Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning maqsadlari



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə127/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadlari

Xavo tomchi infeksiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot byerish; Bo‘g‘ma (diftyeriya), ko‘k yo‘tal va para-koklyush qo‘zg‘atuvchilari haraktyeristikasi bilan tanishtirish - kasallik qo‘zg‘atuvchilari morfologiyasini, o‘stirish usullari va biokimyoviy xususiyatlari haqida, toksigenligi va antigen to‘zilishlarini o‘rgatish; Kasalliklarning patogenezi, immuniteti haqida, kasallik qo‘zg‘atuvchilarining laboratoriya tashhisini batafsil o‘rgatish; Davolash va maxsus profilaktikasini o‘rgatish.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi

Ko‘kyo‘tal (koklyush) bolalarda uchraydigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ziga xos kuchli bo‘g‘ilib yo‘talish bilan kechadi.

Ko‘kyo‘talni XI asrda dastlab Abu Ali Ibn Sino tasvirlab byergan. Koklyush tyermini 1578 yili Parijdagi epidemiya vaqtida qo‘llanilgan. 1679 yili Siden bu kasallikni “pertussis”, ya’ni kuch¬li yo‘talish deb atagan.

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini belgiyalik J.Borde va O.Jangu¬lar 1906 yili kashf etishgan. 1937 yili ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan B.pertussis ga o‘xshash mikroorganizmni Eldring va Kendriklar ajratib olib, unga B.parapertussis, B.bronchiseptica deb nom byerdilar.

Bordetella urug‘i 3 tur: Bordetella pertussis, Bordetella parapertussis va Bordetella bronchiseptica dan iborat. Bular ko‘p xususiyatlari bilan bir-biriga o‘xshab kyetadi.

Morfologiyasi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining kokkobaktyeriyalar mayda, kal¬ta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0,5–1,2 mkm, eni 0,2–0,4 mkm. Spora hosil qilmaydi, virulent turlarida kapsulasi bor, xivchinlari yo‘q, harakatsiz. B.pertussis ning ustki qismida fimbriyalari mavjud. Gram usuli bilan manfiy bo‘yaladi.

O‘sishi. Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarda o‘smaydi, chunki bunda yog‘ kislotalari to‘planib, baktyeriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Yog‘ kislotalarni neytrallash maqsadi¬da oziq muhitlarga qon, pistako‘mir va boshqalar qo‘shiladi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon aralashtirilgan kartoshka-glise¬rinli 25% muhitda (Borde–Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agar¬dan (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit arzon va oson ta-yyorlanadi. Ko‘kyo‘tal mikroblarining ko‘payishi uchun 35–37S (o‘sish chegarasi 20–38S), harorat va 6,8–7,4 rN juda qulay hisoblanadi. Oziq muhitda ko‘kyo‘tal mikrobi 24–72 soat¬dan so‘ng mayda, bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Yangi ajratib olingan ko‘kyo‘tal mikroblari mayda, diametri 1–2 mm, yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shakldagi koloni¬yalar (I-II faza) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinasiya reaksiyasini byeradi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diametri 3–4 mm bo‘lgan, chetlari no¬tekis, yassi R-1-shakldagi koloniyalar (III-IV-faza) hosil qiladi. Bular gomologik zar¬doblar bilan agglyutinasiya reaksiyasini byermaydi.

Fermentativ xususiyati. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiya¬ti bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi.

Toksin hosil qilishi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi tempyeraturaga chidamsiz toksin ishlab chiqaradi, gistaminga sezgir va limfositozni tezlatuvchi moddalar ajratadi. Bu toksin oqsildan iborat bo‘lib, endo¬toksinga o‘xshab mikrobning tanasiga mustahkam birikkan. Ushbu tok¬sin oq sichqon, dengiz cho‘chqachasi, quyonlarga yuborilsa, ularning buyragi, talog‘i va jigarida nekroz, gemorragiya va degenyerativ o‘zgarishlar vujudga keladi.

Antigen tuzilishi. Bordetella urug‘iga mansub baktyeriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega. B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga–14, V.bronchisepticis-12 agglyutininlar xos. Bordetellalar tarki¬bidagi agglyutinogenlarga ko‘ra 4 ta Serologik: 1, 2, 3; 1, 2, 0; 1, 0, 3; 1, 0, 0 variantlarga bo‘linadi, bu syerovarlar orasida kesishma immunitet hosil bo‘lmaydi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Ko‘kyo‘tal bilan, asosan, bolalar ka-sallanadi. Kasallik manbai faqat bemor yoki mikrob ta¬shuvchi odam hisoblanadi. Ko‘kyo‘tal baktyeriyasi bemordan 4–6 haf¬ta davomida ajralib turadi. Kasal bola yo‘talganda, aksirganda havoga tarqalgan mayda balg‘am va shilliq tomchilaridagi ko‘kyo‘tal tayoqchasi sog‘lom bolaning nafas yo‘llari orqali organizmga kiradi (infeksiyaning havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi). Kasallik ko‘pincha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Kasallikning 4 davri ajratiladi: 1) yashirin davri – 1,5–2 hafta, 2) kataral davri – 1,5–2 hafta; 3) bo‘g‘ilib yo‘talish, ya’ni kasallikning zo‘raygan davri – 4–8 hafta; 4) sog‘a¬yish davri – 2–4 hafta. Nafas yo‘li orqali tushgan kasallik baktyeriyalari shu joyda ko‘payadi va toksin ajratadi. Bu endotoksin tomoq, bronx shilliq qavatlarini qitiqlashi tufayli yo‘tal tutadi. Adashgan nyerv reseptorlari (to¬lalari) uzoq vaqt qitiqlanishi natijasida uzunchoq miyaga do¬imiy ravishda impuls kelib turadi. Bu esa o‘z navbatida uzunchoq miyada turg‘un, kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘ining paydo bo‘lishiga, boshqa reseptorlardagi nospesifik qitiqlanishlarning kuchli o‘choqqa aylanib, yo‘tal xurujining ortishi va kuchayishiga olib keladi. Yo‘tal shartsiz refleks holatidan kasallik rivojlangan sari shartli refleksga ay¬lanib qoladi.

Immuniteti. Ko‘kyo‘tal bir umrga immunitet qoldiradi. Bemorning qonida agglyuti¬nin, presipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar paydo bo‘ladi. Qondagi ko‘kyo‘tal baktyeriyalariga baktyerisid ta’sir etuvchi himoya antitelolari mavjudligi organizmda kuchli immunitet borligini ko‘rsatadi.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun, asosan, baktyerologik usul qo‘l¬laniladi. Shu maqsadda bemordan balg‘am yoki halqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jan-gu, sut-qonli yoki gidrolizat-kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq muhitlarga penisillin qo‘shiladi, 3–5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniya¬lar o‘sib chiqadi, so‘ngra ulardan sof kultura ajratib olinib, uning mor¬fologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va biologik xususiyatlari o‘r¬ganiladi. Ikki hafta davomida bemor qonida antitelolar paydo bo‘lganini aniqlash uchun Serologik, ya’ni komplementni biriktirish usulidan foydalaniladi. Ayrim hollarda tyeri-allyergik sinamasi ham qo‘llaniladi, buning uchun 0,1 ml antigen bemor bilagining ichki yuzasidagi tyeri orasiga yuboriladi va 16–20 soatdan so‘ng antigen yuborilgan joy 2 sm cha kattalikda qizarib chiqadi.

Davolash va profilaktikasi. Bemorni har taraflama davolash lozim. Dastlab yuqori nafas yo‘lidagi shilliq qavat reseptorlarini qitiqlaydigan ko‘kyo‘tal baktyeriyalarni yo‘qotish zarur. Bemorga ko‘kyo‘talga qarshi maxsus g- globulin, levomi-sitin, vitaminlar beriladi. Bemor imkoni bori¬cha ochiq havoda bo‘lgani ma’qul. Umuman kasallik simptomlariga qarab davolanadi. Hozirgi vaqtda adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu vaksina tarkibida 40 mlrd.cha o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2, 3, 4, 16 oyligida emlanadi.

Diftyeriya korinebaktyeriyalari

Cor. Diphtheriae coryna lotincha so‘z bo‘lib, to‘g‘nog‘ichsi¬mon, diphteriae esa parda, qobiq degan ma’noni anglatadi.

Morfologiyasi. Sorynebacterium diphteriae – to‘g‘ri yoki bir oz bukil¬gan grammusbat tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1–8 mkm, eni 0,3–0,8 mkm (68-rasm).

Ayrim hollarda shoxlangan, ipsimon, kokksimon, achitqisi¬mon shakllari bo‘lishi mumkin. Surtmalarda yakka-yakka, rimcha besh shakli¬da yoki yoyilgan qo‘l panjalariga o‘xshash joylashadi. Ikki chetida metoxromatik granula (volyutin donachalari, polime-tafosfatlar) joylashgan. Spora hosil qilmaydi, harakat¬siz mikrokapsulasi bor.

Diftyeriya korinebaktyeriyalarida fimbriyalar bo‘lib, ular adgezivlik xususiyatida faol qatnashadi. Nukleoid DNK tarkibida¬gi G S 52–60% ni tashkil etadi.

O‘sishi. Diftyeriya baktyeriyasi aerob yoki fakultativ anaerob ular 370S (chegarasi 15–400S) haroratda, rN 7,2–7,6 bo‘lganda oqsil (ivitilgan zardob¬li) agarli muhitlarda va qandli bulonlarda yaxshi o‘sadi. Diftyeriya kori¬nebaktyeriyalari 16–18 soat davomida o‘sib chiqadi, koloniyalarining ko‘rinishi burushgan tyerini eslatadi (69-rasm).

Hozir diftyeriya qo‘zg‘atuvchisini o‘stirish uchun Ru va Lefdelyer muhitlari ishlatiladi.

Diftyeriya baktyeriyasi o‘sishi va biokimyoviy xususiyatlariga ko‘ra uch xil biologik variantlar: gravis, mitis, intermedius ga bo‘linadi. Gravis – korinebaktyeriyalar tellurit agarda, ya’ni tarkibida fibrin¬siz qon va kaliy tellurit bo‘lgan muhitda yirik, xira, rozetkali, chetlari notekis, diametri 2–3 mm bo‘lgan qoramtir yoki kulrang R-shakldagi koloniyalar hosil qiladi. Ular dekstrin, kraxmal va glikogenlarni parchalaydi, virulentli, kuchli toksin ajratadi va og‘ir kechadigan diftyeriya kasalligini qo‘zg‘atadi.

Mitis-korinebaktyeriyalar telluritli agarda mayda, yaltiroq, bo‘rtgan, silliq, chetlari tekis, qora rangli, diametri 1–15 mm bo‘lgan S-shaklda¬gi koloniyalar, bulonda o‘stirilganda esa muhitning ustida parda va donador cho‘kma hosil qiladi. Ular kraxmal, glikogen, dekstrinlarni doimiy ravishda parchalamaydi, barcha turdagi hayvonlar eritrositlarini gemolizlaydi. Bu biovarning virulentligi, toksigenligi, invazivligi pastroq. Odamlarda diftyeriyaning engil kechadigan shaklini qo‘zg‘atadi. Intermedius-korinebaktyeriyalar oraliq biovar bo‘lib, telluritli agarda yirik, xira, chetlari notekis, qoramtir yoki kulrang R-shaklida¬gi hamda mayda, yaltiroq, chetlari tekis, qora rangli S-shaklidagi kolo¬niyalar hosil qiladi. Ular kraxmal va glikogenni parchalamaydi. Bu biovar odamlarda o‘rtacha og‘irlikda kechadigan diftyeriya kasalligini qo‘zg‘a¬tadi.

Biokimyoviy xususiyati. Diftyeriya korinebaktyeriyalari glyukoza, maltoza va levulyozani kislota hosil qilib parchalaydi. Galaktoza, dekstrin, gliserinlarni ba’zan parchalamasligi ham mumkin. Sutni ivitmaydi, indol hosil qilmaydi, vodorod sulfidni kamroq ajratadi, nitratlarni nitritlarga qaytaradi, kaliy telluritni sulfid telluritga aylantiradi, shu sababli telluritli agarda qora yoki kulrang koloniyalar hosil bo‘ladi.

Toksin hosil qilishi. Diftyeriya korinebaktyeriyasi suyuq oziq muhitlarda kuchli ekzotoksin hosil qiladi, bu o‘z ta’sir kuchi bo‘yicha botulizm va qoqshol ekzotoksinlaridan keyingi o‘rinda turadi.

Ekzotoksin o‘z navbatida gistotoksin, dyermonekrotoksin va gemolizin fraksiyalaridan tashkil topgan. Bu toksinning o‘ldiruvchi dozasi odam og‘irligining har 1 kg ga 100 mg dan to‘g‘ri keladi. Diftyeriya baktyeriyasining toksigenligi uning lizogenligi, ya’ni toksin ajratuvchi shtammlarning sitoplazmasida mo‘’tadil fag profagning borligi bilan bog‘liq. Toksigenlikni nazorat qiluvchi toksigenlar profagning genomida joylashgan bo‘lib, baktyeriya xromosomasi bilan birikkan holda joylashadi.

Diftyeriya tayoqchalari gialuronidaza, neyraminidaza, fibrinolizin fyermentlarini ham hosil qiladi, bular baktyeriyaning toksigenligini yanada oshirib, to‘qimalar orasida tarqalishini ta’minlaydi.

Antigen tuzilishi. Diftyeriya korinebaktyeriyasining antigen tuzilishi murakkab, u joylashgan baktyeriya hujayra devori ko‘p qavatli, shuning uchun qalinroq va boshqa grammusbat baktyeriya hujayra devorlaridan farq qiladi. Hujayra devorining yuza qavatida tempyeraturaga chidamsiz, tipga xos oqsil antigen joylashgan. Bu antigen bo‘yicha diftyeriya korinebaktyeriyasi 58 ta Serologik variantlarga bo‘linadi (mitis-40; gravis-14; intermedius-4).

Kasallikning odamlardagi patogenezi.

Kasallik patogenezida gistotoksin muhim ahamiyatga ega, chunki u bemorlardagi oqsil sintezini to‘xtatadi, transfyeraza fyermentining faolligini kamaytiradi. Diftyeriya korinebaktyeriyalarida to‘qimalar orasida tarqalishini ta’minlovchi omillar bo‘lganligi sababli, ular bemorning a’zo va to‘qimalariga kiradi. Bunda gialuronidaza, neyraminidaza va fibrinolizinlarning ahamiyati katta. Korinebaktyeriya kirgan joyida ko‘payadi va ekzotoksin hosil qiladi, natijada umumiy zaharlanish ro‘y byeradi. Toksin shilliq qavatni va tyerini yallig‘lantirib, nekrozga uchratadi, oqibatda kulrang, tarkibida ko‘p miqdorda diftyeriya tayoqchasi bo‘lgan parda hosil bo‘ladi. Toksin qonga so‘rilib, nyerv hujayralari, yurak muskullari parenximatoz a’zolarini chuqur shikastlaydi va umumiy zaharlanishga olib keladi. Bemorlarning 90% ida tomoq, so‘ngra burun diftyeriyasi qayd qilinadi.

Immuniteti. Diftyeriyadan so‘ng antitoksik immunitet paydo bo‘ladi, ammo u kuchli emas, shuning uchun 6–7% bolalar qaytadan kasallanishlari mumkin.

Organizmning diftyeriya qo‘zg‘atuvchisidan himoyasi antitoksinlarga bog‘liq, ammo mikrobga qarshi antitelolar (opsoninlar, presipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar) ham kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.

Laboratoriya tashhisi. Kasallik tashhisi asosan, baktyerioskopik va baktyeriologik usullar yordamida aniqlanadi.

Tekshirish uchun diftyeritik parda, tomoq, burun, vulva, ko‘z kon¬yunktivasi va tyeridan, baktyeriya tashib yuruvchilardan esa tomoq va burun shilliq qavatidan styeril tampon bilan material olinadi. Ayrim vaqtda oziq-ovqatlar (sut, muzqaymok, turli buyumlar, o‘yinchoq, idishlar va boshqalar) chayindisi olib tekshiriladi. Tekshiriladigan materialdan dastlab surtma tayyorlab mikroskop ostida ko‘riladi. Bunda diftyeriya tayoqchalari har xil shaklda, turlicha joylashganligi ko‘rinadi. Bu material maxsus selektiv muhitlarning biriga, masalan, ivitilgan zardob yoki telluritli agarga ekiladi, bunda 12–48 soat davomida mikroblarning koloniyalari paydo bo‘ladi, ulardan sof kultura olinib identifikasiya qilinadi.

Davosi va profilaktikasi. Bemorga klinik belgilariga ko‘ra tashhis qo‘yilgandan so‘ng o‘rtacha og‘irlikdagi difte¬riyada 5000–15000 XB yoki uning og‘ir shakllarida 30000–50000 XB antitoksin zardobi yuboriladi. Kasallikning boshlang‘ich davrida zardob yaxshi naf byeradi, chunki bunda toksin hujayra bilan kattiq birikmagan to‘qimalar hali shikastlanma¬gan bo‘ladi.

Zardob miqdorini davolovchi shifokor belgilay¬di. Zardobdan tashqari bemorga antibiotiklar (penisillin, eritromisin, tetrasiklin) va sulfanilamid preparatlar ham beriladi.

Makroorganizmning immunobiologik holatini oshirish va antitoksinlar ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorlarda diftyeriya anatoksini yuboriladi.

Maxsus profilaktika bir necha xil vaksinalar bilan o‘tkaziladi. Shu maqsadda ADS-M-adsorbsiya qilingan diftyeriya, qoqshol anatoksini; AKDS- adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal, diftyeriya, qoqshol vaksinasi ishlatiladi.

Legionellalar

Morfologiyasi. Legionellalar grammanfiy tayoqcha bo‘lib, uzunligi 2–3 mkm, eni 0,5–0,7 mkm, harakatchan, spora, kapsula hosil qilmaydi. Legionella baktyeriyalari polimorf. Qo‘zg‘atuv¬chining orasida, agar u sun’iy oziq muhitda o‘stirilgan bo‘lsa, sharsi¬mon, ipsimon shakllari va kokkobasillalar ko‘p uchraydi.

O‘sishi. Legionellalar – aerob, fakultativ hujayra ichi paraziti, o‘sishi uchun oziq muhitga ko‘p miqdorda o‘stiruvchi omillar qo‘shish lozim. Ular rN 6,9–7,2 bo‘lgan muhitda 350S haroratda yaxshi ko‘payadi.Legionellalarni o‘stirish uchun qonli va shokoladli agarlardan ham foydalanish mumkin.

Biokimyoviy xususiyati. Legionellalarni identifikasiya qilish ularning glyukoza, saharoza, maltoza, fruktoza, ksiloza, mannitlarning kislota hosil qilishi hamda kraxmalning parchalanishiga asoslangan. Proteolitik xususi¬yatlari yaxshi rivojlanmagan, ular mochevina va nitratlarni parchalamay¬di, ammo jelatinani suyultiradi. Legionellalar o‘ziga xos yog‘ kislotalarni parchalovchi estyeroza fyermentini hosil qiladi. Ular katalaza va -laktamaza fyermentlari ishlab chiqaradi.

Antigen tuzilishi. Legionellalar somatik O- va xivchinli N-antigenlariga ega. L.pneumophila turi O-antigenga ko‘ra 7 ta syeroguruhga bo‘linadi. Ularni presipitasiya va immunoflyuoresseniya reaksiyalari yordamida aniqlash mumkin.

Toksin hosil qilishi. Legionellalar tyermolabil ekzotoksinlar (sitotoksin va gemolizinlar) va tempe¬raturaga chidamli endotoksin hosil qiladi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai bemor hisoblanadi. Infeksiya havo tomchilari, chang, suv tomchilari orqali yuqadi. Odamlar legionellaga 100% mo¬yil. Kasallik 3 ta omil orqali yuqadi: chang orqa¬li (hozircha tuproqdan legionella ajratib olingan emas), kondisio¬nyerdagi suv tomchilaridan, dushlar ichida yig‘ilib qolgan suvlardan. Infeksiya yuqori nafas yo‘llari orqali kirib, asosan, o‘pkani shikastlantiradi. Legionella ko‘pincha turli sabablarga ko‘ra immuniteti pasaygan kishi¬larda, qariyalarda uchraydi. Legionella epidemiya shaklida tarqalishi mumkin, ammo sporadik holda ham uchraydi. Bu kasallik ko‘pincha o‘tkir respirator kasallik (O‘RK) – gripp, pnevmoniya tashhisi bilan o‘tib kyetadi. Yuqori nafas yo‘llari orqali kirgan legionellalar, hujay¬ralarda nekrobiotik o‘zgarishlar keltirib chiqaradi. Ular ko‘payadi, bir qismi esa o‘ladi. Ulardan ko‘p miqdorda endotoksin hosil bo‘ladi, bu organizmni zaharlab, shok holatiga olib kelishi mumkin. Baktyeriya qon orqali butun orga¬nizmga tarqaladi va barcha a’zolarga o‘rnashib oladi, ayniqsa qon tomir va MNS ga joylashib kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Legionellalar o‘pka va plevrada nekrobiotik va o‘ziga xos yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Hozir¬gi vaqtda legionellalarning bir nechta klinik shakli bor. Legionellalar kasalligi (og‘ir pnevmoniya); legionellalarning kasalxona ichi kasalligi; o‘tkir respirator infeksiya va b. Ikki haftadan so‘ng bemor sog‘ayadi, harorati tusha boshlaydi, ammo uzoq vaqt holsizlik, bosh aylanish, injiqlik saqlanib qoladi. Bu kasallikdan o‘lim 7–19% ni tashkil etadi.

Immuniteti. Kasallikdan tuzalganlarda tipga xos gumo¬ral immunitet hosil bo‘ladi. Immunodepressant qabul qiluvchi kishilarda legionella ko‘p uchraydi. Hujayraviy immunitet qo‘zg‘atuvchilardan himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bemor qonida KB antitelolar paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘atuv¬chini dengiz cho‘chqachasiga yuborilganda, ular tyerisida turli reaksiya¬lar, ya’ni aralash o‘ta sezgirlik namoyon bo‘ladi.

Laboratoriya tashhisi. Legionellaga mikrobiologik tashhis qo‘yish birmuncha qiyin. Maxsus laboratoriyalarda kulturani ajratish va tashhisni baktyeriologik tasdiqlash 65% ni tashkil etadi. Dastlab tekshiriluvchi bemordan (balg‘am, plevrasidan olingan suyuq¬lik, bronx chayindilari), murdadan (o‘pka autopsiyasi) olingan materiallar mikroskop ostida bo‘yab ko‘riladi. Baktyeriologik usulda tekshiriluvchi material ko‘mir-achitqi, antibiotikli agarga va bir vaqtda FJ agarga ekiladi. O‘pka bo‘lagidan legionellani ajratib olish uchun dengiz cho‘chqachalariga yuboriladi. Hayvon o‘lgandan so‘ng talog‘idan suspenziya tayyorlanadi va qat¬tiq muhitga ekiladi, bir vaqtning o‘zida tovuq embrioniga ham yuqtiriladi. Tekshiriluvchi materialni bir vaqtda ko‘mir-achitqili agarga, tovuq embrioniga ekish bilan birga bilvosita immunoflyuoressensiya reaksiyasi qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Legionellyozni davolashda eritromisin, tetrasiklin, ridgampisin qo‘llaniladi

Profilaktikasida infeksiya manbaini topish va uni dezinfeksiya qilish muhim ahamiyatga ega.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

«Kim ko‘proq? Kim tezroq?» o‘yinini o‘tkazish usuli.

Ish uchun zarur:

1. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami. O‘yin bayonnomasini olib borish uchun muljallangan. Guruh ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

2. Sekundomyer.

3. Mavzu bo‘yicha savolli kartochkalar (kartochkalar soni talabalar soniga teng bo‘lishi kyerak. Har bir savol kartochkada 4 tadan savol)

Ish tartibi:

1. O‘yin og‘zaki ravshda olib boriladi.

2. Talabalar navbat bilan savolli kartochkalar olishadi.

3. 3 min davomida 5 ta savolga javob beriladi (kartochkada yozilgan)

4. O‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni xisoblab boradi.

5. O‘yinda hamma talaba ishtirok etadi.

6. Umumiy o‘yin vaqti 45 minut davom etadi.

7. Notug‘ri javob byerilgan savollar tahlili qilinadi.

8. Talabalarni baholash quyidagi tartibda.

 5 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.9 ball

 4 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.7 ball

 3 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.5 ball

 2 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.3 ball

 1 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.1 ball

 0 ta savolga to‘g‘ri javob byersa 0.0 ball

9. Darsni nazariy qismini baholashda talabalarni o‘yinda olgan ballari e’tiborga olinadi.

10. Jaridada ish o‘yini o‘tkazish haqida qayd qilinadi, guruh sardori qo‘l qo‘yadi.

Ish o‘yini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi bo‘yicha.

1. Oziq muhitlari tarkibiga qon, pistako‘mir nima maqsadda qo‘shiladi?

2. Borde-Jangu oziq muhiti qanday oziq muhit?

3. Morfologiyasidagi o‘ziga xos xususiyatlari?

4. Ustirishda ishlatiladigan oziq muhitlarni sanab byering?

1. Qanday antigen to‘zilishlariga ega?

2. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining chidamliligi?

3. Xayvonlarga nisbatan patogenligi?

4. Kasallikning insonlarga yuqish yo‘llari?

1. Kasallikning 4 ta davrini tushuntirib byering?

2. Kuchli yo‘tal bo‘lishining sabablarini tushuntirib byering?

3. Kasallikdan so‘ng hosil bo‘ladigan immunitet?

4. Laboratoriya tekshiruvi uchun bemorlardan qanday materiallar olinadi?

1. Laboratoriya Tashhisida tyeri allyergik sinamalarini qo‘yish texnikasi?

2. Davolashda ishlatiladigan dorilar?

3. Maxsus profilaktikasida ishlatiladigan preparatlar?

4. Oziq muhitlarida o‘sganda III va IV fazalarida qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi?

1. Toksin hosil qilishi?

2. Oziq muhitida o‘sishi uchun optimal rN va harorat qanday bo‘lishi kyerak?

3. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi tasnifi?

4. Oziq muhitlarida hosil qiladigan koloniyalariga ta’rif?

1. Oziq muhitlarida o‘sganda I va II fazalarida qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi?

2. Fermentativ xususiyatlari?

3. Kasallik nima uchun ko‘kyo‘tal deb nomlangan?

4. Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilarining bir-biridan farqi?

“KROSSVOD EChISh” intyeraktiv ish o‘yini.

Ish o‘yini o‘tkazish usuli.

1. Bu o‘yinni xoxlagan mavzu bo‘yicha munosib taqsimlovchi material bo‘lgan amaliy mashg‘ulotda o‘tkazish tavsiya qilinadi.

2. Taqsimlovchi material: 1. krossvord matrisali qog‘oz; 2. gorizontal va vyertikal topshiriqlar to‘plami.

3. Mikrobiologiyaning turli bo‘limlaridan krossvord to‘ziladi.

4. Topshiriqlar aniq, xatosiz, ixcham tuzilgann bo‘lishi kyerak.

5. Topshiriqlarning javoblari talabalar foydalanish imkoniyatiga, ega bo‘lgan darslik yoki amaliy qo‘llanmadan bo‘lishi kyerak.

6. Javoblarni yozganda harflar miqdori grammatika bo‘yicha kataklar miqdoriga mos kelishini kuzatib turish kyerak.

7. Guruhlardagi talabalar soniga qarab krossvord trafareti va uning topshiriqlari tayyorlanadi.

Ish o‘yinini o‘tkazish usuli:

1. O‘qituvchi talabalarga batafsil ishni o‘tkazish tartibini va uni baholashni tushuntiradi.

2. Talabalar o‘qituvchidan taqsimlovchi materialni oladilar 1 stolga (2 talabaga) – bitta krossvord trafareti va unga topshiriqlar. Qalam bilan to‘ldiriladi, o‘chirg‘ich ishlatish mumkinyu

3. Ish uchun bir til sharoiti yaratish uchun hamma talabalarga krossvordning bir turi beriladi.

4. Krossvordni echganda kitobdan foydalanishga ruxsat byerilmaydi.

5. Ish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi.

6. Talabalar topshiriqni olganlaridan keyin krossvord trafaretining burchagiga ismi, sharifi, fakultet, guruh nomyeri va sanani yozadilar.

7. Vaqt belgilanadi.

8. Topshiriqni echish boshlanadi.

9. Ish tugatgandan keyin o‘qituvchiga topshiriladi.

10. Tekshirganda o‘qituvchi ishning to‘g‘ri echilganligi va bajarish tezligiga e’tibor byeradi.

11. Talabalarning birinchi krossvord topshirgan guruhi to‘g‘ri echgan bo‘lsa, darsning nazariy qismiga ajratilgan maksimal ballni, masalan 0.8 ni oladi.Keyingi juftlar esa 0.7; 0.6; 0.5; 0.4; 0.3; 0.2 ballarga loyiq.

12. Olingan ball joriy darsning yakuniy baholash reytingiga kiradi.

13. Echilgan krossvordlar bayonnomalari o‘qituvchida saqlanadi.

14. Shu guruh jaridasining pastki qismida ish o‘yini o‘tkazilganligi qayd qilinadi. Guruh sardori imzo qo‘yadi.

Bo‘yiga:

2. Baktyeriya ekzotoksinini ajratib olgan olim?

3. Qo‘zg‘atuvchi anatoksinini birinchi bo‘lib tayyorlagan olim?

6. Adgeziya xususiyatiga ega organoidi?

9. Ekzotoksin fraksiyasi?

10. Korinabaktyeriyalarning qaynday turlari kasallik keltirib chiqaradi?

12. O-antigenining kimyoviy tarkibi?

Eniga:


1. Qo‘zg‘atuvchini birinchi bo‘lib aniqlagan olim?

4. Anatoksin olish uchun ekzotoksin nima yordamida kuchsizlantiriladi?

5. Qanda kapsula hosil qiladi?

7. Ekzotoksin fraksiyasi?

8. Ekzotoksin fraksiyasi?

11. Korinobaktyeriyalarning ayrim shtammlari boshqa baktyeriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda?



Diftyeriya mavzusi bo‘yicha savollar


































2



















12














































3




И



















П











































1

К

Л

Е

Б

С




10







О








































5

М

И

К

Р

О

К

А

П

С

У

Л

А











































Т




С










А







И































7

Д

Е

Р

М

О

Н

Е

К

Р

О

Т

О

К

С

И

Н








































З




Н










О







А














































А
















Г







Х











































6

Т
















Е







А








































4

Ф

О

Р

М

А

Л

И

Н







Р





































9




И




























И


































8

Г

Е

М

О

Л

И

З

И

Н










Д





































И




Б



































































С




Р



































































Т




И



































































О




Я



































































Т



































































11

К

О

Р

И

Н

Е

Ц

И

Н




















































К









































































С









































































И









































































Н


































































































































13.2. 1. Analitik qism.

1- vaziyatli masala.

LOR shifoxonasiga follikulyar angina simptomlari bilan bemor tushdi. U 3 kun oldin bo‘g‘ma bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

• Qaysi ma’lumotlar asosida taxminan “bo‘g‘ma” tashhisini qo‘yish mumkin?

• Qanday tekshiruvlar asosida bu tashhisni tasdiqlash mumkin?

2- vaziyatli masala.

2 yoshli bola subfebril tempratura, aksirish, yo‘tal bilan kechuvchi respirator infeksiya bilan kasallangan. Kasallikning boshlanishidan 10 kun oldin ko‘kyo‘tal bilan kasallangan bola bilan muloqotda bo‘lgan. Shifokor “ko‘kyo‘tal kataral davri” deb Tashhis qo‘ydi.

• Nimalarga asoslanib Tashhis qo‘yilgan?

• Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining toksonomik joylashishini ko‘rsating?

13.2.2. Amaliy qism.

1. KKAga “yo‘tal plastinkasi” usulida ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va morfologik xususiyatlariga baho byerish.

2. Bo‘g‘ma diagnostikasi: burun-xalqumdan styeril tampon bilan surtma olish va GPBga ekish.

3. Bo‘g‘ma diagnostikasi: zardobli agarga ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va morfologik xususiyatlariga baho byerish.

1 amaliy ishning bajarilishi.

KKAga “yo‘tal plastinkasi” usulida ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va morfologik xususiyatlariga baho byerish.

Maqsad: Xavo tomchi infeksiyalaridan ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining kultural va morfologik xususiyatlarini o‘rganish.



Kerakli anjomlar: KKAda o‘stirilgan mikrob kulturalari, Gram usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar, yorug‘lik mikroskopi, buyum oynachasi immyersion yog‘, paxta.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə