Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə134/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

Informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

Informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

Informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

5-mavzu. Ovqatdan zaharlanishlarni chaqiruvchi infeksiyalar va ularning laboratoriya tashxisi.

Mashg‘ulotning maqsadi

Ovqat toksikoinfeksiyalari qo‘zg‘atuvchilari haqida ma’lumot byerish; Salmonellalar, va shigellalar tasnifi bilan tanishtirish; Qo‘zg‘atuvchilarini morfologik, antigenlik, toksigenlik va fermentativ xususiyatlari bo‘yicha identifikasiya qilishni o‘rgatish; Kasallikning patogenezi, epidemiologiyasi va klinik ko‘rinishlari, laboratoriya tashhisini, davolash va maxsus profilaktikasini haqida bilim byerish;

Ovqatdan zaharlanish (toksikoinfeksiyalar) va o‘tkir salmonellyozli gastroentyerit qo‘zg‘atuvchilari

Ovqatdan zaharlanish, asosan, ikki xil bo‘ladi:

1) iste’mol mahsulotlariga turli kimyoviy moddalar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan har xil o‘g‘itlar, defoliantlar, desikantlar tushgan ovqat, suv, ho‘l myevalar, sabzavotlar va qo‘ziqorinning ayrim zaharli turlari bilmay eyilganda ro‘y byeradi. Bunday kasalliklar yuqmaydigan (noinfeksion) zaharlanish deyiladi;

2) oziq-ovqat mahsulotlariga patogen mikroblar yoki ularning toksinlari tushganda yuzaga keladi. Bunday hollarda odatda zaharlanish bir tomondan ovqat bilan organizmga kirgan mik-roorganizmlar, ikkinchi tomondan esa patogen baktyeriyalarning zahari, ya’ni toksini hisobiga vujudga keladi. Bemorda yuqumli kasallikdagi kabi zaharlanish (intoksikasiya) belgilari paydo bo‘ladi. Bunday kasalliklar ovqatdan zaharlanish yoki ovqat toksikoinfeksiyasi deb ataladi.

Ovqatdan zaharlanishning asosiy sababi turib qolgan yoki eskirgan, shu jumladan turli shartli-patogen baktyeriyalar bilan ifloslangan ovqatlarni iste’mol qilishdir. Ovqatdan zaharlanishning qo‘zg‘atuvchilari juda ko‘p. Ularning eng muhimlari turli salmonellalar, tillarang stafilokokklar, streptokokklar, spora hosil qiladigan anaeroblar (Cl.perfingens), ichak tayoqchasi, P.vulgaris, botulizm qo‘zg‘atuvchisi va b.q.

Salmonella urug‘iga 400 dan ortiq ularning Serologik variantlari kiradi. Ular odamlarda o‘tkir salmonellyoz gastroentyeritiga sabab bo‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi (S.cholera-suis)ni birinchi bo‘lib 1885 yilda amyerikalik mutaxascislar D. Salmon va Smit cho‘chqa vabosi epidemiyasi paytida aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. 1896 yilda esa Breslavlda K.Kenshe ovqatdan zaharlangan kishilardan S.typhimurium ning sof kulturasini ajratib oldi. So‘nggi yillarda salmonellalarning boshqa turlari va Serologik variantlari topilmoqda.

Morfologiyasi. Umuman salmonellalarning morfologik belgilari Enterobacteriaceae oilasiga mansub barcha boshqa baktyeriyalarga o‘xshash. Birgina qushlarda uchraydigan S.pullorum, S.gallinarum boshqalardan harakatsizligi hamda xivchinlarining yo‘qligi bilan farq qiladi. Salmonellalarning kattaligi 0,7–1,5 2–5 mkm atrofida bo‘lib, cho‘zinchoq, bir tomoni to‘mtoqroq, ko‘pchiligi harakatchan (pyeritrix).

O‘sishi. Optimal harorat 35–37 S hisoblanadi. Oziq muhitlarda kattaligi 2–4 mm bo‘lgan yaltiroq, havorangsimon S-koloniyalar hosil qiladi. Ba’zan koloniyalarning kattaligi 1 mm atrofida bo‘lishi mumkin. Ular Endo va Ploskirev muhitlarida yaxshi o‘sadi. Muhit rN 4,1–9,0 bo‘lishi kyerak. Ba’zan salmonellalar xira va quruq, qirralari notekis R-koloniyalar ham hosil qiladi.

Biokimyoviy xususiyati. Salmonellalarning fermentativ xususiyati ularni ajratib olishda (hatto syerovarigacha) asosiy omil hisoblanadi. Ular glyukoza va mannitni kislota hamda gaz hosil qilib parchalaydi, jelatinani eritmaydi, vodorod sulfid va indol hosil qilmaydi. Salmonellalar adonit, laktoza, saharoza va salisinni fyermentlamaydi. Mochevinani esa parchalamaydi.

Antigen tuzilishi. Salmonellalar antigen tuzilishiga ko‘ra o‘ta murakkab va bir necha xil antigenlarga ega. Jumladan, O-antigen tyermostabil, qaynatganda 2–2,5 soat, avtoklavlanganda (1200S) 30 daqiqaga bardosh byera oladi. N-antigen tyermolabil, 75-1000S da tez parchalanadi. HCl ta’siriga chidamsiz, ammo formalinga chidamli hisoblanadi.

Toksin hosil qilishi. Endotoksin, ayrim shtammalari esa entyero-toksin yoki sitotoksin hosil qiladi, ularning kasallik patogenezida ahamiyati katta.

Chidamliligi. Bu guruhga kiritilgan salmonellalar qorin tifi va paratif salmonellalariga nisbatan birmuncha chidamli, shuning uchun ular uzoq vaqt saqlanib qolish xususiyatiga ega. Ayniqsa muzlatilganda ancha vaqtgacha hayotiyligini saqlab qoladi. Uy haroratida 2–3 oy, ochiq suv havzalarida va ichimlik suvlarida 10 kundan 120 kungacha, tuproqda 1 oydan 9 oygacha, tuxumda 12 oygacha, go‘shtda 13 oygacha, sabzavot va ho‘l myevalarda 2 haftadan 2,5 oygacha yashashi mumkin. NaCl va sirka kislotasining ta’siriga chidamli.

Salmonellalar endotoksini pishmagan go‘sht, kotlet va kaboblarda uzoq saqlanadi. Shunisi e’tiborliki, salmonellalar bilan zararlangan ovqat mahsulotlarining organoleptik xususiyatlari (ta’mi, rangi va h.k.) o‘zgarmaydi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Oqatdan zaharlanishning qo‘zg‘atuvchilari – salmonellalar buzoqlarda paratif, cho‘chqa bolalarida tif va paratif, qoramollarda entyerit, tovuqlar va kemiruvchilarda tifni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlarda oq sichqonlar kasallikka eng moyili ekanligi aniqlangan. Ularning og‘zi yoki qorin bo‘shlig‘i orqali infeksiya (S.typhimurium, S.cholerae-suis, S.enteritidis) yuborilsa, qonida mikroblar ko‘payib sepsisga olib keladi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik aksariyat hollarda odamlarga salmonellyoz bilan og‘rigan hayvon yoki parrandaning go‘shti, tuxumi kabi mahsulotlarini yaxshi tyermik ishlov byermasdan iste’mol qilganda yuqib qoladi. Kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishi me’da-ichak sistemasiga ovqat bilan tushgan salmonellalar miqdori, turi va organizmning reaktivligiga bog‘liq. Organizmning zaharlanish alomatlari organizmga mikrob tushgandan so‘ng bir necha soat o‘tgach boshlanadi. Me’da-ichak sistemasiga ovqat mahsulotlari orqali tushgan salmonellalar bir qancha vaqtdan keyin bo‘lina boshlaydi, ko‘payadi va natijada ko‘p miqdorda endotoksin ajraladi. Shuni ta’kidlash kyerakki, iste’mol qilingan mahsulot tarkibida ham talaygina mikroblar endotoksini bo‘ladi. Endotoksin keyinchalik me’da-ichak sistemasidan qonga o‘tadi, oqibatda gastroentyerit va zaharlanishning klinik belgilari vujudga keladi. Endotoksin me’da-ichak tizimi shilliq qavatining “qarshilik” faoliyatini zaiflashtiradi, oqibatda yangi salmonellalar yana qonga o‘tadi. 2–3% bemorlar baktyeriya tashuvchi bo‘lib qoladi. Ulardan aksariyat hollarda infeksiya bolalarga, qolavyersa chaqaloqlarga tez yuqadi. Ayniqsa, bolalar muassasalarida, tug‘ruqxonalarda sanitariya-gigiena qoidalariga e’tibor byerilmasa, kasallik tez tarqalib kyetadi. Bunday hollarda chaqaloqlarning shilimshiqli najasidan, halqumidagi ajralmalardan ko‘plab salmonellalar topiladi.

Salmonellyoz bilan hayvonlar ham ko‘p kasallanadi, shuning uchun bu infeksiyani antrapozoonoz deyiladi. Odatda salmonellalarning quyidagi turlari S.typhimurium, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.enteritidis, S.anatum, S.newpart, S.derby, S.virchov va boshqalar odamlarda to‘liq klinik belgilari bilan salmonellyoz kasalligini keltirib chiqaradi.

Immuniteti. Bemor sog‘ayganidan so‘ng qoladigan tipmaxsus immunitet kuchsiz va uzoq davom etmaydi. Bemorning rekonvalessent zardobida past titrlarda (1:50–1:400) agglyutinin, presipitin, baktyeriolizinlar hosil bo‘ladi. Bir Serologik variantga qarshi hosil bo‘lgan immunitet ikkinchisidan himoya qila olmaydi. Shuning uchun bu kasallik bilan ko‘p marta kasallanish mumkin.

Laboratoriya tashhisi. Hal qiluvchi tashhis kasallik qo‘zg‘atuvchisini bemordan yoki ifloslangan ovqat mahsulotlaridan ajratib olingandan so‘ng qo‘yiladi. Baktyeriologik tekshirish uchun bemor najasi, qusug‘i, me’da chayindi suvi, qon, peshob, murdaning a’zolari, qolgan ovqatlar maxsus muhitlarga ekiladi. Ajratib olingan sof undirmalarning kultural va biologik xususiyatlari va ularning Serologik guruhlari hamda Serologik variantlari aniqlanadi. Bundan tashqari, kasallikka sabab bo‘lgan kultura va ovqat qoldig‘ini hayvonlarga yuqtirib biologik sinama qo‘yiladi. Yuqorida qayd qilingan tekshiruv manbalari (qon, siydik, o‘t suyuqligi, me’da-ichak ajralmasi, najas va boshqalar)dan najasni tekshirish eng ishonchli dalillardan hisoblanadi. Kasallikning gastrointestinal xilida baktyeriologik tadqiqotlar birinchi kundanoq olib borilishi kyerak. Chunki xastalikning etiologik omilini aniqlash birinchi haftada yuqori, ikkinchi va uchunchi haftadalarda 2–7 marta kamayib kyetadi.

Kasallik manbaini aniqlash uchun rekonvalessentlarning qon zardobi hamda qo‘zg‘atuvchining asosiy turlaridan tayyorlangan diagnostikum bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Bemorning me’dasi sodali yoki nimrang margansovka eritmasi bilan chayiladi. Zaharlanishni kamaytirish maqsadida glyukoza, fiziologik eritma, “Rigidron” quyiladi. Antibiotik (levomisetin, tetrasiklin) va sulfanilamid preparatlar byeriladi. Maxsus tyerapiyada polivalent baktyeriofag qo‘llash mumkin.

Veterinariya va sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari hayvonlarning sog‘lig‘ini, go‘sht va baliq kombinatlarida go‘shtlarni laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilishini qat’iy nazorat qilishlari lozim. Oziq-ovqat, oshxona xiz-matchilari va tibbiyot xodimlari orasida baktyeriya tashuvchilarni aniqlash, oziq-ovqat muassasasi va oshxonalarda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi lozim. Oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari tozaligini PZR usuli yordamida tekshirish lozim, chunki bu usul boshqa usullarga nisbatan aniq va tezkor hisoblanadi.

Aholi o‘rtasida sanitariya maorifi ishlari olib boriladi. Baktyeriya tashib yuruvchilar aniqlangan holda, ular salmonellyoz faglari bilan davolanadi.

Shigellalar-dizentyeriya qo‘zg‘atuvchisi

Morfologiyasi. Shigellalar morfologiyasi Enterobacteriaceae oilasiga mansub baktyeriyalar morfologiyasiga o‘xshash. Ammo, bularda xivchinlar yo‘q, shu sababli harakat qilmaydi va shu xususiyati bilan boshqa entyerobaktyeriyalardan farq qiladi. Fleksnyer shigellasining ayrim shtammlarida tukchalar borligi aniqlangan.

O‘sishi. Dizentyeriya baktyeriyalari fakultativ anaerob, oddiy rN 6,2–7,2 bo‘lgan oziq muhitlarda, 37oS da yaxshi ko‘payadi, ammo 45oS da o‘smaydi. Ploskirev, Endo muhitlarida mayda (hajmi 1,0–1,5 mm) bo‘lgan noziq, rangsiz, xiraroq S-ko‘rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Go‘sht-peptonli bulonda bir xil quyqa hosil qilib ko‘payadi.

Zonne shigellasi 45oS da ko‘paya oladi.

Fermentativ xususiyati. Dizentyeriya qo‘zg‘atuvchilarining fermentativ xususiyati yaxshi rivojlangan emas (jadval). Shuning uchun jelatinani eritmaydi, vodorod-sulfid hosil qilmaydi, faqat glyukozani kislota hosil qilib gazsiz parchalaydi, laktoza va saharozani parchalamaydi. Zonne shigella laktozani parchalashiga ko‘ra 7 biokimyoviy variantga bo‘linadi, bu xususiyatlariga ko‘ra shigellalarning boshqa turlaridan farq qiladi.

Toksin hosil qilishi. S.dysenteriae ekzotoksin hosil qiladi. Bu toksin haroratga chidamsiz, nyerv sistemasi va ichak shilliq qavatini zararlaydi. Ekzotoksinni oz miqdorda quyon va sichqonlarga yuborilsa, ularning ichi ketib, oyoqlari esa falaj bo‘lib qoladi, oqibatda nobud bo‘ladi.

Shigela turlari Uglevodlarni parchalashi Oksillarni parchalashi



glyukoza laktoza

mannit saxaroza Indol hosil bo‘lish H2S hosil

bo‘lish

1 Shigella

dysenteriae K

2 Shigella

flexneri K K

3 Shigella

boydii K K

4 Shigella

sonnei K K K K

Dizentyeriya qo‘zg‘atuvchilarining turli turlari faqat glyusido-lipido-proteindan iborat endotoksin hosil qiladi. Ammo, S.sonnei ning ayrim shtammlar neyrotran ta’sir ko‘rsatadigan tyermolabil omillarga ega.

Antigen tuzilishi. Shigellalarda somatik O- va ustki K-antigenlar mavjud.

Shigellalar xalqaro tasnifiga ko‘ra 4-syerovarga bo‘linadi. Ular lotin harflari A, V, S, D bilan belgilanadi: A guruh: Sh.dysenteriae; V guruh: Sh.flexneri; S guruh: Sh.boydii; D guruh: Sh. sonnei.

A guruhda 12 ta, V guruhda 6 ta, S guruhda 18 ta, D guruhda 7 ta syerotiplar mavjud.

Kasallikning odamlarda patogenezi. Dizentyeriyaning patogenezi yo‘g‘on ichak distal qismining epitelial hujayralariga baktyeriyalarning kirishi, u yerda ko‘payishi hamda toksin ajratishiga bog‘liq. Bunda yo‘g‘on ichakning shilliq va shilliq osti qavati ham zararlanadi va organizm zaharlanadi. O‘tkir va surunkali dizentyeriya bilan og‘rigan bemor, rekonvalessent va baktyeriya tashuvchilar infeksiya manbai hisoblanadi, chunki dizentyeriya antroponoz kasallik bo‘lib, faqat odamlardan yuqadi. Kasallik shigella baktyeriyalari tushgan ovqat mahsulotlari, ayniqsa ifloslangan sut, suv, qo‘l, pashsha (chivin), suvarak va b.lardan og‘iz orqali yuqadi.

Ichburug‘ kasalligida baktyeriemiya kuzatilmaydi, ammo organizm yo‘g‘on ichakning shilliq qavati orqali so‘rilgan shigella toksini ta’sirida zaharlanadi. Sh.dysenteriae ko‘zg‘atgan kasallik og‘ir kechadi. Dizentyeriyada organizm zaharlanadi va yo‘g‘on ichak kuchli jarohatlanadi. Shu sababli yo‘g‘on ichakda gipyeremiyali yara, shish paydo bo‘ladi. Kasallikning bu turi tropik va subtropik mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda kam uchraydi. Bizda, asosan, Fleksnyer shigellasi keltirib chiqaradigan ichburug‘ kuzatiladi. Ichburug‘ maktabgacha yoshdagi bolalarga xos. Zonne dizentyeriyasi, asosan, ovqat orqali yuqadi, chunki u boshqa shigellalarga nisbatan ovqatda va ichakda tez ko‘payadi va entyerotoksin hosil qiladi, natijada ovqatdan zaharlanish ro‘y byeradi.

Ichburug‘ kasalligining yashirin davri 1–7 kun. Bemorning harorati yuqori bo‘lib, qorni burab og‘riydi, “soxta hojat”, shilliq yiring va yangi qon aralash diareya kuzatiladi. Kasallik o‘tkir boshlanib surunkali o‘tishi mumkin. Yosh bolalarda letallik 0–1% ni tashkil qiladi.

Immuniteti. Dizentyeriyadan sog‘aygandan so‘ng guruh maxsus, uncha kuchli bo‘lmagan va uzoq davom etmaydigan immunitet hosil bo‘ladi. Shuning uchun dizentyeriya bilan bir necha bor qayta kasallanish mumkin.

Ichburug‘da umumiy va mahalliy immunitet rivojlanadi. Mahalliy immunitetda sekretor IgA ning ahamiyati katta. Sekretor immunoglobulinlar kasallikning birinchi haftasida ichak shilliq qavati yuzasini qoplaydi, natijada shigellalarning epiteliy hujayralariga yopishib olishiga to‘sqinlik qiladi.

Laboratoriya tashhisi. Bu kasallikning tashhisini aniqlashda, asosan, baktyeriologik va Serologik usullardan foydalaniladi. Baktyeriologik tekshirish uchun bemor najasini mumkin qadar tezroq Ploskirev, Endo muhitlariga ekiladi, chunki dizentyeriya baktyeriyasi najasda 2 soat yashaydi. Najas Endo muhitiga ekilganda shigellalar rangsiz, yumaloq, o‘rtacha kattalikda, chetlari tekis, xiraroq S-shakldagi kologiyalar hosil qilib o‘sadi. Bu koloniyalardan sof kultura ajratib olinadi va uni har xil xususiyatlariga ko‘ra identifikasiya qilinadi.

Serologik usul, dizentyeriya baktyeriyasiga qarshi antitelolarni bemor qoni zardobidan agglyutinasiya reaksiyasi yordamida topishga asoslangan. Ular kasallikning 2–3-haftalarida eng yuqori miqdorga chiqadi.

Sh.sonnei va Sh.flexneri dan tayyorlangan eritrosit diagnostikumlar yordamida bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi (BilGAR) qo‘yiladi.

Immunoflyuoressent usul yordamida bemor zardobi, najasi yoki kolo-niyasidan tayyorlangan surtmalarda shigella antigenlarini flyuoroxrom bilan nishonlangan maxsus zardoblar orqali aniqlash mumkin. Hozir tez tashhis qo‘yishda PZR usulidan foydalanmoqda.

Davosi va profilaktikasi. Infeksiyaning umumiy tyerapiyasida parhez buyuriladi, bifikol, bifidum-baktyerin va antibiotiklardan levomisetin, sulfanilamid preparatlar (furazalidon) byeriladi. Surunkali infeksiyani spirtda o‘ldirib tayyorlangan Chyernoxvostovning ichburug‘ vaksinasi bilan davolanadi. Bunda maxsus baktyeriofag ham qo‘llash mumkin. Har yili dunyo bo‘yicha bir necha yuz mln. kishi dizentyeriya bilan kasallanadi va shulardan bir necha yuz mingi nobud bo‘ladi. Ularning yarmini bolalar tashkil etadi. Markaziy Osiyo davlatlarida ham ichburug‘ keng tarqalgan.

“ Ovkatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellalar va boshka infeksiyalar, ular ketirib chiqaradigan kasalliklarni laboratoriya Tashhisi ” bo‘yicha

“Diskussiya”ish o‘yinini o‘tkazish usuli.

Diskussiya ish o‘yini darsni ko‘p funksional pedagogik usul sifatida o‘tkazish uchun tavsiya qilingan. Pedagogik nazariyaga binoan diskussiyaga qatnashish umumiy mohirlikka kiradi, bularni ma’lum ilm sohasiga kiritilmaydi. Shu vaqtning ichida asosiyini ajratib ko‘rsatish, faktlarni solishtirish, fikrlash va dalil asosida xulosa qilish, ya’ni diskussiya natijalarini ko‘rsatuvchi natijalar bilish epchilligini kursatadi. Xuddi shunday jixat bu o‘qitish usulini xoxlagan dars turlarida va har xil tarakkiyotlarda - sosial-gumanitar, tibbiy-profilaktik, tibbiy-biologik va shubxasiz klinik qo‘llash mumkin.

Diskussiyada ayrim qoidalarga rioya qilish kyerak

1. Diskussiya-konfliktni emas, muammoni echishga yo‘natilgan.

2. Uzoq gapirma, reglamentga rioya qil.

3. Faqat mavzu bo‘yicha gapirish kyerak.

4. Opponent pozisiyasini to‘g‘ri tushun, uni bo‘zib ko‘rsatma.

5. Opponentni oxirigacha diqqat bilan eshit.

6. Diskussiyadagi raqib hayotdagi raqib emas. O‘z xatoinga iqror bo‘lishiga tayyor bo‘lishing kyerak.

7. Agar opponent bilan rozi bo‘lmasang faqat uni pozisiyasiga (mavqesiga) kritik baho byermasdan boshqa echimni ham taklif et.

Diskussiya o‘tkazish etaplari

1. Muhokamaning boshlanishi - muhokama mavzusini tanlash, zarur bo‘lgan savolni ko‘rsatish.

2. Mavzuni tushuntirish, muammoning eng muxim savollarini ko‘rsatish.

1. Aniq masalalarni qo‘yish, mavzu bo‘yicha birovni fikrini bayon qilish, ilgarigi urinishlarni echilishini ta’riflash.

2. Muzokara olib borish maqsadga olib boradigan asossiy yo‘nalishdan chetga chiqmoqni talab qiladi. Diskussiya taklif etadi:

3. «A’lo» yoki «yomon» baholardan konkret xaqiqiy masalalarga o‘tish.

4. Qatnashchilar konfrontasiyasiga olib boradigan ortiqcha xissiyotlarni amalga oshirilishining oldini olish

5. Qatnashchilardan bittasini muhokama — monopolizasiyasini oldini olish

6. Diskussiyani aniq etakchisini eskpyert qilib tayinlab neytralizasiya qilish kyerak

7. Yakunlashtirishni etap bilan byerish kyerak, diskussiya borishini tahlil qilish kyerak (o‘qituvchi)

8. Olingan informasiyani keyinchalik ishlatish uchun yaroqli shaklda yozib olish kyerak (bayonnoma yoki magnitofon yozuvi).

9. Muhokama o‘tkazish yakunlariga takliflar.

10. Diskussiyaning asosiy boskichlarini va kilingan xulosalarini muhokama qilish.

11. Keyingi muammolarni echish uchun diskussiya ahamiyatini muhokama qilib, qatnashchilarining individual taassurotlarini yakunlash.

12. Diskussiyada eshitilgan yangiliklarni (faktlar, ular izoxini byerish, o‘zaro aloqadorligi va x.k.) ta’kidlash.

13. Erishgan muvaffaqiyatlarini belgilab, guruh a’zolariga qatnashganliklari va hamkorliklari uchun minnatdorchilik bildirish kyerak.

14. Qatnashgan darajasiga muvofik ball qo‘yish kyerak.

15. Muhokama natijalarini baholash, o‘qituvchi uchun kritik o‘z-o‘zini analiz qilishini ko‘rsatadi:

o Muhokama to‘g‘ri rejalashtirilib va to‘g‘ri o‘tkazildimi?

o Hamma Keraklik narsa aytildimi?

o Diskussiya natijasiga qo‘shimcha ma’lumotlar qanday ta’sir qildi?

o Savollarni tushuntirish uchun kim yordam byerdi?

o Kim savollarni tushunmadi?

o Kim foydali g‘oyalarni taklif etdi?

o Kimni mavqui ma’qul?

o Diskussiya qatnashchilari muvaffaqiyatli ish bajarganliklari natijasida ento‘ziazm sezdilarmi?

16. O‘qituvchi hamma bu savollarni guruh bilan birga muhokama qilishi, etapma-etap, sekin-sekin diskussiya maqsadiga etishish darajasini va uning konkret xulosalarini aniqlashi mumkin.

17. Asosiysi, diskussiya natijasida uning predmeti bo‘lgan muammoli savolga to‘g‘ri va to‘la javob topishdir. Bu to‘g‘rilikni diskussiyaning hamma qatnashchilari ularning birlamchi nuqtai-nazariga qaramasdan tushunishi kyerak.

18. Jaridada diskussiya o‘tkazilganligi qayd qilinadi.

Diskussiya o‘tkazishga metodik ko‘rsatma.

1. Diskussiya o‘tkazish haqida talabalar oldindan ogoxlantiriladi. Umumiy tema aytiladi.

2. Bir nechta ma’ruzachilar belgilanadi. Ular mavzuning alohida fragmentlaridan (15 daqiqadan) ma’ruza qiladilar (3-4 fragment) ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida.

3. Shu mavzulardan parallel ravishda ularni to‘ldirish, kritik baholash uchun tayyerlanadigan opponentlar tanlanadi.

1. Hamma talabalar ma’ruzachilar va opponentlar uchun savollar, shu jumladan chalg‘ituvchi tayyorlaydilar.

2. Diskussiya yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga ko‘ra o‘tkaziladi.

«Ovkatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellalar va boshka infeksiyalar, ular ketirib chiqaradigan kasalliklarni laboratoriya Tashhisi» bo‘limidan diskussiya uchun tavsiya etilgan taxminiy mavzularnin ro‘yxati:

1. Salmonellalar morfologiyasi.

2. Salmonella, ichburug‘ qo‘zg‘atuvchilari uchun qo‘llaniladigan oziq muhitlar va ularning o‘sishi.

3. Ovqat toksikoinfeksiyalarini keltirib chiqaradigan salmonellalarni antigen tuzilishi va ularni aniqlash.

4. Qo‘zg‘atuvchilarning patogen faktorlari va ularning ta’sir mexanizmi.

5. Qo‘zg‘atuvchilarning organizmda tarqalish mexanizmi.

6. Shigellalar morfologiyasi va tasnifi.

7. Ichburug‘ va salmonellyoz qo‘zg‘atuvchilari uchun qo‘llaniladigan oziq muhitlar va ularning o‘sishi.

8. Shigellalarning toksin hosil qilishi antigen tuzilishi va ularni aniqlash.

9. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi salmonellalarni identifikasiya qilish usullari.

10. Kasalliklarni davolash va oldini olish chora tadbirlari.

«Ovkatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar: salmonellalar, va boshka infeksiyalar, ular ketirib chiqaradigan kasalliklarni laboratoriya Tashhisi» mavzusida

“Rolli o‘yinlar” o‘tkazish usuli

Ishni o‘tkazish tartibi:

Bu ish o‘yinida talabalar ssenariy asosida turlicha rollarni ijro etib byerilgan vaziyatli masalani echishadi. Talabalar bemor, davolovchi vrach, baktyeriolog – vrach sifatida masalani echishadi, ya’ni rollarni ijro etishadi. O‘yin oxirida o‘qituvchi yakunlovchi tahlil o‘tkazadi va talabalar baholanadi.

Stasionarga bir oiladan 2 ta talaba bemor disepsik simptomlar bilan tushdi – ich ketish, tenezm, qorinda og‘riq va boshqala. Anamnezida bemor uyda kechigi ovqat is’temol qilgan.

Davolovchi - vrach: Kasallikning anamnezi va simptomlariga asoslanib qanday kasallik kelib chiqishi mumkinligiga shubha bor?

Baktyeriolog - vrach: Davolovchi vrachning tekshirish uchun yuborgan matyerialini olib uni izohlang, tekshirish o‘tkazish rejasini to‘zing va muddati belgilang.

Mumkin bo‘lgan javoblarini to‘zing. Tekshirishning borishi va javobini jurnalga yozib qo‘ying, yakuniy javobini isbotlab byering.

Davolovchi vrach: Ichburug‘ga shubha tug‘ilsa, siz laboratoriyadan javob olguncha qanday tez chora ko‘rasiz?

Laboratoriyadan javob javob olgandan so‘ng uni izohlang. Sizning qo‘ygan tashhisingiz tasdiqlangandan so‘ng etiotrop davo tayinlang, uni isbotlab byering.

Kasallikning tarqalishini oldini olish uchun qanday maxsus va umumiy profilaktika choralarini ko‘rayapsiz?

13.2.1. Tahliliy qism.

1. vaziyatli masala.

Stasionarga qizalok kuchli kusish, ich surish, issigining kutarilish belgilari bilan bemor keltirilgan. Ushbu simptomlar boshlanishidan bir necha soat oldin u uyda chala pishgan tuxum eganligi aniqlandi. Shifokor taxminiy tashhis qo‘yib, matyerialni tekshirish uchun yubordi.

• Shifokor qanaqa tashhis qo‘ydi?

• Yakuniy tashhis qo‘yish uchun qaysi matyerial tekshirilishi kyerak?

2- vaziyatli masala.

Yozgi kaniqulda dachaga olib borilgan bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari orasida bir-necha O‘IK paydo bo‘ldi. Simptomlari: qorinda og‘riq, tez-tez ich ketishi va tenizm, ba’zilarida qusish, yuqori tempratura. Taxminiy Tashhis “ichburug‘” deb qo‘yildi.

• Ichburug‘ bilan og‘rigan bemorlardan ajratib olingan sof kultura Serologik identifikasiyasi qanday o‘tkaziladi?

• Ichburug‘ Serologik diagnostikasi qaysi xolatlarda va qanday o‘tkaziladi.

13.2.2. Amaliy qism

1. Vismut-sulfit agardagi ekma natijasini baholash (kultural, morfologik, tinktorial xususiyatlari).

2. Salmonellalar tipga mansubligini aniqlash maqsadida buyum oynachasida agglyutinasiyalovchi zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasini qo‘yish (Salm.thyphimurium, holerasuis, anatum va boshq.)

3. Shigellyozlar diagnostikasi: Ploskirev muhitiga ekilgan bemor matyerialiga baho byerish.

1 amaliy ishning bajarilishi.

Maqsad: Salmonellyozli ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni vismut-sulfitli agarda o‘sish natijasini baholash. (kultural, morfologik, tinktorial xususiyatlari).



Kerakli anjomlar: Vismut-sulfitli agarda o‘stirilgan Salm.thyphimurium, holerasuis, anatum va boshq qo‘zg‘atuvchilar kulturasi, Gram usulida ishlatiladigan bo‘yoqlar, qovuzloq, yorug‘lik mikroskopi, buyum oynachasi immyersion yog‘, paxta.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə