.6 bo‘lgan maxsus agarlarda yaxshi rivojlanib, mayda, noziq, beti silliq, di¬ametri 1 mm bo‘lgan S-ko‘rinishidagi koloniyalar hosil qiladi. Qonli agarda mayda yuma¬loq a-gemoliz (yashil halqa)li koloniyalar paydo bo‘ladi. Qandli bulonda quyqa va cho‘kma hosil qilib ko‘payadi. Sun’iy oziq muhitlarda kapsula hosil qilmaydi, ammo bu muhitga hayvon oqsili qo‘shilsa, kapsula hosil bo‘lishi mumkin.

Pnevmokokklarning biokimyoviy xususiyatlari. Ular fermentativ xususiya¬ti jihatidan nisbatan faol. Laktoza, saharoza, maltoza, glyukoza, salisin va inulinlarni gazsiz faqat kislota hosil qilib parchalaydi. Pnevmokokklar boshqa streptokokklardan inulinni parchalashi bilan farq qiladi. Ular agressiv fyermentlardan muromidaza, gialuronidaza, peptinazalarni hosil qiladi.

Antigen tuzilishi. Pnevmokokklarda 3 xil asosiy antigenlar mavjud: hujayra devoridagi polisaharidlar, kapsula antigeni va M oqsil.

Kapsula antigeni maxsus bo‘lib, bu antigenga ko‘ra pnevmokokklar bir qancha syerovarlarga bo‘linadi. Shulardan I, II, III syerovarlari odam uchun patogen hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pnevmokokklarning 85 ta syerovarlari aniqlangan bo‘lib, ularning har biri muvofiq tip maxsus zardoblar bilan agglyuti¬nasiya reaksiyasiga kirisha oladi.

Toksin hosil qilishi. Pnevmokokklar asosan ekzotoksin hosil qila¬di. Ular a-, b-pnevmolizinlar hamda leykosidin va fibrinolizinlarni ajratadi. a-pnevmolizin oqsildan tashkil topgan bo‘lib, haroratga chidamsiz. b-pnevmolizin yetarli darajada o‘rganilgan emas.

Kasallikning odamdagi patogenezi. Pnevmokokklar, asosan, yuqori nafas yo‘llari orqali kirib, shu yerda saqlanib qolishi mumkin, shuning uchun zotiljam ham ekzogen, ham endogen yo‘llar bilan rivojlanadi.

Odam shamollaganda, o‘ta toliqqanda organizm¬ning himoya kuchi pasayganda pnevmokokklar yuqori nafas yo‘llaridan quyi a’zolarga o‘tadi va kasallik keltirib chiqaradi.

Pnevmokokklar quyi nafas yo‘llarining shilliq qavatiga tushsa, bron¬xit, zotiljam, qonga tushsa, baktyeremiya-sepsis, chaqaloq va qariyalarda esa butun orga¬nizmga tarqalib og‘ir kasalliklar (sep¬tikopiemiya va meningit)ga olib keladi.

Str.pneumoniae ning 1 – 4, 6, 8, 9, 12, 14, 18, 19, 23, 25, 51, 56 Serologik variantlari, asosan, odamlarda o‘tkir kechadigan zotiljamni qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, ular septisemiya, meningit, bo‘g‘inlar yallig‘lanishi, endo¬kardit, otit, pyeritonit, rinit, gaymorit, angina va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Immuniteti. Bemor sog‘aygach, o‘rta kuchdagi, uzoq davom etamaydigan tipmaxsus immunitet hosil bo‘ladi. Immunitet har bir Serologik varian¬tlarga xos, shuning uchun odam umri davomida bir necha marta pnevmokoklarning har xil tiplari bilan kasallanishi mumkin.

Laboratoriya tashhisi. Tashhis qo‘yishda baktyeriologik usul asosiy hisoblanadi. Bemorning balg‘ami, plevra suyuqligi, ekssudatlar, qon, orqa miya suyuqligi tezda muvofiq oziq muhitlarga ekiladi, chunki ajratib olingan materiallardagi streptokokklar tez autolizga uchrashi mumkin. Pnevmokokk kulturasini sun’iy oziq muhitga ekib ajratib olish qiyin, chunki materialdagi (ayniqsa balg‘amdagi) boshqa mikroblar muhitda tez ko‘payib pnevmokokkning o‘sishiga halal byerishi mumkin. Shu-ning uchun tekshirilishi lozim bo‘lgan material oq sichqonning qorin bo‘shlig‘iga yubori-ladi. Pnevmokokk sichqon organizmida juda tez ko‘payishi natijasida sichqon 24 soat ichida sepsisdan o‘ladi va uning yuragidan qon olib, zardobli bulonga ekiladi. Keyin qattiq oziq muhitga ekib, sof kulturasi ajratib olinadi va uning morfologiyasi, fiziologik, antigenlik xususiyatlari tekshirilib, Serologik variantlari identifikasiya qilinadi. Hozir tezkor diagnostikada tiplarni Serologik usullar yordamida, mikrobning o‘zini esa PZR usuli yordamida aniqlash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Kasallikning oldini olish. Maxsus profilaktikada, tarkibida pnevmokokklar 23 syerovarining har xil polisaharid antigenlarini tutuvchi polivalent vaksina qo‘llaniladi. Pnevmokokklarning ushbu syerovarlari bu mikroblar qo‘zg‘atadigan gematogen infeksiyalarning 90% ni tashkil qiladi. Vaksina bilan, asosan, xavfli guruhga kiruvchilar 5–10 yil oralatib 2 marta emlanadi.

Meningokokklar

Meningokokkning (Neisseria meningitidis) sof kulturasini A.Vek¬selbaum 1887 yili meningit bilan og‘rigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olgan va uni atroflicha tekshirgan. Menin¬gokokklar Neisseria zoti, Neisseriaceae oilasiga 4 guruh 1 bo‘limga kiradi.

Morfologiyasi. Meningokokklar loviya shaklida bo‘lib, juft-juft joy¬lashadi, diametri 0,6–1,0 mkm. botiq tomoni bir-biriga qara¬gan, tashqi tomoni esa qavariq (do‘ng) bo‘ladi. Bu mikrob ba’zan tetra¬kokklarga o‘xshab to‘rttadan ham joylashadi, spora hosil qilmay¬di, xivchinlari yo‘q. Ammo ularda fimbriyalar (pili) yoki tukchalar borligi aniqlangan, bular yordamida ular epiteliy hujayralarining shilliq qobig‘iga yopishadi. Gram bilan qizil rangga (grammanfiy) bo‘yaladi. Yiringdan olingan materialda ko‘pincha meningokokklar leykositlarning ichida, ba’zan juda oz miqdorda uning tashqarisida joylashadi.

Toksin hosil qilishi. Meningokokklar endo- va ekzotoksin hosil qiladi. Bu baktyeriyalarning ekzotoksini gemolitik, endotoksinlari pirogenlik xususiyatiga ega.

Antigen tuzilishi. Meningokokklarlarda 3 xil antigenlar mavjud: polisaharidlar (syeroguruhlar), oqsillar (syerotiplar), polipeptid-polisaharid birikmalar (immunotiplar). Meningokokklar kapsulasi tarkibida 4 guruh polisaharidlar; A, V, S, D bor. Keyingi yillarda ularning Serologik guruhlari 13 taga (E, X, Y, Z, W-135, H, I, K, L) ko‘paydi. Bulardan, asosan, A, V, S guruhlari ko‘p uchraydi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Infeksiya manbai bemor va baktyeriya tashib yuruvchi odamlar hisoblanadi. Kasal yoki baktyeriya tashuvchi bilan muloqotda bo‘lganlarning 1–3% ida asosiy kasallik (umumiy intoksikasiya, meningit), 10–30% da nazofaringit rivojlanadi va 70–80% odamlar baktyeriya tashuvchiga aylanadi. Shuning uchun epidemiya davrida odamlarni 95%i tashuvchi, faqat 1%i kasal bo‘ladi.

Mikroblar 1 m masofagacha bo‘lgan oraliqda, yo‘talganda, aksirganda, kattiq gaplashganda havo-tomchi yo‘li orqali sog‘lom odamga yuqadi. Meningokokk infeksiyasining, asosan, nazofaringit, septik meningit, meningokoksemiya shakllari mavjud. Baktyeriya burun va xalqumning shilliq qavatidagi epiteliy hujayralariga kiprikchalari bilan birikadi. U yerdan mikroorganizm limfa tomirlariga, so‘ng qonga tushib organizmga tarqaladi va miyaning yumshoq pardalarida yiringli yallig‘lanish keltirib chiqaradi.

Immuniteti. Umuman bu kasallikka qarshi odamlarda nisbatan tabiiy immunitet bo‘ladi. Shuni e’tiborga olish kyerakki, sog‘lom kishilarning burun, xalqum ajralmalarida ma’lum miqdorda meningokokklarni me’yorida ham ajratib olish mumkin, lekin ular kasallikka chalinmaydilar. Meningit bilan kasallangan odamlarda sog‘ayganidan so‘ng kuchli, uzoq davom etadigan immunitet hosil bo‘ladi. Qonida esa agglyutinin, presiptin, opsonin, baktyeriosin va komplementni bog‘lovchi antitelolar yuzaga keladi.

Laboratoriya tashhisi. Epidemik syerebrospinal meningitning mikrobiologik tashhisida, asosan, orqa miya suyuqligi tekshiriladi. Bundan tashqari, burun-halqumdan olingan shilliq modda va qon ham tekshirilishi kyerak. Bu usul rekonvalessent yoki sog‘lom meningokokk tashib yuruvchilarni aniqlashda juda ahamiyatli. Birinchi tekshirish usuli baktyerioskopiya bo‘lib, surtmalarda grammanfiy diplokokklar aniqlanadi. Ammo shuni yodda tutish kyerakki, orqa miya suyuqligidan tayyorlangan surtmalarda N.meningitidis ni topish juda qiyin. Kasalxonalarda OMSning umumiy klinik tahlili o‘rganiladi. Bunda OMSning rangi, tarkibi (leykositoz, oqsil, shilliq va boshqalar) o‘zgarganligi aniqlanadi. Kultural tashhisida OMS, bemor qoni, burun va halqumdan olingan shilliq modda, zardob va qonli yoki ristomisi, assit suyuqligi qo‘shilgan agarli Petri kosachasiga ekiladi. Ajratib olingan kulturalarni sitoxrom-oksidaza usuli yordamida tekshiriladi. Shu bilan birga ular-ning fermentativ, Serologik xususiyatlari ham aniqlanadi. Burun-halqumdagi shilliq modda tekshirilganda ayrim hollarda saprofit mikro- kokklarni (Branhamella catharrhalis) ham uchratish mumkin. Burun-halqumdagi saprofit kokklar (kataral mikrokokklar) va boshqalar shakli jihatidan meningokokklarga o‘xshasada, ammo meningokokklarni agglyu-tinasiya qiluvchi maxsus zardoblar bilan agglyutinasiya byermaydi, shu maqsadda agglyutinasiya reaksiyasi va immunoflyuoressent usullaridan foydalaniladi. Branhamella catarrhalis uglevodlarni, N.sicca esa glyukoza va maltozani parchalaydi.

Kasallikka tez tashhis qo‘yish uchun orqa miya suyuqligi bilan presipitasiya reaksiyasi, bemor zardobi bilan esa neytrallash (NR), bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyalari (BilGAR) qo‘yiladi. Hozir immunofyerment (IF), immunoelektroforez va radioimmun (RI) usullaridan foydalanilmoqda, bular yordamida qon va orqa miya suyuqligidan patogen meningokokklarning antigenlarini tezda aniqlash mumkin.

Kasallikning oldini olish. Aholi orasida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya qilish borasida suhbatlar o‘tkaziladi. Kamquvvat, darmonsiz bolalarga esa gamma-globulin buyuriladi. Hozirgi paytda maxsus polisaharidlardan tayyorlangan meningokokkning kimyoviy vaksinasi mavjud. Bu vaksina bilan meningokokkning A va S hamda W-135 syeroguruhlariga qarshi emlanadi. Emlashni ayniqsa kasallik tashib yuruvchilar deb gumon qilinganlar orasida olib borish ijobiy natija byeradi.

Klebsiellalar

Klebsiella urug‘iga 4 tur: K.oxytoca, K.planticola, K.terrigena va K.pneumoniae hamda 3 kenja tur: ozaenae, pneumoniae, rhinoscleromatis kiradi.

K.pneumoniae ning 1- va 2-turlari og‘ir destruktiv zotiljamni, K.pneumoniae, K.oxytoca – opportunistik jarohatlarni, gospital zotiljamni, siydik yo‘li infeksiyasini, chaqaloqlarda epidemik diareyani qo‘zg‘atadi.

Morfologiyasi. Klebsiellalar yo‘g‘on, kalta tayoqcha shaklida, uzunligi 0,6–6,0 mkm, eni 0,3–1,0 mkm, ikki uchi bir oz bukilgan, harakatlanmaydigan baktyeriyalar. Sporalar hosil qilmaydi. Xivchinlari yo‘q, grammanfiy bo‘yaladi, yakka-yakka, juft-juft yoki zanjir shaklida makrokapsula bilan o‘ralgan holda joylashadi.

K.pneumoniae va K.ozaenae turlarida tukchalari (fimbriyalar) bor. Fibriyalar morfologiyasiga ko‘ra ikki xil: mannozaga sezgir, yo‘g‘on (6,5-7,0 nm) va mannozaga chidamli, ingichka (4,5 nm) fimbriyalarga bo‘linadi. Keyingi yillar ma’lumotlariga ko‘ra fimbriyalar baktyeriyalarning hujayra yuzasiga yaxshi birikishiga yordam byeradi va virulentlik omili hisoblanadi. Nukleoidning DNK tarkibida G S 53–58% ni tashkil etadi.

O‘sishi. Klebsiellalar fakultativ anaeroblar, rN 7,2 bo‘lgan oddiy oziq muhitlarda 35–370S da yaxshi o‘sadi. Go‘sht-peptonli agarda xira, yirik, bo‘rtgan, shilimshiq ko‘rinishdagi koloniyalar hosil qiladi.

Go‘sht-peptonli bulonda bir xil quyqa hosil qilib ko‘payadi. Turli fizik-kimyoviy omillar ta’sirida dissosiasiya sodir bo‘ladi. Natijada S va R shakldagi koloniyalar hosil bo‘ladi. Klebsiellalarning turlari qandlarni parchalashi, ureaza, lizin dekarboksilaza hosil qilishi, sitratni parchalashiga ko‘ra diffyerensasiya qilinadi.

Fermentativ xususiyati. Klebsiellalar biokimyoviy xususiyatiga ko‘ra yetarli darajada faol emas. K.pneumoniae laktozani kislotagacha, glyukozani kislota va gazgacha hamda mochevinani parchalaydi.

K.ozaenae laktozani kislotagacha, glyukozani kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, mochevinani esa faqat ayrim shtammlarigina parchalaydi. K.rhinoscleromatis qandlarni va mochevinani parchalamaydi.

Toksin hosil qilishi. K.pneumoniae haroratga chidamli entyerotoksin ajratadi, boshqa turlari esa endotoksin hosil qiladi.

Antigen tuzilishi. Klebsiellalar entyerobaktyeriyalarga o‘xshash 3 ta: kapsulali K-antigen; silliq somatik O-antigen; o‘zgargan O-antigenlar (R-antigen)ga ega. Klebsiellalar K- va O- antigenlariga ko‘ra iden-tifikasiya qilinadi. Klebsiellalarda 11 xil O-antigen va 80 xildan ortiq K-antigenlari borligi aniqlangan.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. K.pneumoniae bemorlar, kasal hayvonlar va baktyeriya tashuvchilardan, asosan, havo-tomchi yo‘li orqali sog‘lom kishilarga yuqadi. Bolalar va kattalarda zotiljam kasalligini qo‘zg‘atadi. Zotiljamda (bronxopnevmoniyada) o‘pkaning bir yoki bir necha bo‘limlari jarohatlanadi, ayrim hollarda o‘pkada absess rivojlanadi. Ular sog‘lom odamning halqum, ichak yo‘lidan topiladi. Ayrim hollarda K.pneumoniae meningit, appendisit, bolalarda esa septisemiya, sistit va boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Klebsiella ozena. Klebsiellalar yuqori nafas yo‘llarida surunkali kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Xalqum, traxeya, tomoq jarohatlanadi, burunning ichki sohasida uchraydi. Mikrob ta’sirida yopishqoq suyuqlik ajralib chiqib, u tezda parda hosil qilib qotadi, natijada nafas olish qiyinlashadi va burundan yoqimsiz hid ajralib turadi.

Bu xastalik Ispaniya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya hamda Hamdo‘stlik davlatlarida uchraydi.

Klebsiella rinosklyeroma. Klebsiellaning bu turi burun, halqum, tomoq, traxeya, bronxlarning shilliq qavatlarida suvli yara (infiltrat)lar hosil qiladi, keyinchalik u chandiqqa aylanadi. Kasallik surunkali kechadi. Rinosklyeroma klebsiellalari granuleomalarda topiladi. Ular hujayra ichi yoki tashqarisida joylashishi mumkin.

Immuniteti. Patogen klebsiellalar qo‘zg‘atgan kasalliklardan so‘ng odatda kuchsiz immunitet rivojlanadi. Bemor qonida agglyutinin, komplementni biriktiruvchi antitelolar hosil bo‘ladi, ammo ularning himoya qilish xususiyati juda pastligi kuzatilgan. Bu kasalliklarda tugallanmagan fagositoz muhim ahamiyat kasb etadi.

Laboratoriya tashhisi. Bunda, asosan, baktyeriskopiya usulidan foydalaniladi. Zotiljamda bemordan balg‘am, ozena (sassiq tumov)da burundagi suyuqlik, rinosklyeromada granuleoma to‘qimalaridan surtma tayyorlanadi. Surtmalar Gram va Buri-Gins usuli bilan bo‘yaladi va mikroskopning immyersion tizimida ko‘zdan kechiriladi. Rinosklyeroma bilan og‘rigan bemor surtmasida ko‘p miqdorda o‘ziga xos yiring, patologik ajralma tarkibidagi hujayralar ichida esa kapsulaga o‘ralgan kleb-siellalar aniqlanadi.

Bu kasallikda yana baktyeriologik va Serologik usullar ishlatiladi. Serologik usulda aksariyat hollarda KBR dan foydalaniladi.

Davosi va profilaktikasi. Davolashda keng ta’sir etuvchi antibaktyerial preparatlar, jumladan aminoglikozidlar, streptomisin, levomisetin, kanamisin, tetrasiklin, gentamisin qo‘llaniladi. Preparatlarni ish-latishdan oldin ularga mikroorganizmlarning sezgirligini aniqlab, so‘ngra ishlatish zarur. Maxsus tyerapiyasida avvaldan qizdirib o‘ldirilgan vak-sinalar qo‘llaniladi.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“KROSSVORD EChISh” intyeraktiv ish o‘yini.

Ish o‘yini o‘tkazish usuli.

1. Bu o‘yinni xoxlagan mavzu bo‘yicha munosib taqsimlovchi material bo‘lgan amaliy mashg‘ulotda o‘tkazish tavsiya qilinadi.

2. Taqsimlovchi material: 1. krossvord matrisali qog‘oz; 2. gorizontal va vyertikal topshiriqlar to‘plami.

3. Mikrobiologiyaning turli bo‘limlaridan krossvord to‘ziladi.

4. Topshiriqlar aniq, xatosiz, ixcham tuzilgann bo‘lishi kyerak.

5. Topshiriqlarning javoblari talabalar foydalanish imkoniyatiga, ega bo‘lgan darslik yoki amaliy qo‘llanmadan bo‘lishi kyerak.

6. Javoblarni yozganda harflar miqdori grammatika bo‘yicha kataklar miqdoriga mos kelishini kuzatib turish kyerak.

7. Guruhlardagi talabalar soniga qarab krossvord trafareti va uning topshiriqlari tayyorlanadi.

8. O‘qituvchi talabalarga batafsil ishni o‘tkazish tartibini va uni baholashni tushuntiradi.

9. Talabalar o‘qituvchidan taqsimlovchi materialni oladilar 1 stolga (2 talabaga) – bitta krossvord trafareti va unga topshiriqlar. Qalam bilan to‘ldiriladi, o‘chirg‘ich ishlatish mumkin

10. Ish uchun bir til sharoiti yaratish uchun hamma talabalarga krossvordning bir turi beriladi.

11. Krossvordni echganda kitobdan foydalanishga ruxsat byerilmaydi.

12. Ish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

13. Talabalar topshiriqni olganlaridan keyin krossvord trafaretining burchagiga ismi, sharifi, fakultet, guruh nomyeri va sanani yozadilar.

14. Vaqt belgilanadi.

15. Topshiriqni echish boshlanadi.

16. Ish tugatgandan keyin o‘qituvchiga topshiriladi.

17. Tekshirganda o‘qituvchi ishning to‘g‘ri echilganligi va bajarish tezligiga e’tibor byeradi.

18. Talabalarning birinchi krossvord topshirgan guruhi to‘g‘ri echgan bo‘lsa, darsning nazariy qismiga ajratilgan maksimal ballni, masalan 0.8 ni oladi.Keyingi juftlar esa 0.7; 0.6; 0.5; 0.4; 0.3; 0.2 ballarga loyiq.

19. Olingan ball joriy darsning yakuniy baholash reytingiga kiradi.

20. Echilgan krossvordlar bayonnomalari o‘qituvchida saqlanadi.

21. Shu guruh jaridasining pastki qismida ish o‘yini o‘tkazilganligi qayd qilinadi. Guruh sardori imzo qo‘yadi.



PNEVMOKOKKLAR MAVZUSI BO‘YIChA “KROSSVOD EChISh” ISh O‘YINI































1

П

А

С

Т

Е

Р




















































2

И

Н

У

Л

И

Н























































3

П

Е

П

Т

И

Н

А

З

А








































4

П

Н

Е

В

М

О

Л

И

З

И

Н



















5

С

Е

П

Т

И

К

О

П

И

Е

М

И

Я























































6

М

У

Р

О

М

И

Д

А

З

А




















































7

К

О

Х





































8

И

М

М

М

У

Н

О

Г

Л

О

Б

У

Л

И

Н








































9

Д

И

П

Л

О

К

О

К

К





























































10

К

А

П

С

У

Л

А






















1. 1881 yil pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisini patologik materialdan ajratib olgan olim.(PASTYER)

2. Pnevmokokklarni boshqa streptokokklardan nimani parchalashi bilan ajralib turadi?(INULIN)

3. Agressiv fyermentlaridan biri.(PEPTINAZA)

4. Pnevmokokklar ajratadigan toksin (PENEVMOLIZIN)

5. Pnevmokokklar keltirib chiqaradigan og‘ir kasalliklardan biri (SEPTIKOPIEMIYa)

6. Agressiv fyermentlaridan biri (MUROMIDAZA)

7. Pnevmokokklarni birinchi bo‘lib aniqlagan olim (KOX)

8. Davolash uchun maxsus tyerapiyada qo‘llaniladi (IMMUNOGLOBULIN)

9. Pnevmokokklarning morfologiyasi bo‘yicha ikkinchi nomi (DIPLOKOKK)

10. Oziq muhitlariga xayvon oqsili qo‘shilganda pnevmokokklar nimalar hosil qiladi? (KAPSULA)

13.2.1. Tahliliy qism.

1- vaziyatli masala.

Maktabda bolalar burun xalkumidan material olinib profilaktik tekshirish o‘tkazildi. Bir sinfda o‘qiydigan 2 ta boladan grammanfiy loviyasimon diplokokklar topildi.

• Qaysi qo‘zg‘atuvchi shunday morfologik haraktyeristikaga ega.

• Meningokokk nazofaringiti tashuvchisi tashhisini qo‘yish uchun baktyerioskopik usul yetarlimi.

2- vaziyatli masala.

“Krupoz pnevmoniya” Tashhisi bilan bemor balg‘ami baktyeriologik tekshirilganda surtmada juft-juft yoki qisqa zanjir hosil qilib joylashgan lansetstmon, grammanfiy kokklar topildi.

• Ushbu ko‘rinishga qaysi xavo-tomchi infeksiyasi qo‘zg‘atuvchisi mos keladi?

• Yakuniy Tashhis qo‘yish uchun qanday qo‘shimcha tekshirish usullari qo‘llaniladi?

13.2.2. Amaliy qism.

1. Tekshirilayotgan kulturada klebsiella morfologiyasini o‘rganish maqsadida Gram va Burri usullarida surtma tayyorlash mikroskopda ko‘rish, rasmini chizish.

2. Meningokokk infeksiyasiga tashuvchanlikni aniqlash maqsadida burun-xalqumdan bosma-surtma tayyorlash, Gram usulida bo‘yash, mikroskopda ko‘rish, rasmini chizish.

3. KKAga “yo‘tal plastinkasi usulida ekish. (4-mashg‘ulotga material uchun)

1 amaliy ishning bajarilishi.

Tekshirilayotgan kulturada klebsiella morfologiyasini o‘rganish maqsadida Gram va Burri usullarida surtma tayyorlash mikroskopda ko‘rish, rasmini chizish.

Maqsad: Klebsiella morfologisini o‘rganish.



Kerakli anjomlar: Oziq muhitida o‘stirilgan klebsiella kulturasi, Gram va Burri usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar, yorug‘lik mikroskopi, buyum oynachasi immyersion yog‘, paxta.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə