Ma’ruzalar matni


XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

XVIII asr oxiri XIX asr o’rtasi Frantsiya san’ati. 
1769 yili burjua 
inqilobi Evropa tarixida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, u san’at 
taraqqiyotida ham muhim yangi o’zgarishlar yasadi. Inqilobga tayyorgarlik 
yillarida san’at muhim rol o’ynadi. Klassizm uslubi inqilob arafasida burjua 
inqilobiy g’oyalarini ifodalovchi badiiy yo’nalish darajasiga ko’tarildi. Klassizm 
vakillari o’z obrazlarining aniq, jiddiy, yorqin bo’lishiga aniq e’tibor berdilar. Ular 
anitik san’at asarlari, ayniqsa, haykaltaroshlik shakllarini taqlid namunasi qilib 
oldilar va o’z ijodalarida undan foydalandilar. Inqilob yillari bayramlar munosabati 
bilan ko’cha va maydonlarni bezash san’ati paydo bo’ldi. Bu san’at san’atlar 
sinteziga asoslangan edi. San’atdan ko’zda tutilgan maqsad inqilobiy g’oyalarni 
xalq ommasiga etkazish edi. Muzeylar ham shu maqsadga bo’ysundirilibk, ulardan 
inqilob yutuqlarini mustaxkamlashda foydalanildi.
Me’morchilik. Klassizm tamoyillari dastlab me’morlikda ko’rina boshladi. 
Me’mor va haykaltaroshlar, rassom va amaliy san’at ustalari hamkorlikda ishlab, 
kishilarning ideal dunyo, orzudagi shahar yaratish haqidagi orzularini ro’yobga 
chiqarish uchun harakat qildilar. Bu intilish shaharsozlik san’atida ko’zga 
tashlandi. Masalan, me’mor Klod Ledu (1736-1806) loyihalarida, jumladan, Sho 
shahri majmuasi, Mark Gabrielning “Kelishuvlar maydoni” me’morlik majmuasi 
loyihalarida shu seziladi.
18-asr oxiri va 19-asr boshlarida klassizm va romantizm orasida qizg’in 
kurash ketdi. Klassizm avvalgi g’oyaviy kuchi va ta’sirchanligini yo’qotib, 
reaktsion akademizmga aylana bordi.
 XVIII asr oxiri XIX asr Ispaniya san’ati. 
Bu davr ispan tasviriy 
san’atida ham klassizm etakchi o’rinni egalladi. Uni 1761 yildan Ispaniyada 
yashay boshlagan nems rassomi Anton Rafael Mengs boshqardi. Lekin, bu davr 
san’atida aynan bir hil yo’nalish mavjud edi, deb xukm chiqarib bo’lmaydi. Bu 
davr san’atida bir tomondan Mengs, ikkinchi tomondan 1767 yildan Ispaniyada 
yashab ijod qila boshlagan Tepelo ijodiga taqlid qilishni, shuningdek, milliy 
rassomlik an’analarining davomini hamda realistik jarayonlar rivojini ko’rish 
mumkin.


Fransisko Goyya (1746-1828) ham 21-asrning yirik rassomi. U Evropa 
realistik san’atining yo’lboshchisidir. Ispan xalqining fojeali taqdiri va 
qahramonligi, ijtimoiy hayotdagi real voqealar rassom usun ijod manbai bo’lib 
hizmat qildi. Shu voqealarni tasvirlash orqali u o’zining hodisalarga munosabatini, 
xukm chiqaruvchi san’atkor ekanligini namoyon qildi. Uning asarlarida inson 
hissiyoti, uning xis-tuyg’ulari va kechinmalari o’z ifodasini topdi. Goyya Saragos 
yaqinidagi qishloqda xunarmand oilasida dunyoga keldi. Tasviriyyot asoslarini 
dastlab shu erdagi mahalliy rassom ustaxonasida o’rgandi. Keyin tahsilni Madridda 
akademik maktabining yirik vakili Fransisko Baye qo’lida davom ettirdi. Italiya 
bo’ylab safarda bo’lib, o’z bilimini kengaytirdi. Goyyaning ilk ijodida shu davr 
ispan san’atida etakchi bo’lgan klassizm uslubi ta’siri borligi uning “Oyoq-qo’li 
mihlab qo’yilgan Iso” suratida namoyon bo’ladi. Bu rasmi uchun rassom akademik 
unvoniga sazovor bo’lgan. Goyya cherkov uchun devoriy suratlar ham ishlagan. 
Goyyaning rassomlik iste’dodi qirol Shpaler manufakturasi uchun suratlarida 
yorqin ko’rindi. 43 kartonda ishlangan bu suratlarda rassom xalq hayotidan olingan 
lavhalarni-hosil o’rimi, o’yin, bayramlarni tasvirlaydi. Xalq sayli va shodiyonasini 
aks ettiradi. U mahoratini oshirish borasida ishlashni davom ettirib, Velaskes, 
Rembrandt ijodlarini o’rgandi. Ularning asarlaridan ko’chirmalar oladi. Rassom 
o’z asarlarida zamonasining eng muhim voqealarini ko’rsatish orqali davr 
mohiyatini ifodalashga intiladi, illatlarni, ziddiyatlarni ochib tashlaydi. Shuning 
uchun uning asarlari ko’rinishi jihatidan jo’shqin va hayajonli.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə