Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə132/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

4-mavzu. Ichak infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari (Eshyerixioz, shigellez, vabo).

Mashg‘ulotning maqsadi:

Ichak infeksiyalariga qanday kasallik qo‘zg‘atuvchilari kirishini, eshyerixiylar va vabolarning tuzilishini va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklari patogenezini, antigenlarining diagnostikadagi ahamiyatini va laboratoriya diagnostika usullarini o‘rgatish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va profilaktikasi bilan tanishish.

Eshyerixiylar

Escherichia urug‘i E.coli, E.fergusonii, E.hermannii, E.vulneris va E.blattae (suvarak ichagida topilgan) turlardan tashkil topgan bo‘lib, ular biokimyoviy va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Morfologiyasi. Ichak tayoqchasi morfologiyasiga ko‘ra Enterobacteriaceae urug‘iga mansub entyerobaktyeriyalarga o‘xshaydi, hajmi 1,1–1,5x2,0–6,0 mkm. Bularning ayrim shtammlari harakatchan (pyeritrix), ayrimlari esa harakatlanmaydi, ya’ni xivchinlari yo‘q. Hozirgi vaqtda 30% patogen eshyerixiylarda jinsiy kiprikchalar borligi aniqlangan. Ba’zi shtammlari mikrokapsula yoki shilimshiq kapsula hosil qiladi. Grammanfiy, spora hosil qilmaydi.

Baktyeriya hujayrasi mayda tuklar (fibriyalar) bilan qoplangan. Nukleoid DNK sida G S 48–52% ni tashkil etadi.

O‘sishi. E.coli fakultativ anaerob, 37oS haroratda va rN 7,2–7,5 bo‘lganda yaxshi o‘sadi. Eshyerixiylar 22–37oS da o‘z faoliyatini saqlab qoladi, ammo past haroratda o‘sishi to‘xtaydi. Ular go‘sht-peptonli agarda shakli yumaloq, rangi tiniq va yaltiroq, chetlari esa bo‘rtgan, diametri 1–2 mm li S-shakldagi koloniyalar hosil qiladi. Lekin mutasiyalar hisobiga R-shaklga ega koloniyalar ham vujudga kelishi mumkin, bu holda ular asosiy biologik xususiyatlarini yo‘qotadi.

Go‘sht-peptonli bulonda bir xil quyqa, so‘ng cho‘kma hosil qilib ko‘payadi. Ichak tayoqchasi diffyerensial oziq muhitlarda ularning tarkibiga ko‘ra turli rangdagi koloniyalarni hosil qiladi. Masalan: Endo muhitidagi to‘q qizil yaltiroq koloniyalar, muhit tarkibidagi laktozani ichak tayoqchasi parchalaganligi hisobiga hosil bo‘ladi.

Fermentativ xususiyati. Ichak tayoqchasi fermentativ xususiyatiga ko‘ra juda faol bo‘lib, laktoza, glyukoza, mannit, maltoza va boshqa uglevodlarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi. Ammo ichak tayoqchasi shtammlarining 10–12% laktozani parchalamaydi, ular “notipik shtammlar” deb ataladi. Bu urug‘ a’zolari indol hosil qiladi, nitratlarni nitritlargacha qaytaradi, ammo N2S hosil qilmaydi.

Toksin hosil qilishi. Ichak tayoqchasi, asosan, endotoksin ajratadi. Ichak tayoqchasining ayrim entyeropatogen shtammlari 2 xil entyerotoksin va 4 xil gemolizinlar sintez qiladi. Toksin ajratish xususiyati Ent- va Hly-plazmidalar orqali nazorat qilinadi.

Antigen tuzilishi. Eshyerixiylarda O-, K- va N-antigenlari bor. Shulardan O-antigen asosiy bo‘lib, ularning Serologik guruhlarini belgilaydi. O-antigen somatik, haroratga chidamli, shuning uchun 100oS da qaynatilganda va avtoklavda agglyutinasiya qilish xususiyatini yo‘qot-maydi. Hozirgi vaqtda ichak tayoqchasining 170 dan ortiq O-Serologik guruhlari borligi aniqlangan. K-antigen yuza joylashgan bo‘lib, haroratga chidamsiz B-, L- va haroratga chidamli A-antigenlardan tashkil topgan. Eshyerixiylarda 100 dan ortiq turli K-antigenlari bor. N-antigen xivchinda joylashgan bo‘lib, oqsildan iborat, tyermolabil tip maxsuslikka ega. Ichak tayoqchasida 50 dan ortiq turli N-antigenlar mavjud.

Eshyerixiylarning antigen tuzilishiga qarab antigen formulasi belgilanadi. Bunda antigen, uning turi va tartib nomyeri ko‘rsatiladi. Masalan: 0111 syeroguruhining antigen formulasi 0111:K58:N2, 0111:V4:N12, 020:K84:N34, 055:V5:N7, 044:K74:N18, 026:V6:N11 va boshqalar. Ichak tayoqchasining antigen tuzilishi mutasiya, genetik rekom-binasiya va fag konvyersiyasi kabi omillar ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

Eshyerixiylar orasida fagovar va kolisinovarlari ham borligi kuzatilgan. Uning bu xususiyatidan kasallikka laboratoriya tashhisini qo‘yishda, epidemiologik holatini aniqlashda foydalaniladi.

Odamlardagi patogenezi. Eshyerixiylar shartli-patogen mikro-organizmlardir. Ularning oddiy sharoitda yashab kasallik qo‘zg‘atmaydigan odam uchun foydali (kommensal) turlari mavjud.

Eshyerixiylar tif, paratif, ichburug‘ va ichakda yiring paydo qiladigan turi baktyeriyalarga nisbatan antagonistdir. Bundan tashqari, ular organizm uchun zarur moddalar, fyerment va vitaminlarni sintez qiladi. Eshyeri-xiylarning entyerobaktyeriyalar oilasiga mansub patogen mikroblarning ko‘payishini to‘xtatish xususiyatidan foydalanib, ulardan ichak kasal-liklarini davolash va oldini olish uchun ishlatiladigan biologik preparatlar (kolibaktyerin, koli-autovaksina) tayyorlanadi.

Patogen ichak tayoqchasi klinik belgilari og‘ir kechishi va davom etishi bilan bir-biridan farq qiladigan yuqumli kasalliklarni keltirib chikaradi. Ichak tayoqchasi, asosan, koli-entyerit kasalligining qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi.

Infeksiya manbai bemor va baktyeriya tashuvchilardir. Patogen mikrob alimentar yo‘l bilan, ba’zan bilvosita aloqa, havo-tomchi va chang orqali yuqadi. Asosiy yuqish yo‘li fekal-oral, bunda odam ifloslangan oziq-ovqat, suv orqali kasallanadi. Koli-entyerit ko‘pincha chaqaloq va yosh bolalarda uchraydi. Bu kasallikka, asosan, chala tug‘ilgan, sun’iy ovqatlantiriladigan, darmonsiz, raxit va gipotrofik bolalar chalinadi. Bolalardagi koli-entyeritning qo‘zg‘atuvchisi eshyerixiy kolining 025, 026, 044, 055, 086, 091, 0111, 0114, 0119, 0125, 0126, 0127, 0128, 0141, 0146 va boshqa syeroguruhlaridir.

Ichburug‘ga o‘xshash kasallikning qo‘zg‘atuvchilari eshyerixiy kolining 023, 028, 032, 0115, 0124, 0136, 0143, 0144, 0151 va boshqa syeroguruhlari, bular ayrim biologik xususiyatlari bilan ichburug‘ qo‘zg‘atuvchilariga o‘xshaydi.

Entyeropatogen eshyerixiylar vaboga o‘xshash kasallikka ham sabab bo‘ladi. Entyerotoksin hosil qiluvchi eshyerixiyning 01, 06, 015, 025, 078, 0148 va boshqa syeroguruhlari vabosimon kasallikning qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi, ular haroratga chidamsiz va chidamli entyerotoksinlar hosil qiladi.

Entyeropatogen eshyerixiylarning 02, 06, 07, 09, 011, 015, 075 syeroguruhlari siydik yo‘llari infeksiyalari, 01, 08, 011 syeroguruhlari xolesistit, 01, 02, 08 syeroguruhlari appendisit keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, patogen eshyerixiylar pyeritonit, sepsis, septik shok, sistit, meningit, pielit, otit, ovqatdan zaharlanishlarga ham sabab bo‘ladi.

Koli-entyerit va vabosimon kasallik qo‘zg‘atuvchilari ichak epitelial hujayrasining yuzasida, ichburug‘ga o‘xshash kasallik qo‘zg‘atuvchilari esa shigellalar kabi epitelial hujayralar ichida ko‘payadi. Baktyeriyalarning nobud bo‘lishi natijasida ko‘p mikdorda pirogen xususiyatiga ega bo‘lgan endotoksinlar hosil bo‘ladi. Vabosimon kasallik qo‘zg‘atuvchilari entyerotoksin ajratadi. Bu esa xolyerogenga o‘xshash adenilsiklazaning faolligini oshiradi, natijada siklikadenozinmonofosfat (SAMF) to‘planadi va ichak epiteliylarining o‘tkazuvchanligi bo‘zilib, o‘tkir ich ketishi ro‘y byeradi. Haroratga chidamli entyerotoksin guanilsiklazani kuchaytirib SAMF hosil qiladi.

Hozir E.coli ning entyeroinvaziv, entyeropatogen, entyerogemorragik, entyerotoksigen va entyeroadgeziv turlari tafovut qilinadi. Ularning bunday har xil xossalari plazmida va baktyeriofaglar tomonidan ta’minlanadi.

Immuniteti. Yosh bolalarda koli-infeksiya immuniteti chuqur o‘rganilgan emas, kasallikdan so‘ng tipmaxsus kuchsiz immunitet paydo bo‘ladi.

Kesishma immunitet bo‘lmaganligi sababli odam umrida bir necha marta koli-infeksiya bilan kasallanishi mumkin. Koli-infeksiyadagi immunitet kuchsizligiga E.coli ning mikrokapsulasi borligi tufayli fagositoz qiluvchi hujayralar faolligining pasayishi ham sabab bo‘ladi.

Laboratoriya tashhisi. Kolientyerit va boshqa koliinfeksiyalarga mikrobiologik tashhis qo‘yish uchun bemorning najasi, burun-xalqumidan surtma, murdadan esa qon, o‘t, jigar, taloq, o‘pka, ingichka va yo‘g‘on ichakdagi moddalar, yiring olib tekshiriladi. Tekshirilishi lozim bo‘lgan material qattiq oziq muhitlarga (Endo, Levina va boshqalar) va qo‘shimcha tif va paratiflar, ichburug‘ baktyeriyalari o‘suvchi Ploskirev, vismut-sulfit agarlarga ekiladi. Agar sepsisga gumon qilinsa, u holda qon avval bulonga, so‘ng muvofiq qattiq oziq muhitga ekiladi. Ajratib olingan sof kulturani diffyerensiasiya qilish uchun uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy va Serologik xususiyatlari tekshiriladi.

Ajratilgan eshyerixiyaning qaysi O-guruhga mansub ekanligini aniqlash uchun avval tekshirilayotgan undirma qaynatiladi, bunda K-antigen parchalanadi, so‘ng agglyutinasiya reaksiyasi qo‘yiladi, bunda OK- va O-zardoblardan foydalaniladi.

Ajratib olingan kulturani yoki tekshirilishi lozim bo‘lgan materialni tezlikda identifikasiya qilish uchun immunoflyuressent reaksiyasidan foydalaniladi. Natijani 1-2 soat davomida aniqlash mumkin.

Kolientyeritga Serologik tashhis qo‘yish uchun bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi qo‘yiladi. Agar reaksiyaning diagnostik titri oshib boravyersa, bu musbat natija hisoblanadi.

Davosi va profilaktikasi. Koli-infeksiya bilan og‘rigan bemorlarga antibiotiklar (tetrasiklin, levomisetin, polimiksin, nitromisin va boshqalar) beriladi. Bundan tashqari, biologik preparatlar: koli-autovaksina, kolibaktyerin, laktobaktyerin, bifikol, bifidumbaktyerinlar qo‘llaniladi.

Koli-infeksiyaning oldini olish uchun bemorlarni tezda aniqlash, ularni kasalxonaga joylash va tegishli davolash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun muntazam ravishda bolalar muassasalari xizmatchilari va oshpazlarni vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turish (dispansyerizasiya), sut tayyorlash oshxonalari, tug‘ruqxonalar, bog‘cha va yaslilarda sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilish: suv, oziq-ovqatlar, ho‘l myevalarning ifloslanmasligini ta’minlash kasallikning oldini olishda muhim. Koli-infeksiyaga qarshi maxsus profilaktika ishlab chiqilmagan.

E.coli sanitar ko‘rsatkich mikroorganizm hisoblanadi. Shuning uchun u suv, oziq-ovqat, spirtsiz ichimliklar, turli buyumlarda uchramasligi lozim. Suv, oziq-ovqat mahsulotlari, tuproqda, ichak tayoqchasi borligini tekshirish uchun koli titr va koli indeks aniqlanadi.

Koli titr deb E. coli bir donasi uchraydigan suyuqlikning eng kam hajmiga aytiladi (normada 250-300 ml).

Koli-indeks – 1 l suyuqlikda topiladigan E. coli soni (me’yorda 3–4 tagacha).

Vabo qo‘zg‘atuvchisi.

Vabo – organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli, o‘ta xavfli kasallik, qo‘zg‘atuvchisi V.sholerae, EI-Tor hisoblanadi.

Morfologiyasi. Vabo vibrioni vyergulga o‘xshash, bir oz egilgan tayoqcha shaklida bo‘lib, bo‘yi 1,5–3,0 mkm, eni 0,3–0,6 mkm (74-rasm), u bir xivchinli (monotrix), shuning uchun juda tez harakat qiladi, spora va kapsula hosil qilmaydi, grammanfiy.

Bu mikrob polimorfizm xususiyatiga ega. Fizik-kimyoviy va biologik omillar, shuningdek, noqulay sharoit ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirib, sun’iy oziq muhitlarda va eski kulturalarda sharsimon, tayoqchasimon, spiralsimon va ipsimon S-shakllar paydo qilishi mumkin. Ularni yangi tayyorlangan oziq muhitlarga ekilsa, o‘z shakliga qaytadi. Klassik biovar bilan El-Tor biovari tuzilishida unchalik farq yo‘q. Nukleoid DNK tarkibida G S 45–49%, V.metschnikovii (proteus)da esa 44–46% ni tashkil etadi. Penisillin ta’sirida L-shakli yuzaga keladi.

O‘sishi. Vabo vibrioni aerob, u ozuqaga talabchan, 1% peptonli, rH-8,0 bo‘lgan suvda 18–37°S da yaxshi o‘sadi, ammo 14–42°S da ham o‘sishi mumkin. Bunday oziq muhitda vibrion boshqa mikroorganizmlarga qaraganda tez o‘sib, 6 soatda muhit betida noziq parda hosil qiladi. 1% li ishqoriy agarda o‘stirilganda yaltiroq, shisha rangli tiniq, ko‘kimtir, bir oz do‘nglashgan, chetlari tekis S-shaklidagi koloniyalar hosil qiladi.

Vabo vibrioni dissosiasiya yo‘li bilan S-shaklidan R-shakliga o‘tishi mumkin. Bu mutasiya natijasida sodir bo‘lgan jarayonda vibrionning antigen tuzilishi, virulentlik va boshqa xususiyatlarida ham chuqur o‘zgarishlar ro‘y byeradi.

Fermentativ xususiyati. Vabo vibrioni qandlar (glyukoza, maltoza, mannit, saharoza, mannozalar)ni kislota hosil qilib, gazsiz parchalaydi, laktoza va arabinozani sekin, 48 soat ichida parchalaydi; ivitilgan zardob jelatinani eritadi va indol, ammiak hosil qiladi. Sutni ivitadi, lizin–ornitin-dekarboksilaza va oksidazalarga nisbatan faol.

Mannoza, arabinoza va saharozani parchalashiga ko‘ra B.Xeybyerg vibrionlarni xemovarlarga ajratadi. Vabo vibrionining V.sholerae va V.eltor biovarlari I xemovarlarga kiradi.

Toksin hosil qilishi. Vabo vibrioni ekzotoksin (xolyerogen) va endotoksin hosil qiladi. Entyerotoksin kasallik patogenezida muhim rol o‘ynaydi. Zaharlanish kuchli ich ketishi va organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Endotoksin hujayra devoridagi lipopolisahariddan iborat bo‘lib, organizmning kuchli zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Vabo vibrionlari fibrinolizin, gialuronidaza, kollagenaza, musinaza, lesitinaza, proteinaza va neyraminidazalarni hosil qiladi.

Antigen tuzilishi. Vabo vibrioni, asosan, ikkita: tempyeraturaga chidamli somatik O va tempyeraturaga chidamsiz, xivchin N-antigenlarga ega. O-antigen turga va tiplarga spesifikdir. N-antigeni Vibrio urug‘idagi vibrionlarga umumiy. Vabo vibrioni O-guruhchalarga bo‘lingan bo‘lib, u hozircha 60 tani tashkil etadi. V.cholerae va V.eltor biovarlari 0–1 guruhchaga kiradi. Bu guruhga o‘z navbatida uch xil O-antigendan (A,V,S) tashkil topgan. Ularni bir-biri bilan birlashtirilganda uchta syerovar: Ogava (AV), Inaba (AS) va Gikoshima (AVS) hosil bo‘ladi.

Keyingi vaqtda bemorlar, vibrion tashib yuruvchilar va tashqi muhitdan vabo qo‘zg‘atuvchilarga qarshi olingan immunzardoblar bilan agglyutinasiya byermaydigan (NAG) vibrionlar ajratib olina boshlandi, ularning kelib chiqishi to‘liq o‘rganilgan emas. Olimlar odam organizmida va tashqi muhitda sodir bo‘ladigan vibrionlardagi nasliy o‘zgarishlar (mutasiya, kon’yugasiya) natijasida o‘zgargan variantlar paydo bo‘ladi, deyishadi. Bunday variantlar NAG (O-zardob bilan agglyutinasiya byermaydigan) vibrionlar deb atalib, ular morfologiyasi, o‘sishi va biokimyoviy xususiyatlari bilan vabo vibrioniga ko‘p jihatdan o‘xshash. Hozir odamlarda NAG vibrionlar qo‘zg‘atgan kasalliklar Hindiston, Pokiston, Iroq, Yaponiya, Afrika, Angliya, Gyermaniya, Moldaviya, Krasnodar o‘lkasi, Uzoq Sharq, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa qator davlatlarda borligi aniqlangan.

NAG vibrionlar butun dunyoda mavjud, jumladan O‘zbekistonda ham dengiz, daryo, ko‘l, anhor va ko‘lmak suvlarda, u yerda yashaydigan gidrobiontlar (chig‘anoqlar, baliq, qisqichbaqa, baqa) uy hayvonlari va qushlardan ham ajratib olinadi. Ular o‘tkir ichak kasalliklari epidemiyasi vaqtida, klinik belgilari vaboga o‘xshash, entyerokolit, gastroentyerit, gastroentyerokolit kasalliklarini qo‘zg‘atadi.

NAG vibrionlar ma’lum sharoitlarda o‘z holatiga qaytib maxsus zardob bilan agglyutinasiya byerish xususiyatiga ega bo‘lishi va haqiqiy vabo qo‘zg‘atuvchilariga aylanishi mumkin.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Vabo antroponoz kasallikdir. Kasallik manbai bemor, vibrion tashib yuruvchilar hamda vaboning notipik, simptomsiz xili bilan kasallangan kishilar hisoblanadi. Vaboni tarqatishda pashshalarning roli katta. Vibrion odamlarga suv, ovqatlar, ifloslangan qo‘l, hamda turli zararlangan buyumlar orqali yuqadi. Vabo vibrioni og‘iz orqali kirib, ingichka ichakka qadar etib boradi.

Ingichka ichakda ishqoriy sharoit, oqsil parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan qoldiqlar ko‘p miqdorda bo‘lishi, adgezivlik xususiyatiga ega bo‘lgan vabo vibrioni uchun juda qulay sharoit hisoblanadi.

So‘ngra vibrionlar ichakning epiteliy hujayralaridagi mayda vorsinkalarga birikib oladi. So‘ng vibrionlar ko‘paya boshlaydi va ko‘p entyerotoksin ajratadi.

Vabo vibrioni ajratadigan entyerotoksin ingichka ichak shilliq qavatidagi epitelial hujayralarda adenilsiklaza fyermentining faoliyatini oshiradi, u o‘z navbatida adenozinmonofosfat (s-AMF) hosil bo‘lishini oshiradi, bu esa epitelial hujayralar o‘tkazuvchanlik mexanizmining o‘zgarishiga va kuchli ich ketishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p ich ketishi, organizmda suvsizlanish, elektrolitlar, jumladan kaliy va natriy bikarbonatlarning kamayib ketishiga olib keladi.

Vabo kasalligining yashirin davri bir necha soatdan 6 kungacha (o‘rtacha 2–3 kun) davom etadi. Uni entyerit, gastroentyerit, algid tez rivojlanadigan quruq, tifsimon klinik ko‘rinishlari qayd etiladi.

Immuniteti. Vabodan sog‘aygan kishilarda mikrobga, toksinga qarshi kuchli immunitet hosil bo‘ladi. Qonda antitoksin, lizin IaA, agglyutinin, oposoninlar paydo bo‘ladi. Immunitet makrofaglarning fagositar faolligi bilan ham bog‘liq. Bundan tashqari, organizmni tabiiy himoya qilishda me’daning sog‘lom va uning shirasi yetarli miqdorda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi, chunki me’da shirasi vibrionlarni o‘ldirish, ya’ni baktyerisid xususiyatiga ega. Ayrim bemorlar 3–4 hafta mobaynida vibrion tashib yuruvchi bo‘lib qoladilar.

Laboratoriya tashhisi. Laboratoriya tekshiruvlari maxsus o‘ta havfli infeksiyalar uchun moslashtirilgan sharoitda o‘tkaziladi. Tekshirish uchun najas, qusuq, murda a’zolari, suv, ovqat mahsulotlari va boshqalar olinadi. Materialni olishda va uni laboratoriyaga yetkazishda ma’lum ehtiyot qoidalariga qat’iy amal qilinadi.

Vabo diagnozida faqat mikrobiologik usul muhim ahamiyatga ega. Tekshiruv bosqichma-bosqich o‘tkaziladi:

a) bemor najasidan surtma tayyorlab, Gram yoki fuksinning suvli eritmasi bilan bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Agar vabo vibrioni bo‘lsa, qizil rangli vyergul shakldagi bukilgan vibrionlar ko‘rinadi.

b) bemor najasini 1% peptonli suvga, ishqoriy peptonli agarga yoki baktoagarga (TCVS - agar) ekib, 6 soat tyermostatda saqlanadi, shu muddat ichida peptonli suvning betida asosan vabo vibrionlaridan iborat bo‘lgan yupqa parda hosil bo‘ladi. Undan surtma tayyorlab, Gram usulida bo‘yaladi va mikroskop ostida ko‘riladi. Yana shu pardadan “osilgan tomchi” usulida preparat tayyorlab, vibrionning harakati mikroskop ostida tekshiriladi. Agglyutinasiya byeruvchi maxsus O-zardob va shu pardadan olingan material bilan reaksiya qo‘yiladi va reaksiya musbat bo‘lgan taqdirda 1% peptonli suvdan ishqoriy peptonli agarga ekiladi. Agar peptonli suvda vibrionning birinchi genyerasiyasi topilmasa, u holda, yana birinchi peptonli suvdan ikkinchi peptonli suvga va ishqoriy peptonli agarga ekiladi va tyermostatda 12 soat saqlanadi.

v) ajratib olingan kulturani identifikasiya qilish uchun maxsus Ogava, Inaba zardoblari yoki O1-antizardob (1:50-1:100) bilan kengaytirilgan agglyutinasiya reaksiyasi qo‘yiladi. Uning fermentativ xususiyati tekshiriladi va vabo fagiga nisbatan sezgirligi aniqlanadi. Mabodo antizardoblar bilan qo‘yilagan reaksiya natija byermasa, u holda RO va O139 rusumli vabo zardoblari bilan “slayd-agglyutinasiya” reaksiyasi amalga oshiriladi.

Biovarlarni bir-biridan farqlash uchun ularning har biriga xos faglar sezgirligi tekshiriladi. V.sholerae biovar 4–6 fag bilan, V. eltor esa 2 fag ta’sirida eriydi.

Serologik usullardan ham foydalaniladi. Bemor zardobi bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo‘yiladi, vibrosid antitelolarning titrlari ham aniqlanadi.

Immunoflyuoressensiya reaksiyasi ham qo‘llaniladi. Bunda preparatga avval bo‘yoq bilan ishlov beriladi keyin maxsus zardob bilan vabo vibroni topiladi.

1986 yili butun dunyoda 7 mln. aholi kasallangan bo‘lib, ulardan 122.000 nafari o‘lgan, kasallanganlarning yarmidan ko‘prog‘ini bolalar tashkil qilgan. O‘zbekistonda ham vabo kasalligi uchrab turadi (jumladan bolalarda ham), ammo o‘lim juda kam qayd qilinadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ma’lumotlariga (1999) ko‘ra hozirgi paytda dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida vabo qayd qilinib turadi.

Davosi va profilaktikasi. Vabo kasalligida organizmda ko‘p miqdorda suv va minyeral tuzlar chiqib ketganligi uchun, organizm suvsizlanadi, tuzlar ham kamayib kyetadi. Shuning uchun natriy va kaliy eritmalarini ko‘proq yuborish yaxshi natija byeradi.

Suvsizlanish, qonning quyilishi, organizmdagi moddalar almashinuvining bo‘zilishi, yurak-qon tomir faoliyatini pasaytirib kollapsga olib keladi, shu sababli qon, plazma yoki qon preparatlari yuboriladi.

Kasallik belgilariga qarab parhez buyuriladi. Bemorning venasiga, so‘ngra og‘iz orqali yarim sintetik tetrasiklin, levomisetin yuboriladi. Antibiotiklar bilan davolashda, ajratib olingan vabo vibrioni qanday antibiotikka ta’sirchan ekanligini hisobga olib, davolash lozim.

Keyingi yillarda ta’sir doirasi keng antibiotiklar: sifloks, tarivid, piflasin, levomisetin, trimetoprimsulfametoksazol va tetrasiklinlar bilan vaboni davolash yaxshi natija byermoqda.

Kasallikning oldini olishda vabo o‘chog‘ida ko‘riladigan choralar:

1. Vabo bilan kasallangan birinchi bemorni aniqlash va ro‘yxatga olish, sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ma’lumot byerish.

2. Bemor va vibrion tashib yuruvchilarni ajratish va kasalxonaga yotqizish, u bilan muloqotda bo‘lganlarni baktyeriologik tekshiruvdan o‘tkazib, nazorat qilib turish.

3. Vabo uchun ajratilgan kasalxonalarni va vabo o‘choqlarini bir necha bor dezinfeksiya qilish.

4. Karantin joriy etish.

5. Suv manbalarini zararlanishdan himoya qilish.

6. Ovqat tayyorlanadigan joylarda qattiq sanitariya nazorati o‘rnatish, pashshalarni qirish.

7. Suv havzalarini muntazam baktyeriologik usul bilan tekshirib turish (El-Tor vibrioni iliq suvda, ayniqsa yozda yaxshi ko‘payadi).

8. Shaxsiy gigienaga qat’iy amal qilish, suvni qaynatib ichish.

9. Aholi o‘rtasida sanitariya va maorif ishlarini olib borish.

10. Maxsus profilaktikasida o‘ldirilgan vabo monovaksinasi yoki vabo anatoksini bilan emlash. Hozirgi vaqtda Ogava va Inaba syerovarlarining O-antigenlari va vabo anatoksinidan tayyorlangan kimyoviy bivalent vaksina olingan. Bu vaksina reaksiya byermasligi va uni ichirish mumkinligi, kuchli immunitet hosil qilishi bilan oldingi vaksinalardan farq qiladi. Bemor bilan muoqotda bo‘lganlarga va vabo deb gumon qilinganlarga uch kun davomida tetrasiklin beriladi.

Ish o‘yinini o‘tkazish uchun savollar to‘plami:

Variant - № 1

1. E.colining laboratoriya tashhisi.

2. V.enterocolitica patogenezi.

3. E.colining antigen tuzilishi.

4. E.coli va V.enterocoliticaning morfologiyasi bo‘yicha bir-biridan farqi.

5. Ichak tayoqchasining patogen turlari keltirib chiqaradigan kasalliklar.

Variant - № 2

1. E.coli morfologiyasi va o‘sadigan muhitlarini sanang.

2. V.entericolica ning patogen omillari.

3. Eshyerixioz kasalligining klinik belgilari.

4. Ichak iyerseniozining patogenezi.

5. V.entericolica ning antigen tuzilishi.

Variant - № 3

1. E.coli ning patogen omillari.

2. E.coli kulturasining dif.diagnostik muhitlarda o‘sishining o‘ziga xosligi.

3. V.enterocolitica morfologiyasi va oziq muhitlari.

4. Ichak infeksiyasida bemor sepsisga gumon qilinsa qaysi muhitlarga ekiladi?

5. Ichak tayoqchasining toksigenligi.

Variant - № 4

1. Eshyerixiyalar taksonomik joylashishi va entyerobaktyeriyalar oilasiga kiruvchi avlodlarni sanang.

2. Eshyerixiya, ichak iyerseniozi diffyerensiyasi uchun qanday bioximik belgidan foydalaniladi?

3. Iyerseniyalarni o‘stirish sharoitlari.

4. Eshyerexiyalarning patogenlik omillari.

5. Iyerseniyalarning antigen tuzilishi.

Variant -№ 5

1. Nopatogen E.colining vazifasi.

2. Ichak iyerseniozini davolash choralari, profilaktikasi.

3. Koli-titr va koli indeks tushunchalariga ta’rif.

4. Ichak iyersiniozida qanday klinik belgilar kuzatiladi?

5. Ichak iyerseniozi patogenezi.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə