Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Qadimgi Italiya san’ati. 
Eramizdan avvalgi VII asrning to yangi eraning 
V asriga qadar bo’lgan o’n ikki asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy 


madaniyati gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik 
davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me’morchilik 
ansambllari vujudga keldi, me’morchilikning yangi tiplari paydo bo’ldi. 
Italiyaliklar qadimdagi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan 
qaradilar. Uni ijodiy o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan 
boyitdilar. Realistik portret, tarixiy mavzudagi relef yaratish, mozaika, amaliy 
san’at borasidagi novatorlik namunalarini ko’rsatadilar. Qadimgi Italiya xalqlari 
ichida etrusklar bo’lgan. Ular eramizdan avvalgi VIII-VI asrlarda Italiyaning o’rta 
va g’arbiy janubiy qismini egallaganlar. Etrusklar qurish san’atida katta 
muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular toshlardan katta-katta imoratlar solganlar
birinchi bo’lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere, 
Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o’ralgan. Keng 
yo’llar, mustahkam ko’prik va kanallar qurilgan. Etrusk haykaltaroshlaridan biri 
Vulka hisoblanadi. U Rimga Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasini bezashga taklif 
etilgan. Vulka Veyidagi Apollon ibodatxonasining dekorativ haykallarini ham 
ishlagan. Apollon (Veym Apoloni deb yuritiladi) san’atkor ijodining o’ziga xos 
tomonini xarakterlaydi. Unda san’at va nur xudosi bo’lgan Apollonning shaxdam 
qadamlar bilan odimlab ketayotgan vaqti tasvirlangan. Shaffof, engil libos ostidan 
uning rivojlangan muskuli va kuchli qomati ko’rinib turibdi. Etruriya jamiyatining 
eng gullagan davri eramizdan avvalgi VII-VI asrlarga to’g’ri keladi. Eramizdan 
avvalgi VI asrdan boshlab, Etrusk san’atiga Italiyaning janubidagi grek 
koloniyalari san’atining tasviri sezila boshladi. Etrusklar grek alfavitini, teatr va 
mifologiyasini qabul qildilar. Greklar singari ular ham yuzasiga bareleflar 
tushurilgan oltin tangalar chiqara boshladilar. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə