Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Трепонемага қарши IgG мусбат. РИФ,ИФА,БГАР



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə141/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175
Трепонемага қарши IgG мусбат. РИФ,ИФА,БГАР




 

Трепонемага қарши IgM мусбат. Ig M - ИФА/IgM -иммуноблотинг

 







 

Реагентлар (IgM + IgG) мусбат МП, КБР







 

лимфаденит

полиаденит







Яширин даври

шанкр

 Бирламчи тошма (розеола)







ҳаф.

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan bolalar zardobidagi antitelolarni aniqlash uchun bevosita immunoflyuoressensiya usuli qo‘llaniladi. Bunda faolsizlantirilgan yo‘qotilgan oqish treponemaga nospesifik antiteloni adsorbsiya qildirish uchun kultural treponema bilan ishlov byerilgan va nishonlangan odam gamma-globuliniga qarshi antitelolardan foydalaniladi.

Treponemalarni harakatsizlantirish reaksiyasi ham zahm diagnozini aniqlashda yaxshi natija byeradi. Bu immobilizasiya reaksiyasi, bemor zardobi va quyon moyagiga yuborib, ko‘paytirib olingan to‘qima oqish treponemalari bilan qo‘llaniladi. Reaksiyaning mohiyati shundaki, bemor qonidagi zardob antitelolari komplement ishtirokida oqish treponemalar bilan birikib, ularni harakatsizlantiradi, bu holda reaksiya musbat hisoblanadi va aksincha, zahmning birinchi va boshqa davrlarida KBR, BilGAR lari, ultratovush yordamida hujayraviy va kultural treponemalardan ajratib olingan protein antigenlari bilan qo‘yiladi.

Davosi va profilaktikasi. Zahm kasalligini davolashda penisillin va ekstensillin preparatlari 95–98% hollarda yaxshi natija byeradi. Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan bolalar yoki yetarli darajada davolanmagan onalar maxsus usulda davolaniladi.

Bemorlarni vaqtida aniqlab to‘g‘ri tashhis qo‘yish, to‘liq davolash, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish kyerak. Tuzalgan bemorlar ma’lum vaqtgacha ro‘yxatda turib, vaqti-vaqti bilan infeksiya markyerlariga tekshirib turiladi.

“Bo‘sh zveno” ish o‘yini savollari:

i. Zahm qo‘zg‘atuvchisi Treponema pallidum kim tomonidan va qachon topilgan? - Treponema pallidum 1905 y. F.Shaudin va E.Goffmanlar tomonidan topilgan.

ii. Nima uchun uni oqish treponema deyiladi? - Spiroxeta anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yalmaydi.

iii. Qanday morfologiyaga ega?- Tr.pallidum ingichka, 12–14 tacha buramasi bo‘lgan, harakatchan spiroxyetadir. Tanasi bir tekis buralib spiral hosil qiladi. Treponemalarning ikki tomoni uchli yoki bir oz bukilgan bo‘lib, uzunligi 10–13 mkm, eni 0,09–0,18 mkm.

iv. Nima uchun baktyeriologik filtrlardan o‘tib kyetadi?- Ko‘ndalang kesimi juda kichik bo‘lganligi sababli, yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmaydi.

v. Qanday harakat qiladi?- Zahm qo‘zg‘atuvchisi buralib, to‘lqinsimon.

vi. Elektron mikroskop ostida oqish treponema qanday kurinadi?- uch qavatli qobiqqa o‘ralgan holatda ko‘rinadi, har bir qavat o‘z strukturasi va vazifasiga ega. Fibrillalar ip shaklida bo‘lib, bir uchi bilan blefaroblastlarga yopishadi. Sitoplazma tarkibida turli xil kattalikdagi ribosomalar joylashgan, ular oqsil molekulalari, vakuola va lizosomalar sintezini amalga oshiradi.

vii. Oqish treponemalar qanday yo‘li bilan ko‘payadi?- ko‘ndalang bo‘linish.

viii. Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yalganda qanday rangga buyaladi?- och pushti rangga kiradi.

ix. Treponemalar uchun organizmda noqulay sharoit vujudga kelishi (antibiotiklar ta’siri) ularning nimaga olib keladi?- sistalar hosil qilishiga.

x. Sistalar tushunchasi?- koptokcha shaklida o‘ralgan treponemalar bo‘lib, tashqi tomonidan dori-darmonlar ta’siriga chidamli musinsifat qobiq bilan o‘ralgan. Sista shakliga o‘tgan treponemalar organizmga patogen ta’sir ko‘rsatmaydi va ma’lum muddat saqlanadi. Makroorganizmning immunobiologik xususiyati pasayganda va mikroorganizmga ta’sir etuvchi omillar bartaraf etilganda sista shaklidagi mikroblar patogen treponemalarga aylanadi.

11. O‘sishi va nafas olishi qanday?- Oqish treponema qat’iy anaerob, oziq muhitga talabchan, oddiy muhitda o‘smaydi. Oqish treponema tovuq embrionining xorionallantois to‘qimasida, miya to‘qimasining bo‘lakchalari qo‘shilgan quyon zardobida vazelin moyi ostida ko‘payishi tajribalarda kuzatilgan.

12. Antigen tuzilishini ta’riflang?- Oqish treponema murakkab antigen tuzilishiga ega. Uning antigeni, asosan, polisaharid, lipid va protein komplekslaridan iborat.

13.Chidamliligini ayting?- Oqish treponemalar tashqi muhitga uncha chidamli emas. 45–480S qizdirilganda 1 soat, 550S da esa 15 daqiqada o‘ladi. Lekin nam muhitda uzoq yashaydi. Dezinfeksiya qiluvchi vositalar treponemalarni bir zumda o‘ldiradi.

14. Hayvonlarga nisbatan patogenligini ayting?- Tabiiy sharoitda hayvonlar zahm bilan kasallanmaydi. Ekspyerimental sharoitda birinchi marta shimpanze maymunida (I.I.Mechnikov bilan E.Ru, 1903), keyinchalik quyonda qo‘zg‘atilgan.

15. Kasallikning odamlardagi patogenezi to‘g‘risida tushuntiring?- Kasallik manbai faqat bemor. Kasallik, asosan (90–97% hollarda) jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Zahm bilan og‘rigan ayoldan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homilaga yuqadi (tug‘ma zahm), onaning sutidan bolaga o‘tish hollari ham kuzatilgan. Zahm qo‘zg‘atuvchisi organizmga tyeri yoki shilliq qavatlar orqali kiradi.

16. Zahm kasalligining davrlari?- Hozirgi vaqtda zahmning klinik jihatdan birlamchi, ikqilamchi uchlamchi, hamda yashirin shakllari, shuningdek, ichki a’zolar va nyerv sistemasi zahmi (avj oluvchi falaj, neyro zahm) farq qilinadi.

17. Zahmning birlamchi davri qanday kechadi? - Birlamchi zahm yashirin (inkubasion) davrdan so‘ng boshlanadi. Oqish treponema kirgan joyida infiltratdan iborat tuguncha paydo bo‘ladi. Uning usti yaraga aylanadi, keyin bu yara qattiqlashadi va qattiq shankr hosil bo‘ladi. Yaraning tagi va atrofi tog‘ayga o‘xshash qattiq, shuning uchun nomi ulsus durum yoki qattiq shankr deb ataladi. Bu davrda regionar limfa bezlari ham shishib yallig‘lanishi mumkin. Qattiq shankr boshqa yaralardan og‘rig‘i yo‘qligi bilan farq qiladi. Bu davrda yaradan va regionar limfa bezlaridan zahm qo‘zg‘atuvchisini ko‘plab topish mumkin. Zahmning birinchi davri 5-6 hafta davom etadi. Bu davrda bemor zardobi tekshirilganda Vassyerman reaksiyasi (RW) manfiy yoki musbat bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchisining kirgan joyiga ko‘ra qattiq shankr lab, til, ko‘krak bezlari sohasida, ko‘z atrofida va qo‘llarda uchraydi.

18. Zahmning ikqilamchi davri qanday kechadi? - Treponema limfa tomirlari orqali qonga o‘tib, butun organizmga tarqaladi, natijada tyeri va shilliq qavatlarida har xil pushti rangli toshmalar (sifilidlar) paydo bo‘ladi. Yallig‘langan toshmalar ichida ko‘p miqdorda treponemalaropiladi ular nihoyatda xavflidir. Shuning uchun bemor bu davrda atrofdagilar uchun yuqumli hisoblanadi. Zahmga xos jarohatlar bemorning ichki a’zolari, suyak, pyerifyerik va markaziy nyerv sistemalarida paydo bo‘ladi. Bu davr 2–3 yil, ba’zan bir necha yil davom etishi mumkin. Bu davr ikqilamchi, yangi, qaytalama yoki yashirin davrlarga bo‘linadi.

19. Zahmning uchunchi davrini kechishi? - Kasallikning bu davrida badanning ayrim joylarida granulematoz to‘qimalar paydo bo‘ladi. Tyeri, tyeri osti yoki ichki a’zolarda mahalliy surunkali yallig‘lanish boshlanib, papula, tugunchalar, gumma yoki emiriluvchi gumma infiltratlar paydo bo‘ladi, to‘qimalar chiriydi va chuqur jarohatlar boshlanadi. Gummadan qo‘zg‘atuvchini ajratib olish juda qiyin, ammo bemor davolanmasa, oqish treponema organizmda saqlanib qolavyeradi. Ko‘pincha ular bemorning nyerv sistemasida to‘planadi va kasallik og‘ir oqibatlarga olib keladi.

20. Immunitet qanday saqlanadi?- Kishilarda zahmga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi, ammo ular infeksiyaning qayta tushishidan himoya qila olmaydi. Bu kasallikda sust gipyerta’sirchanlik reaksiyalari rivojlanadi.

21. Birlamchi davrda laboratoriya tashhisi uchun qaysi usullardan foydalanadi?- Kasallikning davriga qarab turli usullar qo‘llaniladi. Ammo uning barcha davrida baktyerioskopik usuldan foydalaniladi. Tekshirish uchun matyerial yaradan, papuladan ajraladigan suyuqlik va regionar limfa tugunlaridan olinadi va nativ preparat mikroskopning qorong‘ilatilgan maydonida (harakatlanishi) ko‘riladi. Surtmalar tayyorlab, Romanovskiy-Gimza va Burri usullari bilan bo‘yaladi, kumushlantiriladi va mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi. Immunoflyuoressent usulidan ham foydalaniladi. Har bir ajratib olingan oqish treponemani boshqa nopatogen, tashqi jinsiy a’zolarda (T.refringens) va og‘izda (T.macrodentum, T.denticola, T.orale) yashovchi bo‘ladigan treponemalardan farq qilish lozim.

22. Kasallikning ikkinchi davrida qaysi usullardan foydalanadi?- bemor organizmida immunobiologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bularni Vassyerman va cho‘kma reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Vassyerman reaksiyasi Borde-Jangu reaksiyasiga o‘xshash. Borde-Jangu reaksiyasida komplementni maxsus antigen-antitelo kompleksi o‘ziga biriktiradi. Vassyerman reaksiyasida esa antigen sifatida oqish treponema kulturasidan yoki zahm bilan jarohatlangan homila a’zolaridan olingan spesifik, protein kompleksi hamda ho‘kiz yuragi muskulidan tayyorlangan nospesefik kardiolipidlardan foydalaniladi. Tashhis qo‘yishda qo‘shimcha ikkita cho‘kma reaksiyalar (Kan va sitoxol) qo‘yiladi. Vassyerman reaksiyasi (kasallikning birinchi davrida, qattiq shankrdan 2–3 hafta keyin yoki infeksiya yuqqan 5–6 haftada o‘tgach) 50% bemorlarda musbat bo‘ladi.

23.Uchinchi davrda Vassyerman reaksiyasi nima sababdan musbat bo‘ladi?- 75%, rivojlanuvchi falajda 95–98% va nyerv sistemasi zahmida 50-70% bemorlarda Vassyerman reaksiyasi musbat bo‘ladi. Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda 2–3 oy o‘tgach reaksiya musbat bo‘lishi mumkin.

24.Vitebskiy (sitoxol) reaksiyalarini tushuntiring?- keng qo‘llaniladi.Bemordan olingan qon zardobini, ho‘kiz yuragi muskulidan tayyorlangan lipoid antigen bilan aralashtiriladi. Agar 10 daqiqadan so‘ngmayda donachalar yoki bo‘lakchalar shaklida cho‘kmalar paydo bo‘lsa, reaksiya musbat yoki aksincha, bir xil quyqa hosil bo‘lsa, reaksiya manfiy bo‘ldi.

25.Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan bolalarda qanday Serologik reaksiyadan foydalinadi?- Qon zardobidagi antitelolarni aniqlash uchun bevosita immunoflyuoressensiya usuli qo‘llaniladi. Bunda faolsizlantirilgan yo‘qotilgan oqish treponemaga nospesifik antiteloni adsorbsiya qildirish uchun kultural treponema bilan ishlov byerilgan va nishonlangan odam gamma-globuliniga qarshi antitelolardan foydalaniladi.

26.Treponemalarni harakatsizlantirish reaksiyasi qanday ataladi?- Bu immobilizasiya reaksiyasi, bemor zardobi va quyon moyagiga yuborib, ko‘paytirib olingan to‘qima oqish treponemalari bilan qo‘llaniladi. Reaksiyaning mohiyati shundaki, bemor qonidagi zardob antitelolari komplement ishtirokida oqish treponemalar bilan birikib, ularni harakatsizlantiradi, bu holda reaksiya musbat hisoblanadi.

27.Davosi va profilaktikasi qanday?- Zahm kasalligini davolashda penisillin va ekstensillin preparatlari 95–98% hollarda yaxshi natija byeradi. Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan bolalar yoki yetarli darajada davolanmagan onalar maxsus usulda davolaniladi. Bemorlarni vaqtida aniqlab to‘g‘ri tashhis qo‘yish, to‘liq davolash, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish kyerak. Tuzalgan bemorlar ma’lum vaqtgacha ro‘yxatda turib, vaqti-vaqti bilan infeksiya markyerlariga tekshirib turiladi.

28. Mikoplazmalarni morfologiyasi?- mayda, kattaligi 125–150 nm, ayrimlari 700-800 nm, spora ho¬sil qilmaydi, harakatsiz, grammanfiy baktyeriyalardir.

29. Mikoplazma infeksiyasi keltirib chiqaradigan kasalliklar qanday kechadi?- xilma-xil bo‘lib organizmning umumiy intoksikasiyasi va turli a’zo hamda sistemalarning shikastlanishi bilan kechadi.

30. Mikoplazmalar mochevinani qanday parchalaydi?- ammiak hamda CO 2 ga parchalaydi. Bunday xususiyat barcha mikoplazmalar ichida faqat T-shtammga xos. Shuning uchun bunday mikoplazmalarni ureaplazma urealitikum deyiladi.

31.Ureaplazmalar birinchi marta kimdan ajratib olingan?-gonokokksiz uretrit bilan og‘rigan erkak uretrasidan ajratib olingan, bunda ureaplazmalarning etiologik ahamiyati borligi isbotlangan. Keyinchalik endosyervisit, ooforit, salpingit, kolpit, oy-kuniga etmay tug‘ish, homila tushishi, o‘lik tug‘ish, bo‘yida bo‘lmaslik, uretrit, vezikulit kabi kasalliklarning yuzaga kelishida ham ureaplazmalar ta’siri borligi aniqlangan.

32.Qayerda yana uchrashi mumkin?-Sepsis, miya abssessida ureaplazmalar ajratib olindi, glomyerulonefrit, sistit va prostatit kabi kasalliklarda ularning ahamiyati o‘rganilmoqda. Tadqiqotlardan siydik-tanosil kasalliklari bilan og‘rigan ayollarning 40–50% ida, gonokokksiz uretritga chalingan erkaklarning 51,2% ida ureaplazmalar borligi aniqlangan.

33. Qachon va kim tomonidan aniqlangan?-Ureaplasma urealuticum ni birinchi bo‘lib 1954 yili Shepard aniqlagan, ular koloniyalarining hajmi kichik bo‘lib 10–30 mkm dan oshmaydi. Shuning uchun ularga T-shtamma deb nom byerilgan.

34. Morfologiyasi kattaligi bo‘yicha necha xilga ajratiladi?-3xilga: mayda – 120–175 nm, o‘rtacha – 500–750 nm va katta.

35. Respublikamizda U.urealyticum ning sof kulturasini nogonokokksiz uretritlarga chalingan bemorlardan kim tomondan aniqlangan?- E.Eshboev (1987) undirishga erishgan.

36. Biokimyoviy xususiyatlari: Ureaplazmalar qandlar uchun inyert hisoblanadi, diazokristallarni tiklamaydi, katalaza-manfiy hisoblanadi. Quyonlar va dengiz cho‘chqachalarining eritrositlariga nisbatan faol bo‘lgan V-gemolitik xususiyatga ega.

37. Kasallikning odamlardagi patogenezi.- Ureaplazmalar tufayli yuzaga kelgan uretritlar (NGU) kabi kam belgilar bilan kechadi. Shuning uchun inkubasion davrini belgilash ham mushkul. Bemorlarning ma’lum bir qismida (4–5%) ureaplazmali uretritdagi yallig‘lanish jarayonining klinik ko‘rinishi so‘zakdagiga o‘xshab kyetadi. Kasallik bunday kechganida inkubasion davri 3–5 kunga teng bo‘ladi. Ammo aksariyat hollarda mikoplazmali uretritlar o‘rtacha o‘tkir yoki surunkali kechib, inkubasion davri 30–40 kunga surilib ketishi mumkin.

38. Urogenital ureaplazmozni qanday formada kechishi mumkin?- og‘ir – engilligiga qarab engil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir xillarga ajratiladi. Engil shakliga nogonokokk uretrit, ayollar siydik-tanosil a’zolari quyi qismining yallig‘lanishi; o‘rtacha og‘ir shakliga ayollarda kichik chanoq a’zolarining o‘rtacha o‘tkir va surunkali yallig‘lanishi, erkaklarda prostatit, orxoepididimit, vezikulit; og‘ir shakliga esa abort vatug‘ruqdan keyingi kichik chanoq a’zolaridagi kuchayib boradigan o‘zgarishlar kiradi. Kasallik muddatini aniqlash xuddi so‘zak va trixomoniazlarga o‘xshash, ya’ni ikki oygacha yangi, keyin esa surunkali deb yuritiladi.Surunkali yallig‘lanish jarayoni ko‘p o‘chog‘liligi va o‘zoq davom etishi bilan haraktyerlanadi. Surunkali ureaplazmozga chalingan ayollarning ko‘pchiligida bachadon nayi, tuxumdonlarning yallig‘lanishi ko‘zatiladi.

39. Laboratoriya tashhisi.- Hozirgi vaqtda U. urealyticum ni labaratoriyada patologik matyeriallardan aniqlash uchun, asosan, qoramol yuragi gidrolizati bilan kozein gidrolizatdan iborat V.V.Delektorskiy va I. Jalaganiya (1983) muhiti ishlatiladi. O‘zbekistonda, asosan, quyon go‘shti ekstraktidan tayyorlangan “ED-1” oziq muhitidan keng foydalaniladi (E.Eshboev, A.Davurov muhiti, 2000 yil).

40. Davolash usullari?- U.urealyticum ning penisillin qatori preparatlariga chidamli ekanligi e’tiborga olinadi. Asosan, eritromisin, tetrasiklin, roksitro-misin lek va ftorxinolonlar buyuriladi.

“Galyereya bo‘ylab tur” o‘yini

“Tyeri-tanosil infeksiyalar, ularning laboratoriya tashhisi”.

ISh UChUN ZARUR:

- Har xil rangli ruchkalar.

- Jyerebevka uchun qog‘ozlar.

- O‘yin bayonnomasini olib borish.

- Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni bajarilish tartibi:

- Guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi.

- Har bir guruhcha alohida stollarga o‘tirib, bittadan oq qog‘oz va bir xil rangli ruchka olishadi.

- Qog‘ozga sana, guruh nomyeri, o‘yin nomi, shu guruhdagi talabalarning ismi, sharifi yoziladi.

- Guruhchadan bitta talaba o‘qituvchi oldidan savollar yozilgan bitta biletni oladi va shu guruh o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi.

- Har bir guruhcha uchun alohida savollar bir xil murakkablikda tuzilgann bo‘lishi kyerak.

- 10 minut vaqt byeriladi.

- Kichik guruhlar 10 minut davomida o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi va vaqt tugashi bilan 2-3 guruhchalar savollarni almashadilar.

- Keyingi har bir guruhcha oldingi guruhchalar javobini o‘qib baholashadi va o‘zlari qo‘shimcha yozishadi, bu etap ham 10 minut davom etadi.

- 30 daqiqadan so‘ng qog‘ozlar yig‘ib olinadi. Bu varaqlar 3 xil ruchkada yozilgan javoblar varianti bo‘ladi.

- Hamma talabalar natijalarni birgalikda tahlil qilishadi. Buning uchun 15 minut vaqt byeriladi.

- O‘z variantiga to‘g‘ri javob yozgan va boshqa variantlarga qo‘shimcha ravshda javob byergan guruhga yuqori ball byeriladi.

- Talabalarni baholashda ish o‘yinida olgan ballari xisbga olinadi.

- Talabalar ish o‘yinlari o‘qituvchida saqlanadi.

Konvyert uchun savollar

1. Xlamidiozni laboratoriya tashhisi.

2. Zahmning klinik belgilari va davrlari

3. Ureaplazmozni davolash usullari.

4. Zahmni patogenezi.

1. Zahm qo‘zg‘atuvchisini morfologiyasi.

1. So‘zakni diagnostikasi.

2. Xlamidiyalarni patogenezi.

3. Ureaplazmalarni morfologik xususiyatlari

1. Zahm kasalligining davolash usullari.

2. So‘zak kasalligini oldini olish choralari

3. Xlamidiyalarni morfologiyasi

4. Ureaplazmoz kasalligini kechishi va patogenezi.

1. Zahmni oldini olish choralari.

2. So‘zak kasalligi qo‘zg‘atuvchisini morfologiyasi va kullural xususiyatlari.

3. Xlamidiozni davolash usullari va oldini olish.

4. Uragenital ureaplazmozni qanday formada kechishi mumkin

i. Mikoplazmalarni morfologiyasi.

ii. Zahmni diagnostikasi.

iii. So‘zakni klinik belgilari

iv. Ureaplazmalarni diagnostik usullari.

13.2.1.Tahliliy qism.

Vaziyatli masala. Bemor kon zardobidan zahmga karshi antitelalar topildi. Bemorga zahm diagnozini kuyish mumkinmi?

- Vassyerman reaksiyasi yana qanday xolatlarda musbat chikishi mumkin

- Bunday holatda diagnozni to‘g‘ri kuyish uchun qanday chora ko‘rasiz?

Amaliy ishlar:

1. Treponemalar morfologiyasini o‘rganish uchun tish karashidan surtma tayyorlash, Burri usulida buyash, mikroskopda bo‘yalmagan oq rangli spiroxetalarni ko‘rish, rasmini chizish.

2. Zahm kasalligiga shubha kilingan kasal qon zardobidagi antitelani aniqlash uchun komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yish (Vassyerman reaksiyasi).

3. Namoyish qilish:

- treponema, gonokokk, xlamidiya, trixomonadalardan tayyorlangan tayyor surtmalarni mikroskopda kurish

- gonokokklarning tugallanmagan fagositoz prosessini preparatdan mikroskop ostida ko‘rish

4. Hamma qo‘zg‘atuvchilarning morfologiyasini daftarga chizish. Serologik reaksiya natijasini protokol kilib yozish.

13.2.2. Amaliy qism.

1. Zahm kasalligiga shubha kilingan kasal qon zardobidagi antitelani aniqlash uchun komplementni bog‘lash reaksiyasini qo‘yish (Vassyerman reaksiyasi).



2. Treponemalar morfologiyasini o‘rganish uchun tish karashidan surtma tayyorlash, Burri usulida buyash, mikroskopda bo‘yalmagan oq rangli spiroxetalarni ko‘rish, rasmini chizish.


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya