Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Tish karashi shakllanishining bir nechta asosiy mexanizmlari mavjud



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə81/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175
Tish karashi shakllanishining bir nechta asosiy mexanizmlari mavjud:

- tish emali epitelial hujayralariga baktyeriyalarning adgeziyasi va invaziyasi, keyin ularning mikrokoloniyalarini hosil bo‘lishi;

- Str. mutans va Str. sanguis ishlab chiqargan glikanlarning presipitasiyasi;

3-rasm. Tish sxemasi va unda mikroorganizmlarning joylashishi

- pellikulani hosil qiluvchi so‘lak glikoproteinlarining tish emaliga birikishi va ularga baktyeriyalarning adgeziyasi;

- baktyeriyalarni antitelolar bilan birikishi, so‘ngra ularni tish emali yuzasiga fiksasiyasi. Immunlyuminessent mikroskopiya yordamida tish karashidagi baktyeriyalarning ustki qismi A va G sinfiga mansub immunoglobulinlar bilan qoplanganligi aniqlangan.

Mikroblar ovqat hazm qilish va vitaminlar sintezida qatnashadi hamda organik kislotalar ishlab chiqaradi. Karies yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan holda ular organizm immun tizimini kuchaytiruvchi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va shu bilan bir vaqtda, tish karashida, milk to‘qimasi va pyeriodontga salbiy ta’sir etuvchi ad’yuvantlar va immunsupressiv omillarning to‘planishini ta’minlaydi. Va nihoyat, ular patogen mikrofloraning kuchli antagonisti hisoblanadi va shu bilan bir vaqtda, o‘zlari ham invaziya qilishga qodir bo‘lib, jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga sababchi bo‘lishlari mumkin.

Tish karashini hosil bo‘lishi, tish tozalanib bo‘linganidan keyingi ilk daqiqalaridanoq boshlanadi va uni vujudga kelish jarayonida mikrobiosenoz tavsifida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunda, mikroflora tarkibida aerob va fakultativ anaeroblar, asosan grammusbat kokklardan, qat’iy anaerob grammanfiy tayoqchalar va egilgan shakllilargacha ustunlik qiladi.

1- bosqich - tish karashining shakllanishi - tish yaxshilab tozalaganidan so‘ng (yoki ultratovush apparatida ishlov byerilganidan so‘ng) birinchi 1-4 soat davomida. U asosan kokklar (streptokoklar, neyssyeriyalar, veylonellalar) va kalta tayoqchalardan

(diftyeroidlar) iborat bo‘ladi. Uni “boshlang‘ich” tish karashi deb ataladi.

2- bosqich – dinamik karash – 4-5 kun ichida vujudga keladi. U grammusbat kokklar miqdorini kamayishi va gramo‘zgaruvchan ipsimon shakllilar – leptotrixiylar hamda grammanfiy veylonella va fuzobaktyeriyalar mikdorining oshib borishi bilan tavsiflanadi. “Yuqori tabiiy sanasiyali” deb nomlangan holat moslashish qobiliyati yaxshi rivojlangan odamlarda kuzatilib, ularning tish karashin mikrobiosenozi shunday tarkibda, hayotlarining uzoq vaqt davri davomida saqlanib qolishi mumkin. Bunday tish karashi “muvozanatli” deb ataladi, chunki bunda tishlar muntazam ravishda tozalanmasa ham mikroblarning o‘zaro nisbati saqlanib turadi.

3- bosqich – etilgan tish karashi – 6-7 kun va undan ko‘proq vaqt davomida vujudga keladi. Bunday tish karashida mikroblarning doimiy miqdoriy o‘zgarishlari kuzatilsa-da, tarkibi jihatidan deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Unda aerob mikrob turlari (neyssyeriyalar, rotiyalar) va fakultativ-anaerob streptokokklarning miqdori keskin kamayadi, ipsimon baktyeriyalar va zanjir hosil qiluvchi tayoqchalar soni esa ko‘payadi. Bunday tish karashi uzoq vaqtgacha muvozanatda bo‘ladi va uni etilgan barqaror tish karashi deb atash mumkin.

Biroq ayrim hollarda, ya’ni, tishlar noto‘g‘ri yoki nomuntazam ravishda tozalanganida, tish karash tarkibidagi mikroblarning og‘iz bo‘shlig‘ini gigienik holatiga ta’sir etuvchi salbiy holatlari ortadi. Masalan, grammanfiy qat’iy anaerob baktyeriyalardan baktyeroidlar, fuzobaktyeriyalar, grammusbatlardan esa aktinomisetlar, mikroaerofil streptokokklar, peptostreptokkoklar va entyerokkoklar miqdori keskin oshadi (4-rasm). Bu yerda yana klostridiylar, baktyeroidlarning virulent vakillari, prevotellalar, porfiromonadlar va aktinobasillalar ko‘p miqdorda paydo bo‘lishi

mumkin. Bunday tish karashi etilgan barqaror bo‘lmagan yoki rivojlanuvchi tish karashi deb nomlanadi. U og‘iz bo‘shlig‘ining salbiy gigienik holatini tavsiflaydi va bunday insonlarda gingivit va parodontit rivojlanishiga olib keladi.



4- rasm. Fuzobaktyeriyalar

Tishni tozalash va og‘iz bo‘shlig‘ini chayish, tish cho‘tkasi, tish tozalagich, tish iplari va boshqalardan foydalanishni o‘z ichiga olgan profilaktik chora-tadbirlar etilgan tish karashini ortiqchasini yo‘qotishga va 3-bosqichdagi tish karashini muvozanatda saqlashga qaratilgan. Birinchi daqiqa va soatlardan eng yuqori darajada kolonizasiya qila olish streptokokk, veylonella va neysyerriyalarga xos. Bunda streptokokklar miqdori yuqori darajada barqaror saqlanadi. Streptokokklar metabolizmi mahsulotlari hisoblangan kislotalarni iste’mol qiluvchi veylonellalar miqdori tezlikda ko‘payib boradi, diftyeroidlar soni sekinroq oshadi, so‘ngra baktyeroidlar, fuzobaktyeriyalar, shu jumladan, o‘sish omillarini sintez qiladigan anaerob mikroblar soni ortadi. Tish karashining etilishi va anaerob baktyeriyalarning oshib borishi bilan aeroblar (neyssyeriyalar) soni sekin-asta kamayadi.

Tish karashining shakllanish jarayonida baktyeriyalarning umumiy soni 1-bosqichda 100 dan 5000 gacha, 2-bosqichda 1-10 mln gacha ko‘payadi. 3- bosqichda, ko‘p omillarga bog‘liq holda 1 g karashda o‘nlab va yuzlab mlrd baktyeriyalar uchraydi.

Ma’lumki, suyak to‘qimasiga o‘xshab, tish asosini ham kalsiydan iborat bo‘lgan gidroksiapatit tashkil qiladi. Evolyusiya jarayonida umurtqali hayvonlar zardobidagi Sa² ning miqdorini bir me’yorda saqlovchi tizim vujudga kelgan. Zardobda Sa² miqdorini biroz pasayishi ham paratireoid gormonning (PTG) ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. PTG ta’sirida osteoklast hujayralar faollashadi va suyak to‘qimasining rezorbsiyasi kuchayadi. PTG buyrakning distal egilgan naychalarida Sa² ning reabsorbsiyani tezlashtiradi. Natijada, Sa² ning peshob bilan chiqib ketishi kamayadi. PTGning boshqa muhim ta’siri – buyrakning proksimal egilgan naychalarida D3 vitamin kompleksi sintezini foallashtirishidir, bu o‘z navbatida ichakda Sa² ning so‘rilishini kuchaytiradi va suyak to‘qimasi rezorbsiyasini oshirib, PTG ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Bu tizimning bir yoki bir necha bo‘g‘imlarini zararlanishi yoxud tashqi ta’sirlar (ovqatda kalsiy moddasini kamligi yoki ko‘pligi, D vitaminini etishmasligi) natijasida kalsiy moddasining almashinuvi buziladi – gipo- yoki gipyerkalsiemiya kelib chiqadi.

Asosan uglevodga boy ovqatlar iste’mol qilinganidan so‘ng, so‘lakda baktyeriyalarning fermentativ faolligini keskin kuchayishi, ya’ni “metabolik portlash“ yuz byerishi aniqlangan. “Metabolik portlash“ning asosida glikolizni faollashuvi yotadi, buning natijasida nordon katabolitlar – sirka, sut, chumoli va boshqa kislotalar ajraladi va pH muhit kislotali tarafga keskin siljiydi.

O‘z navbatida bu kalsiy ionlarini tishning qattiq to‘qimasidan chiqishiga (deminyeralizasiyasiga) hamda baktyeriyalarda

fosforillanish jarayonida fosfatlar miqdorini kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, tish karashi baktyeriyalari ortiqcha uglevodlarni polisaxaridlar zahirasi - dekstran va lyevanlar ko‘rinishida to‘playdi. Karies bilan kasallangan bemorlarda, Str. mutans, Str. sanguis, A. odontolyticus kabi kariesogen mikrob turlari va anaerob aktinomisetlarning ko‘pligi natijasida organik kislotalarni ishlab chiqarilish miqdori ishonchli yuqori bo‘lishi hisobiga metabolik faollashuvning me’yorlashishi sekinroq kechadi.

So‘nggi yillarda, tish karashi mikrobiosenozi tarkibidagi ayrim rezident-qatnashuvchi baktyeriyalarni kariesogen streptokokklarga antagonist sifatidagi ahamiyati aniqlandi. Birinchi navbatda bunday mikroblarga, kislotalarni faol ravishda parchalaydigan grammanfiy anaerob kokklar - veylonellalar kiradi. Bu ularga kariesrezistentlikning o‘ta muhim mikroekologik omili sifatida qarashga imkon byeradi.

Tish karashi plombalar yuzasida ham hosil bo‘ladi, lekin uning tarkibi plombaning turi va sifatiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Fosfat-sementli plombalar yuzasida mikroflora ko‘p bo‘ladi. Kolonizasiyaning o‘rtacha darajasi amalgamlar va makrofil kompozitli plombalash materiallari uchun xos. Va nihoyat, mikrofil kompozitli va ba’zi gibridli plombalarda baktyeriyalarning sust affiniteti tufayli tish karashi kam va yomon shakllanadi. Odatda, mikrofil kompozitli plombalardagi karash tarkibida faqatgina mikroaerofil streptokokklar va aktinomisetlar uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda aniqlanadi. Shu bilan birga, bir sinfga mansub plombalar orasida, barqarorlashtiruvchi, kariesogen, parodontopatogen baktyeriya va zamburug‘larning ularga adgeziyasi bo‘yicha sezilarli farqlar bo‘lishi mumkin. Plomba ashyolarining yuzasida baktyeriya va zamburug‘larni kolonizasiyasi, ularning yuzasiga qanday turdagi

ishlov byerilganiga ham (silliqlash, pardozlash) bevosita bog‘liqdir.

Bularning barchasini yangi plomba ashyolarini ishlab chiqarishda hamda ularni kariesni davolash uchun qo‘llanilayotganda yoki bemorda surunkali parodontit mavjud bo‘lganda (bu holda, agar tishning bo‘yinchasiga parodontopatogen baktyeriyalar yuqori adgeziyalanadigan plomba materiallari qo‘llanilsa, bu parodontitning zo‘rayishiga turtki bo‘lishi mumkin) hisobga olinishi lozim. Bunday baktyeriyalarga diftyeroid va baktyeroidlar kiradi. Azaldan ma’lumki, morfologik jihatdan bo‘g‘ma tayoqchalariga o‘xshash grammusbat tayoqchasimon baktyeriyalarni diftyeroidlar deb, ichak baktyeriyalariga o‘xshash grammanfiy tayoqchalarni esa baktyeroidlar (grekchadan oides - o‘xshash) deb atashgan. Diftyeroidlarga korinebaktyeriyalar, propionbaktyeriyalar, eubaktyeriyalar, aktinomisetlar mansub bo‘lsa, baktyeroidlarga esa prevotellalar, porfirmonadalar va asl baktyeroidlar kiradi.

Parodontit, stomatitlar, odontogen infeksiya qo‘zg‘atuvchilarining turli-tumanligini, ularning antibiotiklarga sezuvchanligini o‘zgarib turishini hisobga olgan holda, qo‘zg‘atuvchini o‘z vaqtida aniqlab, uning antibiotiklarga sezuvchanligini tekshirib davolash kasallikning zo‘rayishini oldini olishda katta ahamiyatga ega. Bu ayniqsa, kasallikning tajovuzkor tez rivojlanuvchi shakllarida o‘ta muhim hisoblanadi.

Shilliq qavat mikroflorasining miqdori 2 xil usul bilan aniqlanadi:

1. Mikroskopik – oynachada bosma-surtma tayyorlab;

2. Baktyeriologik – namuna agarli oziq muhitlarga ekiladi va inkubasiyadan so‘ng plastinaning 1 sm2 o‘sgan koloniyalar soni sanaladi (me’yorda bu ko‘rsatkich 200 dan 20 000 gacha bo‘ladi).

Umuman olganda, mikroskopik tekshiruv usuli kam ma’lumot byeradi, ammo, bu usul ikki narsani tasdiqlaydi:

birinchidan, tish karashi (bioqobig‘i) surtmasini mikroskopda (qorong‘ilatilgan maydonda) bo‘yalmagan holda ko‘rilganda baktyeriyalarning mayda kokksimonlariga nisbatan ipsimon va harakatchan spiralsimon shakllarini ko‘pligini;

ikkinchidan, fiksasiya qilib Gram usulida bo‘yalgan surtmada grammanfiy mikrofloraning, ayniqsa, ipsimon, miselliali va spiralsimon shakllarining grammusbat kokklarga nisbatan ko‘pligini aniqlash mumkin.

Har ikkala mikroskopik belgi pasient parodont to‘qimasi va tish qatori gigienik holatini sezilarli yomonlashishi mumkinligini bildiradi. Bu parodont yallig‘lanishining (parodontit) belgisidir.

Qo‘zg‘atuvchining identifikasiyasi va uni antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlashi mumkin bo‘lgan baktyeriologik tekshiruv usuli parodontit tashhisoti va uning etiologiyasini aniqlashda “oltin standart” hisoblanadi. Baktyeriologik tekshirish usuli baktyeriyalar sonini aniqlash (miqdoriy baktyeriologik usul) va anaerob tashish muhitlarini (tioglikol muhiti, Styuart va Amiesning tashish muhitlari) qo‘llash hamda anaerob sharoitlarda o‘stirish (menadionli va geminli 5 % li qonli agar) talablariga javob byerishi lozim. Anaerob baktyeriyalarni anaerob sharoitlarda antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini aniqlashni engillashtirish uchun 1991 yilda diffuz usulning modifikasiyasi (kassetali usul) taklif etildi.

1. Suyuq oziq muhitda miqdoriy suyultirish.

Tioglikol muhiti, glyukoza qo‘shilgan yurak-miyali bulon yoki AS muhiti qo‘llaniladi. Materialni 10, 100, 1000 (va h.k.) marta suyultirilmalarini tayyorlab, har bir suyultirmadan alohida

Petri kosachasidagi agar yuzasiga 0,1 ml tomiziladi va shishali shpatel yoki tampon yordamida oziq muhitning butun yuzasiga bir tekisda surtiladi (“gazon” usulida ekish).

2. Qattiq oziq muhitda miqdoriy taqsimlash.

Petri kosachasidagi qattiq oziq muhitda miqdoriy taqsimlashni J. Gold (1965) bo‘yicha, VT. Melnikov va V.N. Sarev (1992) modifikasiyasi usulida o‘tkaziladi. Ushbu maqsadga erishish uchun Petri kosachasidagi 5 % qonli-geminli agar shartli uchta sektorga bo‘linadi. 1-sektorga ekishda, tamponning bir yuzasi bilan materialni agarli muhit ustiga Petri kosachasining yuqori qismidan yarmigacha sinchikovlik bilan surtib chiqiladi va yana orqaga qaytiladi. So‘ngra styeril standart baktyeriologik qovuzloq bilan uchta shtrix qilinadi, uning asosida sektor shakllantiriladi. Keyin o‘sha qovuzloq bilan avvalgi ekishga pyerpendikulyar ravishda, Petri kosachasining chekkasiga qarab va orqaga qaytib material surtiladi, natijada 2-sektor shakllanadi. So‘ngra qovuzloq qizdiriladi va 2-sektordan yuqoridagiga o‘xshatib yana uchta shtrix qilinadi, natijada 3-sektor shakllanadi.

Miqdoriy tekshirish natijalarini baholashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

N = 2 x n x k,

bu yerda n — o‘sish aniqlangan oxirgi sektordagi mikrob koloniyalari soni;

k — 1, 2 va 3-sektorlarga mos keluvchi 102, 104, 106 KHQB ga teng ko‘paytiruvchi.

Og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining kariesogen faolligini baholash, streptokokklar va laktobaktyeriyalar sonini aniqlash va ularni tez ajratib olish uchun (3-5 kunda) oziq muhitli maxsus plastinalar ishlatiladi. Keyin mikroorganizmlarni anaerob sharoitlarda o‘stirish 37 0S da 7 kungacha davom etadi. Anaerobiozni

yaratish uchun mikroanaerostatlar yoki anaerob kamyeralardan foydalaniladi. Ulardagi atmosfyera havosi vakuum-nasos yordamida tortib olinib, tarkibida 80 % azot, 10 % karbonat angidrid va 10

% vodorod bo‘lgan gazli aralashmaga almashtiriladi. Kichik laboratoriyalar sharoitida bir tarkibli, masalan, karbonat angidridli yoki inyert gazlardan (argon, neon va h.k.) foydalanishga ruxsat etiladi.

Qo‘zg‘atuvchilarning identifikasiyasi quyidagi identifikasiyalash ko‘rsatkichlari asosida o‘tkaziladi:

• mikroblarning morfologik va tinktorial belgilari (5, 6, 7, 8- rasmlar);

• kultural xossalari (koloniyasining tavsifi, pigment hosil qilishi, o‘ziga xos hidi, selektiv oziq muhitlarda o‘sishi);

• biokimyoviy xususiyatlari;

• taksonomik muhim antibiotiklarga sezuvchanligi (amikasin, amosiklav, azitromisin, levofloksasin, oflodeks, seftriakson va b.)

• xemotaksonomik ko‘rsatkichlari (xromotografik tahlil usuli)

• antigenlari (IFA va Serologik usullar)

• genodiagnostikasi (PZR)




  1. Yüklə 23,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə