Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə19/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175
Amaliy mashg’ulot №1

Mavzu: Baktyeriologik, virusologik va immunologik laboratoriyalarning tuzilishi va jixozlanishi. Mikroorganizmlar haqida tushuncha. Baktyeriologik laboratoriyada ishlash qoidalari. Baktyeriyalarni o‘rganish usullari. Surtma tayyorlash texnikasi, oddiy bo‘yash usuli. Sharsimon baktyeriyalar morfologiyasi.

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya fani to‘g‘risida tushuncha byerish. Mikrobiologiya fanining tibbiyotdagi axamiyatini ko‘rsatish. Baktyeriologik, immunologik va virusologik laboratoriyalarning tashkillashtirish, strukturasi, jihozlanishi va ishlash qoidalarini o‘rgatish. Mikroorganizmlarni morfologiyasini o‘rganish maqsadida baktyerioskopik usulning axamiyatini o‘rgatish. Mikroskopda ishlash tartib-qoidalari va mikrobiologik amaliyotda immyersion sistema bilan mikroskopda ishlash tartiblari bilan talabalarni tanishtirish. Baktyeriyalardan surtma tayyorlash texnikasi va uni oddiy usulda bo‘yab ko‘rishni o‘rgatish. Sharsimon baktyeriyalar morfologiyasini mikroskopda ko‘rib,o‘rganib, ularni bir-biridan shakl bo‘yicha ajrata olishni o‘rgatish.

Baktyeriologik, virusologik va Serologik laboratoriyalarni tashkil qilinish prinsiplari.

Baktyeriologik, virusologik va Serologik laboratoriyalar sanitariya epidemiologik stansiyalar (SES) tarkibida va yirik shifoxonalarda va tibbiyot institutlarida (talabalar bilan mashg‘ulot o‘tish uchun) tashkil qilinadi. Bu laboratoriyalarda bemorlardan olingan patologik materiallar asosida baktyeriologik, virusologik va Serologik tekshiruvlar o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda bu laboratoriyalarda baktyeriya tashib yuruvchilar ko‘rikdan o‘tkaziladi, hamda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va turli mahsulotlar, buyumlar ham sanitariya baktyeriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Kasalxonalar tarkibidagi baktyeriologik, Serologik laboratoriyalarda 3 va 4 guruh yuqumli kasalliklar (ichak, havo tomchi, yiringli infeksiyalar) tashxisi uchun tekshiruvlar o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda shifoxonaning sanitariya gigiena holatiga baho byerishda, styerillash va dezinfeksiya sifatlari ham muntazam tekshirib boriladi.

O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (toun, brusellyoz, kuydirgi, tulyarimiya va bosh.) qo‘zg‘atuvchilari diagnostikasi maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.

Virusologik laboratoriyalar respublika, shahar, viloyat SES tarkibida va virusologiya ilmiy tekshirish institutida tashkil qilingan. Bu laboratoriyalarda viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar (gripp, poliomielit, qizamiq va boshqalar) xlamidiya (ornitoz va boshqalar) va rikketsiylar ( toshmali tif, KU –isitmasi va boshqalar) qo‘zg‘atuvchilariga virusologik tashxis qo‘yiladi. Virusologik laboratoriyalarni tashkil etish, jihozlashda viruslar, hujayra kulturalari, tovuq embrionlari va laboratoriya hayvonlari bilan ishlashda maxsus bokslar ko‘zda tutiladi va juda qattiq aseptik sharoitlar talab etilishi xisobga olinadi.

Laboratoriyalarni tashkil qilishda O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi rejim xa’yatining talab qoidalariga qattiq amal qilinadi. Ishning hajmi va maqsadlaridan kelib chiqgan holda bir necha xonalarga joylashgan bo‘lishi mumkin. Har bir laboratoriyada quyidagilar mo‘ljallanadi:

a) analizlarni ro‘yxatga olish va ularning javobini byerish uchun xona;

b) ayrim baktyeriyalar guruhi (ichak, havo tomchi, sanitariya va bosh.) bilan ishlash uchun xonalar;

v) styeril materiallar bilan ishlash uchun bokslar;

g) Serologik tekshirishlar o‘tkazish uchun xona;

d) oziqli muhitni tayyorlash, styerillash uchun xona;

z) idishlarni yuvish uchun alohida xonalar;

j) sog‘lom va tajriba qilinayotgan hayvonlar va ularni saqlash uchun xona (vivariya).

Virusologiya laboratoriyalarida yuqorida ko‘rsatilgan xonalardan tashqari yana tekshiriladigan materialga maxsus ishlov byerish va hujayra kulturalari bilan ishlash uchun alohida bokslar mavjud bo‘lishi shart.

Baktyeriologik, virusologik va Serologik laboratoriyalar hozirgi kunda quyidagi zamonaviy asboblar, anjomlar: biologik va qo‘shimcha moslamali (yorug‘lik byeruvchi, fazo-kontrast) lyuminessent, elektron mikroskoplar, tyermostat, anaerostat, styerillash uchun asboblar (avtoklav, quritish, styerillash shkafi), suv xammomi, rN-metrlar, distillangan suv tayyorlaydigan asboblar (distillyator), sentrifugalar, texnik, analitik tarozilar, filtrlaydigan asboblar (Zeyts filtri va boshqalar), xolodilniklar, paxta-dokali probkalar tayyorlaydigan apparat, asboblar to‘plami (baktyeriologik qovuzloqlar, shpatellar, ignalar, pinset, avtomatik mikropipetkalar va boshqalar), laboratoriya idishi (probirkalar, kolbalar, Petri kosachalari, flakonlar, ampulalar, pastyer pipetkasi va belgilangan pipetkalar) va boshqalar bilan ta’minlangan. Zamonaviy yirik laboratoriyalarda baktyeriyalarning identifikasiya (saralash) qilishda kompyutyerli programmalar mavjud. Shu bilan bir qatorda Serologik, virusologik laboratoriyalarda immunofyerment, immunobloting tekshirish uchun asbob anjomlar va PSR apparati mavjud.

Laboratoriyada mikroskopik preparatlarni bo‘yash uchun alohida joy ajratilgan bo‘ladi. Bu yerda bo‘yoqlar eritmasi, spirt, kislotalar, reaktivlar filtr qog‘oz va boshqalar mavjud. Har bir ish joyida gaz yoki spirtli gorelkalar va dezinfeksiya eritmasi solingan shisha idishlar bilan ta’minlanadi. Kundalik ish uchun laboratoriyada yetarli miqdorda oziqli muhitlar, kimyoviy reaktivlar, diagnostik preparatlar va boshqa Kerakli narsalar bo‘lishi zarur.

MIKROSKOP VA MIKROSKOPIYa QILISh USULLARI

Mikrobiologik tekshiruvlar uchun mikroskoplarning bir necha turlari (biologik, lyuminessent, elektron) va mikroskopda ko‘rishning maxsus usullari va moslamalari (fazo-kontrast, qorong‘i ko‘ruv maydoni) dan foydalaniladi.

Biologik mikroskop. Mikrobiologiya amaliyotida hozirgi kunda ishlab chiqarilgan ko‘plab mikroskoplar qo‘llaniladi (MBR-1, MBI-1, MBI-2, MBI-3, MBI-6, Biolam P-l va boshqalar).Ular turli mikroorganizmlarning shakli, tuzilishi, o‘lchami, harakati va boshqa belgilarini aniqlash va kattaligi 0,2—0,3 mkm dan kichik bo‘lgan mikroorganizmlarni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Baktyeriologik amaliyoda ko‘proq Biolam monokulyar yoki binokulyar mikroskoplaridan foydalaniladi.

Mikroskop ikkita optik va mexanik qismlardan tashkil topgan. Optik qismiga mikroskop pastida joylashgan ob’ektivlar kiradi. Ular ob’ektni katta qilib ko‘rsatuvchi va optik kamchiliklarni to‘g‘rilovchi linzalardan iborat. Ob’ektivlar quruq va immyersion sistemaga (immersia — qamrab olish) bo‘linadi. Biolam mikroskoplarda uchta quruq va bitta immyersion ob’ektiv bor. Har bir ob’ektiv ustida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozilgan.1)x8,x 20,x40.x90 yoki x100: 2) sonli agyertura; 3) zavodda chiqarilgan nomyeri. Bular bilan bir qatorda immyersion ob’ektivlarda 90 va qo‘shimcha IO yoki MI (immyersion ob’ektiv yoki moyli immyersiya) harfli indeks yozilgan, hamda ob’ektivning pastki qismida qora chiziq o‘tkazilgan.

Immyersion ob’ektivning to‘g‘riga yo‘naltirilgan (frontal) linzasi kalta fokus oralig‘iga ega (f = l,5—3 mm). Mikroskop orqali ko‘rilayotganda linza oldindan tomizilgan moyga botiriladi. Immyersion moyning nurni sindirish ko‘rsatkichi (1,52), oynaning sindarish ko‘rsatkichiga yaqin. Bunda ob’ektivga tushayotgan nurlar to‘liq saqlanadi (rasm 5).

Immyersion mikroskop 0,2 mkm dan kichik bo‘lgan ob’ektlarni ko‘rsata olish qobiliyatiga ega. Mikroskopning umumiy kattalashtirish imkoniyatini aniqlash uchun ob’ektivning kattalashtirishini okulyarning kattalashtirishiga ko‘paytiriladi. Masalan, immyersion ob’ektivi 100 va okulyari 10 bo‘lgan mikroskopning kattalashtirish quyidagicha 100 x 10 =1000 marta. Immyersion sistemadagi nurlarning yo‘nalishi 5-rasmda ko‘rsatilgan.

Biologik mikroskopga qo‘shimcha moslamalar. Bu moslamalar mikroskopning butun imkoniyatidan to‘liq foydalanish imkonini byeradi, ishlash sharoitini engillashtiradi va ularni qo‘llash doirasini birmuncha kengaytiradi. Mikrobiologik laboratoriyalarda asosan quyidagi moslamalardan foydalaniladi:

1 Qorong‘ilashtiruvchi kardioid va paraboloid-kondensorlar.

2.Fazo-kontrast moslamalar KF-1, KF-4 va boshqa nusxalari.

3.Mikroskopik ob’ektlarni o‘lchash uchun mo‘ljallangan okulyar-mikrometr va ob’ekt-mikrometrlar.

4.Preparatlarning rasmini chizuvchi, rasm oladigan asbob. Bu asbob yordamida bir vaqtning o‘zida ob’ekt va stoldagi mikroskopga yaqin turgan qog‘oz tasvirini ko‘rish va qog‘ozga ob’ektning konturlarini chizish mumkin.

5.Yorug‘lik manbai bilan mikroskop oralig‘iga o‘rnatiluvchi va mikrofotografiyalarda, mikroskopiyaning maxsus usullarida qo‘llaniluvchi rangli, neytral va iliq optik, yorug‘lik filtrlari.

6. Mikroskopik ob’ektlarning rasmini olish uchun ishlatiluvchi MFN-1, MFN-3 va boshqa nusxadagi mikromoslamalar.




Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə