Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Savollar: 
1. XVII-XVIII asr Evropa san’ati taraqqiyotining sabablari nimada va bu 
davr san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 
2. Barokko, klassitsizm va boshqa uslublar, ularning bir-biridan farqi 
nimada? 
3. XVII-XVIII asrda yashab ijod etgan rassomlardan kimlarni bilasiz va 
ularning asarlarini aytib bering. 
 
10 – Mavzu. XVII - XVIII asrlar Gollandiya, Germaniya, Avstriya va 
Angliya san’ati. 
 
Gollandiya, Germaniya, Avstriya va Angliya rassomlarining hayoti va 
ijodi. Shu davrlarda yangi kirib kelgan oqimlar klassitsizm, barokko, rokoko. 
REJA: 
1. Talabalarni XVII-XVIII asr Evropa san’ati bilan va uning yirik vakillari bilan 
tanishtirish. 
2. Shu davrda kirib kelgan oqimlar va ularning farqini tushuntirish. 
Adabiyotlar: 
1. Pruch I.E. Zapad. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M. 1974 g. (Maldaya istoriya 
isskustv) 
2. Rotenberg E.I. Zap. Evropeyskoe isskustvo 17 v. M 1871.
MAVZUNING MATNI: 
XVII-XVIII asr Evropada kapitalistik munosabatlarning avj olishi va 
feodalizmdan kapitalizmga o’tish jarayonining tugashida so’nggi bosqich bo’ldi. 
Ijtimoiy hayotdagi bu o’zgarishlar bevosita san’at taraqqiyotiga o’z ta’sirini 
o’tkazdi. Fan, san’at va madaniyat gurkirab o’sa boshladi. San’atda real hayotni 
tasvirlash 
rivojlandi. 
Ozodlik 
g’oyalari, 
shakllanib 
kelayotgan 
burjua 
parokandaligini, feodalizm kirdikorlarini ochib tashlash bu davrda ko’pgina 
san’atkorlar asarlarining g’oyaviy mazmunini belgiladi. San’at majmuasining 
kengayishi uning yangi tur va janrlarini maydonga keltirdi. Portret, natyurmort, 
manzara, 
maishiy 
janr 
ko’p 
san’atkorlarni 
o’ziga 
torta 
boshladi. 
Haykaltaroshlikning yangi ifoda vositalarini izlab topdilar, gravyura san’ati 
shakllandi. Sotsial kuchlarning o’zaro kurashining rivojlanishi esa san’atda turli 
g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga keltirdi. Shunday uslublardan biri barokko 
oqimidir. Barokko uslubida yaratilgan san’at asarlarida hayot mohiyati kurash 
harakati orqali aks ettiriladi. Unda ekspressiv chiziqlar va yorug’ soyalar o’ta 
keskin formada olingan bo’lib, ular asar kompozitsiyasining ta’sir kuchini yanada 
oshiradi. Italiyalik rassom L.Bernini haykallarida, me’mor Borromining binolarida, 


flandriyalik rassom P.Rubens kartinalarida barokko uslubining o’ziga xos tomoni 
namoyon bo’lgan. Klassitsizm oqimida esa hamma narsa xotirjam va ulug’vor. 
Uning namoyandalari uyg’onish davri ijodkorlari singari antik va yuqori uyg’onish 
davri an’analarini qabul etib, uni rivojlantirishga harakat qiladilar. Lekin shu bilan 
birga klassitsizm vakillari o’tmish san’ati badiiy shakl va obrazlarini o’zlari yashab 
turgan davr mazmuni bilan to’ldirishga, boyitishga harakat qildilar. Bu o’rinda 
Nikola Pussen asarlari, Klod Lorren manzaralari, Jak Sufflo binolari diqqatga 
sazovordir. Klassitsizm oqimi XVIII asr oxiri XIX asrning birinchi yarmigacha 
davom etdi va o’zida davr ruhini ifodaladi. XVII-XVIII asr realistik san’atning 
etakchi o’ringa chiqishi bilan izohlandi. Bu davrda yaratilgan asarlarda inson 
o’zining butun borlig’i bilan namoyon bo’la boshlaydi. Uning hayoti, his-
tuyg’ulari, hayotga bo’lgan estetik munosabati san’atkorlar ijodida o’zining badiiy 
ifodasini topa boshlaydi. Ispaniyalik rassom Diego Velaskes, Gollandiya 
rassomlari - Rembrant va Frants Xals, italiyalik rassom Karavadjo, frantsuz 
rassomi Sharden va boshqalar ijodida bu o’zgarishlar yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Inson go’zalligi, uning olijanobligi va yuksak ma’naviyligi Rembrant asarlarining 
mohiyatini tashkil etadi. Uning asarlaridagi chuqur falsafiy mazmun kishi qalbiga 
quvonch baxsh etadi. Rembrant rangtasvir va ofort sohasida, qanday mavzuda 
(diniy, hayotiy) ishlashdan qat’iy nazar insonni kuylashga, uning ma’naviy 
pokizaligini va jismoniy go’zalligini ochishga intiladi. Insonlar orasidagi nozik 
munosabatlarni tasviriy san’at vositasi orqali keng tomoshabinga etkazishga 
harakat qiladi. Rembrant umrining so’nggi yillarida yaratgan “Oqpadarning 
qaytishi” asarida hayot va inson to’g’risidagi tushunchalar o’z hayotiy tajribalariga 
tayanib, ota oyoqlariga yiqilgan o’g’il obrazi orqali hayotning murakkabligi, uni 
bilish va unga to’g’ri yo’l topa olish nechog’lik og’ir ekanligini ochib beradi. 
Boshiga og’ir kun va tashvishlarni solishiga qaramay o’z o’g’lini bag’riga 
bosayotgan ota obrazi orqali mehribon, insonlarga faqat yaxshilik istagan 
mo’’tabar inson qiyofasi gavdalanadi. Bu asrlardan boshlab inson mehnati 
go’zalligi san’atkorning diqqatini torta boshladi. San’atkorlar mehnat mavzusida 
yirik asarlar yarata boshladilar. Evropa san’atida Diego Velaskes birinchi bo’lib, 
mehnat go’zalligini shoirona, ko’tarinki ruhda talqin etdi. Uning “Gilam 
to’quvchilar” deb nomlangan asari ana shunday asarlaridan dastlabkisidir. Rassom 
oddiy kundalik hayotda insonlarning xotirjam mehnati orqali ularning baxt 
haqidagi orzularini ko’ra oldi. Kompozitsiyada kishilarning tabiiy holdagi xotirjam 
mehnati, ularning jismoniy baquvvat gavdalari ishonarli talqin etgan. Xonani 
to’ldirib turgan nur esa bu tinch osoyishta hayot go’zalligini yanada bo’rttiradi. 
XVII-XVIII asrda ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar me’morchilik 
oldiga ham qator muammolarni qo’ydi. Bu davrdan boshlab cherkov qurilishi 
hajmi kamaydi, uning o’rnini fuqaro me’morchiligi egallay boshladi. Shahar 
loyihalashtirilishiga alohida e’tibor berila boshlandi, shaharda me’morchilik 
ansambllari paydo bo’ldi. Turmushda go’zal buyumlarga intilish kuchaydi. 
Tevarak-atrof go’zalligiga e’tibor berish, bog’-park san’atini maydonga keltirdi. U 
bilan birga dekorativ haykaltaroshligi ham rivoj topdi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə