Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Savollar: 
1. Pyotr I reformalarining rus san’atining rivojlanishiga ko’rsatgan ta’siri nimada? 
2. Bu davrlarda rus me’morchiligi san’atining rivojlanishi. 
3. Rus tasviriy san’at janr va turlari qanday rivojlangan? 
4. XIX asr tarixida rus san’atining tutgan o’rni? 
5. Qanday rassomlar yashab, ijod qilishgan? 
6. A.G.Venetsianov rus san’atida qanday o’rin egallaydi? 
7. “Pompeyning so’nggi kuni” asarining muallifi kim, asar qanday g’oyalarni ilgari 
suradi? 
8. X1X-asr oxiri rus san’atining xarakterli tomoni nimada? 
9. “Ko’chma ko’rgazmalar birodarligi”ning mohiyati, uning rus demokratik 
san’atining rivojlanishiga o’tkazgan ta’siri nimadan iborat? 
10. I.Repin, V.I.Surikov, V.M.Vasnetsov ijodi to’g’risida nimalarni bilasiz? 
11. Bu davrda yashagan rassomlar ijodida qanday mavzular etakchi o’rinni 
egallaydi? 
12. Rus manzara janri va uning vakillari to’g’risida nimalar bilasiz? 
13. XX asr. Sobiq sovet san’atining xarakterli tomoni nimada? 
14. Bu davrda qanday janrlar vujudga keldi? 
15. Qanday rassom va haykaltaroshlar yashab ijod qildilar? 
16. Bu davrda maishiy janr qanday mazmun kasb etdi, uning avvalgi davr 
san’atidan farqi nimada? 
17. Portret va manzara janrlarida sodir bo’lgan o’zgarishlarni aytib bering. 
18. XIX asrda Xiva, Buxoro, Samarqand, Qo’qonda rivojlangan me’morchilik 
uslublarining o’ziga xosigi haqida gapiring. 
19. 20-30- yillardagi qurilishlarda qo’llanilgan 3 xil me’morchilik uslublarini 
sharxlab bering. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


14 - Mavzu: XX asrning birinchi vа ikkinchi yarmida O’zbekiston san’ati 
 
REJA: 
Talabalarga ushbu mavzuni tushuntirish va tanishtirish. Etakchi rassomlar 
ijodi bilan tanishtirish. 
Adabiyotlar: 
1. Oydinov N. Tasviriy san’at tarixidan lavhalar. Toshkent, O’qituvchi 1997 y. 
(53-60) 
MAVZUNING MATNI: 
XX asr boshlarida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishi, 
san’atda ham o’z ifodasini topdi. Buni dekorativ amaliy san’at asarlaridagi 
kompozitsiyalarda, ularning syujet va motivlarida, real hayotning tasvirlanishida
voqe’likni ustalar tomonidan real tasvirlashga intilishlarida ko’rish mumkin. 
Bunday o’zgarishlar rus va o’zbek me’morchilik san’ati an’analarining bir-biriga 
yaqinlashishi va qo’shilishi natijasida paydo bo’lgan yangi uslublarda ham 
namoyon bo’la boshladi. Realistik dastgoh san’ati maydonga keldi. Buni birinchi 
bo’lib, XIX asrning 40-yillaridan boshlab O’rta Osiyoga kela boshlagan rus badiiy 
maktabining talabalari boshlab berdilar. Bu borada rus rassomlari A.Karazin, 
I.Kazakov, S.P.Yudin, R.Zommer, 1886 yilgi ko’rgazmada toshkentlik To’xta-
Sodiq Xo’jaevning alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchalarining qo’yilishi, 
1915 yil bosmadan chiqqan S.Siddiqiyning “Ko’ro’g’li” epik poemasiga ishlangan 
grafik illyustratsiyalarining yuzaga kelishi davr taqozosi edi. O’zbekistonda 
san’atni targ’ib etish, ko’rgazmalar uyushtirish, muzeylarni milliylashtirish kabi 
ishlar amalga oshirildi. 1918-20 yillarda Toshkent, Samarqand shaharlarida badiiy 
maktablar ochildi. Ularga ko’plab mahalliy yoshlar jalb etildi. Bunda rus va boshqa 
milliy rassomlar faol ishtirok etdi. Shu bilan birga o’zbek xalq san’atini o’rganish 
orqali rassomlar haqiqiy milliy san’at namunasini yaratishga, o’z asarlarida 
davrning muhim voqealarini aks ettirishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan 
biri O.K.Tatevosyan bo’ldi. Korovinning shogirdi bilan bu rassom 1915 yil 
birinchi bor O’zbekistonga keldi. Uning serjilo tabiati, boy me’morchilik 
yodgorliklari yosh rassomni o’ziga mahliyo etdi. O’zbekistonda o’z ijodiy 
izlanishlari uchun katta imkoniyatlar borligini his qilgan rassom o’qishni bitirgach, 
butunlay O’zbekistonga ko’chib keldi va o’zining sermahsul ijodini boshladi, yosh 
rassomlarga murabbiylik qildi. Uning ilk ijodidagi asarlar asosan Samarqandga 
bag’ishlangan. Gavjum ko’chalar, noz-ne’matga boy bozorlar, choyxonalar 
rassomning ko’pgina asarlarining mazmunini tashkil etdi. Xalq milliy san’at 
namunalarini o’rgandi. Asarlarida O’zbekistonda bo’layotgan o’zgarishlarni, 
odamlarning mehnatga bo’lgan munosabati badiiy ifodasini topa boshladi. O’sha 
yillari O’zbekistonda bir qator iste’dodli rassomlar yashab ijod qilganlar. Bular 
ichida Farg’onada tug’ilib o’sgan Aleksandr Volkovning asarlari juda rang-barang 
va falsafiy mazmunga boy. Voronejdan kelgan va butun umr Toshkentda yashab 
ijod qilgan Usto Mo’min (Nikolaev) bir qator ajoyib nafis, lirik, shoirona asarlar 
yaratdi. Davr kayfiyati, kishilarning hayotga bo’lgan yuksak munosabati uning 
asarlarida o’zining haqiqiy poetik ifodasini topdi. Uning shunday asarlari ichida 


“Bahor”, “Bedanaboz”, “Do’stlik», «Muhabbat”, “Kuyov”, “Choyxonachi” 
kabilardir.
O’zbekistonda samarali mehnat qilgan rus rassomlaridan biri Pavel 
Petrovich Benkov edi. U o’zbek san’atining rivojlanishiga, milliy kadrlar etishib 
chiqishiga katta hissa qo’shdi. U Buxoro, Xiva, Samarqand haqida juda ko’p 
polotnolar ishlagan. Bular asosan yarim manzara va yarim maishiy janrda bo’lib, 
ularda rassom kundalik xalq turmushini qadimgi nodir me’morchilik fonida ustalik 
bilan tasvirlaydi. Ajoyib ayollar obrazini ham yaratadi. “Dugonalar”, “Dutorchi 
qiz” deb nomlangan asarlar do’stlik mavzusida yaratgan yirik asarlaridir. 20-30-
yillardan boshlab milliy rassomlar ko’rina boshlandi. Ular o’zlarining dastlabki 
asarlari bilan respublika badiiy ko’rgazmalarida ishtirok etib, badiiy hayotni 
yanada jonlantirdilar. Bu yillarga kelib san’at mavzusi kengaydi. Do’stlik, tinchlik, 
mehnat go’zalligini kuylovchi asarlar yaratildi. Iste’dodli yosh rassom Bahrom 
O’amdamiyning “Ish tugadi” deb nomlangan kartinasi shu davrda kishilar ongida 
sodir bo’lgan o’zgarishlar o’z ifodasini topdi. Shu bilan birga Lutfulla 
Abdullaevning “Yosh shoir uyidagi uchrashuv” deb nomlangan asar yoshlar 
orasida san’at va ma’rifatga intiluvchi yoshlarning fazilatlarini ochib berishga 
bag’ishlangan. Bu yosh rassomlar O’zbekiston san’atining taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo’shdilar.
Ikkinchi jahon urushi yillari o’zbek rassomlari uchun katta sinov bo’ldi. 
Ular g’oyaviy jihatdan chiniqdilar. Ular front g’alabasi uchun rag’batlantira 
oladigan asarlar yaratishga harakat qildilar. Urush yillarida O’zbekistonga 
evakuatsiya qilingan Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov badiiy institutlari, ular 
bilan birga kelgan etuk san’atkorlar - D.Moor, V.Favorskiy va boshqalar 
respublika badiiy hayotini jonlantirishga ko’maklashdilar. Urush tugagach, tinchlik 
yillari o’zbek san’ati ham o’z rivojlanishida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Inson 
go’zalligi, tabiat ulug’vorligi rassomlarimiz polotnosida o’z ifodasini topa 
boshladi. Bu urushdan keyingi yillarda yaratilgan A.Abdullaevning A.O’idoyatov 
portreti, T.Oybek, L.Abdullaevning “Qahramonni kutib olish”, O’.Tansiqboevning 
“Qayroqqum GESida tong”, R.Ahmedovning “Onalik o’ylari”, R.Timurovning 
“Samarqand”, Yu.Elizarovning “O’zbekiston san’atkorlar guruhi portreti”, 
N.Karaxonning “Oltin kuz”, V.Fadeevning “Soqchi ayol”, M.Saidovning 
“Xirmonda”, Ch.Ahmarovning devoriy rasmlari va boshqalar o’zbek san’ati 
tarixida o’zlarining munosib o’rnini egallaydi. Respublikamiz rassomlari bu 
davrdan boshlab, barcha ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz 
ta’sirchanligini ortib borayotganini namoyish ettilar. Bizning rassomlar ko’plab 
ko’rgazmalarda qatnashdilar. 60-70 yildan boshlab, o’zbek san’ati yangi 
pog’onaga qadam qo’ydi. Bu davrda faqat keksa rassomlar ijodidagina emas, balki 
yoshlar ijodida ham yangi ifoda vositalarini izlash, asarlarini talqin etishda uning 
emotsional tomoniga e’tibor berish kuchayganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Buni B. 
Boboev va R. Chorievlarning kartinalarida, T. Muhammedovning karikaturalarida, 
F. Grishchenkoning, X. Xusniddinho’jaevning haykallarida ko’rish mumkin. 
O’zbek san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə