Ma’ruzalar matni


 – Mavzu. Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati. Italiyada



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

 
7 – Mavzu. Garbiy Yevropada Uygonish davri san’ati. Italiyada 
Uygonish davri san’ati. Florensiya san`ati. 
REJA: 
Talabalarni uyg’onish davri san’ati bilan va shu davrda yashagan yirik 
san’atkorlar ijodi va hayoti bilan tanishtirish. 
Adabiyotlar: 
1. Alpatov M.V. Xudojestvenno’e problemo’ italyanskogo Vozrojdeniya. M.1975g
2. Rotenberg E.I. Isskustvo Italii epoxi Vozrojdeniya. M.1974 g. 
3. Libman M.Ya. Iskusstvo Germanii XV i XVI vv. M.1964. 
4. Alpatov M.V. Piter Breygel Vozrajdenie Niderlandskogo isskustva M., 1933. 
5. Nessilshtraus Ts.G. Istoriya zarubejnogo isskustva M., 1982 g. (161-310) 
MAVZUNING MATNI: 
Uyg’onish davrida g’arbiy Evropa san’ati. 
Feodalizm jamiyati qo’ynida ilk kapitalistik munosabatlarning tarkib 
topishi va rivojlanishi Evropa hayotida yangi va muhim o’zgarishlarga olib keldi. 


Din asta-sekin o’z mavqeini yo’qota bordi. Omma dindan uzoqlasha bordi, 
shaharlar kengaya bordi. Ularning shiddat bilan o’sib, rivojlanishi mayda 
hunarmandchilikdan manufakturaga o’tishga sabab bo’ldi. Bu shaharlarda savdo-
sotiq shu darajada rivojlandiki, dengiz orqali dunyoning boshqa burchaklari bilan 
savdo qilishga talab kuchaydi. Yangi qit’alar kashf qilindi, bu voqealar insonlar 
tafakkuri va hayotga bo’lgan munosabatlarida tub o’zgarishlar yasadi. Bu davrdagi 
taraqqiyot jarayoni shiddat bilan o’sdi, uning natijasida yangi san’at va yangi 
madaniyat dunyoga keldi. Mamlakatlar orasida madaniy hayotdagi yangiliklar tez 
tug’ildi.
Bu taraqqiyot davri Evropa madaniyati tarixida “Uyg’onish davri” deb nom 
oldi. Bu iborani ilk bor italyan rassomi va san’atshunosi Jorjo Vazare tomonidan, 
Jotto ijodiga nisbat berib aytilgan eti. O’rta asrlar davridan so’ng san’at va 
adabiyotdagi markaziy e’tibor insonga uning ijtimoiy hayotida tutgan o’rniga 
qaratilganligi, uning “uyg’onishligini” belgisi edi.
Keyinchalik keng mazmun kasb etgan bu ibora Italiyadan tashqari 
Evropaning boshqa mamlakatlariga ularning feodalizm davridagi keyingi san’at va 
madaniyatlarini ta’riflashda boshlandi. 
Uyg’onish davrida italiya san’ati va madaniyati uzoq davom etgan, o’z 
harakatlarini to’liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. 
Bu quyidagi bosqichlardan iborat: 
1. Uyg’onish davri arafasi - protorensans (XIII-XIV asrlar) 
2. Ilk uyg’onish davri - (XV) 
3. Yuqori uyg’onish davri - (XV asrning 90 yillari - XVI asrning 20-30 
yillari) 
4. So’nggi uyg’onish davri - (XVI asrning II yarmi) 
Albatta bu davr barcha Evropa malakatlarida turlicha kechdi. Masalan, 
Germaniya so’nggi uyg’onish, Niderlandiya esa yuqori uyg’onish davrini 
boshlaridan kechirdilar. Uyg’onish davri insoniyat taraqqiyotidagi muhim davr, 
muhim bosqich, ya’ni insoniyat o’z boshidan kechirgan o’zgarishlar ichida eng 
buyuk progressiv o’zgarish edi. Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar 
yaratdilar, xalq ommasining orzu-istaklarini, his-tuyg’ularini ifodalab chiqdilar, 
ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr 
gumanizm asri, deb nom oldi. Bu lotinchada insoniylik, insonparvarlik, degan 
ma’noni bildiradi. Uyg’onish davri madaniyati antik dunyo madaniyatidan 
ilhomlandi, Antik dunyo yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi, ulardan ta’sirlandi. 
Antik dunyo yodgorliklarining Italiyada ko’plab saqlanib qolganligi bunga juda 
yaxshi imkon yaratdi. Lekin antik san’atdan farqli ravishda ular qullar sajda qilgan 
xudolar deb ulardan shu yo’sinda emas, balki o’z fikrlarini, his-tuyg’ularini, 
tushunchalarini ifodalashda foydalandilar. Go’zallik va garmoniyani real 
voqelikdan qidirish, real voqelikdan keng foydalanish shu davr taraqqiyotining 
mezonini belgiladi. O’ayot real hodisa deb tan olindi. San’atkorlar real voqelikni 
tasvirlashda yangi qonun va qoidalar izladilar. Asarlar ta’sirchanligini oshirish 
maqsadi ko’p sohalar bilan hamkorlikda ishlashni taqozo etdi. Perspektiva, 
rangshunoslik, soya va yorug’, odam anatomiyasi va shunga o’xshash sohalarda 
katta yutuqlar qo’lga kiritildi. 


Me’morchilik va amaliy san’atda yangi tendentsiyalar rivojlandi. Shu bilan 
birga qadimgi an’analar o’zlashtirilib, ular yangi mazmun bilan boyitildi. Unda 
yangi konstruktsiyalar vujudga keldi. Ibodatxonalar bilan bir qatorda ko’p qavatli 
va shinam binolar qad ko’tara boshladi. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlarini 
bezash, ular ichidagi fazoni tashkil qilish masalasida ancha yutuqlarga erishildi. Bu 
qilingan ishlar keyingi Evropa san’atida ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Uyg’onish 
davrining o’ziga xos tomonlari protorenesans davrida dastlab italiya rangtasvirida 
o’zini namoyon qildi. Ijodkorlar diniy mavzuda ishlangan devoriy suratlarda 
realistik mazmunni ilgari sura boshladilar. Insonlar orasidagi munosabatlar, 
muhabbat, olijanoblikni, razillik, xudbinlikka qarshi qo’ya boshladilar, voqelikning 
real tasvirini yaratishga harakat qildilar. Ularning asarlarida uyg’onish davri 
realizmining o’ziga xos tomoni hayotiy muammolarni ko’pincha diniy niqob 
ostida, diniy mifologik obrazlar orqali berish hollarini uchratamiz. Uyg’onish davri 
san’atkorlari ijodida insonlar hayoti, inson baxt-saodat yaratuvchisi va ozodlik 
uchun kurashchi ekanligi asosiy mavzu bo’lib qoldi. Insonni o’z asarlarida shunday 
kuylagan san’atkorlardan biri, ilk uyg’onish davrining yirik vakili Donatello bo’ldi. 
Uning “David” deb nomlangan haykali uyg’onish davrida birinchi marta libossiz 
holda tasvirlangan haykal bo’ldi. “Otdagi Gattamellatti” haykali esa jamoatchilikka 
manzur bo’lgan insonni ulug’lash yo’lidagi birinchi otliq haykal edi. Insonni 
kuylash, uning qahramonligi, aql-zakovatini ulug’lash uyg’onish davrida portret 
san’atining qaytadan tug’ilishiga olib keldi. Portret san’atida ifodalanadigan 
insondagi nozik his-tuyg’ular o’zining butun borlig’i bilan uyg’onish davrining 
buyuk san’atkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Titsian, 
Djordjone ijodida o’z ifodasini topdi. Ona, onalik mehri ulug’landi. Bu o’rinda 
Leonardo da Vinchining “Madonna»si va mashhur “Mono Liza” portretini, Rafael 
Santining “Sikstin Madonnasi”, Mikelanjeloning haykallari va devoriy suratlarini, 
Titsiannnig inson jismoniy go’zalligini tarannum etuvchi polotnolarini eslatmay 
o’tish mumkin emas. Bu asarlar renessans davri kishilarining ideali o’zining to’liq 
obrazli talqinini topdi. Uyg’onish davrida me’morlik va dekorativ amaliy san’at 
borasida ham katta yutuqlarga erishildi. Shu davrning yirik me’morlari F. 
Brunelleski, Leon Alberti ijodida o’z ifodasini topdi. Ular yaratgan asarlar Evropa 
me’morligi san’atining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Ular me’morlik 
san’atiga albatta katta hissa qo’shdilar.
Shu bilan birga Germaniyada ham bu davrlarda renessans davri san’atining 
yirik vakillari yashab ijod qilishgan. Bular ichida Albrext Dyurer ijodi alohida 
o’rin tutadi. U o’z ijodida nemis san’atida erishilgan yutuqlarga tayanib, unig yangi 
realistik yo’lini boshlab berdi. U ajoyib grafik, gravyura ustasi, manzara, portret va 
boshqa janrlarda ajoyib asarlar yaratdi. Germaniya san’atida Dyurer bilan bir 
qatorda Lukas Kranax, Mattis Gryudvand, Gans Golbeyn kabi yirik rassomlar ijod 
qildi. Gollandiya (Niderland) esa tasviriy san’atning yirik vakillari Rogir van der 
Veyzen, Guyu van der Gus, Piter Breygel, Isronim Bosx Gollandiya san’atini 
yanada yuqori pog’onaga ko’tardilar. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə