Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-mavzu. Havo-tomchi infeksiya qo‘zg‘atuvchilari: Sil, moxov va aktinomikoz kasalliklariga tavsif va ularning laboratoriya tashxisi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə130/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175
3-mavzu. Havo-tomchi infeksiya qo‘zg‘atuvchilari: Sil, moxov va aktinomikoz kasalliklariga tavsif va ularning laboratoriya tashxisi.

Sil qo‘zg‘atuvchisi

Morfologiyasi. Sil qo‘zg‘atuvchilari ingichka, to‘g‘ri yoki bir oz bukilgan tayoqchasimon, shuningdek, ipsimon, shoxlangan, sharsimon, filtrlardan o‘tuvchi va L-shakllarda bo‘ladi. Ularda mikrokapsula bor, spora hosil qilmaydi, harakatsiz. Ular maxsus kislota va ishqorlarga chidamliligi tufayli Sil-Nilsen usulida qizil, Mux-Vays usulida binafsha (yodofilligi) rangga kiradi.

O‘sishi. Sil Mikobakteriyalari oziq muhitlarga talabchan, ular murakkab tarkibga ega bo‘lgan maxsus oziq muhitlarda aerob sharoitda o‘sadi. Qulay o‘sish harorati 37S. 30–42S da ham o‘sishi mumkin. Sil Mikobakteriyalari RN 7,0–7,4 bo‘lgan (chegarasi rN 4,5–8,0) gliserinli, kartoshkali, tuxumli va turli minyeral tuzlar qo‘shilgan oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi. Bulardan ayniqsa Levenshteyn-Yensen, Petranyani va Dorse muhitlari ko‘proq qo‘llaniladi. Tarkibida ko‘p yog‘ bo‘lgan mikroflorali materiallardan sil mikobaktyeriyasini ajratib olish maqsadida oziq muhit tarkibiga ikklamchi mikrofloraga ularga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi malaxit ko‘ki, antibiotiklardan penisillin, nalidiks kislota, zamburug‘larga qarshi amfotyerisin V, polimiksin va boshqalar qo‘llaniladi.

Levenshteyn-Yensen muhit

Fermentativ xususiyatlari. Ular oqsillarni parchalaydigan proteolitik fyermentlar ishlab chiqaradi. Katalaza faolligiga ham ega bo‘lib, bu xususiyatlari 650S da 30 daqiqa davomida yo‘qoladi. Ular gliserin, spirt va bir qancha uglevodlarni, lesitin, fosfatidlar, mochevinalarni, zaytun va kanakunjut moylarini ham parchalaydi.

Toksin hosil qilishi va patogenligi. Sil Mikobakteriyalari ekzotoksin hosil qilmaydi, hujayra tarkibidagi bir qancha kimyoviy komponentlar toksin xususiyatiga ega. Ularning virulentlik xossalari quyidagi komplekslar: lipidlar, fosfatidlar, mikol kislotalari va shunga o‘xshash omillar yordamida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, ular lesitinaza, katalaza, pyeroksidaza va ureaza fyermentlarini ham ishlab chiqaradi.

1890 yilda R.Kox tuberkulin preparatini kashf etdi, uni koxning “eski tuberkulini (Alt tuberculin Koch)” ham deyiladi. Bu preparatni sil mikobaktyeriyasining 2–2,5 oylik eski gliserinli suyuq muhitdagi kulturasini filtrlab, uning dastlabki hajmini 1/10 gacha quritib olingan. Bu preparatning kamchiligi hujayralardan ajratib olingan faol fraksiyalar bilan bir qatorda kultura suyuqligidagi ballast pepton, gliserinlarning mavjudligidadir. Shuni hisobga olgan holda, 1937 yili F.Zaybyert quritib tozalangan va 30% ga yaqin polisaharidlardan tarkib topgan “tozalangan proteinli dyerivat” (RRD) deb ataluvchi yangi tuberkulinni taklif etdi.

Antigenlik xususiyati. Mikobakteriyalardagi oqsil, polisaharid birikmalari hamda lipid komponentlari antigenlik xususiyatiga ega. Tuberkulin proteidlari, polisaharidlar, fosfatidlar kabi omillarga ham qarshi antitelolar hosil bo‘ladi. Polisaharid, fosfatid antitelolarining spesifikligi KBR, BilGAR, geldagi presipitasiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Bular yordamida M.tuberculosis, M.bovis, M.leprae larning antigenlik xususiyatlari ham aniqlangan. Tuberkulin proteini allyergenlik xususiyatiga ega.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Odamlar, asosan, Mikobakteriyalarning uch turi M.tuberculosis, M.africanis (hayvonlardan) M.bovis bilan kasallanadilar. 92% dan ortiq hollarda M.tuberculosis, 3-5% da M.bovis, 3% da M.africanis kasallik qo‘zg‘atadi.

Sil kasalligi asosan havo-tomchi va havo-chang yo‘llari orqali yuqadi, ba’zan sil Mikobakteriyalari tushgan ovqat mahsulotlaridan og‘iz orqali hamda tyeri va shilliq qavatlar orqali yuqishi, homilaga esa yo‘ldosh orqali o‘tishi mumkin.

Kasallik aerogen yo‘l bilan yuqqanida, uning birlamchi o‘chog‘i ko‘pincha o‘pkada yuzaga keladi. Alimentar yo‘l bilan yuqqanida esa ichakdagi mezentyeral limfa tugunlarida paydo bo‘ladi. Organizmning qarshiligi zaif, turmush va maishiy sharoitlari og‘ir bo‘lganda, kasallik qo‘zg‘atuvchilari birlamchi joylashgan yeridan butun organizmga tarqalib, genyerilizasiyalangan infeksiyani yuzaga keltirishi mumkin. Aksariyat hollarda birlamchi o‘choq yallig‘lanish jarayonining mavjudligi bilan haraktyerlanadi, so‘ngra limfa yo‘llari shikastlanadi, limfangit va regionar limfadenitlarning rivojlanishi kuzatiladi. Birlamchi sil kompleksi deb ataluvchi jarayon yuzaga keladi. Bu hol ijobiy kechganida yallig‘lanish jarayoni to‘liq yo‘qolib, shikastlangan joy qobiq bilan o‘ralib kalsiy to‘ziga aylanadi, chandiq hosil bo‘ladi. Agar organizmning rezistentligi (chidamliligi) susaysa, birlamchi sil surunkali kechib, kasallik avj olishi mumkin.

Immuniteti. Odamlarda silga qarshi immunitet, ular organizmining tabiiy chidamliligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Sil mikobaktyeriyasi yuqqan odamlarning ba’zilarigina kasallanadi. Sil bilan kasallanish irsiyatga ham bog‘liq ekanligi aniqlangan. Sil kasalligida hujayraviy immunitet omillari muhim ahamiyatga ega. Immunitet nostyeril bo‘lib, sun’iy immunitetni yuzaga keltirish uchun odamlar BSJ vaksinasi bilan emlanadi. Orttirilgan immunitet, sil Mikobakteriyalari antigenlari ta’sirida T-limfositlarni faollashishi natijasida yuzaga keladi.

Laboratoriya tashhisi. Asosan baktyerioskopik, baktyeriologik, Serologik, biologik va allyergik usullardan foydalaniladi. Tekshirish uchun olinadigan materiallar sil kasalligining klinik shakliga asoslanib turlicha: balg‘am, siydik, yiring, orqa miya suyuqligi, opyerasiya vaqtida turli a’zolardan olingan ajratmalar bo‘ladi.

Baktyerioskopik usulda olingan materialdan bir xil qalinlikda bir necha surtmalar tayyorlanib, havoda quritiladi va alangada fiksasiya qilinadi. Shundan keyin Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi.

Sil-Nilsen usulida bo‘yalgan surtmalarda sil Mikobakteriyalari havorang ko‘rish maydonida qizil bo‘lib ko‘rinadi, chunki ular tarkibida yog‘ kislotalari bor. Preparat qizdirilganda bu kislotalar asosiy fuksin bilan ajralmas birikma hosil qiladi, natijada preparat qizil rangga, ular atrofidagi boshqa elementlar bilan mikroorganizmlar esa ko‘k rangga bo‘yaladi. Mikobakteriyalar to‘g‘ri, egilgan, uzun va kalta bo‘lishi mumkin. Ular alohida-alohida va turli kattalikda, to‘da-to‘da holida uchraydi. Ba’zan ular bir xilda bo‘yalmagan bir qator qizil donachalar shaklida ko‘rinadi.

Baktyeriologik usulda tekshirilayotgan patologik material avvaliga Ulengut va Sumiosh bo‘yicha (15–20% HCl yoki H2SO4 eritmasi) ishlov beriladi. So‘ngra sentrifugada aylantiriladi va fiziologik eritma bilan yuviladi. Keyin Levenshteyn-Yensen muhitiga ekiladi. Usulning kamchiligi shundan iboratki, Mikobakteriyalarning o‘sishi 2–12 haftadan so‘ng kuzatiladi.

Sil kasalligida eng samarali usul, dengiz cho‘chqachalarida biologik sinama o‘tkazish hisoblanadi. Buning uchun bemordan olingan patologik materialdan 1 ml hajmda dengiz cho‘chqachalarining tyerisi ostiga yoki qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi. 5–10 kundan keyin limfadenit, so‘ngra tarqalgan infeksion jarayon yuzaga keladi va hayvonlar o‘ladi. Serologik usulda antigen va antitelolarni aniqlovchi KBR, agglyutinasiya, bevosita agglyutinasiya reaksiyalari (Boyden reaksiyasi) qo‘yiladi. Kasallikni erta aniqlashda Pirke, Mantu kabi tyeri sinamalarining ahamiyati katta.

Pirke reaksiyasi (tyeri ustiga tuberkulin surtiladi) yoki Mantu reaksiyasi (tuberkulin tyeri ichiga yuboriladi), asosan, bolalar silini aniqlashda qo‘llaniladi. Pirke reaksiyasida bilak tyerisi tilinib, shu joyga suyultirilmagan tuberkulindan bir tomchi surtiladi. Natija 48 soatdan so‘ng hisobga olinadi. Diametri kamida 5 mm li infiltrat paydo bo‘lsa, reaksiya musbat deb hisoblanadi. Mantu reaksiyasi aniqroq natija byeradi. Bu reaksiya uchun tuberkulin 0,25% li karbol kislota eritmasi bilan 1:1000 va 1:100 nisbatda suyultirilib, tyeri ichiga yuboriladi. 48 soatdan keyin infiltrat paydo bo‘lsa, reaksiya musbat hisoblanadi. 1:100 nisbatda suyultirilgan tuberkulin yuborilganda manfiy natija olinsa, bolada sil yo‘q deb hisoblash mumkin.

Moxov kasalligining qo‘zg‘atuvchisi

Moxov (lepra) butun organizmni, xususan tyeri, nyerv sistemasi hamda ichki a’zolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi kislotaga chidamli moxov mikobaktyeriyasi (Mycobacterium leprae Hansen)dir.

Morfologiyasi. Moxov Mikobakteriyalari to‘g‘ri yoki bir oz egilgan tayoqcha shaklida bo‘lib, uzunligi 1–8 mkm, eni 0,2–0,5 mkm, bir uchi ikkinchisiga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘lishi mumkin. Ular hujayra ichiga kirib, qattiq sharsimon tugunchalar hosil qiladi va bir-biri bilan zich yopishib joylashadi. Zararlangan to‘qimalarda moxov tayoqchalari sharsimon, ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon va boshqa shaklda uchraydi. Mikobakteriyalar tarkibida 9,7–18,7% lipid va 2,25 % gacha fosfatidlar bor, shuning uchun maxsus Sil-Nilsen usuli bilan qizil rangga bo‘yaladi. Bundan tashqari, tarkibida moy pigmentlari, turli mum hamda leprozin mikol kislotalari ko‘p bo‘lganligi uchun ular kislotaga chidamli. Spora va kapsulalar hosil qilmaydi, harakatsiz.

O‘sishi. Moxov tayoqchalari sil qo‘zg‘atuvchilari o‘sadigan oziq muhitlarda o‘smaydi. Tekshiriluvchi materialni oq sichqonlar oyog‘i ostiga yuborib o‘stirishga erishilgan. Storrs moxov mikobaktyeriyasini (1974) to‘qqiz belbog‘li armedill organizmida (Dasypus novemcinctus) ko‘paytirish usulini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Armedill organizmida Mikobakteriyalar 15 oydan so‘ng turli shakllarda, asosan, hujayra sitoplazmasida ko‘payadi.

Hozir bronenos (Texas va Luizianada) va mangaboy maymunlarini kasallantirish usullari ishlab chiqilgan. Fermentativ xususiyati. Moxov Mikobakteriyalarining ko‘payishida ishtirok etadigan difekoloksidaza, nafas olishda qatnashadigan pyeroksidaza, sitoxromoksidaza, digidrogenaza va boshqa fyermentlar borligi aniqlangan.

Toksin hosil qilishi. Toksin hosil qilishi to‘liq o‘rganilmagan, ammo ular endotoksin va allyergen moddalarini ajratadi. Bu Mikobakteriyalarni oziq muhitlarda o‘stirish murakkabligi sababli ularning ko‘pgina xususiyatlarini o‘rganish qiyin.

Antigen tuzilishi. Immunkimyoviy usullar yordamida moxov mikobaktyeriyasidan o‘ta spesifik haroratga chidamli va haroratga chidamsiz antigen ajratib olingan

Kasallikning odamlardagi patogenezi..

Moxovning 3 klinik xili tafovut qilinadi:

1. Lepromatoz xili juda og‘ir kechadi, epidemioligik jihatdan xavfli hisoblanadi. Bemorning yuzi, bilagi, boldiri va boshqa a’zolarida juda ko‘p lepromalar paydo bo‘ladi, ular bir-biri bilan qo‘shilib katta-katta infitratlar hosil qilishi mumkin.

Keyinchalik lepromalar teshilib, o‘rnida uzoq bitmaydigan yaralar paydo bo‘ladi. Kasallik o‘choqlarida sezuvchanlik yo‘qolib, shu sohadagi soch va tuklar tushib kyetadi, ayniqsa qosh va kipriklar to‘qiladi. Moxovning bu xilida burun, og‘iz, ko‘z shilliq qavatlari ham zararlanadi. Qo‘l-oyoq barmoqlari mutilyasiyaga uchrab tushib kyetadi, ko‘z muguz pardasining infiltratlanib yaralanishi ba’zan bemorlarni butunlay ko‘r qilib qo‘yadi.

2. Moxovning (tyeri sili shaklidagi) tubyerkuloid xili birmuncha xatarsiz bo‘lib, ancha engil o‘tadi. Moxovning bu xili bilan og‘rigan bemorlarda lepromin allyergik reaksiyasi musbat, toshma elementlarining kamligi hisobiga moxov mikobaktyeriyasining topilishi ancha qiyin bo‘ladi.

3. Diffyerensiyalanmagan, ya’ni moxovning noaniq xilida makroorganizm chidamliligi har xil, ko‘pincha kuchliroq bo‘ladi. Shikastlangan joydagi material baktyerioskopik usulda tekshirilganda, Mikobakteriyalar har doim ham topilavyermaydi. Ularda allyergik sinama manfiy yoki kuchsiz musbat bo‘ladi.

Kasallik surunkali kechadi. 8–14 yoshli bolalar moxov kasalligiga juda moyil bo‘lib, ularga, asosan, bemor ota-onalaridan yuqadi. Kasallik erkaklar orasida ayollarga nisbatan 3 baravar ko‘p uchraydi.

Immuniteti. Moxov kasalligining immuniteti yaxshi o‘rganilmagan, uning mexanizmi sil immunitetiga o‘xshaydi va hujayraviy. Bemorlarning moxov bilan kasallanishida genetik omillarning ham o‘z o‘rni bor; masalan, gaplotipi HLA-DR2-DQW1 bo‘lganlar ko‘proq moxovning lepromatoz xiliga, HLA-DR2 yoki HLA-DR3 bo‘lganlar esa tubyerkuloid xiliga chalinadilar.

Laboratoriya tashhisi. Laboratoriya tekshiruvida moxov Mikobakteriyalari topilmasa, shifokor kasallikning klinik belgilariga ko‘ra tashhis qo‘yadi. Ammo, laboratoriya tekshiruvi orqali qo‘yilgan tashhis aniq va ishonarliroq bo‘ladi.

Moxovning lepromatoz xilida kasallikning boshqa xillariga nisbatan Mikobakteriyalar ko‘proq topiladi. Yuqori nafas yo‘llari, masalan, burun shilliq qavatidan olingan surtmalardan preparat tayyorlanadi. Buning uchun burun bo‘shlig‘i yaxshilab tozalanadi, buni bemorning o‘zi qilsa ham bo‘ladi. So‘ngra avvaldan tayyorlab qo‘yilgan doka tampon o‘ralgan tayoqchalar bilan burunning ichki devoridan surtmalar olinadi va bir nechta buyum oynasiga bir xil qalinlikda surtiladi.

Moxov Mikobakteriyalarini topishda zararlangan tyeri to‘qimasining suyuqligidan tayyorlangan surtmalarni tekshirish yaxshi natija byeradi. Dastlab shu soha tyerisi spirt yoki efir bilan tozalanadi, yaxshilab artiladi, bunda birinchidan aseptikaga rioya qilinsa, ikkinchidan kislotaga chidamli ba’zi saprofit mikroorganizmlar Mikobakteriyalardan tozalanadi. So‘ngra mo‘ljallangan tyeri sathini qo‘l barmoqlari bilan qisib turib, styeril o‘tkir jarrohlik pichog‘i (skalpel) bilan 5 mm uzunlikda va 2–3 mm chuqurlikda tilinadi. Ajralgan suyuqlikni skalpelda qirib olib, buyum oynasida bir nechta surtma tayyorlanadi. To‘qima suyuqligi qosh, peshona, quloq suprasi, bel va dumba sohasidagi lepromalardan olinadi. Surtmalar Sil-Nilsen usulida bo‘yaladi. Ammo moxov Mikobakteriyalari sil Mikobakteriyalariga nisbatan kislotaga chidamsiz bo‘lib, preparatni rangsizlantirishda ehtiyot bo‘lish kyerak.

Bo‘yalgan surtmalarda moxov Mikobakteriyalari qizil yoki pushti rangda bo‘lib, to‘da-to‘da, ba’zan esa yakka holda, ular bir oz cho‘zinchoq va bir-biriga parallel holda joylashadi.

Moxov tayoqchalarini topish uchun tekshiriladigan 1 ml suyuqlikda kam deganda 10.000–100.000 mikobaktyeriya bo‘lishi kyerak. Buning uchun bitta surtmada 60–100 tagacha ko‘rish maydonini ko‘zdan kechirish kyerak. 1–2 dona mikobaktyeriyani topish tashhisni tasdiqlamaydi. Ko‘rish maydonidagi Mikobakteriyalar soni, Xort sxemasi bo‘yicha quyidagicha belgilanadi: 0–Mikobakteriyalar yo‘q; shubhali, ko‘rish maydonida 1–2 ta mikobaktyeriya bor; ko‘rish maydonida anchagina mikobaktyeriya bor; ko‘rish maydonida mikobaktyeriya juda ko‘p.

Moxov kasalligini sil kasalligidan farq qilish uchun patologik materialni 0,85% li natriy xlorid eritmasida dengiz cho‘chqachasiga yuqtiriladi. Agar bemor sil bilan og‘rigan bo‘lsa, u holda dengiz cho‘chqachasida tezda sil kasalligi rivojlanadi va u o‘ladi yoki aksincha dengiz cho‘chqachalari moxovga chalinmaydi.

Bemor bilagining tyerisi orasiga 0,1 ml lepromin yuborilganda, 48–72 soatdan so‘ng shu joy qizarib shishib chiqsa, Misuda reaksiyasi musbat hisoblanadi.

Bemor qonida hosil bo‘lgan antitelolarni aniqlash uchun KBR, BilGA reaksiyalari qo‘llaniladi.

Davosi va profilaktikasi. Bemorni davolash uchun dapson, rifampisin, lampren, oflaksasin, minosiklin, bundan tashqari sezgirlikni kamaytirish uchun kortizon, prednizolon va boshqa kortikostyeroid preparatlar qo‘llaniladi.

Patogen aktinomisetlar

Morfologiyasi. Aktinomisetlar shoxlanuvchi, tayoqchasimon, kokksimon qismlarga oson bo‘linuvchi, ingichka, ipsimon miseliylardan iborat. Grammusbat, septasiz, spora hosil qiladi. (73-rasm).

O‘sishi. Aktinomisetlar – fakultativ anaerob, ularning o‘sishi uchun 35–37°S qulay harorat hisoblanadi. 24 soatdan so‘ng qattiq muhit yuzasida mayda koloniyalar, 7–14 kundan so‘ng esa, yirik polimorf, silliq yoki g‘adir-budir, kulrang sarg‘ish, yumshoq, bir xil oq, duxobaga o‘xshash koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar oziq muhitning ichiga kirgan va tashqarisida ham bo‘lishi mumkin. Koloniyalar havorang, jigarrang, qizil, yashil va boshqa rangda bo‘ladi.

Aktinomisetlar qattiq oziq muhitlarda (Saburo muhiti) havoga ko‘tarilib turgan miseliylar hosil qiladi. Ular silindrsimon, yumaloqsimon bo‘lakchalarga ajraladi. Miseliylar uchida koloniyalarga rang byerib turuvchi sporalar hosil bo‘ladi.

Toksin hosil qilishi to‘liq o‘rganilgan emas, ammo ularning patogen turlari endotoksin ajratadi.

Antigen tuzilishi. Aktinomisetlar hujayra devoridagi antigenlar turiga xos bo‘lib, bu antigenning spesifikligiga ko‘ra barcha aktinomisetlar 5 ta syeroguruhga bo‘linadi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Aktinomisetlar qo‘y-echki va qoramollarda, cho‘chqa, ot, it, quyon va boshqa hayvonlarda surunkali kasallik keltirib chiqaradi. Bu kasallikda hayvonning tyerisi, bo‘yni, lunji, tili, labi, ayrim hollarda suyagi va elini jarohatlanadi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Aktinomisetlar turli joylarda, jumladan tog‘li yerlarda, vodiylarda, iliq dengizlarda, suvda yoki suv ostidagi balchiqlarda uchraydi. Organiq moddalarga boy tuproqlarda ham ko‘p bo‘ladi.

Aktinomikoz bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ayollarga nisbatan 3 marta ko‘p kasallanadi.

Aktinomisetlar propion baktyeriyalar, sil Mikobakteriyalari va korinebaktyeriyalarga o‘xshaydi, ammo o‘zining rivojlanishiga ko‘ra ulardan farq qiladi.

Kasallik manbai qo‘y-echki va qoramollar, yovvoyi hayvonlar, it, cho‘chqa, ot, quyon, shuningdek, tuproq, o‘simliklar, havo, xatto kasallangan bug‘doy boshoqlari va boshqalar hisoblanadi. Me’da-ichak tizimidagi aktinomisetlarning endogen yo‘l bilan turli a’zolarga kirishi natijasida aktinomikoz kelib chiqadi. A.israilii ko‘pincha sog‘lom odamning og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘ladi va organizmning reaktivligi pasayganda endogen infeksiyani keltirib chiqaradi. Aktinomikoz ekzogen yo‘l bilan ham paydo bo‘ladi. Masalan: odam donli o‘simliklar boshog‘ini yoki dastasini chaynashi natijasida, undagi aktinomisetlar kasallikka sabab bo‘ladi. Aktinomisetlar tashqi muhitdan organizmga tushsa, ekzogen infeksiya rivojlanadi.

Kasallikning paydo bo‘lishida tish kariesi, “toshlar”, milk kasalligi, ko‘richak va boshqalarning ta’siri bor. Bulardan tashqari, tyeri shilliq qavatlaridagi jarohatlar, opyerasiya, suyaklarning sinishi kabi holatlar ham aktinomikozning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.

Organizmga kirgan aktinomisetlar, shu joyidan tyeri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar, muskullar orasidagi bo‘shliqlar hamda qon va limfa orqali tarqaladi. Natijada yallig‘lanish rivojlanadi, flegmonaga o‘xshash katta – qattiq shish paydo bo‘ladi, infiltrat yuzaga keladi, bu shish nekrozlanib yumshaydi va teshilib yiring tashqariga yoki organizmning ichiga chiqa boshlaydi. Yiringda aktinomisetlar to‘plamidan iborat “druza”lar hosil bo‘ladi.

Immuniteti. Kasallikni boshidan kechirgan bemor organizmida kuchli, turg‘un, uzoq davom etadigan immunitet hosil bo‘lmaydi, shu sababli kishi qayta kasallanishi mumkin. Sog‘aygan odam va hayvon qonida agglyutinin, presipitin, komplementni bog‘lovchi antitelolar hosil bo‘ladi, ammo ular makroorganizmni qayta kasallanishdan himoya qila olmaydi. Kasallik jarayonida makroorganizmda allyergik holat paydo bo‘ladi, shu sababli aktinolizat bilan qo‘yilgan tyeri-allyergik sinama 87,5% hollarda musbat bo‘ladi.

Laboratoriya tashhisi. 1. Aktinomikozda yaradan chiqqan yiringdan surtma tayyorlanadi, uni bo‘yab yoki bo‘yamay nativ holda mikroskop ostida tekshirib, druzalar borligi aniqlanadi. 2. Yiring qandli bulonga (pH 6,8), qonli, zardobli, go‘sht-peptonli agarlarga, Saburo muhitiga aerob va anaerob sharoitlarda ekiladi va sof kultura ajratib olinib, kultural, biokimyoviy xususiyatlari va streptomisin, xloramfenikollarga sezgirligiga ko‘ra identifikasiya qilinadi. 3. Bemor zardobi bilan, undagi antitelolarni aniqlash uchun KBR qo‘yiladi. 4. Aktinomisetlarning ekstraktlari bilan tyeri-allyergik sinama qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Bu kasallikni maxsus davosida aktinolizatlar, 6–8 ta shtammlardan tayyorlangan polivalent aktinomiset vaksina qo‘llaniladi. Aktinomiset va qo‘shimcha mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi antibiotiklar, sulfanilamid va yod preparatlari beriladi. Ayrim hollarda bemorni jarrohlik usuli va rentgen bilan davolanadi. Penisillin, tetrasiklin, eritromisin va klindomisin yaxshi naf byeradi.

Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigienaga qat’iy rioya qilish, tyeri va shilliq qavatlarni turli jarohatlardan asrash, tomoq, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlarni kasallanishdan saqlash kyerak. Bu kasallikka qarshi maxsus profilaktika yo‘q.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

«Kopdagi mushuk» ish o‘yinini utkazish uslubi.

Ish uchun zarur:

1. Topshiriklar variantlarining tuplami.

2. Guruhdagi talabalar soniga karab Qur’a tashlash (jyerebevka) uchun sonlar.

3. Toza kogoz varaklari.

Ishni bajarish tartibi:

1. Qur’a tashlash yo‘li bilan guruh 3-4 ta talabadan iborat bo’lgan kichik guruhlarga bulinadi.

2. Har bir kichik guruh alohida stol atrofiga utiradi, toza kogoz varagi va ruchka tayyerlanadi.

3. Varakda sana, guruh soni, ish O‘yinini nomi, shu kichik guruhda ishtirok etadigan talabalar F.I.O.si yoziladi.

4. Har bir kichik guruhlarni bitta katnashchisi o’qituvchini oldiga kelib konvyertdan topshirik variantini oladi.

5. Talabalar varakka uzlarining topshiriklarini kuchiradilar va ish bajarish uchun 15 min vakt beriladi.

6. Kichik guruhlar topshirikni muhokama qiladilar va to‘la javobni ezadilar.

7. O’qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar kuchirmasligi va boshka guruhlar bilan aloka kilmasligi kyerak.

8. 15 min. utgandan sung javob varaklari yigib olinadi.

9. O’qituvchi dars davomida topshiriklar to‘g‘ri, tula, tartib bilan bajarilishini tekshiradi.

10. Kichik guruhlarni hamma ishtirokchilariga bir xil ball kuyiladi.

Maks.ball 91-100%-«5»

86-90% - «5» juda yaxshi besh

71-85% -«4» yaxshi

65-70% - «3» to‘liq qoniqarli «3»

55-64% -«3» qoniqarli minimal «3»

54-41% -«2»

11. Javoblar varakida o’qituvchi ballar va imzo kuyadi.

12. Darsni joriy baholashda talabalarni olgan ballari e’tiborga olinadi.

13. Jurnalni qaysi qismida ish O‘yinini o’tkazilganligi haqida belgilanadi, guruh sardori qo‘l qo‘yadi.

14. Ishlar bayonnomalari o‘qituvchida saqlanadi.

Ish o‘yinlarini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

V-1


1. Sil qo‘zg‘atuvchisini taksonomik holatini ayting.

2. Aktinomikoz odamga qanday yo‘l bilan yuqadi?

3. Moxovda asosiy tekshirish usuli qanday?

4. Sil qo‘zg‘atuvchisi morfologiyasi.

5. Moxov qo‘zg‘atuvchisining klinik shakllari.

V-2


1. Moxov qo‘zg‘atuvchisi qanday antigen tutadi?

2. Silga qarshi ryevaksinasiya qanday holatlarda o‘tkaziladi?

3. Aktinomiset druzlarini qayerda hosil qiladi?

4. Nima uchun sil Mikobakteriyalari uzoq o‘sadi?

5. Moxov qo‘zg‘atuvchisida yashirin davr qancha muddat davom etadi?

V-3


1. Moxov kasalligining og‘ir shakli nima deyiladi va qanaqa klinik belgilari bor?

2. Silda ekspress usul qanday aniqlaniladi?

3. Aktinomikozlarning laborotoriya tashhisi.

4. Sil Mikobakteriyalarni o‘stirish.

5. Misuda reaksiyasi qachon qo‘llaniladi?

V-4


1. Tubyerkulez klinik formalarini sanang.

2. Moxov qo‘zg‘atuvchisi sildan qanday diffyerensial diagnosti¬ka kilinadi?

3. Aktinomikozda profilaktika uchun vaksina qanday qo‘llaniladi?

4. Silda qaysi boyitish usulidan foydalaniladi?

5. BSJ ni qaysi yoshdan emlanadi?

V-5


1. Moxovda engil formasi qanday nomlanadi va klinik belgilari

2. Gomogenizasiya usuli qachon va qanday qo‘llaniladi?

3. Silda muhitga nimalar qo‘shish talab qilinadi va oziq muhitlarni sanang.

4. Birlamchi va ikqilamchi sil qanday farq qilinadi?

5. Aktinomisetlar odam organizmida qaysi yo‘llar bilan tarqaladi?

V-6


1. Silda biologik usul qachon qo‘llaniladi?

2. Mantu sinama qachon va nima uchun qo‘yiladi?

3. Aktinomikozlar morfologiyasi.

4. Prays metodikasini tushuntiring.

5. Moxovda laborotoriya Tashhisi qanday o‘tkaziladi?

«Sil, moxov va aktinomikoz qo‘zg‘atuvchilari» mavzusi bo‘yicha

«Bush zveno» ish O‘yinini utkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1. «Sil, moxov va aktinomikoz qo‘zg‘atuvchilari haraktyeristikasi, patogenezi, laboratoriya diagnostikasi» mavzusi bo‘yicha savollar tuplami.

2. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun ajratilgan, guruh ruyxati yozilgan bir varak kogoz.

3. Sekundomyer.

Ish tartibi:

1. O‘yinni domla va talabalardan biri – hisobchi sifatida utkazadi.

2. Kogozga guruh talabalarining ruyxati, sanasi, fakulteti, ish O‘yinining nomi yoziladi.

3. O’qituvchi talabalarga muntazam ravishda savol byeradi.

4. Talaba 5 sekund davomida javob byerishi kyerak.

5. O’qituvchi «to‘g‘ri» yoki «noto‘g‘ri» so‘zi bilan javobni baholaydi, mabodo noto‘g‘ri javob bulsa, to‘g‘ri javobni byeradi.

6. Talabalar savolning 2 davrvsidan(turidan) utadilar.

7. Hisobchi talaba har bir talaba ismi sharifi karshisiga javobga karab « » yoki «-» kuyadi.

8. Savollarni 2 davrasi utib bo’lgan dan sung, O‘yin tuxtatiladi va 2 ta «-» olgan talaba «bush zveno» sifatida O‘yindan chetlatiladi.

9. Kolgan talabalar bilan yangi doira bo‘yicha O‘yin davom etadi. Ularga yangi savollvr davrvsi taklif etiladi, yana 2ta minus olgan talaba O‘yindan chetlatiladi.

10. Savollar davrvlarini utkazib eng ko‘p savollarga javob byergan kuchli katnashchi tanlanadi.

11. O’qituvchi kogozdagi har bir talabaning familiyasi to‘g‘risida «bush zveno» bulib qaysi savollar doirasidan chikib ketganini belgilaydi.

12. O‘yin maksimal 0,8 ball bilan baholanadi.

Birinchi ikkita davradan keyin chetlatilgan talabalar

- «0» ball oladi.

Uchinchidan keyin – 0,2 ball oladi

Turtinchidan keyin - 0,4 ball oladi

Beshinchidan keyin - 0,6 ball oladi

Oltinchidan keyin - 0,8 ball oladi

13. Darsni nazariy qismini baholashda talabalarni O‘yinda olgan ballari inobatga olinadi.

14. Jaridada O‘yin o’tkazilganligi haqida kayd kilinadi, guruh sardori kul kuyadi.



15. Ish baynnomasi saklanadi.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə