Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Angliya. 
Angliya san’ati taraqqiyotidagi yangi bosqich 17-asr 2-yarmidan 
me’morchilikda namoyon bo’la boshladi. Me’mor Inigo Jons (1573-1620) mumtoz 
me’morlikni dastlab A.Palladino ijodini targ’ib etishdan boshladi va bu bilan ingliz 
klassizimi printsiplari shakllanishida muhim rol o’ynadi. Bu xususiya binoning 
funktsional tomoni qulayligi hamda uning badiiy bezatilishini uyg’unlashtirib 
yuborishga, klassik shakllarni aniq va erkin ishlatishga intilishda namoyon bo’ldi. 
Jons boshlagan ishni keyin mashxur me’mor Kristofer Ren (1632-1723) davom 
ettirdi. U mumtoz shakllarga milliy, o’ziga xoslik kiritishga harakat qildi. Uning 
mashhur va yirik asarlaridan biri Londondagi ulug’vor va tantanali Avliyo Pavel 
ibodatxonasi binosidir. Uning intererlari, kompozitsiyasi o’rta asr me’morligiga 
yaqin. U lotin butiga o’xshaydi. Lekin bino konstruktsiyasi va ayniqsa, undagi 
orderlar, katta gumbaz ishlanishi jihatidan mumtoz me’morlik tamoyillarini 
eslatadi va ingliz klassizimining o’ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi.
17-asrga kelib, ingliz rassomlari va haykaltaroshligida muhim asarlar 
yaratildi. Ayniqsa ingliz rassomlarining rangtasvir borasida erishgan yutuqlari 
keyinchalik evropa san’ati taraqqiyotida muhim bo’ldi.
Uilyam Xogart (1697-17640 Angliyaning yirik rassomi, ingliz realistik 
rangtasvirining asoschisidir. Uning rantasvir va gravyuralarida mavjud tuzum, 
uning illatlari o’z ifodasini topdi. O’ziga xos novatorlik bilan ishlangan Xogart 
asarlari davrning ilg’or g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lib, ular ingliz san’atida 
realizm tamoillarini mustahkamlanishiga hizmat qildi. “Go’zallikni taxlil etib” 
(1753) kitobida Xogart san’atning g’oyaviy jihatiga e’tibor berib, demokratik 
estetikaga xos tamoillarni ilgari surdi. U rasmiy badiiy nazariyalarni, tashqi 
jihatidan chiroyli, lekin ichki mohiyati jihatidan bo’sh, hayotdan uzoq san’at 
asarlarini, birinchi galda rasmiy portretlarni tanqid qildi. Kishilar turmushi, jamiyat 
taraqqiyotini o’zida to’liq aks ettira oladigan maishiy janr etakchi o’rinni egallashi 
kerak, dedi. O’zi shu tamoillarga sodiq xolda asarlar yaratishga intildi. Xogart ijodi 
1780 yillardan boshlandi. Uning ilk asarlaridayoq rassom ijodining o’ziga xos 
xususiyatlari paydo bo’ldi. U, odatda, turkumli asarlar, ya’ni bir-biri bilan bog’liq 
bir necha mustaqil kompozitsiyalar yaratishni sevadi. Rassom o’z fikr va g’oyasini 
turkum asarlarida sekinlik bilan bayon etib, ochib bordi. Masalan, uning 
“Zamonaviy nikoh” (1735) asarlari turkumi olti tugallangan suratdan iborat bo’lib, 
unda kambag’allashib qolgan zodagon o’z o’g’lini boy savdogar qiziga uylantirishi 
va shu orqali boyib olishga intilishi ko’rsatiladi. Asarning so’ngida esa uning 
natijasi-kuyov kelinning o’ynashi tomonidan o’ldirilishi, qotilning dorga osilishi, 
kelin esa alam va uyatga chiday olmay o’z-o’zini o’ldirishi tasvirlanadi. Rassom 
har-bir kompozitsiyaning tugal, tasvirlangan voqealarning tushunarli bo’lishiga 
alohida e’tibor beradi.
 Savollar: 
1. XVII-XVIII asr Evropa san’ati taraqqiyotining sabablari nimada va bu 
davr san’atida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi? 


2. Barokko, klassitsizm va boshqa uslublar, ularning bir-biridan farqi 
nimada? 
3. XVII-XVIII asrda yashab ijod etgan rassomlardan kimlarni bilasiz va 
ularning asarlarini aytib bering. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə