Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə78/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175
55-60%

Қониқарли “3”

Саволларниг ярмига хатоларга йўл қўйган холда асослаб бериши. Анаэроб бактерияларни соф культурасини ажратиш усулларини билмайди. Микроорганизмларни хаёт фаолияти махсулотларини (пигментлар, ферментлар, токсинлар) хусусиятларидан 1-2 тасини билиши. Уларни идентификацияда қўлланилиши хақида билимга эга эмас. Жуда кам саволларга ишонч билан жавоб бериши.

9. Машғулотнинг хронологик харитаси.



Машғулот этаплари

Машғулот шакли

Давомийлиги

(180 минут)

1

Ўқитувчининг кириш сўзи (мавзуни асослаш)




5

2

Талабаларнинг назарий билим даражаларини янги технология усуллари ёрдамида бахолаш

Тушунтириш, сўров

50

3

Ўқитувчини мавзу бўйича умумлаштириши




10

4

Мавзуни ўзлаштириши учун талабаларга кўрсатма материалларни таркатиш: микропрепаратлар, микроблар ўстирилган озик мухитлар




15

5

Машғулотни амалий кисмини ўзлаштириши бўйича талабаларнинг мустакил ишлари

Патоген микроорганизмларни аниқлаш учун бурун-халқум шиллиқ қаватидан материал олиш. Фенотипик ўзгарувчанликни аниқлаш.

50

6

Амалий иш натижаларини мухокама килиш ва талабаларни билим даражаларини бахолаш

Сўроқ, мухокама натижаларини текшириш

35

7

Хар бир талабани 100 балли система бўйича бахолаш ва эълон килиш

информация

10

8

Машгулот бўйича ўқитувчининг якуний сўзи ва келгуси машғулот мавзусини эълон қилиши

Информация, мустақил шуғулланиш учун саволлар

5

10. Nazorat uchun savollar

1.Infeksiya tushunchasiga ta’rif byering.

2.Makro va mikroorganizm orasida qaysi omillar ta’sir qiladi?

3.Patogenlik va virulentlik xususiyatlarini namoyon qiluvchi faktorlarni sanang?4.Ekzotoksin ximyaviy tabiati, endotoksindan qanday farq qiladi?5.Fagositozni susaytiruvchi faktorlarni sanang.6.Yuqumli kasallik formalarini ayting.7.Supyerinfeksiya tushunchasiga ta’rif byering?

Epidemik jarayon nima va uning qanday ko‘rinishlarini bilasiz?8.Infeksiyaning o‘tish yo‘llari qanday bo‘ladi?9.Yuqumli kasallik davrlarini sanang.10.Ekzogen infeksiya nima?11.Endogen infeksiya nima?12.Autoinfeksiya nima?13.Yuqumli kasalliklarga qanday tashxis qo‘yiladi?

11.Asosiy adabiyotlar:

1. Muxamedov I.M va boshkalar. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya darslik. Toshkent. 2002 y.

2. Muchamedov I.M va boshkalar Microbiologia, virusologia va immunologia. Darslik, Toshkent 2006 y.

3. Muxamedov I.M va boshkalar. Ma’ruza matnlari (o‘zbek va rus tilida) (56 ma’ruza) 2007 yil.

4. Muxamedov I.M va boshkalar. Darslikni elektron vyersiyasi

5. Xaitov R.N. Immunologiya. Darslik. Toshkent, 1996

8-mavzu. Og‘iz bo‘shlig‘ining asosiy biotoplari va ularni o‘rganish usullari. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati biopardasining ahamiyati. Yasama tishlarning og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasiga ta’siri. Tishlar bo‘lmaganda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining dinamik o‘zgarishi.

Og‘iz bo‘shlig‘ini ekologik biotop sifatida bir nechta kichik qismlarga bo‘lish mumkin, ular bir-biridan shart-sharoiti va ozuqa manbai bo‘yicha farq qiladi:

1 – og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati;

2 – so‘lak bezi yo‘llari va ulardagi so‘lak; 3 – milk suyuqligi va milk egati sohasi;

4 – og‘iz suyuqligi (so‘lak); 5 – tish karashi.

Har bir biotopning o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlari (rN muhiti, qovushqoqligi, harorati, organik moddalar va ovqat qoldiqlarining mavjudligi, gazlarning parsial bosimi) biotoplar mikrobiosenoz tarkibining xilma-xilligini ta’minlaydi. Odam organizmining mikroblar dunyosi bilan o‘zaro ta’sirlashuvida og‘iz bo‘shlig‘i, uning shilliq qavati va yuz-jag‘ sohasining limfoid apparati muhim ahamiyatga ega.

Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati – sathi bo‘yicha juda keng va yashash sharoiti turlicha bo‘lgan biotop. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining bioqobig‘i qat’iy tuzilishga ega bo‘lganligi sababli shilliq qavat mikroflorasi uning turli qismlarida sezilarli farqlanadi. Shilliq qavat yuzasida grammanfiy anaerob va fakultativ-anaerob mikroflora hamda mikroaerofil streptokokklar ko‘proq bo‘ladi.

Til osti, lunjlar ichki yuzasi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati burmalari va kriptalarida ko‘pincha qat’iy anaeroblar: veylonellalar, peptostreptokokklar, laktobaktyeriyalar hamda streptokokklardan Str. mitis uchraydi. Boshqa mikroaerofil streptokokklar (Str. salivarius) ko‘pincha til ortida joylashadi.

Qattiq va yumshoq tanglay, tanglay bandlari va murtaklarda ko‘p miqdorda turli xil streptokokklar, korinebaktyeriyalar, neyssyeriyalar, gemofillar va psevdomonadalar hamda achitqisimon zamburug‘lar va nokardiyalar uchraydi.

So‘lak bezi yo‘llari va so‘lak – og‘iz bo‘shlig‘ining eng kam o‘rganilgan biotoplaridan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, fyermentlar, lizosim, shilliq immunoglobulinlarining yuqori baktyerisid faolligi, nomaxsus va maxsus himoya omillarining ta’siri natijasida sog‘lom odam so‘lak bezi yo‘llaridagi so‘lak styeril bo‘lishi lozim. Boshqa tadqiqotchilar esa kam miqdorda bo‘lsa ham asosan qat’iy anaerob baktyeriyalar (veylonellalar, peptostreptokokklar) bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashadi.

Bu savolga aniq bir javobni olish qiyin, chunki styeril holatda material olish mushkul bo‘lib, namuna olinayotganda unga shilliq qavat yoki og‘iz suyuqligi mikroflorasi tushib qolishi mumkin. Hozirgi vaqtda so‘lakni styeril olish uchun so‘lak bezi chiqish yo‘liga maxsus kanyula biriktiriladi, lekin bu usulning ishonchliligi ham chegaralangan.

Milk suyuqligi milk egatchasida sekresiyalanadigan transsudat bo‘lib, u bir zumda milk shilliq qavati va so‘lak mikroflorasi bilan kontaminasiyalanadi. Bu biotopda ipsimon va spiralsimon qat’iy- anaerob baktyeriyalar (fuzobaktyeriyalar, leptotrixlar, aktinomisetlar, spirillalar, anaerob vibrionlar, kampilobaktyeriyalar i spiroxetalar) ko‘proq uchraydi. U asosan Bacteroides, Rorphyromonas va Prevotella avlodlari vakillari kolonizasiya qiladigan joy. Bu biotopda yana protozoalar, achitqisimon zamburug‘lar va mikoplazmalar ham uchrashi mumkin.

Milk suyuqligida, sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning miqdori parodontitda patologik milk cho‘ntaklari (parodontal cho‘ntak)

shakllanganida birdaniga ortadi. Milk cho‘ntaklarida detrit va ovqatlarning ushlanib qolinishi, suyuqlik aylanishini buzilishi natijasida redoks-potensial keskin pasayadi va turli xil qat’iy- anaerob floraning, jumladan, Rorphyromonas gingivalis, Prevotella melaninogenica, baktyeroid guruhining boshqa vakillarini ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu baktyeriyalarning zaharli omillari parodontdagi yallig‘lanish jarayonini zo‘rayishida asosiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Parodontal cho‘ntak va milk suyuqliklarini tekshirish uchun odatda mikropipetka, kanyula, kapillyarlar yordamida namuna olinadi va baktyeriologik usul bilan tekshiriladi. Sog‘lom odamning 1 ml milk suyuqligidagi baktyeriyalar soni 100 000 hujayradan ortmaydi, gingivit yoki parodontit rivojlanganida – 10 mln va 100 mln gacha oshadi.

Og‘iz bo‘shlig‘i mikroekologik tizimining ajralmas qismi bo‘lgan normal mikroflora rezistentlikni ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi (Buxarin O.V. hammual. b.b., 1996).

Shu tufayli, oxirgi yillarda stomatologlar sog‘lom odamlar va stomatologik bemorlar og‘iz bo‘shlig‘i turli qismlarining (milk, til, lunj va tanglay) kolonizasion rezistentligini o‘rganishga katta ahamiyat byerishmoqda (Muxamedov I.M. va b., 2005; Alimova R.G., 2007). Sog‘lom odamlarda olingan natijalar 3-jadvalda keltirilgan. Ushbu tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘idagi mikrob populyasiyasining zichligi ko‘p hollarda biotopning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Eng yuqori ko‘rsatkich milkda, eng past ko‘rsatkich tanglay shilliq qavatlarida aniqlandi. 100 % tekshirilgan insonlarda miqdor va tur tarkibi jihatidan grammusbat mikroflora

ustunlik qildi.

1- jadval

Sog‘lom odam og‘iz bo‘shlig‘ining turli qismlaridagi kolonizasion rezistentlikning o‘ziga xosligi (M±m) KHQB/sm²)





Микроблар гуруҳи

Оғиз бўшлиғи қисмлари

милк

тил

лунж

танглай

1

Лактобактериялар

1,90 ± 0,1

1,70 ± 0,1

1,15 ± 0,1

1,0 ± 0,1

2

Str. Salivarius

4,30 ± 0,2

2,90 ± 0,2

1,60 ± 0,2

1,30 ± 0,1

3

Str. Mutans

2,11 ± 0,1

2,30 ± 0,4

1,15 ± 0,1

1,0 ± 0,1

4

Str. Mitis

3,30 ± 0,2

2,15 ± 0,2

1,30 ± 0,1

1,47 ± 0,1

5

Стафилокклар

4,90 ± 0,3

3,60 ± 0,5

4,0 ± 0,2

1,30 ± 0,1

6

Эшерихийлар

0

1,30 ± 0,1

0

0

7

Клебсиеллалар

0

0

0

0

8

Candida уруғига

мансуб замбуруғлар



2,15 ± 0,2

3,15 ± 0,1

0

0

Shuni ta’kidlash joizki, sog‘lom odamlar og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining asosiy qismini Streptococcus avlodi vakillari, ayniqsa Str. salivarius tashkil qildi. Grammusbat kokklar ichida asosiy o‘rinni stafilokokklar egalladi, ularning miqdori til yuzasi va milkda ko‘proq bo‘lib, ularni ichida St. epidermidis ko‘pchilikni tashkil etdi.

Og‘iz bo‘shlig‘ida o‘rganilgan mikroorganizmlar ichida eng sust kolonizasion rezistentlikka grammanfiy tayoqchalar (eshyerixiylar, klebsiellalar) ega bo‘ldi, Candida urug‘iga mansub zamburug‘lar esa faqatgina til va milkning shilliq qavatlaridagina kolonizasiya qila olishi aniqlandi. Og‘iz suyuqligi og‘iz bo‘shlig‘ining eng muhim biotopidir, chunki uni yordamida og‘iz bo‘shlig‘ining har xil qismlari mikrobiosenoz a’zolari o‘zaro ta’sirlashadi va makroorganizm u orqali ularga turli xil ta’sirlarni amalga oshiradi. Og‘iz suyuqligining asosiy qismini, so‘lak bezlari ajratadigan so‘lak tashkil etadi va uning tarkibida turli xil baktyeriyalar bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati, milk egati, cho‘ntaklari, burmalari va tish karashida ko‘payadigan mikroblar doimiy ravishda og‘iz suyuqligiga tushib turadi. Ular og‘iz suyuqligida uzoq vaqt yashash qobiliyatlarini saqlab qoladi, ko‘p

turlari esa (xususan, shilliq qavat yoki tish emaliga adgeziya qila olish omillariga ega bo‘lmaganlari) faol ko‘payadi. Chamasi, bu harakatchan mikroorganizmlarga - vibrionlar, selenomonadalar, spiroxetalar va spirillalar ham taaluqli. Bundan tashqari, og‘iz suyuqligida ko‘p miqdorda veylonellalar, mikroaerofil streptokokklardan Str. salivarius, fakultativ anaerob streptokokklar, aerokokklar va mikoplazmalar uchraydi.

Ba’zi tadqiqotchilar, Str.mutans va Veilonella alcalescens kabi kariesogen baktyeriyalarning simbiozi kuzatilishini tajribada ko‘rsatdilar. Baktyeriyalarning Veilonella turlari Str. mutans ishlab chiqargan sut kislotasini parchalab, tish emalining deminyeralizasiyasiga qarshilik qiladi. Bu tish yuzasida yuzaga keladigan murakkab ekologik tizimdagi mikroorganizmlarning o‘zaro ta’sirlashuviga bittagina misoldir. 4-jadvalda, alohida yoki birgalikda tish kariesini yuzaga keltiradigan baktyeriyalar ko‘rsatilgan.

2- jadval

Tish kariesini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar



Streptococcus

Actinomyces

Lactobacillus

Str. mutans

A. naeslundii

L. acidophilus

Str. cricetus

A. vicosus

L. casei

Str. rattus

A. israelli

L. salivarius

Str. sobrinus




L. fermentum

Str. ferus







Str. faecalis







Str. milleri







Str. sanguis







Str. salivarius








Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə