Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə115/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

17-mavzu. Tish kariesi va kariesorezistentlikning mikrobli omillari. Mikroorganizmlarning tish emali, sementi va rekonstruktiv materiallarga adgeziyasi. Parodontopatogen mikrobli flora.

Og‘iz bo‘shlig‘ining eng keng tarqalgan ikki kasalligi: tishlarning kariesi va parodont kasalliklari tish yuzasida karash hosil qiluvchi mikroorganizmlar bilan bog‘liq. Tishlarning kariesi odatda ko‘p miqdordagi Str. mutans, Lactobacillus bilan bog‘liq. So‘lakdagi mikroblar sonini aniqlash, kasallarda karies xavfini aniqlashda va profilaktik maqsadlarda monitoring qilish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, parodont kasalligining turli ko‘rinishlarida potensial etiologik omillar sifatida tavsiflangan, biroq karashning hosil bo‘lishida maxsus mikroorganizmlarning ishtiroki to‘g‘risidagi faraz hali to‘liq isbotlanmagan. Ularning etiologiyasi ko‘pincha murakkab bo‘lib, autoxton mikroorganizmlar hamda og‘iz bo‘shlig‘ida mavjud bo‘lgan alloxton mikroblarning har qanday faolliklariga qo‘shimcha tashqi

omillarning ta’siri bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aynan tish karashida og‘iz bo‘shlig‘i mikroorganizmlarining asosiy qismi joylashadi, tish karashi hajmining 70 % ini mikroblar tashkil etadi. Uning 1 mg quruq hajmida 250 xilgacha mikroorganizmlar bo‘ladi.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi. Oxirgi yillarda kandidoz bilan kasallanish ortib bormoqda. Bu asosan, davolash amaliyotida antibiotiklar va immunodepressantlardan (kortikostyeroidlar va sitostatiklar) keng foydalanish bilan bog‘liq. Kandidoz — disbiozning bir ko‘rinishi. Candida avlodi zamburug‘lari og‘iz bo‘shlig‘i, ovqat hazm qilish trakti, nafas yo‘llari va qin shilliq qavatining tipik rezident mikrobi hisoblanadi, lekin normada kam miqdorda bo‘ladi (20-rasm). Baktyeriyalarga qarshi preparatlarni uzoq vaqt qo‘llash natijasida normal mikroflora tarkibi buziladi. Bu jarayonda, organizm makrofagal-granulositar himoya mexanizmlari va T-tizimi faolligining susayishi ham katta o‘rin tutadi. Aynan shuning uchun ham kandidozli stomatit OITS ning birinchi belgilaridan bo‘lishi mumkin.

20-rasm. Candida urug‘i zamburug‘lari aralash kulturada (Gram bo‘yicha bo‘yalgan)

Kandidozning asosiy klinik shakllari quyidagilar hisoblanadi:

• o‘tkir psevdomembranozli kandidoz (oppoq, suzmasimon karash bilan tavsiflanadi — «til (og‘iz) oqarishi» (21-rasm):

• o‘tkir atrofik kandidoz;

• surunkali gipyerplastik kandidoz;

• tilning surunkali atrofik kandidozi;

• tyeri-shilliq qavatning (chuqur) kandidozi.

21- rasm. Psevdomembranozli kandidoz (Saryov V.N. bo‘yicha)

Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozining klinik ko‘rinishlari turlicha. Oxirgi yillarda kandidozli stomatitning ma’lum bo‘lgan shakllari bilan bir qatorda kandida bilan bog‘liq parodontit, yara-eroziyali stomatit kabi ko‘rinishlari ham uchramoqda. Kasallikning bu shakllari ko‘pincha organizm himoya omillarini keskin zaiflashganida, immuntanqislik holatlari, OITS da kuzatiladi. Jarayonni asoratlanishi mikozning genyeralizasiyasi hisoblanadi, bunda kandida-sepsis rivojlanadi. Bu holat o‘lim bilan tugashi mumkin.

Kandidozning rivojlanishiga birga kechuvchi og‘ir kasalliklar ham sababchi bo‘lishi mumkin: havfli o‘smalar, sil, endokrinopatiya (qandli diabet, gipotireoz, gipoparatireoz, buyurak usti bezining gipo- va gipyerfunksiyasi). Me’da-ichak kasalliklarida, xususan me’da shirasi kislotaliligi pasayganida yoki axiliyada, ko‘pincha og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi kelib chiqadi. Qandli diabetda, uglevodlar

almashinuvining buzilishi ham kandidoz rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatlarining kandidozi belgilarsiz kechayotgan qandli diabetning birinchi klinik belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Surunkali kandidozning hamma holatlarida, ayniqsa qaytalanuvchi kandidozlarda, qandli diabet tashhisini inkor etish uchun qondagi glyukoza miqdorini tekshirish lozim.

Bundan tashqari, nurlanganda, spirtli ichimliklar va narkotiklar ta’sirida, og‘iz orqali ichiladigan kontraseptivlarni uzoq vaqt qo‘llanilganida ham kandidoz vujudga kelishi mumkin.

Og‘iz bo‘shlig‘ining Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar (S. albicans, S. tropicalis. S. krusei) bilan chegaralangan zararlanishi til (og‘iz) oqarishi deb, kengroq tarqalgan shakli esa – kandidoz deb ataladi. Til, lunj, lablar, og‘iz burchaklarini kandidalar bilan zararlanishi uchrab turadi (22-rasm).

22-rasm. Kandidoz

Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi gipyeremiyalangan, quruq va og‘riqli shilliq qavatda oq rangli, engil ko‘chadigan karash hosil qilishi va karash ko‘chirilganda, shilliq qavatda eroziyalangan sohalarni aniqlanishi bilan tavsiflanadi (23-rasm).

23- rasm. Bolalardagi kandidoz

Yana shuni ta’kidlash lozimki, Candida ko‘pincha turli baktyerial infeksiyalarda (surunkali tonzillit, ichburug‘, bo‘g‘ma va bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisini tashuvchilik) mikroblar assosiasiyasida ham ishtirok etadi. Bunday assosiasiyalarda, Candida boshqa mikroblar patogenligini namoyon qilishida qatnashib, yuqumli kasallikning asoratlanishiga olib keladi.

Yuza zamburug‘li infeksiyalar (mikozlar) ko‘pincha immuntanqisligi bor odamlarda uchraydi. Eng ko‘p uchraydigan yuza mikoz – bu og‘iz bo‘shlig‘i kandidozdir. 6-jadvalda mikozni chaqirishi mumkin bo‘lgan zamburug‘lar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

6- jadval

OIV-infeksiyali bemorlar og‘iz bo‘shlig‘ida yuza mikozni keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar

Candida turlari Boshqa zamburug‘lar

C. albicans Saccharomyces cerevisiae

C. glabrata Rhodotorula rubra

C. famata Rhodotorula piliminae

C. kefyr Fonsecaea pedrosi

C. krusei Prototheca stagnura

C. rugosa Trichosporon pullulans

C. tropicalis

C. guiliermondii

Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi – OIV-infeksiyasining ilk belgisi va OITS rivojlanishini xabarchisi. Og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi immun tizimning boshqa T-hujayrali nuqsonlarida ham uchraydi, lekin OIV da qaytalanadi. Ko‘p mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, OIV dagi kandidozning uchrash darajasi qondagi CD4-hujayralar miqdoriga bog‘liq. CD4-hujayralar miqdori 500/mkl dan kam bo‘lganida og‘iz bo‘shlig‘i kandidozining uchrashi 62,1 % ni, 200/mkl dan kam bo‘lganida 94,7 % ni tashkil qilgan. Mualliflar, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining gipyeremiyalanishi, shilliq qavatning karashlar bilan qoplanishi, nuqtali qon quyilishlari, eroziyalar va boshqa o‘zgarishlarning bo‘lishini tasvirlashgan. Kandidozning klinik shakllaridan eritematoz va psevdomembranoz shakllari ko‘proq uchraydi. Bundan tashqari, adabiyotlarda, tilning zararlanish belgilari: uning shishi, so‘rg‘ichlarining yo‘qolishi, leykoplakiya va kandidozli glossitlar ham ta’riflangan.

Kandidozning rivojlanishida og‘izning shilliq qavati va uning mahalliy immuniteti katta ahamiyatga ega. Og‘iz shilliq qavatini tishlarning o‘tkir qirralari, sifatsiz yasama tishlar, parchalangan tish qoplamalari va boshqalar bilan uzoq vaqt jarohatlanishi oqibatida ham kandidoz vujudga keladi. Surunkali jarohatlar natijasida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining rezistentligi pasayadi va unga Candida larning kirishi osonlashadi va kasallik yuzaga keladi. Bundan tashqari, Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar akril plastmassadan tayyorlangan olib qo‘yiladigan yasama tishlar yuzasida yaxshi o‘sadi va yasama tish ostidagi shilliq qavatning surunkali yallig‘lanishini keltirib chiqaradi.

O‘tkir atrofik kandidoz kuchli og‘riq, achishish va og‘izning qurishi kabi belgilar bilan tavsiflanadi. Shilliq qavat tiniq qizil rangga kiradi, lekin quruq bo‘ladi. Til zararlanganda, uning orqasi qizil rangiga kiradi, yaltiroq, quruq bo‘ladi, ipsimon so‘rg‘ichlari

atrofiyalanadi. Fasod bo‘lmaydi yoki chuqur buramalarida saqlanib qolishi mumkin, u ko‘chgan epiteliyning konglomyerati hisoblanib, qiyinchilik bilan ko‘chadi va ko‘p miqdorda Candida urug‘i zamburug‘larini tutadi. Bu zamburug‘lar faol kurtaklanish (miseliy, psevdomiseliy) davrida bo‘ladi.

O‘tkir atrofik kandidozni olib qo‘yiladigan yasama tishlar plastmassasiga bo‘ladigan allyergik reaksiyalardan farqlash lozim. Bu holatda, yasama tish olib tashlanganidan so‘ng shilliq qavatdagi o‘zgarishlar dinamikasini klinik kuzatish va baktyerioskopik tekshirishni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Surunkali atrofik kandidozda, olib qo‘yiladigan yasama tish taqib yurilganida, og‘iz bo‘shlig‘ida qurish, achishish, og‘riq kuzatiladi. Yasama tish atrofidagi shilliq qavat gipyeremiyalangan, shishli va og‘riqli bo‘ladi. Uzoq vaqt olib qo‘yiluvchi yasama tishdan foydalanuvchi odamlarda, surunkali atrofik kandidoz yasama tish osti shilliq qavatining zararlanishi (gipyeremiya, eroziyalar, papillomatoz) bilan tavsiflanadi va unga zamburug‘li (achitqili) yallig‘lanish hamda kandidozli atrofik glossit (til orqasi qizil rangida, yaltiroq, quruq, ipsimon so‘rg‘ichlari atrofiyalangan) qo‘shiladi. Oq-kulrang karash kam miqdorda, faqatgina chuqur buramalarda va tilning yon tomonlarida bo‘lib, qiyin ko‘chadi. Mikroskop ostida karashda Candida urug‘i zamburug‘larining miseliya va sporalari topiladi. Bu uchlik klinik belgilar - tanglay, til va og‘iz burchaklarining yallig‘lanishi atrofik kandidozning tavsifli belgilari bo‘lib, unga tashhis qo‘yishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Laboratoriya tashhisotida quyidagi usullardan foydalaniladi:

1. Mikroskopik — patologik materialni (tish karashi, a’zo va to‘qimalar biopsiyasi) mikroskop ostida (yorug‘lik, lyuminessent) tekshirish va psevdomiseliyalarni topish.

2. Baktyeriologik — materialni Saburo, tomatli yoki kartoshkali muhitga ekish va ajratib olingan kulturani identifikasiyalash.

3. Serologik — kasal qon zardobida, achitqi zamburug‘i AG lariga qarshi AT ning miqdorini aniqlash uchun AR va KBR qo‘yish.

Kandidozlarda, etiologik davolash bilan bir qatorda patogenetik davolash usullarini ham qo‘llash lozim. Hozirgi vaqtda Candida larning 50 % dan ko‘proq shtammlari nistatinga, 70-75 % levoringa chidamli. Kandidozga qarshi asosiy dori vositalariga azol hosilalari - ketokonazol (nizoral), flukanazol (diflyukan, flyukostat), itrakonazol (orungal) kiradi. Genyeralizasiyalashgan jarayonlarda amfotyerisin-V va vorikonazol qo‘llaniladi. Immuntanqisliklarda, immunomodulyatorlar qo‘shimcha davolash vositasi sifatida buyurilishi lozim.



18-mavzu. Stomatologiyada klostridial va noklostridial infeksiyalar. Opyerasiyadan keyingi infeksiyalar. Jarohatlarning zararlanishiga olib keluvchi omillar. Jarrohlik infeksiyalarining asosiy qo‘zg‘atuvchilari. Odontogen osteomielit.

Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi

Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi S.tetani N.D.Monastirskiy (1883) va A.Nikolayyer tomonidan kashf etilgan (1884). 1889 yili S.Kitazato uning sof kulturasini ajratib oldi.

Morfologiyasi. (Cl.tetani) grammusbat, tayoqcha shaklida, harakatchan bo‘lib, uzunligi 4–8 mkm, eni 0,3–0,8 mkm. Hujayraning o‘rtasi va chetlarida kiritmalar joylashadi, sporasi, asosan, chetda joylashib, hujayraga nog‘ora cho‘pi shaklini byeradi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi pyeritrix, kapsula hosil qilmaydi.

O‘stirilishi. Cl.tetani qat’iy anaerob, rN 7,0-7,9 bo‘lgan qandli yoki qonli agarda 370 S haroratda noziq parda, ayrimlari markazi zich va atrofi noto‘g‘ri shakilda koloniya hosil qiladi. Kitt-Tarossi muhitida bu klostridiy bir xil quyqa va o‘ziga xos hidli gaz hosil qilib o‘sadi.

Toksin hosil qilish. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi juda kuchli ekzotoksin ajratadi. Bu ikki fraksiyadan: tetanospazmin va tetanolizinlardan iborat. Tetanospazmin muskullar tortishib qolishini idora etuvchi nyerv to‘qimasining hujayralariga ta’sir etib, uni shikastlaydi. Tetanolizin esa qondagi eritrositlarni eritib yuboradi.

Antigen tuzilishi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi guruhiga xos somatik O- va xivchinli N-antigenlarga ega. N-antigenga ko‘ra qoqshol qo‘zg‘atuvchisi 10 ta Serologik variantga, O-antigen bo‘yicha syeroguruhlarga bo‘linadi.

Chidamliligi. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi vegetativ holda 60–70ºS haroratida 30 daqiqa qizdirilganda o‘ladi. Klostridiy sporalari tashqi muhitga juda chidamli. Sporalar tuproqlarda 1 yilgacha, turli buyumlarda uzoq saqlanadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai – hayvon va odamlar. Kasallik baktyeriyasi ular najasi orqali tuproqqa tushib spora holida ko‘p yillargacha saqlanib turishi mumkin. Kasallik sporalari shikastlangan tyeri yoki shilliqqavatga tuproq orqali tushadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi chaqaloqlarga kindik yarasi orqali, tuqqan ayollarga yallig‘langan bachadon shilliqqavati orqali kiradi. Spora organizmda vegetativ shaklga o‘tib ko‘payadi va ekzotoksin ajrata boshlaydi. Ekzotoksin qonga tushadi va qon orqali orqa miyaning harakatlantiruvchi nyerv markaziga ta’sir etadi. Nyerv sistemasining qoqshol baktyeriyalari toksinidan zararlanishi natijasida organizmdagi turli muskul guruhlarining tortishishi ro‘y byeradi.

Kasallikning yashirin davri 4–14 kun. Qo‘zg‘atuvchi kirgan joydagi muskullar, keyinchalik yuz, chaynov va mimika muskullari tortishib qisqaradi. Keyin gardon, orqa va oyoq muskullari tortishadi. Bemorning boshi orqaga kyetadi, tanasi egilib, yoy shaklida boshining orqasiga hamda belga, boshi va tovonlari bilan tiralib qoladi. Nafas markazi va boshqa hayot uchun muhim a’zolar faoliyatining izdan chiqishi oqibatida bemor o‘ladi. Bu kasallikda o‘lim 35–70% ni tashkil etadi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng antitoksik kuchsiz immunitet hosil bo‘ladi, shuning uchun qayta kasallanish mumkin.

Laboratoriya tashhisi. Kasallikning klinik belgilari aniq bo‘lganligi sababli laboratoriya tashhisi kamroq.. Tekshiriladigan material ikki qismga bo‘linadi: bir qismi maxsus oziq muhitga sof kulturani ajratib olish uchun eqiladi; ikkinchi qismi biologik sinama uchun oq sichqonning orqa oyog‘i muskuli orasiga yuboriladi. Agar qoqshol qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa, yuqtirilgan oq sichqonda 1–3 kun ichida kasallik boshlanib,hayvon o‘ladi. Toksin qoqshol immun zardobi bilan birga yuborilganda oq sichqonlarda kasallik rivojlanmaydi.

Davosi va profilaktikasi. Jarohatga xirurgik ishlov byerilgandan so‘ng, qoqsholga qarshi anatoksin, antitoksik zardob yuboriladi, bu esa organizmda faol immunitet hosil qiladi. Qoqsholga qarshi maxsus immunoglobulin yuborilsa, u yaxshi natija byeradi. Bemor alohida, tinch, shovqinsiz xonalarda davolanadi.

Maxsus profilaktikasida qoqshol anatoksini qo‘llaniladi. Reja bo‘yicha AKDS va ADS-M vaksinalar 2, 3, 4, 16 oylikda va 7, 16–17, 26, 46 yoshdagi bola va kattalarga qilinadi.

Gazli gangrena

Jarohat anaerob infeksiyalarga Cl.perfringens, Cl.novyi, Cl.septicum, Cl.histolyticum, Cl.difficile, Cl.sordellii, Cl.bifermentans, Cl.fallax lar kiradi. Kasallik patogenezida patogen mikroorganizmlar bilan bir qatorda nopatogen klostridiylar Cl.aerafaetedum, Cl.tertium, Cl. sparoqenes ham qatnashadi.

C.perfringens, C.novyi, C.septicum, C.histolyticum larning har biri alohida-alohida kasallikni keltirib chiqarishi mumkin, lekin uni ko‘pincha boshqa turlari birgalikda qo‘zg‘atadi. Kasallikni asosan Cl.perfringens keltirib chiqaradi

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (Clostridiun pefringens) M.Uelch va G.Netall tomonidan kashf etilgan (1892). U odam va hayvonlar ichaklarida odatdagi mikroflora bo‘lib yashaydi. Tashqi muhitda, tuproqda spora shaklida yillab yashaydi.

Morfologiyasi. C.perfringens yirik grammusbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 8 mkm, eni 1-1,3 mkm, tashqi muhitda spora hosil qiladi, u hujayrada subtyerminal joylashadi, diametri baktyeriya enidan katta, harakat qilmaydi

O‘sishi. C.perfringens qat’iy anaerob, rN 7,2–7,4 bo‘lgan barcha anaerob baktyeriyalar o‘sadigan oziq muhitlarda 37 0S yaxshi ko‘payadi. Kitt-Trossi muhitida bir xil quyqa, agar ustunchasining tagida yasmiqqa o‘xshash, Vilson-Bler muhitida esa 1–3 soatdan so‘ng qora koloniyalar hosil qiladi. Qonli agarda silliq diskka o‘xshash yassi, kulrang, chetlari tekis S-koloniyalar hosil qiladi. R- va M-koloniyalar ham hosil qilishi mumkin.

Fermentativ xususiyati. C.rerfringens ko‘p qandlarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Jelatinani sekin suyultiradi, sutni tez ivitadi, nitratni nitritga qaytaradi, indol hosil qiladi.

Toksin hosil qilishi. C.rerfringens kimyoviy tuzilishi bo‘yicha murakkab ekzotoksin ajratadi, bu bir necha fraksiyalardan: alfa-gemolizin (S-fosfolipaza), beta-nekrotoksin, neyrotoksin va entyerotoksinlardaniborat. Qo‘zg‘atuvchi proteinaza, fibrinolizin, kollagenaza, gialuronidaza, neyraminidaza, dezoksiribonukleaza va boshqalarni ajratadi.

Antigen tuzilishi. C.rerfringens antigen tuzilishiga ko‘ra A, V, S, D, E, F Serologik variantlarga bo‘linadi. Bu syerovarlar Serologik xususiyatlari va toksinlarning spesifikligi bilan farqqiladi. Syerovar A odam ichagida normal mikroflora sifatida yashaydi, agar u parentyeral yo‘l bilan organizmga kirsa, anaerob infeksiyani keltirib chiqaradi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. C.rerfringens barcha uy hayvonlariga nisbatan patogen bo‘lib, turli og‘ir kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Tajriba hayvonlaridan dengiz cho‘chqachasi, quyon, kaptar va oq sichqonlar juda moyil hisoblanadi. Qolgan qo‘zg‘atuvchilar ham bir-birlaridan kutural, bioximik va Serologik xususiyatlari bilan farqlanadi

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Odamda yaraga tuproq, kiyim va boshqa zararlangan buyumlardan tushgan spora keyinchalik vegetativ shaklga o‘tadi va ko‘paya boshlaydi, bu o‘z navbatida to‘qimalarni chirituvchi, emiruvchi, ko‘p miqdorda gaz hosil qiluvchi ekzotoksin ajratadi.

Qo‘zg‘atuvchining ko‘payishi uchun nekrozga uchragan yoki yallig‘langan to‘qima kyerak. Aerob mikroflora shikastlangan nekroz joyda zarur anaerobioz holatni yaratadi. Bu jarayon, ayniqsa muskul to‘qimalarida tez rivojlanadi, oqibatda glikogen ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida patogen anaeroblar uchun qulay muhit hisoblanadi.

Anaerob infeksiyaning rivojlanishi natijasida birinchi bosqichda shish paydo bo‘ladi, ikkinchi bosqichda esa biriktiruvchi to‘qima va muskullar gangrenaga uchraydi. Organizm kuchli zaharlanadi yoki intoksikasiya ro‘y byeradi. To‘qimalarning emirilishi tufayli hosil bo‘lgan moddalar ham organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatadi.

Gazli anaerob infeksiya yaradorlar kasalligi, bunda ko‘pincha yaradagi to‘qimalar ezilib, titilgan yara ifloslanib, anaerob sharoit vujudga kelganda, bu gazli gangrena rivojlanishiga olib keladi. Agar yaraning yuzasida yiring hosil qiluvchi stafilokokk, streptokokk yoki chirituvchi anaeroblar paydo bo‘lib qolsa, kasallik ko‘pincha og‘ir o‘tadi.

Kasalikning yashirin davri ba’zan 4–6 soat, ko‘pincha 1–2–5 kun davom etadi. Gazli gangrenaning klinik belgilari har xil bo‘ladi. Yaralangan joyda shish paydo bo‘lib, qizaradi, to‘qimalar orasida gaz to‘planadi. Muskul va boshqa to‘qimalar nekrozga uchraydi.

Ekzotoksinlar qon tomirini toraytirish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun gaz to‘plangan joy tyerisi oqimtir va yaltiroq bo‘ladi, asta-sekin bronza rangiga aylanadi, jarohatlangan to‘qimalarning harorati sog‘lom to‘qimalar haroratidan past bo‘ladi.

C.perfringens gazli anaerob infeksiyadan tashqari ovqatdan zaharlanishni ham keltirib chiqaradi. Yarali anaerob infeksiyalarning rivojlanishida yaraning ahvoli, makroorganizmning immun holati, tushgan mikrobning soni, turi va boshqalar muhim rol o‘ynaydi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng kuchli, turg‘un, uzoq vaqtga yetadigan immunitet hosil bo‘lmaydi. Ammo qon zardobida bo‘lgan antitoksik antitelolar organizmni ma’lum darajada infeksiyadan himoya qila oladi.

Laboratoriya tashhisi. Bemorga laboratoriya tashhisi qo‘yish uchun mikroskopik, baktyeriologik, biologik va neytrallash usullaridan foydalaniladi. Tekshirish uchun ezilgan nekrozga uchragan to‘qima, shish ichidagi suyuqlik, bog‘lov materiali, jarrohlik ipi, ketgut, kiyim, tuproq va boshqa materiallar olinadi. Tekshirish bir necha bosqichda olib boriladi.

Yara selidan surtma tayyorlab, bo‘yab, mikroskop ostida ko‘rilganda qo‘zg‘atuvchi va uning kapsulasi topiladi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan materialni maxsus oziq muhitga ekiladi, sof kultura ajratib olinib, uni morfologiyasi, kapsula hosil qilishi, harakati va fermentativ xususiyatlariga ko‘ra identifikasiya qilinadi. Toksinni aniqlash uchun oq sichqonga bulonda o‘stirilgan kulturaning filtrati yoki bemorning qoni yuboriladi. Oq sichqonlarga toksinni antitoksin bilan qo‘shib yuboriladi, neytrallash usuli.

Davosi va profilaktikasi. Gazli anaerob infeksiyaning rivojlanmasligi uchun dastlab o‘z vaqtida bemorga to‘liq jarrohlik yordami ko‘rsatiladi, so‘ng profilaktika maqsadida bemorga C.perfringens, C.novyi, C.septicum larga qarshi polivalent antitoksin zardob “Diafyerm 3” yuboriladi.

Yarali infeksiyaga qarshi antibiotiklardan streptomisin, penisillin, sefalosporin, biologik preparatlardan stafilokokka qarshi plazma, gamma-globulin buyuriladi, ayrim hollarda jarrohlik usuli ham qo‘llaniladi. Anaerob infeksiyalarga qarshi maxsus profilaktika usullari hali ishlab chiqilmagan. Bemorga jarrohlik yordami ko‘rsatilgandan so‘ng profilaktika maqsadida oz miqdorda polivalent antitoksik zardob yuboriladi.

“Galyereya bo‘ylab tur” o‘yini

ISh UChUN ZARUR:

1. Har xil rangli ruchkalar.

2. Jyerebevka uchun qog‘ozlar.

3. O‘yin bayonnomasini olib borish.

4. Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni bajarilish tartibi:

1. Guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi.

2. Har bir guruhcha alohida stollarga o‘tirib, bittadan oq qog‘oz va bir xil rangli ruchka olishadi.

3. Qog‘ozga sana, guruh nomyeri, o‘yin nomi, shu guruhdagi talabalarning ismi, sharifi yoziladi.

4. Guruhchadan bitta talaba o‘qituvchi oldidan savollar yozilgan bitta biletni oladi va shu guruh o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi.

5. Har bir guruhcha uchun alohida savollar bir xil murakkablikda tuzilgann bo‘lishi kyerak.

6. 10 minut vaqt beriladi.

7. Kichik guruhlar 10 minut davomida o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi va vaqt tugashi bilan 2-3 guruhchalar savollarni almashadilar.

8. Keyingi har bir guruhcha oldingi guruhchalar javobini o‘qib baholashadi va o‘zlari qo‘shimcha yozishadi, bu etap ham 10 minut davom etadi.

9. 30 daqiqadan so‘ng qog‘ozlar yig‘ib olinadi. Bu varaqlar 3 xil ruchkada yozilgan javoblar varianti bo‘ladi.

10. Hamma talabalar natijalarni birgalikda tahlil qilishadi. Buning uchun 15 minut vaqt beriladi.

11. O‘z variantiga to‘g‘ri javob yozgan va boshqa variantlarga qo‘shimcha ravishda javob byergan guruhga yuqori ball beriladi.

12. Talabalarni baholashda ish o‘yinida olgan ballari hisobga olinadi.

13. Talabalar ish o‘yinlari o‘qituvchida saqlanadi.

Konvyert uchun savollar

1- konvyert

1. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisning morfologik xususiyatlari?

2. Gazli gangrena kasalligida bemordan material olish texnikasini

tushuntirib byering?

3. Qoqshol kasalligini davolashda qo‘llaniladigan usullar?

4. Gazli gangrena kasalligin yuqish yo‘llari?

5. Qoqshol kasalliginig maxsus profilaktikasi?

2- konvyert

1. Gazli gangrena kasalligi qo‘zg‘atuchisining tasnifi?

2. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining toksini ta’sir mexanizmi?

3. Gazli gangrena kasalligini insonlarda kechishi?

4. Qoqshol kasalliginingfermentativ xususiyatlari haqida tushuncha byering?

5. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining antigenlari?

3-konvyert

1. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining toksinlari va ularning ta’sir mexanizmi?

2. Qoqshol kasalligidan keyin hosil bo‘ladigan immunitet qanday bo‘ladi?

3. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining usish xususiyatlarini tushuntiring?

4. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining morfologik xususiyati?

5. Cl.perfrengens keltirib chiqaradigan infeksiyalarni oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus profilaktika?

“RUChKA STOLNING O‘RTASIDA”

NOMLI IShBILARMONLIK O‘YININI O‘TKAZISh USLUBI.

ISh UChUN ZARUR NARSALAR:

1.Savollar, alohida qog‘ozlarga yozilgan holda.

2. Toza qog‘ozlar, ruchka.

3. Ish daftari.

IShNING YuRITILIShI.

1. Hamma talabalar qur’a tashlangan holda 4 ta talabadan iborat bo‘lgan 3 guruhga bo‘linadi.

2. Har bir guruh alohida stol atrofiga o‘tirib, toza qog‘oz va ruchkalarni tayyorlaydi.

3. Qog‘ozga kun, oy, yil, guruhning raqami, qaysi fakultetdanligi, ishtirokchi talabaning ismi sharifi va o‘ynalayotgan o‘yinning nomi yoziladi.

4. O‘yinda ishtirok etayotgan guruhga (umumiy) bitta aniq savolga javob byerish topshirig‘i beriladi

5. Har bir talaba qog‘ozga o‘zining ismi sharifini, to‘g‘ri deb hisoblagan javobini yozib yozgan qog‘ozini yonidagi ishtirokchiga uzatadi ruchkani esa stol o‘rtasiga surib qo‘yadi.

6. O‘qituvchi guruhning ishtirokini o‘yinni qay tarzda olib borayotganini nazorat qilib turadi. Umumiy aniq, to‘g‘ri javob daftarga yozib boriladi.

7. To‘g‘ri javob byergan talabaning eng yuqori oladigan balli -100%, reytingning nazariy qismidan kelib chiqqan holda. 2-o‘rinni olgan talabalarga- 85,9 reyting hisobida; 3-o‘rinni olgan talabalarga -70,9% .

8. Javob byera olmagan yoki noto‘g‘ri javob byergan talabalarga - 0 ball beriladi.

9. Qog‘ozga o‘qituvchi ball va imzo qo‘yadi.

10. O‘yin davomida olingan ball mashg‘ulotlar davomida nazariy qism uchun byerilgan ball sifatida hisobga olib boriladi.

11. Jurnalning pastki qismida qo‘shimcha o‘tkazilgan o‘yin haqida belgi qo‘yib boriladi va bunga guruh sardori imzo qo‘yadi.

12. Ish bayonnomasi o‘qituvchida saqlanadi.

“RUChKA STOLNING O‘RTASIDA”

NOMLI IShBILARMONLIK O‘YININI O‘TKAZISh BO‘YIChA SAVOLLAR

Qoqshol qo‘zg‘atuvchisi bo‘yicha savollar.

1. Laboratoriya diagnostikasi?

2. davolash chora tadbirlari?

3. Kasallikni oldini olish va profilaktikasi.

4. Tasnifi?

5. Morfologik xusiyati?

6. O‘stirish usullari va sharoitlari?

7. Bioximik va fermentativ xusiyatlari?

8. Toksigenligi va ta’sir mexanizmlari?

9. Antigen tuzilishi va ularni o‘rganish usullari?

10. Xayvonlarda kechadigan patogenezi?

11. Yuqish yo‘llari va insonlardagi patogenezi?

12. Kasallikdan co‘ng immunitet hosil bo‘lishi?

Tahliliy qism.

1- vaziyatli masala.

Poliklinikaning jarroxlik bo‘limiga oyoq kafti sanchilgan yarasi bilan bemor murojat etdi.

• Sanchilgan yara bo‘lganda qaysi infeksiyalar rivojlanish xavfi bo‘ladi?

• Bemorga yordam ko‘rsatish uchun shifokor qanday choralar ko‘rishi kyerak?

2- vaziyatli masala.

Baktyeriologik laboratoriyaga gazli gangrenaga shubxa qilingan bemor materiali olib kelindi.

• Bu qanday material?

• Qaysi tekshirish usullari qo‘llaniladi?

Amaliy qism.

1. Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan tuproq natijasini baholash.

- O‘sish haraktyerini tasvirlash.

- Gram va Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan preparatda kultura morfologiyasini o‘rganish.

2. Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan bog‘lov materiali natijasini baholash.

 O‘sish haraktyerini tasvirlash.

 Gram usulida bo‘yalgan preparatda morfologiyasini o‘rganish.

1 amaliy ishning bajarilishi.

Kitta-Tarossi muhitiga ekilgan tuproq natijasini baholash.

 O‘sish haraktyerini tasvirlash.

 Gram va Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan preparatda kultura morfologiyasini o‘rganish.

Maqsad: Jarohat infeksiyalari bo‘lgan gazli gangrena va qoqshol qo‘zg‘atuvchilarining kultural va morfologik xususiyatlarini o‘rganish.

Kerakli anjomlar: Kitt-Tarossi muhitida ekilgan tuproq namunasi, Gram va Sil-Nilsen usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar, yorug‘lik mikroskopi, buyum oynachasi immyersion yog‘, paxta.

17. Nazorat uchun savollar:

1. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisning morfologik xususiyatlari?

2. Gazli gangrena kasalligida bemordan material olish texnikasini tushuntirib byering?

3. Qoqshol kasalligini davolashda qo‘llaniladigan usullar?

4. Gazli gangrena kasalligin yuqish yo‘llari?

5. Qoqshol kasalliginig maxsus profilaktikasi?

6. Gazli gangrena kasalligi qo‘zg‘atuchisining tasnifi?

7. Qoqshol qo‘zg‘atuvchisining toksini ta’sir mexanizmi?

8. Gazli gangrena kasalligini insonlarda kechishi?

9. Qoqshol kasalliginingfermentativ xususiyatlari haqida tushuncha byering?

10. Qoshshol qo‘zg‘atuvchisining antiganlari?

11. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining toksinlari va ularning ta’sir mexanizmi?

12. Qoqshol kasallidan keyin hosil bo‘ladigan immunitet qanday bo‘ladi?

13. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining usish xususiyatlarini tushuntiring?

14. Gazli gangrena qo‘zg‘atuvchisining morfologik xususiyati?

15. Cl.perfrengens keltirib chiqaradigan infeksiyalarni oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus profilaktika?

Asosiy adabiyotlar:

1. Muxamedov I., Eshboev E., Zokirov N. “Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya” Toshkent 2002. Darslik.

2. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. “Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya”. Toshkent – 2006. Darslik.

3. Pod redaksiey professora Muxamedova I.M.“Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya”. Toshkent -2011 g. Uchebnik.

4. Aliev Sh.R., Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A.“ Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma”. T. 2013. y.

Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Muxamedov I.M i drugie.”Uchebnoe posobie po obshey mikrobiologii” Toshkent 2008g..

2. Muxamedov I. va boshqalar “Tibbiyot virusologiyasi” Toshkent 2012 . Darslik.

3. Vorobev A. A. i dr. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Uchebnik, M.,2004g.

4. Vorobev A.A. i dr. Atlas medisinskoy mikrobiologii. M., 2003g.

5. Xayitov R.M. Immunologiya. M. 2011 g. Uchebnik.

6. Medisinskaya mikrobiologiya. Pod redaksiey Pokrovskogo V.P. i Pozdeyeva O.K. M., 2010 g. Uchebnik.

7. BoychenkoM.N.ZvyerovaV.V. Medisinskaya mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Pod redaksiey akademika RAMN. 2010. v 2-x tomax. M. Uchebnik.

8. XoultaDj.Kratkiy oredelitel baktyeriy Byerdji. Pod redaksiey M., 2000g.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə