Ma’ruzalar matni



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix30.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#90268
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Tasviriy san’at tarixi fanidan

Germaniya va Avstriya. 


17-asrda bo’lgan 30 yillik urush (1618-1648) Germaniyani yanada 
tarqoqlashtirib, uning iqtisodiy zaiflashuviga sabab bo’ldi. 17-asrda bo’lib o’tgan 
Prussiya va Avstriya orasidagi nizolar ham Germaniya va Avstriya ijtimoiy 
hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ana shu ijtimoiy-tarixiy sharoitda yangicha san’at 
o’ziga yo’l ochib bordi. Bu dastlab adabiyot va musiqada o’zini namoyish etdi. 
(Lessing, Gyote, Shiller, Bax, Gendel). Me’morlik va tasviriy san’atdagi 
rivojlanish dastlab, Italiya hamda Frantsiya ta’sirida yuz berdi. 18-asr birinchi 
yarmida barakko, ikkinchi yarmida klassizm uslubi ustivor bo’ldi. Germaniya 
san’atida barokko o’z ko’rinishi va harakteri jihatidan Italiya barokkosiga o’xshab 
ketsa ham, lekin unga nisbatan detallarning birmuncha mayda va sovuq ko’rinishi 
bilan farqlanadi. Barakko mavzusi ko’pincha rokokko motivlari bilan aralashib 
ketadi. Bu xususiyatlar Vyurtsburg saroyi binosi va undagi intererlar (unga 
J.B.T’epola suratlar chizgan) boy dekorativ bezagida namoyon bo’ladi. 
Drezdendagi yirik cherkov binolari, Postdamdagi San-Susi saroyi ham o’zining 
nozik badiiy bezatilishi bilan e’tiborni tortadi. 18-asr 2-yarmida klassizm 
Germaniya me’morligida etakchi o’ringa chiqa boshladi. Berlindagi Brandenburg 
darvozasi (me’mor K.Langgans) o’zining jiddiy ko’rinishi va tantanavorligi bilan 
keyinchalik nems me’morligining o’ziga xos uslubiy ko’rinishlarini belgilashda 
muxim ahamiyat kasb etdi. Germaniya va Avstriya tasviriy san’atida 18-asrning 1-
yarmida asosan barokko ta’siri kuchli bo’ldi. T’epalo hamda Berinining ijodiga 
taqlid qilish sezildi. Ayrim rassomlarning real borliqni tasvirlashga intilishlari 
ma’lum darajada realistik jarayonning ham jonlanib borishiga imkoniyat yaratdi. 
Bu xususiyat portret san’atida sezilarli bo’ldi. Germaniyalik rassom Bal’tazar 
Denner (1685-1749), slovakiyalik rassom Yan Kupetskiy (1667-1740) yaratgan 
portretlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
18-asrning 2-yarmidan boshlab, Germaniya antik san’atni o’rganish 
markaziga aylandi. Uning asosiy targ’ibotchisi Iogan Ioxim Vinkelman (1717-
1768) bo’ldi. Uning “Qadimgi san’at tarixi” (1764) antik san’atga bag’ishlangan 
birinchi kitob bo’lib, yangi san’atshunoslikka asos soldi. U qadimgi yunon san’ati 
taraqqiyotining asosiy zamini yunon shahar-davlatlari (polislar) dagi ijtimoiy 
sharoit ekanligini ko’rsatdi. Vinkelman kitobi yosh Gyote dunyoqarashining 
shakllanishiga ham kuchli ta’sir qildi. Shuningdek, u boshqa mamlakatlarning 
klassik estetikasini rivojlanishida ham muhim o’rin egalladi. Nems rangtasviri va 
grafikasida ham olimning ta’siri sezilarli bo’ldi. Natijada 18-asr 2-yarmida 
klassizm etakchi o’rinni egallab, shu uslubda ishlovchi qator yirik san’atkorlar 
etishib chiqdi. Bular ichida Anton Rafael Mengs (1728-1779) ijodi aloxida o’rinni 
egalladi. U evropa san’atidagi mashhur va ta’sirli rassomlardan biriga aylandi. 
Mengs o’z ijodida antik san’atning ideal go’zallik yaratish borasidagi qonunlariga 
sodiq qolgan holda, uni Balonye akademistlarining yutuqlari bilan boyitishga
shaklning ifodali, jo’shqin bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Shu bilan birga, Mengs 
naturani o’rganish zarurligini unutmadi. Bu uning portretlaridagi realistik jihatini 
belgilaydi. Nems san’atidagi realistik yo’nalish Daniel Xodovetski (1726-1809) 
ijodida to’liqroq o’zini namoyon etadi. Asli Polshalik bo’lgan bu san’atkor 
angliyalik rassom Xogart ta’sirida nasihatgo’ylik yo’nalishida qator gravyura va 
ofortlar ishladi. Jamiyat hayotida sodir bo’layotgan kamchiliklarni tanqid qildi. 


Uning “Dansigga sayohat” deb nomlangan albom uchun ishlangan suratlari 
bevosita o’z ona yurtiga qilgan safari paytida yaratilgan bo’lib, ular nems realistik 
san’ati taraqqiyotida muhim o’rin egalladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə