Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

 
 


Tayanch tushunchalar.
Garmoniya - nafislik 
«David» - afsonaviy qahramon 
Gattamelatta - shu davrning jangchi qahramoni. 
«Madonna» - Bibi Maryam 
Grafika - sana’tning keng tarqalgan turlaridan biri. Bu san’atga oddiy qora 
qalamda chizilgan surat, mavzuli kompozitsiya, kitobga ishlangan turli suratlar, 
bezak rasmlardir.
Gravyura - grafikaning bir turiga kiradi. 
Savollar:
1. Uyg’onish davri san’ati deyilganda qaysi davr san’ati tushuniladi? 
2. Protorenessans nima va bu davrda qanday rassomlar yashab ijod qilgan? 
3. Renessans davrining qanday yirik san’atkorlarini bilasiz? 
4. Ularning san’at taraqqiyotiga qo’shgan hissalari nimada? 
8-mavzu. Niderlandiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa Garbiy 
Evropa mamlakatlarida Uygonish davri san’ati. 
Italiyada boshlangan uyg’onish harakati 15 asrdan boshlab, Evropaning bir 
qancha erlarida ham tarqaldi. Bu harakat shu erdagi mamlakatlarning iqtisodiy 
jihatdan mustaxkamlanishi, dastlabki kapitalning to’planishi bilan bog’liq xolda 
amalga oshdi. Evropa mamlakatlarida gumanistik g’oyalarning tarqalishi, milliy 
birlik mustaqillik uchun kurash, din qurshovidan chiqish va dunyoviy madaniyatga 
qiziqish bilan birga namoyon bo’la bordi. Bu qiziqishning amalga oshishiga Italiya 
gumanistik san’ati va uning san’atkorlari katta ta’sir ko’rsatdilar. San’atkorlar 
italyan gumanistlarini o’z ustozlari deb biladilar. Antik madaniyatni qiziqib 
o’rgandilar, uning asl namunalarini ko’rish ishtiyoqida Italiyaga sayoxat qildilar.
Evropa mamlakatlaridagi uyg’onish davri madaniyati va san’atini 
boshlanishi hamma erda bir hil va bir vaqtda rivojlandi deb bo’lmaydi. Bu vaqt 
ba’zi mamlakatlar san’ati va adabiyotida yutuqlar sezilarli bo’lsa, boshqa 
mamlakatlarda esa tasviriy san’at va me’morlikning gumanistik harakat printsiplari 
o’zini to’liq ifoda etdi. Ayrim mamlakatlarda Italiya gumanizmining inqiroz davri 
san’ati an’analari ta’sirida rivojlanishi ham shu mamlakat san’ati taraqqiyotining 
gumanistik harakatlariga ta’siri sezilarli bo’ldi. Shuningdek ayrim mamlakatlarda 
feodal munosabatlarining sekinlik bilan chekinishi bu erlarda uyg’onish 
san’atining gurkirab o’sishiga to’sqinlik qildi. Jumladan, Frantsiyada uyg’onish 
harakati 15-asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji bevosita gotika me’rosining 
realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga asta-sekin Italiya renesansini 
o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ladi.
Frantsiyada Uyg’onish harakati 15 asr o’rtalaridan boshlanib, uning rivoji 
bevosita, gotika me’rosining realistik tomonlarini rivojlantirish bilan birga, asta-
sekin Italiya renesansini o’zlashtirish va tadbiq etish bilan birga namoyon bo’ldi. 
Frantsiyada Uyg’onish harakatining kuchayishi bu erda ko’plab italyan 
san’atkorlarining kirib kelishi bilan bog’liqdir.


15 asrda Frantsiyada millat shakllandi. Shu yillarda Renesans san’atining 
asoslari paydo bo’ldi, ya’ni ilk Renesans davri boshlandi. 15 asr o’rtalarida 
Frantsiya erlari yagona davlat bo’lib birlashdi. Bu yagona davlat milliy san’at va 
madaniyatning shakllanishida muhim o’rinni egalladi. Fan va madaniyat gurkirab 
rivojlandi. Fransiyaning italiya bilan yaqin aloqada bolishi bu yerda 
Renessansning kirib kelishini tezlashtirdi. Bu xol me’morchilikda Renesans 
me’morlik uslubining kirib kelishida, arkalar, yuzaning yaxlit bo’lishiga e’tibor 
berishda ko’rindi. Lekin gotika san’atining ta’siri hamon sezilarli edi.
15 asrda o’zining eng gullagan davrini boshidan kechirgan miniatyura 
san’atida davr kishilarining muhitga bo’lgan munosabatlari, bilimga bo’lgan 
intilishlario’z ifodasini topdi.
Aka-uka Limburglar miniatyuralarida realizmga intilish, hayotiy lavxa va 
detallar, real hayotning tasvirini ishlashga harakat qilish yaqqol seziladi. Bu 
miniatyuralarda 
fazoviylik 
etishmaydi, 
kompozitsiya 
yarusli 
(ustma-ust 
joylashtirish) echimga ega, rassomning kompozitsiyada hamma komponentlarga 
deyarli bir xilda qarashi esa fikrni yaqqol ifodalashga halaqit bergan. Lekin shunga 
qaramay, realistik tendentsiyaning kuchayib borayotganligini ko’rish mumkin.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə