Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə144/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadi:

Virusli infeksiyalarga qanday kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kirishini, Gerpes- va poksviruslar oilasi vakillarini, ularning tuzilishi va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklarini, hujayrada hosil qiladigan kiritmalarini, bu kiritmalarning diagnostikadagi ahamiyatini va laboratoriya diagnostika usullarini o‘rgatish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va patogenezi bilan tanishish.

Poksviruslar oilasi (Roxviridae)

Poksviruslarga (lotincha rox-pufakcha) sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarga nisbatan patogen bo‘lgan ko‘pgina viruslar kiradi. Poxviridae oilasi 2 ta kenja oilaga bo‘linadi: 1.Chordopoxvirinae – umrutqalilarning chechak viruslari kiradi. 2. Entromopoxvirinae – hasharotlarning chechak viruslari kiradi.

Birinchi kenja oila 6 ta turkumdan tashkil topgan. Har bir urug‘ o‘zining umumiy antigenlariga ega bo‘lib, irsiy rekombinasiya qila olish xususiyati bor.

Orthopoxvirus turkumiga odam va maymunlar uchun patogen bo‘lgan chinchechak viruslari, quyon, sigir va sichqonlarning chechak viruslari kiradi. Bu viruslar efirga chidamli bo‘lib, tovuq eritrositlarini agglyutinasiya qila oladi.

Parapoxvirus turkumi viruslari hajmi bo‘yicha kichikroq bo‘lib, morfologiyasi bilan farq qiladi. Ular efirga ta’sirchan, gemagglyutinasiya qila olmaydi. Tuyoqli hayvonlar ularning tabiiy xo‘jayinlari hisoblanadi. Bu turkumga sut emizuvchilarning tuguncha virusi, yuqumli pustulyoz dyermatit virusi kiradi.

Chinchechak virusi

Chinchechak qadimiy kasallik; epidemiya va pandemiya shaklida bir necha bor tarqalib, million-million kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Chinchechak virusi Orthopoxvirus turkumiga kiradi. Uni birinchi bo‘lib 1886 yili J.B’yuston kashf etdi. 1892 yilda G.Gvarniyeri chinchechak virusi bilan zararlangan quyon ko‘zi mugo‘z pardasining gistologik kesmalarini ko‘rib, hujayra ichida yadroga yaqin joylashgan, o‘lchami 1–10 mkm gacha bo‘lgan sharsimon yoki o‘roqsimon kiritmalar borligini (Gvarniyeri tanachalari) aniqladi. 1906 yili E.Pashen maxsus bo‘yash usulini qo‘llab, pufakchalar ichidagi suyuqlikda virus zarrachalari (Pashen tanachalari) borligini kuzatdi. antitelolari hosil bo‘ladi. Keyinroq membrana va yadro antigenlariga qarshi antitelolar ishlab chiqariladi. Hosil bo‘lgan immunitet odam umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Virus DNK sini o‘sma hujayralarida topish uchun molekulyar gibridizasiya va PSR usullaridan foydalaniladi.

Morfologiyasi. Virus yirik, o‘lchami 200–450 nm, ikki cheti bir oz bukilgan g‘ishtsimon shaklda. Virion murakkab tuzilgann. Uning o‘rtasidagi gantelga o‘xshash mag‘iz oqsildan iborat kapsid bilan o‘ralgan. Kapsid ichida DNK va ichki oqsil joylashgan. Virionning tashqi qobig‘ida lipidlar va turtib chiqqan naysimon oqsillar bor.

Virion tarkibida ikki ipli, butun DNK bo‘lib, uning molekulyar massasi 130 md.

Virion tarkibida 30 xil, zararlangan hujayrada esa 50 xil oqsil bo‘ladi. Virusning 10 xil oqsili fyermentlardan iborat bo‘lib, nuklein kislota sintezini tezlashtiradi.

Ko‘paytirish. Chinchechak virusi tovuq embrionida yaxshi ko‘payadi. Xorion-allantois pardasida oq, mayda, qattiq, atrofidagi to‘qimalardan keskin farq qiladigan nuqtasimon dog‘lar (pilakchalar)ni hosil qiladi. Viruslar odam va hayvonlarning birlamchi hamda undiriluvchi hujayra kulturalarida yaxshi ko‘payib, hujayraga patogen ta’sir etadi. Viruslar gemadsorbsiya yordamida identifikasiya qilinadi. Ular hujayraga endositoz yo‘l orqali kiradi. Virusni “echintirish”dan boshlab, to oqsilining sintezigacha bo‘lgan jarayonlar hujayra sitoplazmasida amalga oshadi. Virusning reproduksiya sikli 6–7 soat davom etadi, bunda hujayra sitoplazmasida dumaloq va o‘roqsimon Gvarniyeri tanachalari hosil bo‘ladi. Etilgan viruslar Goldji apparati orqali ko‘tarilib, ekzositoz yo‘li bilan hujayradan chiqib kyetadi.

Antigenlari. Chinchechakning 4 ta antigeni farqlanadi: L (tyermolabil) va S (tyermostabil) eruvchan, nukleoproteidli NP antigen hamda X-gemagglyutinin.

Poksviruslar oilasiga mansub barcha viruslar umumiy nukleoprotein NP antigen nukleokapsidning oqsili bilan bog‘liq. Gemagglyutinin jo‘ja eritrositlarini agglyutinasiyaga uchratadi. Chinchechak virusi A va AV qon guruhlariga ega kishilarning eritrositlari bilan ham umumiy antigenga ega.

Chidamliligi. Chinchechak virusi 4 0S haroratga, efirga, 50% li glisyerin eritmasiga, quritishga chidamli. Virus UB nurlar ta’siriga chidamsiz, 1000S haroratda qizdirilganda bir necha daqiqada o‘z faolligini yo‘qotadi. 3% li xloramin, fenol, lizol eritmalari ta’sirida 1 soatdan so‘ng nobud bo‘ladi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Chinchechak virusini sichqon, dengiz cho‘chqachasining tyerisiga yuqtirib kasallik qo‘zg‘atish mumkin. Hayvonlarda kasallik sezilarsiz, mahalliy o‘zgarishlar shaklida kechadi. Faqat maymunlarda odamlardagiga o‘xshash chinchechak kasalligini hosil qilish mumkin.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai bemor odam. Virus kasallikning yashirin davri oxiridan boshlab, to qazg‘oqlanib tushguniga qadar tashqi muhitga ajralib turadi. Kasallikning avji, ya’ni og‘iz shilliq qavatidagi pufakchalarning yorilishi juda ham yuqumli va nihoyatda xavfli hisoblanadi.

Virus havo-tomchi va havodagi chang orqali yuqadi. Kasallikning yashirin davri 8–18 kun. Virus yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlari orqali organizmga kiradi va sirtqi limfa tugunlarida ko‘payadi. So‘ngra qonga tushadi va epidyermisda yig‘ilib, tyerini zararlaydi. Kasallik to‘satdan harorat ko‘tarilishi, bosh va muskullarda og‘riq, yuz, badan, oyoq-qo‘llarga haqiqiy toshmalar toshishi bilan boshlanadi. Toshmalar avvaligi makula ko‘rinishida bo‘lib, keyin qattiq do‘mboqchalar – papulalarga aylanadi, so‘ngra ichi suyuqlikka to‘lib, mayda pufakchalar – vezikulalar, ularning ichidagi suyuqlik yiringga aylanib, yirik pufakchalar – pustulalar hosil bo‘ladi.

Yiringlash davrida ikqilamchi baktyerial (stafilokokk va streptokokkli) infeksiya qo‘shilishi mumkin. Ko‘pincha sog‘aygan kishilarda chuqur pustulalar o‘rnida chandiqlar qolishi tufayli bemor cho‘tir bo‘lib qoladi. Chinchechakda o‘lim 20–40% ni tashkil qiladi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng mustahkam, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil bo‘ladi; chaqaloqlarga onasidan o‘tadi. Odam vaksina bilan emlangandan keyin ham kuchli immunitet vujudga keladi.

Laboratoriya tashhisi. Chinchechak tashhisini aniqlash uchun virusologik, virusoskopik va Serologik usullardan foydalaniladi. Virusoskopiya – vezikula va pustula ichidagi matyerialdan tayyorlangan surtmalardan Pashen tanachalarini topish. Immunoflyuoressensiya usuli yordamida ham virus antigeni aniqlanadi. Chinchechakda vezikula ichidagi matyerialni elektron mikroskop ostida tekshirish yaxshi natija byeradi. Virusologik tekshirishda tovuq embrionining xorion-allantois qobig‘iga, hujayra kulturalariga tekshiriluvchi matyerialni yuqtirib, virus ajratib olinadi va ularni maxsus zardoblar bilan KBR, GATR, NR reaksiyalari yordamida identifikasiya qilinadi. Serologik tashhis qo‘yish uchun juft zardoblardagi antitelolarning oshishi GATR, KBR va neytrallash reaksiyalarida aniqlanadi.

Davolash va profilaktikasi. Kasallikning birinchi kunidanoq bemorga chechakka qarshi qayta emlangan kishining qon zardobidan tayyorlangan maxsus immunoglobulin yuboriladi, bemorlarga metisazon byeriladi. Ikqilamchi infeksiya rivojlangan hollarda antibiotiklar (penisillin, levomisitin) buyuriladi.

Kasallikning oldini olish uchun iloji boricha uni vaqtida aniqlab, bemor kasalxonaga yotqiziladi, muloqotda bo‘lgan kishilarni nazorat qilib turiladi. Infeksiya o‘chog‘i darhol dezinfeksiya qilinadi, tegishli odamlar emlanadi; hududda karantin e’lon qilinadi. Kasallikni tugatishda maxsus profilaktika muhim omil hisoblanadi. Chinchechakka qarshi ko‘rashda E.D.Jennyer 1796 yil kashf qilgan tirik vaksina juda yuksak samara byerdi. Oldingi asrda chinchechak ko‘p davlatlarda pandemiya shaklida tarqalib, bir necha million kishining yostig‘ini quritgan edi. Bizning Respublikamizda chinchechak 1936 yilidayoq tugatilgan.

1967 yili JSST butun dunyoda chinchechakni yo‘qotish dasturini ishlab chiqdi. Bu dastur barcha davlatlar tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi va keyingi yillarda chinchechakka qarshi emlash to‘xtatildi.

Ospavaksina virusi (sigir chechagi). Hayvonlarda uchraydigan chinchechak viruslari ichida odamlarga nisbatan patogenlari ham bor. Ular odamlarda isitma, intoksikasiya va toshma toshishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Markaziy nyerv sistemasini ham zararlashi mumkin.

Kasallik odamlarga kasal sigirlardan yuqadi, lekin odamdan odamga yuqmaydi. Bu kasallik, asosan, sut sog‘uvchilar, mol boquvchilar, mol bilan muloqotda bo‘ladiganlarda kuzatiladi.

Virus antigeni odamlardagi chinchechakni qo‘zg‘atuvchi virus antigeni bilan o‘xshash bo‘lganligi sababli, bu virusdan o‘zoq yillar davomida tirik vaksina tayyorlandi, hozir esa gen injenyeriyasida qulay vektor sifatida foydalaniladi.

Gerpes viruslar

Gerpes viruslar (yunoncha herpes-sudraluvchi, yoyilib ketuvchi) juda keng tarqalgan virus bo‘lib, odam, maymun, uy hayvonlari, kemiruvchilar, qushlar, baliqlar va boshqa hayvonlar organizmida kasallik keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Mollyuska va zamburug‘larda ham virus topilgan, morfologiyasi bir-biriga o‘xshash.

Barcha Gerpes viruslari Herpesviridae katta oilaga kiradi, ular yana 3 ta kenja oilaga bo‘linadi:

I. Alfa-Gerpes viruslar oilasi Alphaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Simplexvirus turkumiga - oddiy Gerpes virusi kiradi; 2. Poikilovirus turkumiga - soxta qutirish virusi kiradi; 3. Varicellavirus turkumiga – varisella-zostyer virusi kiradi.

II. Beta-Gerpes viruslar oilasi Bethaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 2 ta turkum kiradi: 1. Cytomegalovirus turkumi - odam sitomegalovirusi kiradi; 2. Muromegalovirus turkumi – sichqon sitomegalovirusi kiradi.

III. Gamma-Gerpes viruslar oilasi Gammaherpesvirinae, uning kenja oilasiga 3 ta turkum kiradi: 1. Lymphocryptovirus turkum Epshteyn-Barr virusi; 2. Thetacryptolymphovirus turkumi – Mareka kasalligini qo‘zg‘atuvchi virus; 3. Rhadonovirus turkumi – Saymiri Gerpes virusi. Herpesviridae oilasiga 50 dan ortiq virus kiradi. Ulardan ayrimlari xavfli o‘smani qo‘zg‘atishi mumkin. Virion nukleoididagi GAS 33–74% ni tashkil etadi.

Alfa Gerpes viruslar

Alfa-Gerpes virusi oilasiga oddiy Gerpes virusining 1 va 2 syerotiplari hamda suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki (Gerpes-zostyer) viruslari kiradi.

Oddiy Gerpes virusi

Oddiy Gerpesning yuqumli ekanligini 1921 yili U.Gryujyer aniqladi. Bu virus odamlarda keng tarqalgan.

Morfologiyasi. Gerpes virusining virioni dumaloq, o‘lchami 120–150 nm, murakkab to‘zilishga ega. Virus genomi ikki ipli DNK dan iborat bo‘lib, molekulyar massasi 80–150 md. Virus genomida 80 ga yaqin genlar mavjud. DNK tashqaridan kapsid va supyerkapsid qavatlari bilan qoplangan. Kapsid 162 ta kapsomyerdan iborat. Supyerkapsid esa ikkita lipid membranadan tashkil topgan bo‘lib, tashqarisida tikansimon o‘simtalar glikoproteidlari bor. Virion tarkibida 30 xil oqsil bor. Bundan tashqari, zararlangan hujayrada virus to‘zilmalarga kirmaydigan 20 xil oqsil sintez qilinadi.

Ko‘paytirish. Gerpes viruslari tovuq embrionining xorion-allantois qobig‘ida ko‘paytiriladi. Ular odam embrionining o‘pka, buyrak hujayra kulturalarida yaxshi ko‘payadi. Hujayralarga patogen ta’sir etib, ularda kiritmalar va simplastlar hosil qiladi.

Gerpes viruslari moyil hujayraga reseptorli endositoz yo‘li bilan kiradi, bu jarayonda virion o‘zining tashqi qobig‘ini yo‘qotadi. Qobig‘idan ajralgan nukleokapsid yadroga boradi, bu yerda virion ikkinchi qobig‘i – kapsidini ham echadi, natijada faqat DNK qoladi va uning transkripsiya hamda replikasiyasi ishtirokida virus DNK ning transkripsiyasi sodir bo‘ladi. DNK ning replikasiyasi esa virusga xos DNK polimyeraza fyermenti amalga oshadi.

Sintez qilingan to‘zuvchi oqsillar yadroga yetkaziladi, u yerda nukleokapsid yig‘iladi. Virus nukleokapsid bilan o‘ralganidan so‘ng, yadro membranasining o‘zgargan qismidan kurtaklanish yo‘li bilan sitoplazmaga chiqadi. So‘ngra virus bo‘lakchalari endoplazmatik to‘r membranasi bo‘ylab Goldji apparatiga boradi va u yerda glikoproteidlarning uglevod zanjirlari shakllanadi, hosil bo‘lgan viruslar transport vezikulalar yordamida plazmatik membrananing ustiga chiqariladi. Zararlangan hujayra yadrosida virusga xos kristall holga aylanuvchi kapsidlardan iborat eozinofil kiritmalar paydo bo‘ladi.

Antigenlari. Virus bir necha antigenlarga ega, bular ichki oqsillar va glikoproteidlarga bog‘liq. Asosiy immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lgan gB, gC va gD glikoproteidlar tipga xos, ichki nukleokapsid tarkibidagi oqsillar esa guruhga xos antigenlardir. Gerpes viruslari antigen tuzilishiga ko‘ra 2 ta (1 va 2-) syerotiplarga bo‘linadi. gB, gCva gD glikoproteid oqsillar virusni neytrallovchi antitelolarni hosil qiladi. Bundan tashqari, bu oqsillar organizmda hujayraviy immunitetni rivojlantiradi. Virus antigenlari RIF, KBR, NR va presipitasiya reaksiyalari yordamida diffyerensiasiya qilinadi.

Chidamliligi. Virusning rezistentligi yuqori emas. Virus past haroratda, 50% li glisyerin eritmasida, ayniqsa quritilgan holda yaxshi saqlanadi. 500S haroratgacha qizdirilganda 30 daqiqada faolligini yo‘qotadi. Virus efir, 1% li fenol, 0,5% li formalin eritmalari va boshqa dezinfeksiyalovchi moddalar ta’siriga chidamsiz.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Gerpes viruslari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atmaydi, ammo maymun, quyon, dengiz cho‘chqachalari, oq sichqon va boshqa hayvonlarga virus yuqtirilganda, ularda 4–7 kundan so‘ng isitma va nobud bo‘lishgacha olib boradigan parezlar boshlanadi. Viruslarni miya, qon va ko‘z konyunktivalaridan ajratib olish mumkin.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Infeksiya manbai bemor va virus tashuvchilar hisoblanadi. Virus, asosan, havo-tomchi va jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Ba’zan bemorning so‘lagi bilan zararlangan buyumlar orqali ham yuqishi mumkin. Stomatitlarda virusning birinchi reproduksiyasi og‘iz va tomoqning shilliq qavat epiteliylarida amalga oshadi. Virus limfa orqali qonga tushadi. Bunday patogenez Gerpes virusining 1-tipiga xos bo‘lib, gingiostomatit va faringit, aftoz stomatit, gyerpetik ekzema, kyeratokonyunktivit va meningoensefalit kasalliklarini keltirib chiqaradi. Virusning bu tipi 3 boshli nyerv gangliyalarida o‘zoq vaqt pyersistensiya qiladi.

Gerpes virusining 2-tipi jinsiy aloqa orqali yuqib, genital Gerpes va chaqaloqlar Gerpesi (chaqaloq tug‘ilayotgan vaqtda zararlanadi) kasalliklarini qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, virusning bu tipi bachadon bo‘yni o‘smasining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Ikkala tip virus organizmga shikastlangan tyeri orqali tushsa, shikastlanish Gerpesini keltirib chiqaradi. Kasalliklar ichida eng xavfli shakli jinsiy Gerpes va gyerpetik kyeratitlar hisoblanadi.

Immuniteti. Kasallikning 2–3-haftalarida bemor qonida virusni neytrallovchi antitelolar (IgM) va shilliq qavatlarda sekretor IgA, IgG lar ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Onadan bolaga passiv immunitet o‘tadi, shuning uchun chaqaloq 6 oygacha Gerpes bilan deyarli og‘rimaydi yoki kasallik simptomsiz kechadi. Kasallikdan so‘ng kuchli, turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi. Natijada virus o‘zoq vaqt tashib yuriladi va kasallik bot-bot qaytalanib turadi. Qonda antitelolar bilan birga Gerpes virusining bo‘lishi odamning o‘zoq vaqt davomida virus tashib yuruvchi bo‘lishligidan dalolat byeradi. Sog‘lom kishilarning 90% da oddiy Gerpes virusining 1-syerotipiga qarshi antitelolar borligi aniqlangan.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun kasallikning o‘tkir shaklida vezikuladan qirma, og‘iz bo‘shlig‘i zararlangan bo‘lsa, so‘lak olinadi. Tarqalgan shaklida qon, meningit va ensefalitda orqa miya suyuqligi, murdadan esa bosh miya va orqa miya bo‘lakchalari olinadiTez (ekspress) tashhis qo‘yish uchun jarohatlangan tyeri, shilliq qavat va boshqa matyeriallardan surtma tayyorlanib, Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yaladi va oddiy mikroskop ostida ko‘riladi. Agar natija musbat bo‘lsa, ichida kiritmalar bo‘lgan yirik ko‘p yadroli hujayralar ko‘rinadi (Kaudri kiritmalari). Bu hujayralardagi virus antigenlari maxsus zardoblar bilan IF va IFA usullar yordamida aniqlanadi.

Virusni to‘qima kulturalariga, odam embrionidan tayyorlangan hujayra kulturasiga, tovuq embrionining xorion-allantois pardasiga yuqtirib ajratib olinadi. Agar virusni oq sichqonning miyasiga yuborilsa, ensefalit, quyonning ko‘z mugo‘z pardasiga yuqtirilsa, kyeratit paydo bo‘ladi

Virusni identifikasiya qilish va Serologik Tashhis qo‘yish uchun NR, KBR, IF va IFA usullari qo‘llaniladi. Virus DNK sini aniqlash uchun PZR usulidan foydalaniladi.

Davosi va profilaktikasi. Intyerfyerondan (paxtaga tomizib Gerpes bo‘lgan joyga qo‘yish yoki malham shaklida parentyeral yo‘l bilan yuborish) foydalanish yaxshi natija byeradi. Gerpes yuzda bo‘lsa, zaviraks malhami yoki xlorgeksidin suriladi. Gerpes kyeratitining resedivini davolash va oldini olish uchun kon’yunktivaga intyerfyeronogen (megasin) yuboriladi. Ko‘z, tyeri va ayollar jinsiy a’zolaridagi Gerpeslarni kyeresid, triftyermetildezoksiuridin, alpizorinlar bilan davolanadi. Gerpes ensefalitlarida “vidarabin” (adenokarabinozid) qo‘llaniladi. Asiklovyer Gerpes virusiga ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, faqat virus DNK sining replikasiyasini to‘xtatadi.

Gerpes qaytalanishining oldini olish uchun virusning I va II syerotiplarini formalinda o‘ldirib tayyorlangan vaksina bilan 5–6 marta emlanadi.

Suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki viruslari

Suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki viruslari bitta bo‘lishiga qaramay, klinik belgilari va epidemiologiyasi har xil bo‘lgan kasalliklarni qo‘zg‘atadi

Suvchechak virusi, asosan, yosh bolalar tyerisi va shilliq qavatida papula-vezikulali toshmalar keltirib chiqaradi. O‘rab oluvchi temiratki virusi (herpes zoster) katta odamlarda orqa miyaning orka shoxlari va miya gangliyalarini yallig‘lantiradi.

Suvchechak virusini 1911 yili Aragao, o‘rab oluvchi temiratki virusini esa 1944 yili Gudpaschur va Andyersonlar kashf qilgan. Ammo keyingi tekshirishlar bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi bir virusning ikki xil mo‘tanti ekanligini ko‘rsatmoqda.

Morfologiyasi. Boshqa Gerpes viruslarining tuzilishiga o‘xshash. Virion ikosaedr shaklida bo‘lib, kapsidi 162 ta kapsomyerlardan tuzilgann, o‘lchami 140–200 nm.

Ko‘paytirish. Virus odam va maymun embrionlaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida ko‘payadi, ammo tovuq embrionida ko‘paymaydi. Viruslar reproduksiyasi hujayraning yadrosida sodir bo‘ladi..

Antigenlari. Suvchechak va o‘rab oluvchi temiratki qo‘zg‘atuvchilari bir virusning ikki xil mo‘tantlari bo‘lganligi uchun umumiy va maxsus antigenlarga ega.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda bu viruslar faqat odamlarda kasallik qo‘zg‘atadi, ammo hayvonlar virusga chidamli.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Suvchechak bilan ko‘pincha 2–6 yashar bolalar kasallanadi. Kasallik manbai bemor. Kasallik havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Yashirin davri 14–21 kun, virus yuqori nafas yo‘lining shilliq qavati epitelial hujayralarida ko‘payadi. So‘ngra limfa orqali qonga tushib, qon bilan butun organizmga tarqaladi. Jumladan tyeri va shilliq qavatning epitelial hujayralariga etib borib, yuz, qo‘l-oyoq, og‘iz shilliq qavatlariga vezikulyar toshmalar toshishiga sabab bo‘ladi. Suvchechakda ham chinchechakdagiga o‘xshash yuqori nafas yo‘llarining shilliq kavatiga toshmalar toshadi. Toshma pufakchalari ichidagi suyuqlikda ko‘p miqdorda virus yig‘iladi. Harorat ko‘tarilishi, tana, yuz, qo‘l-oyoqlar tyerisiga toshmalar toshishi suvchechak ekanligini tasdiqlaydi. Kasallikning beshinchi kunida toshmalar toshishi to‘xtaydi. Suvchechak kattalarda og‘ir kechadi.

Suvchechak infeksiyasi 20% chaqaloqlarda o‘lim bilan tugashi mumkin. Agar ayollarga homiladorlikning birinchi 3 oyligida infeksiya yuqsa, bola nuqson bilan tug‘ilishi, kasallikdan so‘ng ko‘pincha ensefalit va zotiljam kabi asoratlar rivojlanishi mumkin.

O‘rab oluvchi temiratki, asosan, kattalarda uchraydi. Buning sababi latent holda bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar faolligi turli stress omillar ta’sirida ortadi. Faollashgan virus nyerv tolalari orqali tyeriga etib borib, uning hujayralarida ko‘paya boshlaydi, natijada suvchechakka o‘xshash vezikulalar paydo bo‘ladi. Bu kasallikda vezikulyar toshmalar, asosan, qovurg‘alar oralig‘iga nyerv yo‘nalishlari bo‘ylab toshadi. Kasallikda zararlangan joy qiziydi, kuchli qichishish va nyerv tolalari yo‘nalishida og‘riq paydo bo‘ladi. Ba’zan bemorning isitmasi ko‘tarilishi, viruslar ichki a’zolarni zararlashi mumkin. Ko‘pincha toshmalar bir-biriga qo‘shilib, yaxlit “tasma” shaklini eslatadi. O‘rab oluvchi temiratki nomi shundan olingan.

Immuniteti. Suvchechakdan so‘ng mustahkam, umrning oxirigacha saqlanadigan immunitet hosil bo‘ladi. Bemor qonida virusni neytrallovchi antitelolar va sensibillangan limfositlar paydo bo‘ladi, lekin ular infeksiyaning latent holda saqlanib qolishiga to‘sqinlik qilmaydi. Virus orqa miyaning orqa tolalaridagi gangliya hujayralarida pyersistensiya holatida o‘zoq vaqt saqlanib qoladi va immuntanqislik holatlarida kasallik qaytalanib turishi mumkin.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun tyeridagi toshmalardan matyerial, burun-halqum suyuqligi, qon olinadi. Bemorga laboratoriya tashhisini qo‘yish uchun virusoskopiya, virusologik va Serologik usullardan foydalaniladi. Tezkor tashhisda vezikula suyuqliklaridan tayyorlangan surtmalar Romanovskiy-Gimza usulida bo‘yaladi, bunda katta, ko‘p yadroli hujayralar va yadro ichi kiritmalari topiladi. Maxsus antigenni aniqlashuchun IF, IFA va KBR qo‘llaniladi. Virusni immun elektron mikroskopiya usuli bilan ham aniqlash mumkin.

Virus odam embrioni fibroblastlaridan tayyorlangan hujayra kulturalaridan ajratib olinadi. Maymun, quyon va boshqa hayvonlarning buyrak hujayra kulturalaridan ham foydalanish mumkin. Ajratib olingan virus neytrallash reaksiyalari yordamida identifikasiya qilinadi, bunda rekonvalessentlarning ko‘p miqdorda antitelolar tutuvchi zardoblari ishlatiladi. Serologik tashhis qo‘yish uchun KBR, NR, IFA reaksiyalari qo‘llaniladi.

Davosi va profilaktikasi. Toshmalarga brilliant yashilining spirtdagi 1% li yoki kaliy pyermanganatning 10% li eritmalari suriladi. Bemorni shifoxonaga yotkizish shart emas. Unga interferon va og‘riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi.

Beta Gerpes viruslar

Bu oilaga sitomegaloviruslar kiradi. Ular alfa-Gerpes viruslardan DNK molekulyar massasining kattaligi, reproduksiya siklining o‘zunligi, ozgina hujayra kulturalarida ko‘payishi va hujayraga patogen ta’sirining kuchsizligi bilan farq qiladi. Sitomegaloviruslar so‘lak bezlari va buyrak hujayralarida va ularning yadrolari ichida yirik kiritmalar hosil qiladi. Shuning uchun bemorlar so‘lagi, siydik cho‘kmasi, orqa miya suyuqligi va boshqa turli a’zo hujayralari yadrolari ichida yirik kiritmalari bo‘lgan hujayralar topiladi.

Sitomegaloviruslar morfologiyasiga ko‘ra Gerpes virusiga o‘xshaydi. Virus odam embrionining fibroblast va o‘pkaning diploid hujayra kulturalarida ko‘payadi. Bir nechta syerotiplari mavjud. Sitomegaloviruslar qo‘zg‘atadigan kasalliklar keng tarqalgan.

Kasallik so‘lak orqali yuqadi va u bir necha yillab, ba’zan umrning oxirigacha davom etadi. Bemorlarda ichki a’zolar, bosh miya, markaziy nyerv sistemasi shikastlanishi, trombositopeniya, gepatolienal sindrom, gepatit, zotiljam va boshqalar ko‘zatiladi. Homilador ayollar sitomegaliya bilan og‘risa (ayniqsa homiladorlikning birinchi 3 oyligada) uning virusi homilaga o‘tishi natijasida bola tushishi, o‘lik tug‘ilishi yoki og‘ir tug‘ma nuqsonlar ko‘zatilishi mumkin.

Virus so‘lak bezlarida, buyrakda pyersistensiya holatida bo‘ladi. Sitomegaliyada immunopatologik reaksiyalar paydo bo‘lib, T-supressor limfositlar sonining oshishi va Tx/Ts nisbatining kamayishi ko‘zatiladi.

Immuniteti. Kasallikdan so‘ng organizmda gumoral immunitet, ya’ni qon zardobida komplementni bog‘lovchi va virusni neytrallovchi antitelolar hosil bo‘ladi. 35 yoshdan oshgan kishilarning 80% ida virusga qarshi antitelolar borligi aniqlangan.

Laboratoriya tashhisi. Tekshirish uchun bemorning so‘lagi, orqa miya suyuqligi va siydik cho‘kmasi olinadi. Tekshiriluvchi matyerial mikroskop ostida ko‘rilganda, yadrosi ichida yirik kiritmalar bo‘lgan hujayralar topiladi, virus odam embrionining fibroblast va o‘pkaning diploid hujayralariga yuqtirib ajratib olinadi. Bemor qoni juft zardoblaridagi komplementni bog‘lovchi va virusni neytrallovchi antitelolarni NR, KBR, BGAR, IF, IFA va RIA usullar yordamida aniqlanadi.

Davosi va profilaktikasi. Bemorga azauridin, asiklovir, levomizol va boshqa preparatlar byeriladi.

Maxsus profilaktika maqsadida tirik vaksina qo‘llaniladi. Sitomegalovirus va qizilcha viruslaridan tayyorlangan divaksina ham ishlatiladi.

Gamma Gerpes viruslar

Bu kenja oilaga ikkita V-limfotrop viruslar, ya’ni Epshteyn-Barr va OITS viruslari kiradi.

Epshteyn-Barr virusi

Epshteyn-Barr virusi gamma-Gerpes viruslar oilasi (Gammaherpesvirinae) va Lymphocryptovirus turkumiga kiradi. Bu virus xususiyati Gerpesning boshqa viruslari xususiyatlariga o‘xshash, lekin antigen tuzilishi bo‘yicha farq qiladi.

Antigenlari. 1. Membrana antigeni (MA) – bu antigen zararlangan hujayralar yuzasidan topiladi; 2. Yadro antigeni (EBNA) – hujayra yadrolarida topiladi; 3. Kapsid antigeni. Bu virusning boshqa Gerpes viruslaridan farqi shundaki, u shikastlangan hujayra (V-limfositlar)ni eritib (sitoliz) yubormaydi, ularni ko‘paytiradi. Virus hujayralarda o‘zoq vaqt pyersistent holatida saqlanadi. U mo‘ta’dil iqlimli mamlakatlarda yashovchi kishilar orasida yuqumli mononukleoz, tropik davlatlarda Byerkitt limfomasi, Xitoyda esa nozofaringeal karsinomani qo‘zg‘atadi. Odatda yuqumli mononukleoz, asosan, bolalar va o‘smirlarda uchraydi. Bemorning harorati ko‘tariladi, limfa tugunlari va taloq kattalashadi, qondagi monosit va limfositlar miqdori oshadi. Virus halqumdan ajraladigan suyuqlik va so‘lakda bo‘ladi, ular, asosan, V-limfositlarda ko‘payadi.

Bemor sog‘ayganidan so‘ng maxsus T-killyerlar paydo bo‘lib, ular tarkibida virus bo‘lgan V-hujayralarni o‘ldiradi. Tabiiy killyerdan K-limfositlar ham faollashadi va zararlangan hujayralarni yo‘qotishda qatnashadi. Xotira T-hujayralari organizmda umrning oxirigacha aylanib yuradi. Qondagi virusni neytrallovchi antitelolar ham o‘zoq vaqt saqlanadi va V-hujayraga yangi viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

O‘sma hujayralarining tarkibida ko‘p miqdorda birikkan virus genomi bo‘ladi. Yadrolarda esa EBNA antigeni topiladi. Bemor sog‘ayganidan so‘ng qonida kapsid antigeniga qarshi avval IgM, so‘ngra IgG sinfiantitelolari hosil bo‘ladi. Keyinroq membrana va yadro antigenlariga qarshi antitelolar ishlab chiqariladi. Hosil bo‘lgan immunitet odam umrining oxirigacha saqlanib qoladi. Virus DNK sini o‘sma hujayralarida topish uchun molekulyar gibridizasiya va PSR usullaridan foydalaniladi.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə