Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


-mavzu. Mikroorganizmlarni o‘stirish. Oziq muhitlar klassifikasiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə57/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175
4-mavzu. Mikroorganizmlarni o‘stirish. Oziq muhitlar klassifikasiyasi.

Mashg‘ulotning maqsadi:Yuqumli kasalliklar tashxisida baktyeriologik usul katta axamiyatga ega – ya’ni baktyeriyalarni oziq muxitlariga ekib, sof kulturasini ajratib olish lozimligi haqida tushuncha byerish. Buning uchun ularning fiziologiyasini bilish, qaysi oziq muxitda va qanday sharoitda o‘sishini o‘rgatish.

Mikroorganizmlar fiziologiyasi: kimyoviy tarkibi, oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi. Oziq muxitlar tasnifi. Oziq muxitlarini tayyorlash prinsiplari va tarkibi. Mikroorganizmlar kimyoviy tarkibi va fiziologiyasi.

Mikroorganizmlar fiziologiyasi deganda ularning:

1. Kimyoviy tarkibi, 2. Oziqlanishi. 3.Nafas olishi, 4.O‘sishi va

2. Ko‘payishini o‘rganamiz

Mikroorganizmlarda moddalar almashinish prosessi ya’ni metabolizm prosessi 2 ta bir-biriga bog‘langan prosessda o‘tadi:

1. Assimilyasiya (anabolizm) va 2. Dissimilyasiya (katabolizm)

Assimilyasiya - prosessida o‘zlashtirilgan oziq moddalar - ya’ni yuqori molekulali birikmalar - xujayraning o‘z tuzilishi uchun sarf bo‘ladi.

Dissimilyasiya - prosessida oziq moddalar parchalandi, oksidlanadi va:xujayraning xayot uchun kyerak bo‘lgan enyergiya ajratib chiqaradi.

Baktyeriya xujayrasi o‘zlashtiradigan (xazm kiladigan) asosiy birikmalarga: uglevodlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari, minyeral tuzlar, vitaminlar va boshqalar kiradi. Baktyeriyalar xayotida Kerakli bo‘lgan elementlarga kiradi: S, N, O, N, R, S, k, Ca, Mg, Fe va mikroelementlardan: Mn, Mo, Zn, Si, So, Ni, Va, V, Cl, Na, Se Si, Wo va boshqalar — bu mikroelementlar xamma organizmlarga xar doim xam kyerak emas, lekin baktyeriyalarga bular doimo Kerakli (bu fyermentlar o‘zlarining maxsus tipdagi metabolizmini ushlab turadi).

Baktyeriyalarni oziqlanish tiplari:

Baktyeriyalarning oziqlanish tiplari uglyerod bilan azotni xazm qilish xaraktyeriga karab belgilanadi. Uglyerodni xazm qilinishiga karab:

1.Autotroflar (grekcha autos - o‘zim, trophe - oziqlanish). Avtotrof baktyeriyalar uglyerod manbai qilib SO2 dan foydalanadi va ular oddiy moddalardan murakkab birikmalar sintezlab oladi.Ularni o‘sishi uchun oziq muxit tarkibida NaCl, FeCl2, MgSO4, (NH4)2SO4 moddalari bo‘lishi zarur.

2.Getyerotroflar - (grekcha heteros -boshqa, trophe - oziqlanish). Uglyerod manbai kilib xar xil, uglyerod tutuvchi birikmalar — geksozalar (glyukoza) ko‘p atomli spirt, aminokislotar va organik kislotalar qo‘llaydi.

3.Auksotroflar. O‘zlarining rivojlanishi uchun o‘sish faktorlari tala6 qiluvchi baktyeriyalardir. Bunday baktyeriyalar o‘zlarining o‘sishi uchun Kerakli bo‘lgan komponentlarni o‘zlari sintezlay olmaydilar.

Ma’lum bir o‘sish faktoriga muxtoj bo‘lmagan baktyeriyalar prototroflar deyiladi. Prototroflar o‘ziga Kerakli bo‘lgan organik birikmalarni (uglevodlar, aminokislotalar va boshkalar) glyukoza va ammon tuzlaridan sintezlay oladi.

Getyerotroflar 2 gruppaga bo‘linadi:

1.Saprofitlar (metatroflar)- (grekcha sapros - chirilgan phyton - o‘simlik) - tayyor organik birikmalarni o‘lik organizmdan oladi (chiritish baktyeriyalari).

2.Parazitlar (paratroflar)- odam, xayvon va o‘simlik tirik xujayrasining organik – moddalari xisobiga yashaydi va ko‘payadi. Masalan, viruslar, rikketsiyalar.

Azot xazm kilishiga karab mikroorganizmlar 2 guruxga bo‘linadi:

1.Aminoavtotroflar- xujayra oqsilining sintezi uchun xavodagi moleklyar azotdan foydalanadi yoki ammoniy tuzlaridan oladi.

2.Aminogetyerotroflar- azotni organik birikmalardan: amino- kislotalardan, murakkab oksillardan oladi.

Enyergiya manbalariga karab mikroorganizmlar:

1. Fototroflar - biosintez reaksiyalari uchun quyosh nuridan enyergiya oladi.

2. Xemotroflar - neorganik moddalarning oksidlanishidan va organik moddalardan enyergiya oladi.

Xozirgi vaqtda mikroorganizmlarning oziqlanish tiplarining xaraktyeristikasiga qarab yangi tyerminologiya kiritilgan:

1. Getyerotroflar - organotroflar deb ataladi

2. Avtotroflar - litotroflar deb ataladi

Mikroorganizmlar oziqlanishi. Oziq moddalar mikrob xujayrasining sitoplazmasiga fakat kichkina molekula xolida va erigan xolda kirishi mumkin. Murakkab organik moddalar (oqsillar, polisaxaridlar) mikrob xujayrasidan chiqqan fyermentlar ta’sirida ishlatishga moslashadi. Oziq moddalarning kirishi va chikib ketish bosqichlari baktyeriya xujayrasining sitoplazmatik membranasi orqali boradi oziq moddalar xujayra ichiga bir necha yo‘llar bilan kiradi:

Passiv diffuziya - bunda oziq muxit bilan mikrob xujayrasi o‘rtasidagi osmotik bosim va moddalar konsentrasiyasi tenglashadi yoki mikrob xujayrasidagi moddaning konsentrasiyasidan yuqori bo‘ladi.

Engillashgan diffuziya - bu asosan pyermeazalar yordamida bo‘ladi. Bu fyerment bo‘lib, xujayraning sitoplazmatik membranasida joylashgan, spesifik xususiyatga ega, enyergiyasiz o‘tadi.

Aktiv transport - bu xam pyermeaza fyermenti yordamida, lekin enyergiya sarflaydi.

Ximiyaviy gruppalar translokasiyasi - bunda ba’zi ximiyaviy moddalar radikallar xolida o‘tadi. Mikrob xujayrasidan moddalarning chikishi passiv diffuziya yo‘li bilan yoki engilashgan diffuziya yo‘li bilan pyermeaza fyermenti ishtirokida kyetadi.

Oziq muxitlar deb - tarkibida oddiy va murakkab birikmalar tutgan, shu birikmalarda baktyeriyalar laboratoriya sharoitida ko‘paytirib olishga aytiladi.

Oziq muxitlar baktyeriya uchun kuyidagi talablarga javob byerish kyerak:

1. Baktyeriyalarni ko‘payishi uchun zarur moddalar tutishi kyerak va engil xazm bo‘lishi kyerak.

2. Oziq muxitlar ma’lum rN ga va izotonik xolatga ega bo‘lishi kyerak va yana tiniq bo‘lishi kyerak.

3. Oziq muxitlar baktyeriologik laboratoriyalarda styerilizasiya kilinganda o‘z xolatlarini o‘zgartirmasligi kyerak.

4. Styeril bo‘lishi kyerak.

5. Iloji boricha malum yopishqoqlikka ega bo‘lishi va arzon bo‘lishi kyerak.

Olinishiga karab:1.Tabiiy oziq muxitlar va 2.Sun’iy oziq muxitlar

Xolatiga karab: 1. qattiq, 2. suyuq va 3. yarim suyuq

Ishlatilishiga karab:

1. Asosiy yoki univyersal oziq muxitlar. Masalan, neytral agar, go‘sht-pepton agar va bulon. Ko‘p mikroorganizmlar shu muxitda o‘sadi.

2. Selektiv yoki elektiv muxitlar. Bu muxitlar mikroorganizmlarni ko‘payishiga bog‘liq. Elektiv muxitlarga: 1% peptonli suv kiradi. (vabo vibrioni uchun), safro qo‘shilgan muxitlar - safroli bulon va Rapoport muxiti (qorin tifi uchun) stafilokokk uchun sut va tuxum sarig‘i qo‘shilgan tuzli agar.

3. Diffyerensial-diagnostik muxitlar. Bu muxitlar laboratoriya: sharoitida baktyeriyalarning bir-biridan farqlash Maqsadida ishlatiladi. Masalan, Ploskiryov, Endo va vismut-sulfat agarli muxitlar kiradi.

4. Maxsus oziq muxitlar – qonli agar zardobli agar.

Mikroorganizmlarning o‘sishi. O‘sish - deganda mikrob xujayrasining kattalashishini va etilishi tushunamiz. Mikroorganizmlar o‘zining o‘sishi va ko‘paiish uchun qandaydir moddalarni sintez qilmasdan tayyor xolida kabul kiladi. Bu moddalar o‘sish faktorlari deyiladi: o‘sish faktorlariga aminokislotalar (streptokokk avlodiga kiradigan baktyeriyalar), purin va pirimidin asoslari, lipidlar (streptokokklar, laktobaktyeriyalar, mikoplazmalar), vitaminlar va boshqalar kiradi.

4 ta o‘sish fazalari tafovut kilinadi:

1. Latent davri - mikroorganizmlar oziq muxitga adaptasiyalanadi.

2. Logarifmik davr - mikroorganizmlar tez o‘sib kattalashib, bo‘lina boshlaydi.

3. Stasionar davr - asosan baktyeriya xujayrasining konsentrasiyasi muxitda doimiy koladi. Bunda paydo bo‘layotgan baktyeriyalar soni o‘lgan baktyeriyalar soniga teng bo‘ladi.

4. O‘lish davri – xujayralar soni o‘lishi tufayli kamayib boradi, oxirida o‘lganlar soni tirigidan oshib kyetadi. Tirik qolganlar tinch xolatga o‘tadi.

Mikroorganizmlarning ko‘payishi.

Bunda mikroblarning shu populyasiyasidagi sonini ortishiga aytiladi. Baktyeriyalar quyidagi yo‘llar bilan ko‘payadi:

1. Ko‘ndalang bo‘linish yo‘li.

2. Jinsiy yul bilan (M: E.coli kon’yugasiya)

3. Spora xosil kilish yo‘li bilan (zamburuglar, aktinomisitlar)

4. Maydalanish yo‘li bilan (rikketsiyalar)

5. Kurtak chikarish yo‘li bilan (kandidalar)

6. Ipchalar xosil qilish bilan ko‘payadilar (M: xlamidiylar)

Baktyeriyalarning nafas olishi:Mikroorganizmlarning nafas olishi deganda biokimyoviy reaksiyalar asosida ularning xayotiga zarur bo‘lgan enyergiyani ajralib chiqish prosessiga aytiladi.

Bu prosessning moxiyati moddalar oksidlanib elektron byeradi, tiklanayotgani esa uni qabul kiladi va buning natijasida enyergiya xosil bo‘ladi.

Nafas olishiga karab baktyeriyalar:

1. Obligat aeroblar (kat’iy, talabchan).

2. Obligat anaeroblar (kat’iy, talabchan).

3. Fakultativ anaeroblar.

4. Mikroaerofillar.

5. Aerotolyerant baktyeriyalar.

1. Obligat aeroblar - kislorodli sharoitda o‘sadi, aerob nafas olishda kislorod asosiy xisoblanadi. M: Tubyerkulyoz, brusellyoz, leptaspiralar.

2. Obligat anaeroblar - kislorodsiz sharoitda usib ko‘payadi. M: klostridiylar.

3. Fakultativ anaeroblar - xam kislorodli xam kislorodsiz sharoitda o‘sadi.

4. Mikroaerofillar - kislorod kam bo‘lgan muxitda nafas oladi. M: Brusellalar, aktinomisetlar

5. Aerotolyerant baktyeriyalar - kiska vaqt ichida atmosfyera kislorodida yashaydi, lekin o‘smaydi.

Kislodli sharoitda moddalarning oksidlanishida ya’ni aerob nafas olishda oxirgi maxsulot N2O2 va supyeroksid-anion kabi toksik maxsulot xosil bo‘ladi. Bu xolat aerob baktyeriayalarda vujudga keladi. Aerob va aerotolyerant nafas oluvchi baktyeriyalarda supyeroksid dismutaza fyermenti bo‘lib, bu fyerment supyeroksid - anionni N2O2 ga aylantiradi.

Aerob baktyeriyalarda katalaza fyermenti bo‘lib N2O2 ni N2O va O2 ga parchalab yuboradi. Bu fyerment aerotolyerant baktyeriyalarda yo‘q.

Anaerob baktyeriyalarda esa ikkala fyerment: supyeroksid dismutaza, katalaza fyermentlari yuk. Shuning uchun ular kislorodli sharoitda yashay olmaydi.

Машғулотда қўлланиладиган янги педагогик технологиялар:



Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə